407
Подписчики
Нет данных24 часа
-27 дней
-3130 день
Архив постов
407
⚠️ ҲУРМАТЛИ ОБУНАЧИЛАР!
“Инклюзив жамият”нинг ушбу эски телеграм канали техник сабабларга кўра фаолият юритмаяпти (аввалги рақамга боғлиқ бўлгани учун).
✅ Шу сабаб янги расмий канал очилди: 🔗 https://t.me/inklyuzivjamiyat_njbsi
👉 Илтимос, барчангиз янги каналга ўтиб, обуна бўлиб қўйинг!
📤 Имконият бўлса, ушбу хабарни яқинларингизга ҳам улашинг.
Сизнинг қўллаб-қувватлашингиз орқали янада кўпроқ эҳтиёжманд инсонларга ёрдам бера оламиз 🤲
407
📢 Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun muhim yangilik!
Nogironligi bo‘lgan bolalarga kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun katta yengilliklar joriy etildi.
📌 O‘RQ–1129-son (17.04.2026) Qonuniga muvofiq:
💸 Endilikda 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan farzandlari xususiy maktab yoki bog‘chaga qatnaydigan ota-onalar kunduzgi parvarish xizmatiga oyiga 3 mln so‘mgacha to‘laydigan mablag‘lari uchun daromad solig‘idan OZOD qilinadi.
💰 Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yil 1 yanvarga qadar barcha soliqlardan (ijtimoiy soliqdan tashqari) ozod etiladi.
✅ Yana bir muhim jihat:Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, kasb-hunarga ega xotin-qizlar “Inson” markazlari orqali ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olinadi.
🤝 Ushbu o‘zgarishlar nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda teng imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
🔗 Batafsil: https://lex.uz/uz/docs/-8145012
#InklyuzivJamiyat
407
Repost from N/a
📢 DIQQAT!
Ozarbayjonning mashhur ortez va protez markazi mutaxassislari Toshkentda!
📅 28-aprel kuni
Alfraganus University Hospital klinikasida siz uchun BEPUL qabul o‘tkazadi.
Farzandingizning qomati, yurishi yoki hatto bosh shakli —
asta-sekin o‘zgarib boryapti.
Bular o‘zi tuzalmaydi.
Vaqt o‘tishi bilan faqat og‘irlashadi.
👶 Bolalar uchun to‘liq yechimlar:
✔️ Skolioz, kifoz, lordoz korsetlari
✔️ Boshni shakllantiruvchi maxsus ortezlar
✔️ AFO / DAFO / H-KAFO — oyoq-qo‘lni to‘g‘rilash va qo‘llab-quvvatlash
🦾 Protezlar:
✔️ Qo‘l va oyoq yo‘qotilganda zamonaviy protezlash
✔️ Harakatni tiklash va mustaqil hayotga qaytish
✔️ Estetik va funksional individual yechimlar
✔️ Pectus vakuum — ko‘krak qafasini to‘g‘rilash
❌ Noto‘g‘ri tanlov — natijani yomonlashtiradi
❗️ To‘g‘ri tanlangan ortez yoki protez — davolashning yarmi emas, asosi
⏳ Qabul joylari keskin cheklangan!
📞 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
+998 78 122-22-44
📍 Manzil: Alfraganus University Hospital
📅 Sana: 28-aprel
407
Repost from UVA
Kutilgan on yaqin — 2 kun qoldi💛
Xayriya yarmarkasiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda. Bugun volontyorlarimiz bir joyga jam bo‘lib, vazifalarni taqsimlashdi, tashkiliy masalalarni muhokama qilishdi hamda taklifnomalar va flayerlarni olishdi — ular tez orada shahar bo‘ylab tarqatiladi.
Har o‘tgan kun bizni yaxshilikka chorlaydigan ushbu tadbirga yanada yaqinlashtirmoqda 🥹🫶🏻
Birgalikda mo‘jiza yaratamiz ✨
👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿
Момент, которого мы ждали, уже рядом — 2 дня💛
Подготовка к благотворительной ярмарке идёт полным ходом. Сегодня наши волонтёры собрались вместе, чтобы распределить роли, обсудить все организационные моменты и получить приглашения и флаеры — совсем скоро они появятся по всему городу.
С каждым днём мы всё ближе к событию, где добро становится реальностью 🥹🫶🏻
Вместе создаём чудеса ✨
👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿👋🇺🇿
Актуальное для волонтёров страны ⬇️
Telegram |Instagram |Facebook |Web
407
Repost from 🌱Uncha-Muncha
❗️Ҳуқуқни муҳофаза қилишга оид фаолият билан шуғулланувчи ташкилотларнинг ишонч рақамлари:
🔷 1198 – Солиқ қўмитаси
🔷 1108 – Божхона қўмитаси
🔷 1007 – Бош прокуратура
🔷 1008 – Адлия вазирлиги
🔷 1107 – Мажбурий ижро бюроси
🔷 1102 – Ички ишлар вазирлиги
🔷 1050/101 – Қутқарув хизмати (ФВВ)
🔷 1000 – Президент виртуал қабулхонаси
🔷 1101 – Фавқулодда вазиятлар вазирлиги
🔷 1253 – Коррупцияга қарши курашиш агентлиги
🔷 1096 – Инсон ҳуқуқлари бўйича Вакил (Омбудсман)
❗️ Шунингдек, барча билиши зарур бўлган ишонч рақамлари:
🔷 101 – ўт ўчириш хизмати
🔷 102 – милиция
🔷 103 – тез тиббий ёрдам хизмати
🔷 104 – газ хизмати
🔷 1050 – қутқарув хизмати
🔷 1157 – табиатга зарар етказиш ҳолатлари ҳақида хабар бериш учун.
🔷 1159 – Истеъмолчилар ҳуқуқини ҳимоя қилиш агентлиги Call-маркази.
🔷 1001 – об-ҳавони билиш учун алоқа хизмати.
🔷 1004 – аниқ вақтни билиш учун алоқа хизмати.
🔷 1054 – “Сувсоз” ДУК авария хизмати.
🔷 1069 (78)140-19-19 – дорихона ва дори-дармонларни топиш учун алоқа хизмати.
🔷 1347 – иссиқлик ва иссиқ сув таъминотидаги муаммолар бўйича мурожаат қилиш учун.
🔷 1009 – барча ташкилотлар манзили, телефон рақами, томошалар намойиши, кўргазмалар иш жадвали, халқаро ва шаҳарлараро телефон кодлари, шаҳарлар индекслари ва бошқа маълумотларни тақдим этувчи алоқа хизмати.
👉 @UnchaMuncha
407
Ногиронлик пенсияси автоматик тарзда тайинланиши кутилмоқда
Олий Мажлис Қонунчилик палатасида пенсия таъминоти тизимини такомиллаштиришга оид қонун лойиҳаси муҳокама қилинди. Асосий ўзгаришлар:
➖ 2026 йил якунига қадар Пенсия жамғармасининг туман ва шаҳар бўлимлари тугатилади;
➖ Ногиронлик пенсияси фуқаро аризасисиз, проактив шаклда (электрон маълумотлар асосида) тайинланади;
➖ I ва II гуруҳ ногиронлиги бўлган шахсларнинг пенсияси ҳар 2 йилда бир маротаба аризасиз қайта ҳисоблаб чиқилади;
➖ Пенсиядан чегирмалар қилинганда, қолган миқдор энг кам истеъмол харажатларидан (715 минг сўм) кам бўлмаслиги белгиланмоқда.
Ушбу ислоҳотлар натижасида инсон омили камаяди ва йилига 8 мингга яқин фуқаронинг оворагарчилигига чек қўйилади.
🔗 Батафсил: https://uza.uz/posts/843925
Телеграм каналларимиз
407
🌙✨ “Mehr va Saxovat Iftorligi” ✨🌙
2026-yil 18 mart kuni Toshkent shahar “INKLYUZIV JAMIYAT” a’zolari uchun “DONEREVI” restorani tomonidan samimiy Iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
A’zolarimiz birgalikda iftorlik qilib, iliq muloqot va ibodatlar bilan ruhiy boylik orttirdilar. Tadbir mehr-oqibat va hamjihatlik ruhida o‘tdi.
💛 “DONEREVI” restoran jamoasiga katta rahmat! Sizning mehmondo‘stligingiz tadbirimizni yanada esda qolarli qildi.
Ushbu tadbir Inklyuziv Jamiyat tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida xomiylar jalb qilinib, a’zolarimizga Ramazon tuxfasi ham topshirildi.
#InklyuzivJamiyat #MehrVaSaxovatIftorligi #Iftorlik2026 #Ramazon #Toshkent
📲 Kanalimizga obuna bo‘ling👇
https://t.me/inklyuziv_jamiyat_nogironlar
407
🌙✨ Ramazon Hayiti muborak! ✨🌙
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuh, aziz yurtdoshlar!
Sizlarni muborak Ramazon Hayiti ayyomi bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz!
Alloh taolo tutgan ro‘zalaringizni, qilgan ibodatlaringizni dargohida qabul aylasin.
Ushbu qutlug‘ kunda yurtimizga tinchlik, xonadonlarimizga baraka va farovonlik yog‘ilsin.
Barchangizga sihat-salomatlik, qalb xotirjamligi, oilaviy baxt va quvonchli onlarni tilaymiz.
Jamiyatimizda mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlik tuyg‘ulari yanada mustahkam bo‘lsin.
Bu muborak kunda qilingan barcha duolar ijobat bo‘lib, ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin!
🤲 Hayitingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar! 🌸
📲 Kanalimizga obuna bo‘ling👇
https://t.me/inklyuziv_jamiyat_nogironlar
407
🌙✨ Ramazon Hayiti muborak! ✨🌙
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuh, aziz yurtdoshlar!
Sizlarni muborak Ramazon Hayiti ayyomi bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz!
Alloh taolo tutgan ro‘zalaringizni, qilgan ibodatlaringizni dargohida qabul aylasin.
Ushbu qutlug‘ kunda yurtimizga tinchlik, xonadonlarimizga baraka va farovonlik yog‘ilsin.
Barchangizga sihat-salomatlik, qalb xotirjamligi, oilaviy baxt va quvonchli onlarni tilaymiz.
Jamiyatimizda mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlik tuyg‘ulari yanada mustahkam bo‘lsin.
Bu muborak kunda qilingan barcha duolar ijobat bo‘lib, ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin!
🤲 Hayitingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar! 🌸
📲 Kanalimizga obuna bo‘ling👇
https://t.me/inklyuziv_jamiyat_nogironlar
407
407
+6
🔐 “HAMMA UCHUN KIBERXAVFSIZLIK” SEMINARI
📅 5-mart, Toshkent
“Inklyuziv Jamiyat” nogironlar jamoat birlashmasida jamiyat a’zolari uchun kiberxavfsizlik mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
👮♂️ Chilonzor tuman IIOFMB inspektorlari kiberfiribgarlik, onlayn xavf va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
🔒 Ishtirokchilarning Telegram akkauntlariga maxfiy kodlar o‘rnatildi. Mobil telefonlarni begona shaxslarga bermaslik, ayniqsa yosh bolalarga nazoratsiz topshirmaslik tavsiya qilindi.
⚠️ Telefon orqali noma’lum shaxslar shaxsiy ma’lumot, bank karta raqam yoki tasdiqlash kodini so‘rsa, hech kimga bermaslik zarur.
🚫 Yoshlar orasida uchrayotgan xavf: psixotrop moddalar va giyohvandlik vositalari. “Narko-kuryer” bo‘lib jalb qilinish og‘ir jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.
🙏 Seminar yakunida ishtirokchilar tashkilotchilar va mutaxassislarga minnatdorchilik bildirdi.
👉 Obuna bo‘ling:
https://t.me/inklyuziv_jamiyat_nogironlar
407
Repost from TOZA TOSHKENTLIKLAR | Tezkor, toza xabarlar
#Диққат
“Пенсиянгиз ошади” деган қўнғироқларга ишонманг фирибгарлар пенсионерларни нишонга олмоқда 😳
Фуқароларга нотаниш рақамлар орқали қўнғироқ қилиниб, уларнинг пенсияларини кейинги ойдан оширилишини айтиб, пластик карта ёки паспорт маълумотларини сўраш ҳолатлари учрамоқда.
Яқинларга юбориб огоҳлантириб қўямиз.
407
2026-yil 30-yanvar kuni soat 12:00–14:00 da Shayxontohur tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori J. Umarov va mutaxassis I. Munavvarjonov tomonidan “Inklyuziv jamiyat” NNTning 15 nafar a’zo va xodimlari uchun census.stat.uz elektron platformasidan foydalanish bo‘yicha o‘quv-uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda nogironligi bo‘lgan shaxslarning raqamli savodxonligini oshirish hamda davlat elektron xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdi va mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar olindi. Yakunda minnatdorchilik bildirildi.
👉 kanalimiz: https://t.me/inklyuziv_jamiyat_nogironlar
407
Repost from Toshkent shahar Pensiya jamg'armasi
❓Ногиронлик пенсиясини кимлар олиши мумкин?
👩🦽Ногиронлик пенсияси қонунчиликда белгиланган тартибда I ва II гуруҳ ногиронлиги бўлган шахслар деб топилган шахсларга, шунингдек Чернобиль АЭСдаги авария туфайли майиб бўлиш ёки касаллик оқибатида III гуруҳ ногиронлиги бўлган шахслар деб топилган шахсларга тайинланади.
__________
❓Кто может получать пенсию по инвалидности?
👩🦽Пенсии по инвалидности назначаются лицам, признанным в установленном законодательством порядке лицами с инвалидностью I и II групп, а также лицам, признанным лицами с инвалидностью III группы вследствие увечья или заболевания, вызванного аварией на Чернобыльской АЭС.
Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
407
✨ ASSALOMU ALAYKUM, AZIZ YURTDOSHLAR! ✨
Barchangizni kirib kelayotgan 2026-yil bilan samimiy tabriklayman!
Yangi yil har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik, baraka va umid olib kelsin.
🤲 Alloh taolo yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida qilgan barcha niyat va mehnatlarimizni barakali qilsin.
♿ Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yanada keng imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash va inklyuziv jamiyatni rivojlantirish yo‘lida yangi yutuqlar nasib etsin.
Har bir inson o‘zini jamiyatning qadrli a’zosi deb his qilsin.
🌱 Yangi yil barchamiz uchun xayrli amallar, ezgu niyatlar va yaxshi yangiliklarga boy bo‘lsin.
Alloh taolo yurtimizni tinch, osmonimizni musaffo, xalqimizni ahil-inoq qilsin.
🎉 YANGI 2026-YIL MUBORAK BO‘LSIN! 🎉
Hurmat bilan,
Toshkent shahar “Inklyuziv Jamiyat”
nogironlar jamoat birlashmasi rahbari
Nodira Tillayeva 🤲✨
🔗 Rasmiy Telegram kanalimiz:
👉 https://t.me/inklyuziv_jamiyat_nogironlar
407
2025-yil 24-dekabr kuni "Inklyuziv Jamiyat" NJBsining ofisida 10 yillik tajribaga ega kosmetolog Zulfiya Rahimberdiyeva tomonidan mahorat darsi bo'lib o'tdi.
Har bir ishtirokchiga mehmonimiz tomonidan sovg'a sifatida yuz parvarishi qilib berildi.
Maqsad: har bir ayol qizlarimiz uy sharoitida yuz parvarishi haqida bilimga ega bo'lishi va kunlik turmush tarzida tadbiq etishi.
Ishtirokchi qizlar savol javoblar va mahorat darsi orqali o'zlariga kerakli ma'lumotlarni olib, o'zaro fikr almashishdi.
Mehmonimizga jamiyat a'zolari va raxbariyati nomidan minnatdorchilik bildirib kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz.
407
"Inklyuziv Jamiyat" oilasining go'zal a'zosi singlimiz Munisa va kuyovimiz Fazliddin, baxt koshonasiga qadam qo‘yganingiz bilan tabriklaymiz!
Alloh taolo yangi qurilgan oilangizni mehr-muhabbat, o‘zaro xurmat va barakaga to‘ldirsin. Hayot yo‘lingiz hamisha yorug‘ bo‘lib, xonadoningizda tinchlik va hotirjamlik hukm surib tursin. Bir-biringizga suyanch bo‘lib, baxtli va saodatli umr kechirishingizni nasib etsin.
Shuningdek, Yaratgan Egam sizlarni solih va solixa farzandlar tarbiyalovchi, o‘z oilasining otasi va onasi bo‘lib yashashga muvaffaq etsin.
Yangi hayotingiz muborak bo‘lsin, baxtingiz doimiy bo‘lsin!
Baxtli va saodatli oilaviy xayot tilab
Inklyuziv Jamiyat NJBsi raxbariyati!
407
Joriy yilning 7-dekabr kuni WYNDHAM TASHKENT MEHMONXONAsida
"Inklyuziv Jamiyat" NJBsining 3-dekabr -"Xalqaro nogironlar huquqini himoya qilish kuni" hamda 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan
"TENG HUQUQLAR VA BIRDAMLIK YO'LIDA" nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirning go'zal o'tishida hissa qo'shgan barchaga "Inklyuziv Jamiyat " NJBsi raxbariyati o'z minnatdorchiligini bildiradi!
407
🚇 Toshkent metrosida OSTEN avtomatik liftlari!
2025-yil bahoridan boshlab poytaxt metrosida OSTEN brendining avtomatik liftlarini o‘rnatish ishlari boshlandi. Ushbu zamonaviy qurilmalar nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalar uchun qulay harakatlanishni ta’minlaydi. ♿✨
📍 Bugungi kunga qadar 21 ta lift o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.
Ular quyidagi bekatlarda joylashgan:
• “Buyuk Ipak Yo‘li” — 5 ta
• “Amir Temur xiyoboni” — 3 ta
• “Xalqlar Do‘stligi” — 3 ta
• “Novza” — 3 ta (ulardan 2 tasi ishga tushirilgan)
• “Chilonzor” — 3 ta
• “Olmazor” — 2 ta
• “Beruniy” — 3 ta
🔹 Umumiy hisobda 45 ta OSTEN liftlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Bu tashabbus Toshkent metrosini barcha yo‘lovchilar uchun qulay va inklyuziv muhitga aylantiradi.
407
🎉 Grant loyihasi yakunlandi! 🎉
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan
“Inklyuziv ta’lim uchun qulay muhit” nomli grant loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi. 🌿✨
📍 Loyiha Toshkent shahar “Inklyuziv Jamiyat” nogironlar jamoat birlashmasi tomonidan amalga oshirildi.
Uning doirasida Shayxontohur tumanidagi 37-son ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil olayotgan 210 nafar bola uchun qulay shart-sharoit yaratildi hamda zarur jihozlar taqdim etildi.
🤝 Loyihani amalga oshirishda yordam bergan va qo‘llab-quvvatlagan barcha hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.
#InklyuzivJamiyat #GrantLoyiha #JamoatFondi #InklyuzivTalim #Shayxontohur #37maktab #Nogironlar #InclusiveEducation
👉 Telegram kanalimizga obuna bo‘ling:
t.me/inklyuziv_jamiyat_nogironlar
