cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi

©Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasining rasmiy kanali Murojaat uchun: 67 235-02-42. Ishonch telefoni: 67 235-03-42. Elektron pochta: [email protected]. Veb-sayt: www.soliq.uz Manzil: Guliston shahri, I.Karimov ko‘chasi-41.

Больше
Рекламные посты
1 550
Подписчики
-10824 часа
-3737 дней
-40430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#markirovka Onlayn-NKT orqali 5 oyda 724 mlrd soʻmlik alkogol mahsulotlari raqamli markirovka kodlarisiz realizatsiya qilingan Bugungi kunda Oʻzbekistonda quyidagi mahsulotlarga majburiy raqamli markirovkalash talablari joriy etilgan: ▪️tamaki va alkogol (01.01.2021-yildan); ▪️pivo (01.04.2021-yildan); ▪️maishiy texnika (15.04.2022-yildan); ▪️dori vositalari va tibbiy buyumlar (01.09.2022-yildan); ▪️suv va salqin ichimliklar (01.03.2024-yildan). 👉 VMQ-737 20.11.2020-yil Majburiy raqamli markirovkalash talablarining toʻliq bajarilishi uchun markirovkalangan tovarlarni onlayn-NKT chekida MXIK va markirovka kodlarini aks ettirish orqali realizatsiya qilish lozim. Raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotib olish va ularning markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʻlumotlarni kiritmasdan yakuniy isteʻmolchiga realizatsiya qilish markirovka qoidalarining buzilishi deb baholanadi. 👉 VMQ-833-son 31.12.2020 Bu esa qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi. Bu haqda soliq organlari xodimlari tomonidan joylarga chiqqan holda bevosita tushuntirish-targʻibot ishlari oʻtkazib kelinmoqda. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovka qoidalarga amal qilmaslik holatlari kuzatilmoqda. Xususan, onlayn-NKT cheklari tahliliga koʻra, 2024-yilning yanvar-may oylarida respublika boʻyicha alkogol mahsulotlarining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi 5 035 ta tadbirkorlik subyektida raqamli markirovka qoidalari buzilishi holatlari aniqlangan. Ularga tegishli 7 021 ta onlayn-NKT orqali 3,4 mln dona xarid chekida 724,7 mlrd soʻmlik alkogol mahsulotlari raqamli markirovka kodlarisiz realizatsiya qilingan. Bu haqda tadbirkorlik subyektlari shaxsiy kabinetlariga ogohlantirish xatlari yuborilmoqda. 📌Soliq xizmati organlari majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar chakana savdosida mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish qoidalariga toʻliq amal qilish lozimligini tavsiya etadi. __________ #маркировка За 5 месяцев через онлайн-ККТ реализована алкогольная продукция без кодов цифровой маркировки на сумму 724 млрд сумов На сегодняшний день в Узбекистане требования обязательной цифровой маркировки введены для следующих товаров: ▪️табак и алкоголь (с 01.01.2021 г.); ▪️пиво (с 01.04.2021 г.); ▪️бытовая техника (с 15.04.2022 г.); ▪️лекарственные средства и медицинские изделия (с 01.09.2022 г.); ▪️вода и прохладительные напитки (с 01.03.2024 г.). 👉ПКМ № 737 от 20.11.2020 г. Для полного соблюдения требований обязательной цифровой маркировки необходимо реализовать маркированный товар с отражением ИКПУ и кодов маркировки в чеках онлайн-ККТ. Покупка продукции без цифровой маркировки и реализация ее конечному потребителю без внесения сведений о кодах маркировки считается нарушением правил маркировки. 👉ПКМ № 833 от 31.12.2020 г. Это влечет за собой ответственность в установленном законом порядке. Сотрудники налоговых органов выезжают на места и проводят адресную разъяснительно-просветительскую работу в этом направлении. Несмотря на принимаемые меры, имеются случаи несоблюдения правил маркировки некоторыми субъектами предпринимательства. В частности, в результате анализа чеков онлайн-ККТ в январе-мае 2024 года выявлены нарушения правил цифровой маркировки у 5 035 субъектов предпринимательства, занимающихся розничной торговлей алкогольной продукцией по всей республике. Через принадлежащую им 7 021 единицу онлайн-ККТ выдано 3,4 млн товарных чеков на реализацию алкогольной продукции без кодов цифровой маркировки общей стоимостью 724,7 млрд сумов. Об этом в персональные кабинеты субъектов предпринимательства направляются уведомительные письма. 📌Органы налоговой службы рекомендуют при розничной реализации продукции, подлежащей обязательной цифровой маркировке, полностью соблюдать правила цифровой маркировки продукции средствами идентификации и контроля за ее оборотом. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
04:25
Видео недоступноПоказать в Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar #markirovka "Majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" Prezident qarori qabul qilindi. 👉 PQ-203 30.05.2024 Qarorga ko‘ra, 🔹2027-yil 1-yanvarga qadar raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun markirovkani oʻqish qurilmalarini sotib olishda bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda (foyda soligʻi yoki AOS yoxud YATTlar tomonidan toʻlanadigan JSHODS) soliq imtiyozi berildi. Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi. (PQ-5252 04.10.2021 y) Soliq qoʻmitasining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, 2024-2026-yillarda 34 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti 2D-skanerlar bilan taʼminlanishi kerak. Imtiyozlar ularga jami 46,2 mlrd soʻm mablagʻni tejash imkonini beradi. 🔹2024-yil 1-sentabrdan quyidagi normalar joriy etiladi: ▫️tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni 2D-skanerdan foydalanmasdan sotish holatlari aniqlanganda, ular shaxsiy kabineti orqali bu haqda ogohlantiriladi; ▫️2-marta ana shunday ogohlantirishdan soʻng markirovkalash qoidalarini buzish holati 1 oy ichida qayta takrorlansa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Bunda huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat qamrab olinadi; ▫️soliq tekshiruvi yakunlangandan keyin markirovka qoidalarini buzish 1 oy ichida qayta takrorlansa tadbirkorlik subyektlari xabardor qilinmasdan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bu haqda tekshirish kunida xabardor qilinadi. Soliq tekshiruvlari tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilmasdan hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni tekshirish kunida xabardor qilgan holda amalga oshiriladi. ▫️har chorakda majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari amalga oshiriladi. Majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari orasidan har chorakda, har bir hudud kesimida avtomatik tarzda kamida 10 %ini tanlab olingan holda nazorat tadbirlari oʻtkaziladi hamda qonunbuzilishi holatlari aniqlangan subyektlar faoliyati keyingi 3 chorak davomida nazorat qilib boriladi. 🔹2024-yil 1-sentabrdan quyidagi tartiblar oʻrnatiladi: ▪️pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi; ▪️tamaki va pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun BHMning 10 %i miqdorida har oylik yigʻim joriy etiladi. 📌Tadbirkorlik subyektlari pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyatini boshlash yoki to‘xtatish haqida soliq organlarini xabardor qilishi lozim. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
02:53
Видео недоступноПоказать в Telegram
#1_iyun 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan vilotimizda katta bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Sana munosabati bilan Sirdaryo viloyati soliq xizmati organlarida mehnat qilayotgan xodimlari farzandlari uchun viloyat musiqali drama teatrida spektakl namoyish etildi. Shuningdek, bolajonlarga kitoblar sovg‘a qilindi. Bunday ajoyib bayram tadbirlari viloyat soliq boshqarmasi hamda viloyat soliq xizmati organlari xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.
Показать все...
#1_iyun 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan vilotimizda katta bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Sana munosabati bilan Sirdaryo viloyati soliq xizmati organlarida mehnat qilayotgan xodimlari farzandlari uchun viloyat musiqali drama teatrida spektakl namoyish etildi. Shuningdek, bolajonlarga kitoblar sovg‘a qilindi. Bunday ajoyib bayram tadbirlari viloyat soliq boshqarmasi hamda viloyat soliq xizmati organlari xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi. Тelegram | Facebook | Youtube | Web-site
Показать все...
02:44
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Kun_nafasi Dunyoning quvonchi, umrning mazmuni, baxtning egalari - shodon bolajonlar!
Показать все...
#Kun_nafasi 1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar! Sirdaryo viloyati soliq xizmati organlarida mehnat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun bayram tadbirlari tashkil etildi.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#1_iyun_Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!
Показать все...
03:22
Видео недоступноПоказать в Telegram
#soliq_imtiyozi Zargarlik sanoati va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari uchun soliq imtiyozlari berildi 🔹2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi. Ma'lumot uchun, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan davlat budjetiga 2023-yilda 993,4 mln so‘m, 2024-yilning o‘tgan davrida 130,1 mln so‘m QQS (importda) to’langan. 🔹2026-yil 1-yanvargacha kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi foyda solig‘idan ozod qilinadi. 👉 O‘RQ-926-son 13.05.2024 Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Показать все...
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qonunchilikdagi_yangiliklar Zargarlik sanoati va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini qo‘llab-quvvatlash uchun soliq imtiyozlari taqdim etildi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi (O‘RQ-926-son 13.05.2024). Mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni xomashyo resurslari bilan taʼminlash va ularning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek turizmni rivojlantirish maqsadida Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq quyidagi vaqtinchalik soliq imtyozlari taqdim etilmoqda: 🔹 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi; 🔹 2026-yil 1-yanvargacha kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan…