cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Markaz — yangiliklar

Markaz — Cheksiz media! Reklama va aloqa:

Больше
Рекламные посты
2 358
Подписчики
Нет данных24 часа
-207 дней
-8730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Buxoroda ona qizini psixonevrologiya dispanseridan olib ketishdan bosh tortdi Buxoro viloyatida 14 yoshli qiz bolalar ombudsmanı idorasiga yordam soʻrab murojaat qildi. Qiz psixonevrologik klinikaga olib borilgan, u koʻrsatilgan yordamdan keyin oʻzini yaxshi his qildi, ammo qizning onasi farzandini ruhiy shifoxonadan olib ketishdan va hatto u bilan telefonda gaplashishdan bosh tortgan. Bolalar ombudsmani idorasi tomonidan Ijtimoiy himoya agentligiga soʻrov yuborildi, mutaxassislar tomonidan oilaning ijtimoiy ahvoli oʻrganildi, qizning dispanserdan chiqarilishi, shuningdek, uning sogʻlom va toʻliq hayotga yanada moslashishi kuzatib borilishi belgilandi. Ijtimoiy soha xodimlari qizning onasi bilan ham tushuntirish ishlari olib bordi, shundan soʻng bola kasalxonadan chiqarilib, uyiga qaytdi. Bundan tashqari, qiz allaqachon maktabga chiqa boshlagan. 😎@markazpro
Показать все...
00:28
Видео недоступноПоказать в Telegram
Qozogʻistondagi YTHda 8 nafar oʻzbekistonlik vafot etdi 3-aprel kuni Samara—Chimkent trassasining Qozogʻistonning Aqtoʻbe oblasti Marjonbuloq qishlogʻidan oʻtgan qismida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. YTH Volvo yuk mashinasi hamda Oʻzbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Toyota-Alhpard miniveni ishtirokida roʻy bergan. Hodisa oqibatida miniven haydovchisi va undagi yetti nafar yoʻlovchi voqea joyida halok boʻlgan. Qurbonlarning barchasi Oʻzbekiston fuqarolari. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, harakat vaqtida yuk avtomobilining shinasi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan va miniven bilan toʻqnashgan. Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga asosan, baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini oʻtkazish boʻyicha hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda. 😎@markazpro
Показать все...
video_2024-04-03_19-15-11.mp45.53 MB
Repost from N/a
00:32
Видео недоступноПоказать в Telegram
Севара Назархон самолёт бортида қўшиқ куйлади Air Samarkand авиакомпаниясининг Самарқанд–Истанбул йўналишида амалга оширилган парвозида хонанда Севара Назархон йўловчиларга қўшиқ куйлаб берди. Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган артист авиакомпаниянинг амбассадори ҳисобланади. Ўзбекча компаниядан ҳақиқий ўзбекча маркетинг. Қандай баҳо берасиз?! Ўзбекча маркетинг
Показать все...
GD7vPANyy7K-5kgDAMHycBAMfMVLbpR1AAAF.mp47.20 MB
Toshkentda odamlar gavjum joylar kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanmoqda Toshkent shahri IIBB fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida xodimlar savdo majmualari, koʻngilochar maskanlari, bozorlar va boshqa jamoat joylarida kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borayotganini maʼlum qildi.
“Mamlakatimiz, shahrimiz va har bir mahallada tinchlik va osoyishtalikni yanada mustahkamlash uchun barchamiz birdek masʼulmiz. Befarq boʻlmang!” — deyiladi xabarda.
Ichki ishlar vazirligi esa bu tadbirlar butun mamlakat boʻylab oʻtkizilayotganini maʼlum qildi. Vazirlik turli manzillarda qarovsiz qoldirilgan har qanday buyumni eʼtibordan chetda qoldirmasdan, ular haqda darhol 102 raqamiga xabar berish kerakligini eslatdi. 😎@markazpro
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
“Salimboy” sud hukmiga koʻra, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi Toshkent shahar Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tumani sudida boʻlib oʻtgan sud majlisida Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilgan. “Salimboy”ga sud hukmi bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sud hukmi taxminan 19-mart kuni oʻqilgani aytilmoqda. Ammo shu paytgacha bu haqda rasmiy axborot berilmagan. Manbaning taʼkidlashicha, Toshkentda jinoyatchilikka qarshi kurashish doirasida qoʻlga olinganlarning yana bir nechtasi boʻyicha ish sudga chiqarilgan. 😎@markazpro
Показать все...
Ramazonning birinchi haftasi ham nihoyasiga yetmoqda. Bu oyda ovqatlanish ratsioniga qatʼiy amal qilish kerak. Ushbu postda professor Guli Shayxovaning roʻzadorlar ovqatlanish tartibi toʻgʻrisidagi tavsiyalarini keltiramiz. Postni tayyorlashda Kun.uz nashri maʼlumotlaridan foydalanildi. 😎@markazpro
Показать все...
Bugun aksariyat poytaxtdagilar birrovga kezib chiqqan joy - Tashkent city mall'dan kadrlar. Savdo markazi qiziqtirayotgan bo'lsa, batafsil video bu yerda. Ko'ring, ulashing 🙂 @shakhdarov
Показать все...
Bloger Namangan koʻchalarida “Er kerak” deb yozilgan taxtachani koʻtarib, video suratga oldi. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining xabar qilishicha, mazkur holat masʼullari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻrganilgan. Aniqlanishicha, videoda 2007-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan D.R.ning xatti-harakatlari aks etgan boʻlib, videolavha goʻzallik saloni mijozlarini koʻpaytirish maqsadida olingan. Holat yuzasidan masʼul idoralar vakillari tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilgan.
“Ushbu videolavha bilan bogʻliq holatlar jamiyatda oʻrnatilgan qoidalarni mensimaslik, qolaversa, turli maqsadlar yoʻlida voyaga yetmagan shaxsdan foydalanish, odamlarning fikrini manipulyatsiya qilish, chalgʻitish sifatida jamoatchilikning oʻrinli eʼtirozlariga sabab boʻldi. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi har bir shaxs jamiyatdagi maʼrifiy qoidalarni hurmat qilishi zarur, deb hisoblaydi. Holatning oʻrganish natijalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilning 24-avgust sanasida taniqli bloger Maryam Tillayeva ham shunga oʻxshash fleshmob uyushtirgandi. U Toshkent koʻchalarida “Er izlayapman” deb yozilgan taxtacha koʻtarib, video tasvirga olgan. Video qatnashchilari turli reaksiya bildirgan, ayrimlar bloger bilan rasmga tushgan boʻlsa, ayrimlar unga turmushga chiqishni taklif qilgan. Ammo qoʻmitaning poytaxt boshqarmasi bloger bilan oʻrganish ishlari oʻtkazgan yoki yoʻqligi haqida maʼlumot berilmagandi. 😎@markazpro
Показать все...
IMG_1326.MP417.72 MB
02:28
Видео недоступноПоказать в Telegram
Yangi yil haqida alamli qoʻshiq: Java klip premyerasini eʼlon qildi. Xonanda Java 28-dekabr kuni “Yangi yil” deb nomlangan qoʻshigʻi va ungan ishlangan kayfiyatbop videoni eʼlon qildi. Unda har Yangi yilda yayraydigan, oʻzbek estradasi yulduzlari tomonidan kuylanadigan qoʻshiqqa bir nechta havolalar berilgan. Qoʻshiqda shunday deyiladi:
Yangi yil — bu aytilaverib eskirgan qoʻshiqlar, Hech qachon amalga oshmagan orzular. Har yil yangilangan shirin yolgʻonlar.
Xonanda Yangi yilni kutmay qoʻyganini aytib, buning sababini tushuntiradi. Bunga dunyodagi geosiyosiy tortishuvlardan tortib, odamlarning bir-biriga boʻlgan munosabatigacha sabab sifatida koʻrsatiladi.
Koʻchalarda toʻlib ketgan olifta, soxta qorqizlar, Uyingda mehmon boʻlsalar, badanda qoldirar izlar.
Qoʻshiqchi anʼanaviy tarzda avvalgi davrni hozirgisidan yaxshiroq deb koʻrsatadi. Odamlar mehrli boʻlgani, doʻstlar ishonchni sotmaganini aytadi. Shu sababli har qanday umidga shubha bilan qaray boshlaganini tushuntiradi. 😎@markazpro
Показать все...
JAVA-Yangi-yil-mood-video.mp410.38 MB
Oʻzbekistonda rus tili maktab darsligida onlayn kazino reklamasi chiqdi. 📖 Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonda rus tili maktab darsligida kazino reklamasi chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova bunga munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, 2022-yilda chop etilgan 10-sinf rus tili darsligidagi QR kod havolasi shu paytga qadar toʻgʻri boʻlgan va dars topshiriqlariga yoʻnaltirgan. Bugungi kunda QR kodga bogʻlangan sayt buzib kirilgani mutaxassislar tomonidan tasdiqlandi. Vazirlik tomonidan 10-sinf rus tili darsligidagi mashqlarni bajarish uchun QR kod orqali kirilganda paydo boʻlayotgan onlayn kazino havolasiga kirish imkoniyatini cheklash boʻyicha tegishli soha tashkilotlariga murojaat qilindi. 😎@markazpro
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.