ENG GO‘ZAL NARSA
Kunlarning birida mashhur rassom dunyoning eng go‘zal narsasini chizishga qaror qildi. Buning uchun u eng go‘zal narsa nima bo‘lishi mumkinligini bilish uchun sayohatga chiqdi.
Qishloq bo‘ylab ketar ekan, yo‘l chekkasida beli bukilgan, keksa odam o‘tirganini ko‘rdi. Uning yoniga borib, dunyodagi eng go‘zal narsa nima ekanligini so‘radi. Chol o‘ylanib o‘tirmasdan, «Ishonch va iymon», deya javob berdi.
Rassom guzardan o‘tar ekan, to‘y tantanasiga duch keldi. Be-rilgan savolga kelin kuyovning ko‘zlariga mehr bilan tikilgancha, «Dunyoda sevgidan go‘zal narsa yo‘q», deb javob qaytardi.
Rassom yo‘lida davom etdi. Chang ko‘chalarning biridan o‘tar ekan, urushdan charchagan, horg‘in askarga ko‘zi tushdi. Askar, hech ikkilanmay, «Dunyoda eng go‘zal narsa – tinchlik», dedi.
Rassom, eng go‘zal narsalar – ishonch va iymon, sevgi, tinchlik bo‘lsa, ularni bitta suratda qanday tasvirlayman, deb o‘ylanganicha uyiga qaytib keldi.
Dunyoning eng go‘zal manzarasi ichida yashayotganini his qildi.
Ulardan ilhom olgan rassom dun-yoning eng go‘zal narsasini – oila suratini chizdi.
17 апр. 2023, 23:22
