Integer Academy
Открыть в Telegram
👨🏻💻 Dasturlashni amaliyot orqali o'rganing. 👩🏻💼 Adminstrator: @integer_admin1 📞 Tel: +998555006070 Manzil: Ucell bosh o’fisi ro’parasida, Samsung, Goodwell maishiy texnika do’koni 2-qavatida. Mo’ljal Indenim kiyim kechak do’koni.
Больше646
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней
Архив постов
🤗 O'quv markazimizda qanday chegirmalar borligini bilasizmi?
Assalomu alaykum azizlar, bugun sizlarga, o'quv markazimizda qanday chegirmalar borligi haqida ma'lumot bermoqchimiz. Barcha chegirmalarimiz faqatgina yaxshi o'qishga va ko'proq harakat qilishga undaydi.
Eng katta chegirmamiz oliy ta'lim muassasalarida shartnoma asosida o'qiydigan barcha talabalarga 30% gacha doimiy yordam, undan tashqari oraliq imtixonlardan eng yuqori natija ko'rsatgan o'quvchilarimizga ham 50% gacha bir oylik chegirmamiz mavjud.
💡 Eng yaxshi sarmoya bilimga bo'lgan sarmoyadir deb bejiz aytilmagan. Chunki, qiymati bor bo'lgan narsaning qadri bo'ladi.
🤵🏻♀ Adminstratorga yozish.
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
📌 Dasturlashni o'rganishda shaxsiy kompyuter qanchalik zarur?
Albatta, o'zingizning shaxsiy kompyuteringiz bo'lishi zarur, chunki dasturchining eng yaqin do'sti bu kompyuter. O'quv markazning kompyuteridan foydalanib, keyinroq olaman deyishlik bu juda katta xato. Chunki, boshlanishida o'tilgan darslar juda muhim va ularni ko'p takrorlab mashq qilish kerak.
🧑🏻💻 Agar yoningizda doim shaxsiy kompyuteringiz ya'ni, notebook bo'lsa siz xohlagan vaqtda, xohlagan joyingizda bemalol dars qilish imkoniyatingiz bo'ladi. Bu esa ijodiy erkinlik degani, inson erkin bo'lsagina yangi g'oyalarni amalga oshira oladi. Shunday ekan, qaror qilishda adashmang.
💡 Eng yaxshi sarmoya bu-ilmga bo'lgan sarmoyadir.
🤵🏻♀ Adminstratorga yozish
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
🚀 Foundation kursimizga start berdik.
Bugun markazimizda ajoyib kun bo'ldi, chunki bunaqangi ochiq dars kamdan kam bo'ladi desak to'g'ri bo'ladi. Bir vaqtning o'zida barcha yo'nalishlar bo'yicha tushunchalar berilishi juda qiziqarli bo'ldi deb ayta olamiz.
😇 Ochiq darsda kursimiz haqida umumiy ma'lumot, o'qish borasida va dasturlash sohasida ish topish borasida ham yetarlicha ma'lumot berildi. Eng asosiysi to'g'ri yo'nalish tanlashga yordam bersak, biz shundan hursand bo'lamiz.
Integer Academy - kerakli bilimga sarmoya kiriting. Shunda ham vaqt, ham mablag'dan yutasiz.
🌐 Onlayn ro'yxatdan o'tish.
👩🏻💻 Adminstratorga yozish.
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
🤗 Assalomu alaykum azizlar, ko'pchilik kutgan ochiq darsimiz kunini e'lon qilamiz.
Bir necha kun avval Foundation kursiga qabulni boshlagan edik. Maqsadimiz, yoshlarga to'g'ri yo'nalish tanlashga yordam berish. Kursimizga ko'pchilik qiziqish bildirganidan hursandmiz.
📢 Barchangizni ertaga soat 14:00 da o'quv markazimizda bo'lib o'tadigan Foundation kursidan ochiq darsga taklif qilamiz. Ko'pchilik bo'lib kelsangiz ham mayli, yo'nalish tanlash, nimadan boshlash siz uchun qiziq bo'lsa demak bu darsga kelishingiz kerak.
💡 Integer Academy - ilm ulashishdan mamnunmiz.
👩🏻💻 Adminstratorga yozish.
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
😇 Dasturlashni o'rganmoqchi bo'lsangiz Integerga keling.
🏗 Yurtimizda bunyodkorlik ishlari ko'payib, kundan-kunga shaharlarimiz go'zallashib bormoqda. Yangi-yangi savdo markazlari, ko'ngil ochar saylgohlar, parklar bunyod qilingani barchamizni birdek xursand qiladi.
🏖 Ekopark, Akvapark, Bobur parki va bir qancha joylarga tashrif buyurish orqali bemalol xar hil o'yinlar o'ynab hordiq chiqarsangiz bo'ladi. Lekin, siz dasturlashni o'rgnamoqchi bo'lsangiz Parklar sizga yordam berishi biroz mushkul.😉
🧑🏻💻 Agar dasturchi bo'lishni istasangiz Integer Akademiyasiga tashrif buyurishingiz eng to'g'ri variant bo'ladi.
🌐 Onlayn ro'yxatdan o'tish.
👩🏻💻 Adminstratorga yozish.
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
👨🎓 Yana bir bor Andijon davlat universitetiga tashrif.
Kecha kompaniyamiz asoschilari zamonaviy ilmlarni tarqatish bo'yicha navbatdagi treningni o'tkazdilar. Manzil, biz uchun qadrdon bo'lgan Andijon davlat universitetining Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti bo'ldi.
🧑🏻💻 Nima uchun bu yerga ko'p tashrif buyurishimizga sabab, talabalarda boshqa joylarga nisbatan ko'proq qiziqish va tushuncha borligidir. Fakultetning nomidan ham buni sezish mumkin.
Uchrashuv ajoyib bo'ldi, Universitet rahbarlariga katta rahmat, tez kunlarda boshqa fakultetlarga ham tashrif buyurishni reja qilib turibmiz. Dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun doimiy aloqadamiz.
🤵🏻♀ Adminstratorga yozish.
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
🤗 Assalomu alaykum azizlar, sizlarga ajoyib yangilik haqida xabar bermoqchimiz.
O'quv markazimizda o'qish istagini bildirayotgan ko'pchilik yoshlarni bir qator savollar qiynayotganini aytib o'tishimiz zarur, bular:
- qaysi yo'nalishni tanlash kerak?
- nimadan boshlash kerak?
- o'zlashtirib keta olamanmi?
- men qaysi yo'nalishga qiziqaman?
Undan tashqari, ko'pchilikda kompyuter ishlatish bo'yicha ham ko'nikmalar yetishmasligini guvohi bo'lyapmiz. Shu savol va holatlardan kelib chiqib, bir oylik Foundation kursini ochishga qaror qildik.
🧑🏻💻 Ushbu bir oylik 12 ta darsdan iborat kursda barcha yo'nalishlar bo'yicha yetarlicha ko'nikmalar beriladi, bu esa savollarga javob topishingizga va ishonch bilan yo'nalish tanlab ketishingizga yordam beradi. Demak, ro'yxatdan o'tishga shoshiling.
🌐 Foundation kursiga ro'yxatdan o'tish.
👩🏻💻 Adminstratorga yozish.
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
🤗 Assalomu alaykum, dam olish kuningiz xayrli bo'ldi degan umiddamiz.
😇 Kechki salqin ob-xavodan foydalanib, mantiqiy misolni yechishga harakat qilib ko'rishga nima deysiz. Bir qarashda oddiy ko'rinishi mumkin, lekin yaxshigina o'ylantirishi tabiiy.
🤩 Kim birinchi bo'lib to'g'ri javobni ishlanish yo'li bilan kommentariyaga jo'natsa 15000 so'm paynet yutib oladi. 👆E'tiborli bo'ling, javobni o'zi yetarli emas. Albatta ishlanish yo'li bilan jo'nating.
Telegram | Instagram | Facebook
🎉 Aziz va mo'tabar ustozlar bayrami muborak bo'lsin.
🥳 1-oktabr Ustoz va murabbiylar bayrami bilan yurtimizdagi barcha ustozlarni, qolaversa o'quv markazimizning jonkuyar va mehribon murabbiylarini chin qalbimizdan tabriklaymiz.
👨🎓 Martabangiz bundanda ulug', ilmingiz ziyoda bo'lsin, yurtimiz kelajagi uchun xizmat qiladigan shogirdlar tayyorlashdan charchamang. Sizlarga oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Bayram muborak bo'lsin.
🤗 Bayram munosabati bilan dam olish kuni.
🗓1-oktabr — "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Integer o'quv markazida bir kunlik dam olish kuni e'lon qilinadi.
✅ Ro'yxatdan o'tmoqchi bo'lganlar bemalol onlayn ariza qoldirishlari yoki adminstratorga yozishlari mumkin. Dam olish kuningiz maroqli bo'lsin. Shanba kuni 2-oktabrdan yana eshiklarimiz sizlar uchun ochiq bo'ladi.
🌐 Onlayn ro'yxatdan o'tish.
👩🏻💻 Adminstratorga yozish.
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
😇 Dasturchilar uchun juda ham zarur bo'lgan 6 lik haqida bilasizmi?
1. Stack Overflow - dasturchilar uchun fikr almashadigan va yozgan dasturlarini ulashadigan eng yirik va ishonchli bo'lgan savol-javob platformasi.
2. Google - dasturchilar ko'p narsani bilishmaydi, ular qayerdan izlash kerakligini bilishadi.
3. YouTube - hammamiz biladigan YouTubeda ham dasturlash bo'yicha juda ko'p bepul video darsliklar bor, bu darsliklar ham anchagina yordam beradi.
4. Dark Theme - dasturchilar ko'proq salqin va yorug'lik kam bo'lgan tinch joylarni yoqtirishadi.
5. Coffee - ko'p dasturchilar kofesiz yashay olmaydi desak to'g'ri bo'ladi.
6. Integer Academy - ortiqcha ta'rif shart emas.😊
Telegram | Instagram | Facebook
💡 Axborot texnologiyalarini rivojlantirish - ilmdan boshlanadi.
Andijon viloyati xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda, maktablarda axborot texnologiyalari va zamonaviy kasblarni rivojlantirish bo'yicha tadbirlarni boshlab yubordik.
Kecha Andijon shahar 55-umumiy o'rta ta'lim maktabida yoshlarga dasturlash sohalari bo'yicha taqdimot qilib berdik, maqsadimiz IT sohasining imkoniyatlarini ko'pchilikka yetkazish va bu orqali, zamonaviy sohalarga qiziquvchi yoshlarga yordam berish.
Uchrashuv juda ajoyib bo'ldi, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi AKT bo'limi boshlig'i Abdujalil Abduraximov va maktab ilmiy bo'lim mudiri Akmaljon Maxmudovlarga kompaniyamiz tomonidan minnatdorchilik bildiramiz.
Telegram | Instagram | Facebook
🟢 Android ham aslo qolishmaydi.
O'tgan safargi iOS dasturlash haqidagi maqolamizdan Androidchilar hech ham ranjishmasin. Chunki, bu yo'nalishdagi dasturchilarga ham talab juda yuqori va oylik daromadlari havas qiladigan darajada.
📈 Hozir butun dunyo bo'yicha telefon foydalanuvchilarining 80 foizga yaqini Android sistemasida ishlovchi smartfonlardan foydalanishadi va bu ko'rsatkich kundan kun ortib bormoqda. Bu shunchaki dahshat 😇.
💡 Agar qiziqsangiz siz ham bemalol Android dasturchi bo'lishingiz mumkin. Buning uchun kuchli ishtiyoq, kompyuter va internet bo'lsa bas va eng asosiysi tajribali ustoz kerak. Demak siz Integerga kelishingiz yoki onlayn ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.
🌐 Onlayn ro'yxatdan o'tish.
👩🏻💻 Adminstratorga yozish.
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
🍏 Apple kompaniyasini eshitmagan odam bo'lmasa kerak !
iPhone smartfonlarining operatsion sistemasi alohida iOS degan nomga ega. iOS dasturchilariga talab esa, magazinda sifatli narsa sotib olish uchun navbat kutayotgan xaridorlar kabidir. Chunki iOS dasturchilar juda kam.
🧑🏻💻 iOS dasturlashni o'rganish ham bir muncha qimmat turadi. Qisqacha aytsak, Macbook bo'lishi kerak va uning o'rtacha narxi $1500 atrofida. Undan tashqari, o'rganaman desangiz, kuchli iOS dasturchini topish ham muammo. Daromadlariga kelsak, Macbookni narxiga yarasha albatta.💵
🤗 Biz shuni aniq ayta olamizki, Andijonda Integer akademiyasidan boshqa joyda iOS haqida gap so'z yo'q. Qidirib ko'rishingiz mumkin albatta.
👩🏻💻 Adminstratorga yozish.
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
😇 Assalomu alaykum do'stlar, bugun sizlar bilan qiziqarli mavzu haqida gaplashamiz.
Faoliyatimiz davomida o'zimiz guvohi bo'lgan holatlar, ya'ni dasturchi bo'lishga qarshilik qiladigan eng mashhur bahonalar bilan tanishtirib o'tamiz. Hammasini rasmlar orqali ifodalashni to'g'ri deb bildik.
😉 Nimaga desangiz, hozirgi kunda odamlar juda erinchoq bo'lib ketayotganini hisobga olsak, katta matnlarni o'qish ehtimolligi kamayib bormoqda.
💡 Integer Academy - ilm ulashishdan mamnunmiz.
🌐 Onlayn ro'yxatdan o'tish.
👩🏻💻 Adminstratorga yozish.
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
Xalqaro dasturchilar bayrami muborak.🎉
🧑🏻💻 Assalomu alaykum xurmatli dasturchilar. Bugun yilning 256-kuni va bu kun xalqaro miqyosda dasturchilar bayrami sifatida nishonlanadi. Biz ham jamoamiz nomidan barcha dasturchilarni va bo'lajak yosh dasturchilarni chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Kompyuteringiz xech ham ishdan chiqmasin, yozayotgan dasturlaringizda xatolar kam bo'lsin. Eng asosiysi, o'zingiz tuzgan dasturlar bilan insonlarga yordam berishdan to'xtamang.
😇 Nega aynan 256-kunda nishonlanishining sababi ham bor, 1 baytga 256 xil belgi sig'ishini ifodalaydi. Shu yerda ham matematika.
😇 Kompyuterda ko'p o'tirish - ko'zga zarar. Bu gap dasturchilar uchun emas albatta.
Assalomu alaykum barchaga, kelayotgan dam olish kuningiz xayrli bo'lsin. Yangi guruhlar haqida ma'lumot berib o'tmoqchimiz. Chunki barcha yo'nalishlarda yangi guruhlar uchun darslar boshlandi.
✅ Ro'yxatga yozilganlar va ma'qul vaqtlarni kutayotganlar uchun ham tez orada yana ochiq darslarimiz bo'lib o'tadi, bizni kuzatishdan to'xtamang. Eng yaxshilarini sizlar bilan baham ko'ramiz.
👩🏻💻 Adminstratorga yozish.
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
🐍 Navbat Pythonga keldi do'stlar.
😇 Ochiq darslar ancha qizg'in bo'layotganidan kanalga e'lon berish ham yodimizdan ko'tarilibdi. Veb dasturlash hamda Android dasturlash bo'yicha ochiq darslar bo'lib o'tdi va yangi guruhlarga start berildi.
📍 Ochiq darslarga kelib ulgurmaganlar biz bilan bog'lanib bemalol tashrif buyurishingiz mumkin. Dars vaqtlari sizga ma'qul kelsagina darslarga kelsangiz bo'ladi.
🚀 Ertaga esa o'sha mashxur dasturlash tili Python bo'yicha bepul ochiq dars bo'lib o'tadi, ikkilanmasdan kelavering. Chunki, sifat va natija siz kutgandan yaxshi bo'lishiga va'da beramiz.
👩🏻💻 Adminstratorga yozish.
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
🎉 Assalomu alaykum, barchaga yangi o'quv yili muborak bo'lsin.
Biz ham yangi mavsumni boshladik do'stlar. Bugundan boshlab yangi guruhlar ochilishi boshlanadi, chegirmaga ulgurib qolganlarni tabriklaymiz.
Bugun soat 17:00 da Web dasturlash yo'nalishi bo'yicha birinchi ochiq dars bo'lib o'tadi. Ko'pchilikning talabiga ko'ra kechki guruhdan boshladik. Ertaga ertalab ham aynan shu yo'nalish bo'yicha ochiq dars bo'ladi. Qolgan yo'nalishlarni ham kanalimizda e'lon qilamiz.
💡 Bemalol kelishingiz mumkin, eshiklarimiz hamma uchun ochiq.
👩🏻💻 Adminstratorga yozish.
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
O'qishga kira olmaslik fojia emas!
Assalomu alaykum do'stlar, bir necha kun oldin barcha oliy ta'lim muassasalarining test natijalari e'lon qilindi. Tabiiyki, 80% abituriyentlar o'qishga kira olmagan. Ishoning, bu ko'p narsani anglatmaydi.
Chunki, o'qishga kirish juda katta bir voqea emas, nimaga deganda hozirgi kunda diplom ko'p narsani hal qilmaydi. Biz shuni bemalol aytishimiz mumkinki, IT sohasida diplom deyarli kerak bo'lmaydi. Asosiysi, tajriba va bilim.
O'qishga kirish - bu maqsadga erishish uchun bir yo'l xolos. Reja ish bermasa, demak yo'lni o'zgartiring, maqsadni emas.
Maslahatimiz, siz ham o'zingiz yoqtirgan IT sohalaridan birini o'rganing.
👩🏻💻 Adminstratorga yozish.
📞 Tel: +998934445560
Telegram | Instagram | Facebook
