Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
☑️ veb-sayt: https://qviib.uz/ ☑️ Qashqadaryo viloyati IIB Ахborot xizmati rasmiy telegram kanali. https://t.me/kashuvd ☑️ Instagram|https://www.instagram.com/rasulova_iroda_iib/ ☑️ Youtube|https://www.youtube.com/channel/UCd2bxikpjTVAng1XCrvQaiw?view
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal
Канал Qashqadaryo IIB | Rasmiy kanal (@kashuvd) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 13 900 подписчиков, занимая 14 791 место в категории Новости и СМИ и 5 870 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 13 900 подписчиков.
Согласно последним данным от 12 июля, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -29, а за последние 24 часа — 6, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Не верифицирован
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 15.53%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 12.22% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 2 159 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 1 699 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 0.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“☑️ veb-sayt: https://qviib.uz/
☑️ Qashqadaryo viloyati IIB Ахborot xizmati rasmiy telegram kanali. https://t.me/kashuvd
☑️ Instagram|https://www.instagram.com/rasulova_iroda_iib/
☑️ Youtube|https://www.youtube.com/channel/UCd2bxikpjTVAng1XCrvQaiw?...”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 13 июля, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Новости и СМИ.
Загрузка данных...
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 13 июля | +7 | |||
| 12 июля | +10 | |||
| 11 июля | +8 | |||
| 10 июля | +29 | |||
| 09 июля | +5 | |||
| 08 июля | +24 | |||
| 07 июля | +11 | |||
| 06 июля | +4 | |||
| 05 июля | +4 | |||
| 04 июля | +10 | |||
| 03 июля | +21 | |||
| 02 июля | +15 | |||
| 01 июля | +10 |
| 2 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
🇺🇿Kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Qashqadaryo viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Shahrisabz tumanidagi 35-oilaviy poliklinikada kiberjinoyatlarning oldini olish hamda kiberfiribgarlik holatlaridan ogohlikni oshirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida fuqarolarning mobil telefonlari zararli ilovalardan tozalanib, mavzuga oid tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ular “Xavfsiz internet” yordamchi botiga ulandi hamda targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Qashqadaryo viloyati hududida kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari izchil davom etmoqda.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 1 108 |
| 3 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 200-sonli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1-iyulidan 1-avgustiga qadar respublika hududida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida Shahrisabz tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi inspektor-psixologlari tomonidan voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida tuman hududida joylashgan ko‘ngilochar maskanlar (oshxona, kafe, restoran, bar va boshqalar) faoliyati o‘rganilmoqda.
Shuningdek, mazkur obyektlar rahbarlari va ish beruvchilariga amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, voyaga yetmaganlarni qonunga xilof ravishda ishga jalb etmaslik hamda boshqa qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 1 076 |
| 4 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
🇺🇿 2026-yil 1-iyuldan 1-avgustga qadar respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida 13-iyul kuni bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, tumanning “Oq oltin” mahallasida IIB xodimlari hamda patronaj shifokorlari bilan hamkorlikda “D” hisobida turuvchi shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ularning xulq-atvori o‘rganildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan ilgari sudlangan Sh.M. bilan ham profilaktik suhbat o‘tkazildi.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 879 |
| 5 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
🇺🇿 Test sinovlari xavfsizligi — viloyati IIB boshlig‘i nazoratida
Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarining ochiq, shaffof va xavfsiz tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida keng qamrovli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov Qarshi shahridagi «Nasaf» stadionida tashkil etilgan test sinovlari o‘tkazilayotgan hududlarni ko‘zdan kechirib, xavfsizlik choralari, jamoat tartibini saqlash, abituriyentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mas’ul xizmatlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 1 098 |
| 6 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
🇺🇿 Test jarayonlari oldidan mas'ullarga yo‘riqnoma berildi
Qarshi shahridagi “Nasaf” stadioni hamda imtihonlar bo‘lib o‘tishi belgilangan boshqa hududlarda oliy ta'lim muassasalariga qabul bo‘yicha test sinovlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mas'ul xodimlar ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Rustamjon Do‘stmatov ham test jarayonlarining xavfsizligini ta'minlash, jamoat tartibini saqlash, abituriyentlar va ularning yaqinlari uchun qulay sharoit yaratish hamda xizmatni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etish yuzasidan shaxsiy tarkibga aniq vazifa va topshiriqlar berdi.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 1 158 |
| 7 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
🇺🇿 Abituriyentlar xavfsizligi — asosiy e’tibor markazida.
Qashqadaryo viloyatida oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarini xavfsiz, tartibli va shaffof tashkil etish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyev, tegishli tashkilotlar rahbarlari, test markazi mas’ul xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida 2026-2027 o‘quv yili uchun Qarshi shahridagi "Nasaf" stadionida tashkil etilgan test sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazish, jamoat tartibini ta’minlash, abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun xavfsiz hamda qulay muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.
Viloyat IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov barcha mas’ullarga xizmatni kuchaytirilgan tartibda tashkil etish, hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, nazorat-o‘tkazish postlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, abituriyentlarni shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tartibli kiritish, favqulodda holatlarning oldini olish hamda fuqarolarga xushmuomala munosabatda bo‘lish yuzasidan aniq yo‘riqnoma va topshiriqlar berdi.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 1 647 |
| 8 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
🇺🇿“Xavfsiz va sog‘lom yurt” kompleks tezkor-profilaktik tadbiri oyligi doirasida Qashqadaryo viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Qarshi elektr ta’minoti korxonasida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda sodir etilayotgan kiberjinoyatlar, ularning turlari va firibgarlar tomonidan qo‘llanilayotgan usullar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, xodimlarga mobil telefon qurilmalariga kelgan noma’lum va zararli APK fayllarni ochmaslik, soxta qo‘ng‘iroqlar orqali bog‘lanayotgan shaxslar bilan muloqotni davom ettirmaslik, turli yutuqli o‘yinlar hamda "ovoz bering" mazmunidagi soxta havola va ilovalarga kirmaslik, o‘zining va yaqinlarining shaxsiy ma’lumotlarini ishonchli himoya qilish zarurligi tushuntirildi.
Yakunda fuqarolar doimo ogoh va hushyor bo‘lishlari, shubhali holatlarga duch kelganda esa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari lozimligi ta’kidlandi.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 1 707 |
| 9 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
🇺🇿«Komplaens va ma'naviy madaniyat oyligi» doirasida mahorat darslari o‘tkazildi
Ichki ishlar organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat intizomini mustahkamlash, yuksak ma'naviyat va vatanparvarlik fazilatlarini yuksaltirishga qaratilgan «Komplaens va ma'naviy madaniyat oyligi» doirasida IIV Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti hamda Qarshi tumani IIB mas'ullari ishtirokida keng ko‘lamli tadbir tashkil etildi.
Unda «Ajdodlar jasorati — xizmatim poydevori» tamoyili asosida Sohibqiron Amir Temurning qo‘shin boshqarish mahorati, qat'iy intizomga asoslangan davlat boshqaruvi va harbiy san'ati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, «Manguberdi vorislari» jangovar-motivatsion darsida Sulton Jaloliddin Manguberdining Vatan himoyasi yo‘lidagi beqiyos jasorati, harbiy taktikasi va fidoyiligi misolida shaxsiy tarkibda ekstremal vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish, yuksak mas'uliyat hamda vatanparvarlik fazilatlarini mustahkamlashga qaratilgan mahorat darslari ham o‘tkazildi.
Ushbu tadbir halollik tamoyillariga qat'iy amal qilish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 1 761 |
| 10 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
🇺🇿 Kibermarafon sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik oyligi doirasida Shahrisabz tumani “Miraki” turistik hududida Qashqadaryo viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan Kibermarafon sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Marafonda yoshlar, keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.
G‘oliblar viloyat IIBning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 1 964 |
| 11 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati IIBda joriy yil 1-31 iyul kunlari ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri hamda “Komplayens va ma’naviy madaniyat oyligi” doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi, viloyat IIB rahbariyati, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va yosh xodimlar ishtirok etdi. Oylik doirasidagi tadbirda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning ma’naviy-ruhiy muhitini yanada mustahkamlash, xizmatda hamkasblariga namuna bo‘layotgan xodimlarni munosib rag‘batlantirish borasida fikr-mulohazalar ishtirokchilarga atroflicha tushuntirildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat davomida jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi murosasiz bo‘lish, faoliyat davomida fidokorlik va kasbga sadoqat namunasini ko‘rsatishi lozimligi ta’kidlandi.
Halollikni shior qilib, mas’uliyatni unutmagan, xalq xizmatida doim sobit bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari, bilan birga ularning ota-onalari, oilasi Ichki ishlar vazirligi va viloyat IIB rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanishi aytib o‘tildi.
Uchrashuvlarda xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, yig‘ilishda respublika hududida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning hayoti va mol-mulki daxlsizligini ishonchli ta’minlash, profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, sohaviy xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish masalalari muhokama etildi.
Hududlarda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni barvaqt aniqlab oldini olish, unga qarshi kurashish, aholi bilan manzilli ishlash va profilaktik tadbirlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Yakunda barcha sohaviy xizmatlar va hududiy rahbarlarga berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ta’minlash, xizmat intizomi hamda shaxsiy mas’uliyatni yanada kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar yuklandi.
Yig‘ilish yakunida Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Halollik yo‘li” nomli video rolik namoyish etildi.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 1 661 |
| 12 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
🇺🇿 Qonuniylik, halollik va yuksak ma’naviy madaniyat – ichki ishlar organlari faoliyatining ustuvor tamoyilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 1–31 iyul kunlari ichki ishlar organlari tizimida "Komplayens va ma’naviy madaniyat oyligi" keng qamrovli kompleks profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 1 728 |
| 13 | Barchasi jamiyat tinchligi va aholi osoyishtaligi uchun: “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng koʻlamli tezkor-profilaktik tadbirlarining dastlabki oʻn kunligi sarhisobi
———
Барчаси жамият тинчлиги ва аҳоли осойишталиги учун: «Хавфсиз ва соғлом юрт» кенг кўламли тезкор-профилактик тадбирларининг дастлабки ўн кунлиги сарҳисоби
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV | 1 699 |
| 14 | Bugun, 13 iyul
☀️ +42°...+27°, Ochiq havo
Hozir: ☀️ +27°, ⬇️ 2.6 m/s
Tong: ☀️ +35°
Kun: ☀️ +42°
Oqshom: ☀️ +39°
Namlik: 10%
Shamol: Shimoliy-shimoli-sharqiy, 8.5 m/s
Bosim: 750 mm sim. ust.
Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 05:21
Quyosh botishi: 20:02 | 1 839 |
| 15 | Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan "OSOYISHTA YURT" 12 soni | 2 159 |
| 16 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
🇺🇿Vazir o‘rinbosari polkovnik Diyorbek Sattarov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Diyorbek Sattarovning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida fuqarolar qabuli tashkil etildi. Qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining murojaatlarini tinglash, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etishdan iborat bo‘ldi.
Qabul davomida jami 45 nafar fuqaro 7 ta yo‘nalish bo‘yicha murojaat qildi. Diyorbek Sattarov tomonidan har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, 13 tasi joyida ijobiy hal etildi. Yana 13 nafar murojaatchiga malakali huquqiy maslahat hamda amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan 19 ta murojaat ijroga qaratilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ularning qonuniy hal etilishi nazoratga olindi.
Qabul yakunida murojaatlarning o‘z vaqtida va qonuniy hal etilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ijro jarayonlari shaxsan nazoratga olinishi ta’kidlandi.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 2 241 |
| 17 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
🇺🇿 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan manzilli ishlar davom etmoqda
Yakkabog‘ tumaniga qarashli “Samoq” "Choydari" MFYlarda mahalladagi kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan bir qator manzilli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, ruhiy kasallikka chalingan hamda davolanishga muhtoj fuqarolar tegishli tartibda shifoxonaga davolanish uchun joylashtirildi.
Shuningdek, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan tizimli suhbatlar o‘tkazilib, ularning qonun talablariga rioya qilishi, qayta huquqbuzarlik sodir etmasligi yuzasidan ogohlantirish va tushuntirish ishlari olib borildi.
Yozgi mavsumi bo‘lgani bois aholi gavjum bo‘ladigan dam olish maskanlarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Hududlarga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari tashkil etildi. Fuqarolarga: daryo va suv havzalarida belgilanmagan joylarda cho‘milmaslik, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tushuntirish va ogohlantirish ishlari amalga oshirildi.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 2 308 |
| 18 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt 🇺🇿 Qashqadaryo viloyati IIB da boshqarma jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida fuqarolarni murojaatlari bo‘yicha qabul o‘tkazildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan muloqot qilish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatchilarning ichki ishlar organlari bilan bog‘liq shikoyatlariga yechim topish maqsadida tashkil etilgan
qabulda tizimning tergov, profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv harakatlari hamda ichki ishlar organlariga ishga kirish masalalari yuzasidan murojaatlar eshitilib, hal etish choralari ko‘rildi.
Kelib tushgan murojaatlarning ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar alohida nazoratga olinib, mas’ullarga hal etish topshirig‘i berilildi.
Muloqot davomida ko‘tarilgan muammolarni ayrimlari hal etilgan bo‘lsa, o‘rganish uchun vaqt talab etadiganlarini bartaraf etish nuqtayi nazaridan soha mas’ullariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 3 042 |
| 19 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
⚔️ “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli profilaktik tadbiri davomida Qashqadaryoda noqonuniy moy ishlab chiqarish holati fosh etildi.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 1 736 |
| 20 | #Xavfsiz_va_sog'lom_yurt
🇺🇿Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida G‘uzor tumani IIB huzuridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan G‘uzor tumanida barpo etilayotgan 730 gektarlik quyosh paneli qurilishi obyektida faoliyat yuritayotgan Xitoy, Pokiston, Hindiston va Misr davlatlari fuqarolari ishtirokida nazorat-profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida xorijiy fuqarolarning “E-mehmon” elektron axborot tizimining ishchi holati o‘rganilib, ularga amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
———
👮 Mening Inspektorim Ilovani yuklab olish:
👉 Google Play orqali yuklash
👉 App Store orqali yuklash
Telegram | Website | Facebook | Youtube |Instagram| TV | 1 847 |
