cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Toshkent shahridagi Prezident maktabi | Presidential School in Tashkent

Рекламные посты
3 670
Подписчики
+8424 часа
+2847 дней
+45930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI 8-9-IYUL KUNI BO‘LIB O‘TADI 📆 Joriy yilning 8-9-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. ✅ Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi. ❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus shahri, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📨 Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #Prezident_maktabi 📣📣📣📣📣 🔔 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi! 📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi. 📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi. ⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. 📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. ✅ Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BIR BOSQICHDA QUYIDAGI TARTIBDA O‘TKAZILADI: 📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
📶 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonining sanasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #Ixtisoslashtirilgan_maktablar ❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. 🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 🔬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq; ➖ 8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! ❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. ➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi. ⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Aziz yoshlar, kelajak bunyodkorlari! Barchangizni bugungi bayram - 30-iyun - Yoshlar kuni bilan chin ko’ngildan muborakbod etaman. Yoshlik - bu inson uchun eng go’zal davr. Shu bilan birga ulkan maqsadlar ro'yobi uchun mustahkam poydevor qo’yiladigan davr. Aynan hozirgi bilimingiz, kuchingiz, shijoatingiz, intilishingiz Vatanimiz, xalqimizning buyuk kelajagini yaratish uchun asos bõladi. Sizlar Uchinchi renessans bunyodkorlari, ertamiz egalari va xalqimiz ishonchisiz. Umid qilamizki, sizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlardan oqilona foydalangan holda, yurtimiz ravnaqi uchun munosib hissa qo’shadigan, zamon bilan hamnafas boʻlgan holda milliy qadriyatlarimizni qadrlovchi, oʻzligini asrovchi, yurt koriga yarovchi barkamol avlod bo’lib shakllanasiz. Sizlarni yana bir bor Yoshlar kuni bilan qutlab, barchangizga sogʻlik, ulkan yutuqlar, omad va baxt tilaymiz. Ma'mura Tadjibayeva, Toshkent shahridagi Prezident maktabi direktori. 🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Показать все...
Repost from Alisher Sadullaev
02:23
Видео недоступноПоказать в Telegram
Shaxsan Prezidentimizdan yoshlar kuni uchun maxsus! Barchasi uchun katta rahmat, janob Prezident. P.S. sevimli iqtibosingizni izohlarda qoldiring, aziz yoshlar.
Показать все...
26.37 MB
Repost from Hilola Umarova
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari! Barchangizni bugungi katta bayram — “30 iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklayman. Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta. Aziz yoshlar! Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz. Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Показать все...
00:19
Видео недоступноПоказать в Telegram
📆Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot bo’lib o’tdi. ✅Unda davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Abdulaziz Sobirovni Garvard universitetiga o’qishga qabul qilinganini e’tirof etib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar o’zini oqlayotganini takidladi. 🏛Toshkent shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook
Показать все...
IMG_2777.MP42.20 MB
#Butunjahon_yoshlar_festivali #Prezident_maktablari_paviloni ⚡️BUTUNJAHON YOSHLAR FESTIVALI DOIRASIDA PREZIDENT MAKTABLARI PAVILONI OCHILDI Toshkent shahrida Butunjahon yoshlar festivali doirasida Yoshlar shaharchasi tashkil etildi. Bu shaharchaning "Ta’lim" ko’chasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining “Prezident maktablari” paviloni ochildi. Mazkur pavilonni tashkil etishdan maqsad O‘zbekistonda ta’lim tizimida yangi tendensiyalar va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan mahalliy va xorijiy yoshlarni tanishtirishdan iborat. Shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimida STEAM fanlari ahamiyatini o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish, oʻgʻil-qizlarni ilmga ragʻbatini oshirishni ham koʻzda tutadi. Ushbu pavilonda Prezident, ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari tomonidan yaratilgan loyihalar va ishlanmalar namoyish etilmoqda. Yoshlar fanlar bo‘yicha test va topshiriqlar asosida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazib, amaliy va virtual laboratoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda, robototexnika, dasturlash, STEAM Art yoʻnalishlarida mahoratlarini oshirmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.