cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Namangan tumani hokimligi | rasmiy kanali

Namangan tumani hokimligining telegramdagi rasmiy kanali Murojaat yuborish uchun: @Nammurojaatbot

Больше
Рекламные посты
4 255
Подписчики
+724 часа
+197 дней
-3630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
23 май – Бутунжаҳон тошбақалар куни 23 май куни дунёнинг кўплаб мамлакатларида Бутунжаҳон тошбақалар куни нишонланади. Бу ғаройиб байрамга 2000 йилда Америка тошбақаларни сақлаб қолиш жамияти ташаббуси билан асос солинган. Байрамдан мақсад жамоатчилик эътиборини тошбақаларнинг қирилиб кетишига қаратишдир. 👉 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Guruh
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🌤 ☀️🌦 Наманганда 23 май куни 28 даража илиқ бўлади   ▫️Республика Гидрометеорология маркази 23 май, чоршанба куни кузатиладиган об-ҳаво ҳақида маълумот берди. ▫️Наманган вилоятида ҳаво ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Шарқдан секундига 5-10 метр тезликда шамол эсади. Кечаси 11-16, кундузи 23-28 даража илиқ бўлади. ▫️Республикамизнинг тоғолди ва тоғли туманларида ҳаво ўзгариб туради, вақти-вақти билан ёмғир ёғиб, момақалдироқ бўлиши мумкин. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади. Айрим жойларда шамолнинг тезлиги секундига 13-18 метргача кучайиши мумкин. Кечаси 6-11, кундузи 13-18 даража илиқ бўлади. Давлатобод тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати Sayt|Telegram|Facebook| Instagram| X|YouTube|Murojaat|Guruh
Показать все...
“Yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish” mavzusida viloyat seminari o‘tkazildi Namangan tumanidagi 30–umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli salbiy illatlardan asrab, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, kitobga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otish maqsadida tashkil etilgan tadbirda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xayrullo Abdurahmonov, Muhammadsharif So‘fizoda nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi direktori Zulxumor Turaxodjayeva, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining ma’naviy-ma’rfiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassislari, tumandagi barcha ta’lim muassasalarining direktor o‘rinbosarlari hamda maktab kutubxona mudiralari ishtirok etdi. Unda ishtirokchilarga viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida ishlab chiqilgan “Kitob mutolaasining yoshga doir me’yorlari” qo‘llanmasi yuzasidan o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tavsiya etiladigan badiiy adabiyotlar va bolalar uchun belgilangan matnlar hajmi borasida keng qamrovli ma’lumotlar berib o‘tildi. Yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirish, ular orasida milliy o‘zbek adabiyoti hamda jahonning mashhur durdona asarlarini targ‘ib qilishga qaratilgan ma’ruzalar tinglandi Tashkil etilgan “Yoshlik” teatr studiyasi bilan tanishilib, ilm maskanidagi she’riy to‘plamlarii nashrdan chiqqan, “Yosh kitobxon” tanlovi g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ota – onalari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi. Seminar yakunida qiziqtirilgan savollarga javoblar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.
Показать все...
#қишлоқ_хўжалиги Қишлоқ хўжалигидаги  ўрганиш ишлари давом этмоқда Бугун Наманган тумани ҳокими бошчилигида қишлоқ хўжалиги соҳасидаги жараёнларни ўрганиш ишлари давом этирилмоқда. Тумандаги барча фермер  хўжаликларида ушбу йўналишдаги агротехник тадбирлар ижроси билан танишиш мақсадида ҳудудларда ўрганиш ишлари олиб борлмоқда. Дала майдонлари жойида кўрилиб, ғўза парваришида олиб борилаётган агротехник тадбирлар, хусусан, қатор ораларини юмшатиш, бегона ўтлардан тозалаш, ягоналашни якунига етказиш ишларига эътибор қаратилмоқда. Наманган туман ҳокимлиги ахборот хизмати. Kanalga ulanish👇👇👇 @namangantumanhokimligi
Показать все...
“Yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish” mavzusidagi viloyat seminari o‘tkazildi. Bugun Namangan tumanidagi 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, ular o‘rtasida kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida viloyat seminari tashkil etildi. Seminar davomida Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Xayrullo Abduraxmanov, “Muhammadsharif So‘fizoda” nomidagi viloyat bolalar kutubxonasi direktori Zulxumor Turaxodjayeva, 14 ta tuman (shaxar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ma’naviy-ma’rfiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassislari, Namangan tumanidagi barcha umumta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda maktab kutubxona mudiralari ishtirok etdilar. O‘quv seminariga yig‘ilganlar maktabda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, o‘quv yili davomida maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan erishgan yutuqlari hamda muddatidan oldin xorijiy va yurtimiz oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan 7 nafar oquvchilar bilan suhbatlashildi, shuningdek she’riy to‘plami nashrdan chiqqan oquvchilar, maktabda tashkil etilgan adabiyot, san’at, sport, kitobxonlik to‘garaklari, “Yoshlik teatr studiyalari” faoliyati bilan tanishib ular bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Maktab direktori sovrini uchun o‘tkazilgan 1-4, 5-6, 7-11-sinf o‘quvhilari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi g‘oliblari va ularning ota-onalari taqdirlandi. Seminar davomida yig‘ilganlarga o‘quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tavsiya etiladigan badiiy adabiyotlar va kitob mutoalasining yoshga doir me’yorlari, bolalar yosh toifasiga qarab o‘qishi uchun tavsiya qilinadigan matnlar hajmiga alohida e’tibor berilishi kerakligi haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Показать все...
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Республикаси Буюк миллат мажлиси раиси Нуман Куртулмуш бошчилигидаги делегацияни қабул қилди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Великого национального собрания Турецкой Республики во главе с председателем собрания Нуманом Куртулмушем. #Mirziyoyev #qabul #Turkiya #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показать все...
👍 1
01:20
Видео недоступноПоказать в Telegram
Спорт майдончаларини қуриш бўйича маҳаллангизга овоз бердингизми? Овозлар 1-июнга қадар tashabbus.sport.uz сайтида қабул қилинади. Лойиҳамизда фаол иштирок этинг ва болалар кунига маҳаллангиз ҳудудида фарзандларингиз учун спорт майдончаси ютиб олинг!
Маълумот учун: Танловда 691 та маҳалла иштирок этмоқда.
Показать все...
02:40
Видео недоступноПоказать в Telegram
“Рақамли Ўзбекистон – 2030” стратегияси: кибержиноят жамият ва иқтисодий тараққиёт кушандаси
Показать все...