ru
Feedback

Не попадитесь на канал ботавода! Telemetrio находит и помечает такие каналы 👉 Хотите видеть метку — оформите подписку

Taʼlimga oid | Ochiq Dars

Taʼlimga oid | Ochiq Dars

Открыть в Telegram

💡 Ochiq dars — Kreativ dars o‘tish usullari bo‘yicha eng so‘nggi xabarlar Reklama: @Edumedia_reklama

Больше

📈 Аналитический обзор Telegram-канала Taʼlimga oid | Ochiq Dars

Канал Taʼlimga oid | Ochiq Dars (@ochiqdarsim) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 26 539 подписчиков, занимая 7 349 место в категории Образование и 3 021 место в регионе Узбекистан.

📊 Показатели аудитории и динамика

С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 26 539 подписчиков.

Согласно последним данным от 08 ноября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило -732, а за последние 24 часа — -33, при этом общий охват остаётся высоким.

  • Статус верификации: Не верифицирован
  • Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 12.25%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 3.63% реакций от общего числа подписчиков.
  • Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 3 255 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 966 просмотров.
  • Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 13.

📝 Описание и контентная политика

Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“💡 Ochiq dars — Kreativ dars o‘tish usullari bo‘yicha eng so‘nggi xabarlar Reklama: @Edumedia_reklama”

Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 09 ноября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Образование.

26 539
Подписчики
-3324 часа
-2197 дней
-73230 дней
Архив постов
#bilib_oling ⚡⚡ KRK, KRS kunlar quyidagicha Dushanba — ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) Seshanba —
#bilib_oling ⚡⚡ KRK, KRS kunlar quyidagicha Dushanba — ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) Seshanba — filologiya fanlari (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili) Chorshanba — tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan – Science) Payshanba — aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) Juma — xorijiy tillar Shanba — amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik) va boshlang‘ich ta’lim 🚀 Hamkasblar guruhiga yuborib qo'ying ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!

⚡️ 𝙐𝙎𝙏𝙊𝙕𝙇𝘼𝙍, 𝙊𝙈𝙈𝘼𝙇𝘼𝙎𝙃𝙏𝙄𝙍𝙄𝙎𝙃𝙉𝙄 𝙊𝙓𝙄𝙍𝙂𝙄 𝙆𝙐𝙉𝙂𝘼 𝙌𝙊𝙇𝘿𝙄𝙍𝙈𝘼𝙉𝙂! Dekabr–yanvar oylarida pedagogik kengash, keyin esa platformaga yuklash jarayoni boshlanadi. Metodik tavsiya yoki qo‘llanma tayyorlashga hali kirishmadingizmi? Unda hozirdanoq harakat qilish vaqti keldi! 📚 BIZ SIZ UCHUN TAYYORLAYMIZ: 📘 𝙈𝙚𝙩𝙤𝙙𝙞𝙠 𝙩𝙖𝙫𝙨𝙞𝙮𝙖 — 24–28 bet. 📗 𝙈𝙚𝙩𝙤𝙙𝙞𝙠 qo‘𝙡𝙡𝙖𝙣𝙢𝙖 — 30–45 bet. 🎁 Taqriz — mutlaqo bonus! 🌍 Barcha fanlar va barcha tillarda! 𝘽𝙄𝙕𝙉𝙄𝙉𝙂 𝙁𝘼𝙍𝙌𝙄𝙈𝙄𝙕 𝙉𝙄𝙈𝘼𝘿𝘼? ✔️ Har bir ish noldan tayyorlanadi. ✔️ Bir-birini takrorlamaydigan individual mazmun. ✔️ Amaldagi nizom talablariga mos rasmiylashtirish. ✔️ Antiplagiat talablariga e'tibor. ✔️ Belgilangan muddatda tayyorlab berish. 🏆 BIZGA 3 000 NAFARDAN ORTIQ USTOZ ISHONCH BILDIRDI! 2025–2026-o‘quv yilidagi haqiqiy natijalarimiz: 🥇 38 ta — 𝙍𝙚𝙨𝙥𝙪𝙗𝙡𝙞𝙠𝙖 𝙙𝙖𝙧𝙖𝙟𝙖𝙨𝙞. 🏆 1 536 ta — 𝙑𝙞𝙡𝙤𝙮𝙖𝙩 𝙙𝙖𝙧𝙖𝙟𝙖𝙨𝙞. 🥈 1 154 ta — 𝙏𝙪𝙢𝙖𝙣 (𝙨𝙝𝙖𝙝𝙖𝙧) darajasi. 🏫 215 ta — Maktab darajasi. 📊 Jami 2 943 ta ish ommalashgan — 98,1% muvaffaqiyatli natija! Bu yo‘lda biz bilan birga bo‘lgan barcha ustozlarga rahmat! 🔥 𝙉𝙀𝙂𝘼 𝙃𝙊𝙕𝙄𝙍 𝘽𝙐𝙔𝙐𝙍𝙏𝙈𝘼 𝘽𝙀𝙍𝙄𝙎𝙃 𝙆𝙀𝙍𝘼𝙆? O‘tgan yili muddat tugashiga atigi 5 kun qolganda 500 dan ortiq buyurtmani qabul qilishga imkonimiz bo‘lmadi. Bu yil ham shunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun ishlaringizni oldindan rejalashtiring. ❗️Muhim: yangi nizomga muvofiq, antiplagiat sanasi pedagogik kengash sanasidan oldin bo‘lishi lozim. Shuning uchun tayyorgarlikni kechiktirmang. Biz 2023-yildan buyon sizga xizmat qilib kelmoqdamiz. Tajribamiz, natijalarimiz va mas'uliyatimiz bilan tanishing! 📲 HOZIROQ MUROJAAT QILING: ➡️ @Safarova_19_02 🏆 Erishilgan natijalar: https://t.me/ommalashtirishga_yordam0 📺 Namunalar va mijozlar fikrlari: https://t.me/AbdullaAvloniy1 ✨ Ommalashtirish sari birinchi qadamni bugun qo‘ying. Biz sizga yordam beramiz!

⚡⚡​Attestatsiya o'tvolsin (hajviy she'r) Bolam deydi: Ko'ksomsa Yegim keldi onajon Attestatsiya o'tvolsin Qilib beray bolajon. Onam deydi: Sog'indim Kelmaysanmi qizginam? Onajon duo qiling Sog'inib ketdim men ham 😥 Qo'shnim deydi: Bormisiz Ko'rinmaysiz buncha ham Attestatsiya o'tvolsin Chiqarman ko'chaga ham. Televizor ham ko'rish yo'q, Dilga sig'mas navolar. O'chakishib yomg'ir, qor Ochilmaydi havolar. Oshxonayu, hovli ham Bo'lib ketdi betartib. Men esa test ishlayman Yoshlangan ko'zim artib. Tushimda ham masala, O'ngimda ham shu ahvol. Telefonim tutab ketar, O'zimchi undan battar. Ne bo'lsa ham azizla Attestatsiya o'tvolsin. Hamma yetib murodga Yetarli ballni olsin. Bu kunlarni ajrini Berar bir kun Ollohim. Ustozjonlar barchaga OMAD kulsin ilohim 🚀 Yaqin hamkasblarga ham ulashib qo'ying ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!

❓Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha haq toʻlanadi? Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun toʻlovlar oʻqituvc
❓Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha haq toʻlanadi? Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun toʻlovlar oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga (1.155.000 soʻm) nisbatan foiz hisobida toʻlanadi. Sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun:
👉 15 nafar oʻquvchigacha – 26,4 foiz (304 920 soʻm); 👉 16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha – 31,6 foiz (364 980 soʻm); 👉 21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha – 36,9 foiz (426 195 soʻm); 👉 26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha – 42,1 foiz (486 255 soʻm); 👉 31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda – 52,8 foiz (609 840 soʻm).
📑 Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (oʻquvchilar ikki guruhga boʻlib oʻqitiladigan fanlar boʻyicha ham) sinfdagi oʻquvchilar soni 15 nafargacha boʻlganda – 8,8 foiz (101 640 soʻm), 15 nafar va undan ortiq boʻlganda – 17,6 foiz (203 280 soʻm). Informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz (203 280 soʻm). ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!

Erkinjon Turdimov: — Bilim — bizni kambagʻallikdan olib chiqadigan eng katta kuch. Kim farzandining taʼlimiga sarmoya kiritsa, uni oʻqitsa, ertaga el-yurt orasida obroʻ topadi... ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!

‼️‼️‼️ 📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi ✅ Maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta’lim m
‼️‼️‼️ 📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi ✅ Maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra: 🔹26-oktabr (1 kun) Informatika va axborot texnologiyalari; 🔹 27-29-oktabr (3 kun) Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun); Oʻzbek tili (Davlat tili); ❗️Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan test sinovlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari uchun 28-noyabr (1 kun) kuni bo‘lib o‘tadi. 🔹 30-31-oktabr (2 kun) Jismoniy tarbiya (Umumtaʻlim); Musiqa madaniyati; (jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlaridan koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun ham test sinovlari shu kuni bo‘lib o‘tadi). 🔹 2-7-noyabr (6 kun) Boshlangʻich taʻlim; 🔹 9-10-noyabr (2 kun) Matematika; 🔹 11-noyabr (1 kun) Fizika; 🔹 12-13-noyabr (2 kun) Tarix; Davlat va huquq asoslari; Tarbiya; 🔹 14-noyabr (1 kun) Texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi-qiz bolalar uchun); Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʻgʻil bolalar uchun); 🔹 16-17-noyabr (2 kun) Rus tili (milliy maktablarda); Rus tili va adabiyoti; Qozoq tili va adabiyoti; Qirg‘iz tili va adabiyoti; Tojik tili va adabiyoti; Turkman tili va adabiyoti; 🔹 18-20-noyabr (3 kun) Ingliz tili (Umumta'lim); Fransuz tili (Umumta'lim); Nemis tili (Umumta'lim); Xitoy tili; Yapon tili; Koreys tili; 🔹 21-noyabr (1 kun) Tasviriy sanʻat va chizmachilik; Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik; Geografiya; Iqtisodiy bilim asoslari; 🔹 23-24-noyabr (2 kun) Biologiya; Kimyo; 🔹 25-noyabr (1 kun) Psixolog; Oʻqituvchi-defektolog (Umumtaʻlim); Oʻqituvchi-logoped (Umumtaʻlim); Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarining pedagoglari: 2-smena Koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun (jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlari pedagoglari bundan mustasno). 🔹 26-27-noyabr (2 kun) Ingliz tili (Maktabgacha); Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi; Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi; Jismoniy tarbiya (Maktabgacha); Musiqa xodimi (Musiqa rahbari); Nemis tili (Maktabgacha); O‘qituvchi-defektolog (Maktabgacha); O‘qituvchi-logoped (Maktabgacha); Rus tili (Maktabgacha); Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o‘rinbosari); 🔹 27-28-noyabr (2 kun) Qoraqalpoq tili (Davlat tili); Qoraqalpoq tili va adabiyoti; ❗️Eslatma: Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelishlari so‘raladi. 📍 Sinov jarayonlari o‘tkazilish MANZILLARI Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlarni ishlab ko'rishlari mumkin. *Ushbu sinov kunlariga zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda, bu haqida pedagoglar qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi. ✅@Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!

🔹Geometrik shakllardan aplikatsiya... Chiqarib olishingiz uchun .pdf fayl. Matematika va geometriya fanlariga qiziquvchi yosh o'quvchilarimiz uchun ajoyib shakllarni hosil qilishni o'rgatuvchi qo'llanma Ayniqsa boshlang'ich o'quvchilariga judayam mos keladi. Uy hayvonchalarini geometrik shakllar orqali yasashni birgalikda o'rganamizmi? Unda faylni yuklab oling
Bundan ham qiziqarli fayllar bizning kanalda👇
✔️ @Ochiqdarsim - Kanaliga obuna bo'ling

⚡ Darsni shovqinsiz o‘tish va o‘quvchilarni 45 minut ushlab turish qiyinmi? 🌟Ustoz, o‘tgan o‘quv yilida o‘quvchilar darsga q
⚡ Darsni shovqinsiz o‘tish va o‘quvchilarni 45 minut ushlab turish qiyinmi? 🌟Ustoz, o‘tgan o‘quv yilida o‘quvchilar darsga qiziqmay qo‘yganini siz ham sezdingizmi? Bugun eng katta muammo — sinfni 45 daqiqa boshqarish va diqqatni jamlash. Ustiga-ustak, ochiq dars talabi ham bor… 🥳 Endi bosh qotirmang — tayyor yechim bor: Kreativ Pedagog kursida: — Shovqinli sinfni tinchlantirishning 10 ta oson usuli; — Zerikarli darsni 3D va “Sayohat” metodlari bilan jonlantirish; — “Avtofokus” metodi orqali qoloq o‘quvchini faollashtirish; — 45 minut davomida o'quvchilarni diqqatini ushlab turish sirlari! Sizni nimalar kutmoqda? ✅ 53 ta tayyor videodars (bir umrga, muddatsiz); ✅ Bonus: 3 ta elektron kitob sovg‘a! 🚀 Yangi o‘quv yilini oddiy ustoz emas, eng talabgir va sevimli ustoz sifatida boshlang! 😍 Kursni olish uchun hoziroq 👉 @Krepeduz_admin profiliga "Metodlarni olmoqchiman" deb yozib qoldiring. Kanalimiz: @Kreativ_pedagog

✅Tarqalgan  "x-variant". Mabodo qayta tushsa... Lekin bunday qisqa berilgan x variantlardan ko'ra, tizimli ravishda, imtihondan kamida 3-4 oy oldindan boshlab o'qib tayyorlangan ma'qul ❌ Imtihonga oz qolmoqda. Pullik x variant, aniq tushadigan savollar to'plami deb sizga sotmoqchi bo'lganlarga umuman ishonmang ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!

⚡⚡⚡ O‘QITUVCHI USTOZLARGA BAYRAM TILAKLARIM Ustoz desa jimirlaydi yuraklarim, Sizga aytay bugun eng zo‘r tilaklarim, Ko‘z yoshingiz qog‘ozlarda qolib ketsin, Uyingizga bug‘doy unlar to‘lib ketsin. Yeganingiz asal-u,qand,saryog‘ bo‘lsin, Minganingiz oppoq,, GM" toychoq bo‘lsin. Baxtiyorlik bosib olsin qalbingizni, Hamma bilsin zardan ulug‘ qadringizni. Quvonchingiz qalbingizdan toshib ketsin, Oyligingiz ming dollardan oshib ketsin. Mehnatingiz rohatini ko‘rib yuring, Tabassumla doim hushvaqt,kulib yuring. Yellar olib ketsin g‘ubor,gardlaringiz, Qog‘ozlarda qolib ketsin dardlaringiz Ega bo‘ling,, sog‘lik" degan boyliklarga, O‘g‘il uylab, qiz chiqaring oyliklarga, Ko‘p bo‘lsinda yaxshi kunda to‘ylaringiz, Qavat, qavat bo‘lib ketsin uylaringiz. Eng avvolo baxtli oyi, dada bo‘ling, Prakuror, hokimlarga quda bo‘ling. Qani ayting kimdan ekan kam joyingiz, Osmonlarda porlab tursin moh-oyingiz. Sizni yomon degan rangi samon bo‘lsin, Qadr bergan Yurt boshimiz omon bo‘lsin. Siz kelajak va bugunning gavharisiz, Bu dunyoning ustunisiz, javharisiz. Ustoz desa jimirlaydi yuraklarim, Sizga qancha aytsam ozdir tilaklarim. Sizdan ustun bo‘lar ekan aytingchi kim, Bir yurakdan yozib qo‘ydi Xurshid  Karim. Talak tilab sizga kuy-u,nazmdaman, Ey ustozlar sizga doim ta’zimdaman. ©️ Muallif: Xurshid Karim ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!

👏 Aytishadiki, "Quruvchi xato qilsa bir uy qulaydi, agar o'qituvchi xato qilsa butun bir jamiyat" 💐 Barchangizni bugungi ba
👏 Aytishadiki, "Quruvchi xato qilsa bir uy qulaydi, agar o'qituvchi xato qilsa butun bir jamiyat" 💐 Barchangizni bugungi bayramingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Hech qachon o'rganishdan va rivojlanishdan to'xtamang azizlar! ✅ @Ochiqdarsim - Barchasi ustozlar uchun!

‼️ Chirchiq shahrida maktab o‘quvchisi narkotik moddasi bilan qo‘lga tushgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu kabi holatlar farzandlarimiz xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi. Hurmatli ota-onalar! Farzandingiz kimlar bilan do‘stlashayotgani, bo‘sh vaqtini qayerda va qanday o‘tkazayotgani, internet va ijtimoiy tarmoqlardan qanday foydalanayotganiga befarq bo‘lmang.
Farzand tarbiyasi — faqat maktabning emas, avvalo oilaning ham mas’uliyatidir!
✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!

#attestatsiya #test ⚡⚡ Bahorgi Attestatsiyada100% tushgan pedmahorat testlar to‘plami 📌 Manba: Muslima Darmonova
Bundan ham qiziqarli ma'lumotlar bizning kanalda👇
✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!

⚡⚡ Milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun ariza berish yana qayta ochiladi Milliy sertifikat imtihoniga roʻyxatdan oʻt
⚡⚡ Milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun ariza berish yana qayta ochiladi Milliy sertifikat imtihoniga roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagan talabgorlar uchun toʻlov muddati yakunlangach, boʻsh qolgan oʻrinlarga ariza berish imkoniyati qayta ochiladi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlum qildi. ❇️Agentlikka koʻra, imtihonlar uchun belgilangan limitlar avvalgi imtihonlar statistikasi asosida shakllantirilgan. ➖ Ayni paytda oktyabr oyidagi sertifikat imtihonlariga roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning 60 foizi hali toʻlovni amalga oshirmagan. Toʻlov qilinmagan arizalar bekor qilingach, boʻshagan oʻrinlarga yana ariza qabul qilinadi. Ariza topshirish qayta ochilishi haqida bir kun avval eʼlon beriladi. Masalan, oʻzbek tili va adabiyoti fanidan toʻlov muddati 3-oktyabrda yakunlansa, 4–5-oktyabr kunlari boʻsh oʻrinlar uchun qayta ariza topshirish imkoniyati berilishi mumkin. 📌 Eslatma: biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi. ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ ustozlar kanali!

#O‘zingizga kerakli hujjatni ustiga bosing va yuklab oling 🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽 🇺🇿Ona tili to‘garak hujjatlari 👍Adab
#O‘zingizga kerakli hujjatni ustiga bosing va yuklab oling 🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽 🇺🇿Ona tili to‘garak hujjatlari 👍Adabiyot to‘garak hujjatlari 👨‍💼Drama va jadidlar to'garagi 🗄She'rxonlik va teatr to'garagi 🔼Ekologiya va turon to'garagi 🇺🇿O‘zbek tili boshlag'ich to‘garak hujjatlari 🇺🇿O‘zbek tili yuqori sinf to‘garak hujjatlari 🇷🇺Rus tili boshlang'ich to‘garak hujjatlari 🇷🇺Rus tili yuqori sinf to‘garak hujjatlari 🇺🇸Ingliz tili boshlang'ich to‘garak hujjatlari 🇺🇸Ingliz tili yuqori sinf to‘garak hujjatlari 🚙Fransuz tili boshlang'ich to‘garak hujjatlari 💪Fransuz tili yuqori sinf to‘garak hujjatlari 👨‍💼Nemis tili boshlang'ich to‘garak hujjatlari 👨‍💼Nemis tili yuqori sinf to'garak hujjatlari 📦Matematika to‘garak hujjatlari 🕊Informatika boshlang'ich to‘garak hujjatlari 🔍Informatika yuqori sinf to‘garak hujjatlari 📱Jismoniy tarbiya to‘garak hujjatlari 💸CHQBT to‘garak hujjatlari 🤳Kasb-hunar to‘garak hujjatlari 🇺🇿Texnologiya boshlang’ich to‘garak hujjatlari 🚘Texnologiya o’g’illar to‘garak hujjatlari 👠Texnologiya qizlar to‘garak hujjatlari 📱Robototexnika to'garak hujjatlari 🙂Tasviriy san’at boshlang'ich to‘garak hujjatlari 📱Tasviriy san’at yuqori sinf to‘garak hujjatlari ✨Chizmachilik to'garak hujjatlar 💸Musiqa boshlang'ich to‘garak hujjatlari 📊Musiqa yuqori sinf to‘garak hujjatlari ⚡️Fizika to‘garak hujjatlari 🧪Kimyo to‘garak hujjatlari 🦁Biologiya to‘garak hujjatlari 🌐Geografiya to‘garak hujjatlari 💸Iqtisod va tadbirkorlik to‘garak hujjatlari 📱Tabiiy fanlar boshlang'ich to‘garak hujjatlari 🍀Tabiiy fanlar yuqori sinf to‘garak hujjatlari 🌈Tarbiya boshlang'ich to‘garak hujjatlari 💵Tarbiya yuqori sinf to‘garak hujjatlari 💩Tarix fanidan to‘garak hujjatlari 🦅Huquq to‘garak hujjatlari 🔠Alifbe Chiroyli yozuv to'garak hujjatlari 🔠O'qish savodxonligi to‘garak hujjatlari ⭕️Boshlang’ich ona tili to‘garak hujjatlari 🕺Boshlang’ich matematika to‘garak hujjatlari 🕊Taqvim-mavzu reja 📜Taqvim-mavzu reja boshlang'ich 🥉Календарно-тематические планы 🥉Календарно-тематические планы для начальных классов 👨‍💼MAKTAB RAHBAR HUJJATLARI 💸Metodbirlashma hujjatlari rus maktablar 💸Metodbirlashma va ustama hujjatlari 👨‍💼Журнал классного руководителя 🏖ЧАС БУДУЩЕГО» — приказ № 310 📜SINF RAHBAR DAFTARI 📄KELAJAK SOATI 310-sonli buyruq  🌐 Veb sayitimiz 👉  👍 Zokirjon.com 📞 Telefon: 91-397-77-37 ✅ Telegram orqali  👤Admin bilan bog‘lanish       👇👇👇 👉 @nza445 @nza445 👉 @nza445 @nza445  Ustiga 👉 @nza445 @nza445 bosing

+7
Sinf rahbar daftari Kelajak soati 310-sonli buyruq asosida Kanalga a'zo bo'lish 🔽🔽🔽🔽🔽🔽 t.me/maktablar_uchun_hujjatlar t.me/maktablar_uchun_hujjatlar ✅ Telegram orqali 👤Admin bilan bog‘lanish 🔽🔽🔽🔽🔽 👉 @nza445 @nza445 👉 @nza445 @nza445 👉 @nza445 @nza445

VAQTNI BOSHQARISHNING 15 TA USULI 1️⃣Xotiraga ishonmang. Vazifalaringizni yozib boring va miyangizni yukdan xalos eting. 2️⃣ Afzalliklar ro‘yxatini tuzing. Bu sizni muhim ishlarga e’tibor qaratishga yordam beradi va bekorchi ishlarga vaqt sarflashning oldini oladi. 3️⃣Har hafta oxirida keyingi hafta uchun reja tuzishga vaqt ajrating. Bu vaqt bekor ketmaydi – samaradorligingiz oshishi bilan qaytadan yuz beradi. 4️⃣ Qiziqarli fikrni eslab qolaman deb umid qilmang – g‘oyalaringizni yozib qo‘yish uchun doim yoningizda daftarcha bo‘lsin. Yoki diktofon olib yuring. 5️⃣ Agar boshqalarning talablari siz qo‘ygan maqsadlarga mos kelmasa – “yo‘q” deyishni o‘rganing. 6️⃣ Harakatga o‘tishdan avval biroz o‘ylang, lekin haddan tashqari emas. Ozgina mulohaza qilib, beo‘rin qarorlar va vaqt yo‘qotishdan saqlanasiz. 7️⃣ O‘zini rivojlantirish uchun ham rejalaringizda alohida vaqt ajrating. 8️⃣ Qilayotgan ishlaringizni anglab yetib yuring. Vaqtingizni nimalarga sarflayotganingizni biling. Ishlaringiz sizni maqsadingiz sari yetaklashi kerak. 9️⃣ Vaqtni boshqarish bo‘yicha o‘zingizga mos keladigan usullarni tanlab, doimiy ravishda qo‘llang. 1️⃣0️⃣ Zararli odatlaringizni tahlil qiling. Ular sizning vaqtingizni oladi. Ulardan voz kechish bo‘yicha ro‘yxat tuzing va asta-sekin yeching. Eng samarali yo‘l – zararli odatni foydali odat bilan almashtirish. 1️⃣1️⃣ Boshqalarning ishini qilib, o‘zingizni yaxshi ko‘rsatishga urinmang. Bu orqali siz o‘z rivojlanishingizga sarflashi mumkin bo‘lgan vaqtini yo‘qotasiz. 1️⃣2️⃣ Maqsadlaringiz sari harakatda bo‘lgan muvaffaqiyatlaringizni qayd etish uchun maxsus jurnal yuriting. Unga muntazam yozib boring va tahlil qiling. 1️⃣3️⃣Har bir vazifani ideal darajada bajarish shart emas. Perfeksionist bo‘lish shart emas – masalan, bir maktubni Lev Tolstoy uslubida yozish uchun 20 marta qayta yozishning keragi yo‘q. 1️⃣4️⃣ O‘zingizni ortiqcha vazifalar bilan yuklab qo‘ymang. Agar dolzarb va muhim ishlaringiz bor bo‘lsa, unda ikkinchi darajali vazifalarni keyingi qulay vaqtga qoldiring. 1️⃣5️⃣ O‘zingizni samaraliman deb aldamang. Agar ustuvor bo‘lmagan bir ishni juda samarali qilib bajarayotgan bo‘lsangiz, bu vaqtni to‘g‘ri foydalanmoqdasiz, degani emas. Ushbu 15 usulni amalda qo‘llasangiz, qisqa muddatda katta yutuqlarga erishasiz. © bektoshkhatamov ✔️ @Kreativ_pedagog - Kreativ ustozlar kanali!

#O‘zingizga kerakli hujjatni ustiga bosing va yuklab oling 🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽 🇺🇿Ona tili to‘garak hujjatlari 👍Adab
#O‘zingizga kerakli hujjatni ustiga bosing va yuklab oling 🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽🔽 🇺🇿Ona tili to‘garak hujjatlari 👍Adabiyot to‘garak hujjatlari 👨‍💼Drama va jadidlar to'garagi 🗄She'rxonlik va teatr to'garagi 🔼Ekologiya va turon to'garagi 🇺🇿O‘zbek tili boshlag'ich to‘garak hujjatlari 🇺🇿O‘zbek tili yuqori sinf to‘garak hujjatlari 🇷🇺Rus tili boshlang'ich to‘garak hujjatlari 🇷🇺Rus tili yuqori sinf to‘garak hujjatlari 🇺🇸Ingliz tili boshlang'ich to‘garak hujjatlari 🇺🇸Ingliz tili yuqori sinf to‘garak hujjatlari 🚙Fransuz tili boshlang'ich to‘garak hujjatlari 💪Fransuz tili yuqori sinf to‘garak hujjatlari 👨‍💼Nemis tili boshlang'ich to‘garak hujjatlari 👨‍💼Nemis tili yuqori sinf to'garak hujjatlari 📦Matematika to‘garak hujjatlari 🕊Informatika boshlang'ich to‘garak hujjatlari 🔍Informatika yuqori sinf to‘garak hujjatlari 📱Jismoniy tarbiya to‘garak hujjatlari 💸CHQBT to‘garak hujjatlari 🤳Kasb-hunar to‘garak hujjatlari 🇺🇿Texnologiya boshlang’ich to‘garak hujjatlari 🚘Texnologiya o’g’illar to‘garak hujjatlari 👠Texnologiya qizlar to‘garak hujjatlari 📱Robototexnika to'garak hujjatlari 🙂Tasviriy san’at boshlang'ich to‘garak hujjatlari 📱Tasviriy san’at yuqori sinf to‘garak hujjatlari ✨Chizmachilik to'garak hujjatlar 💸Musiqa boshlang'ich to‘garak hujjatlari 📊Musiqa yuqori sinf to‘garak hujjatlari ⚡️Fizika to‘garak hujjatlari 🧪Kimyo to‘garak hujjatlari 🦁Biologiya to‘garak hujjatlari 🌐Geografiya to‘garak hujjatlari 💸Iqtisod va tadbirkorlik to‘garak hujjatlari 📱Tabiiy fanlar boshlang'ich to‘garak hujjatlari 🍀Tabiiy fanlar yuqori sinf to‘garak hujjatlari 🌈Tarbiya boshlang'ich to‘garak hujjatlari 💵Tarbiya yuqori sinf to‘garak hujjatlari 💩Tarix fanidan to‘garak hujjatlari 🦅Huquq to‘garak hujjatlari 🔠Alifbe Chiroyli yozuv to'garak hujjatlari 🔠O'qish savodxonligi to‘garak hujjatlari ⭕️Boshlang’ich ona tili to‘garak hujjatlari 🕺Boshlang’ich matematika to‘garak hujjatlari 🕊Taqvim-mavzu reja 📜Taqvim-mavzu reja boshlang'ich 🥉Календарно-тематические планы 🥉Календарно-тематические планы для начальных классов 👨‍💼MAKTAB RAHBAR HUJJATLARI 💸Metodbirlashma hujjatlari rus maktablar 💸Metodbirlashma va ustama hujjatlari 👨‍💼Журнал классного руководителя 🏖ЧАС БУДУЩЕГО» — приказ № 310 📜SINF RAHBAR DAFTARI 📄KELAJAK SOATI 310-sonli buyruq  🌐 Veb sayitimiz 👉  👍 Zokirjon.com 📞 Telefon: 91-397-77-37 ✅ Telegram orqali  👤Admin bilan bog‘lanish       👇👇👇 👉 @nza445 @nza445 👉 @nza445 @nza445  Ustiga 👉 @nza445 @nza445 bosing

+7
Sinf rahbar daftari Kelajak soati 310-sonli buyruq asosida Kanalga a'zo bo'lish 🔽🔽🔽🔽🔽🔽 t.me/maktablar_uchun_hujjatlar t.me/maktablar_uchun_hujjatlar ✅ Telegram orqali 👤Admin bilan bog‘lanish 🔽🔽🔽🔽🔽 👉 @nza445 @nza445 👉 @nza445 @nza445 👉 @nza445 @nza445

⚡️ Stressdan xalos qiluvchi mashq ✅ Miyani rivojlantirmoqchi va stressdan chiqarmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi mashq aynan Siz uchun... ⠀ 🎯 Agar diqqatingizni jamlay ololmayotgan bo‘lsangiz, asabingiz buzilib, hayolingiz tarqab ketgan bo‘lsa — “Barmoqlar gimnastikasi"ga bir necha daqiqa vaqt ajrating. ⠀ 🖐 Barmoqlar gimnastikasi — bu, miyani tinchlantiruvchi, ya'ni miya faoliyati almashganda faollikni oshiruvchi mashq. Atigi 2 daqiqa davomida bajarilgan ushbu mashq miyaga 10 daqiqali hordiq beradi! ⠀ 📍 Ushbu mashq joy, vaqt yoki yosh tanlamaydi! Shunday ekan uni faoliyatingiz davomida bemalol bajarishingiz mumkin! ✔️ @Ochiqdarsim - Kreativ o'qituvchilar kanali!