cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

BIOLOGIYA Botanika Zoologiya ATTESTATSIYAGA TAYYORGALIK GENETIKA ATF VIDEODARSLIK 5-6-7-8-9-10-11-sinf quiz testlar audio

Рекламные посты
2 673
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Показать все...
❤ I LOVE BIOLOGIYA ❤ | RASMIY ✓

Kanalimizga xush kelibsiz😊 Creator: ☆ @Ziyaboyev_Elmurod ☆ @Biology_Quiz_Bot 📊 Telegram ijtimoiy tarmoğidagi BIOLOGIYA kanallar ichida òz òrniga ega bòlgan abituriyentlar, studentlar va òqituvchilar uchun foydali boʻlgan ajoyib ilmiy ommabop kanal ✅

✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅ 👉Ekologik piramida qisqacha tushuncha ✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅ 🛑Ekologik piramida qoidasini 1927-z yil Ch. Elton tomonidan fanga kiritilgan bo'lib, uni asosii birinchi trofik daraja produsentlar , undan keyin konsumentlar tashkil etadi. Bir trofik darajadan ikkinchisiga o'tgan sari individlar soni kamayadi, lekin tana o'lchami kattalashib boradi. Tabiatda ekologik piramidalarning ko'rinishlari:✅ 🛑 Sonlar piramidasi - individlar sonini aks ettiradi. Unga binoan oziq zanjirida birinchisidan ikkinchisiga o'tgan sari individlar soni kamayib boradi.✅ 🛑Biomassa piramidasi - tirik moddani umumiy quruq massasini aks ettiradi. Bunda birinchi zanjirdan ikkinchisiga o'tgan sari biomassa ortadi.✅ 🛑Energiya piramidasi - trofik darajalardagi energiya oqimini aks ettiradi. Quyi darajadan yuqori darajaga o'tgan sari energiyaning 10%i o'tishini hisobga olsak, oziq zanjiridagi trofik darajalarning umumiy soni 6 tadan oshmaydi. ✅ 🛑Oziq zanjirining har bir trofik darajasida 90% energiya yo'qoladi, 10%i keyingi darajaga o'tadi. R. Lindeman ushbu qonunni 10% lik qoidasi deb atadi.✅ 🔰Masalan: 🔰Produsentlar 1000kJ 🔰Birinchi tartib konsumentlar 100 kJ 🔰Ikkinchi tartib konsumentlar 10kJ 🔰Uchinchi tartib konsumentlar 1kJ Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/+R_ff0d8hmxlXz_w0
Показать все...
Biologiya

Rasmiy kanal : @Biologiya_times

XLAMIDOMONADA: 1️⃣..Qisqaruvchi vakuola 2️⃣..Xivchin 3️⃣..Ko'zcha 4️⃣..Sitoplazma 5️⃣..Yadro 6️⃣..Qobig'i Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/+PBL8S2n_qnhlYjgy
Показать все...
🅰 harfi bo'yicha biologik ma'lumotlar: 📚 🔴1. Abiotik omillar (yunoncha - «а» inkor qo'shimchasi, «bios» - hayot) – tirik organizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy qismlari. 🔵2. Agroekosistema (yunoncha - «agros» - dala) – inson tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yaratilgan sun’iy ekosistemalar. 🟢3. Adaptatsiya (lot. «adaptatio» moslanish) - tirik organizmlarning muayyan yashash muhitida yashashi va ko‘payishni ta’minlovchi belgi yoki belgilar yig‘indisi. 🟠4. Allogenez (yunoncha - «alios» - o‘zgacha, boshqa, «genesis» - rivojlanish) – organizmlarda tashqi muhit sharoitiga moslanish jarayonida yangi belgi xususiyatlar asosida xususiy moslanish (idioadaptatsiya)ni vujudga keltiradigan evolutsion yo‘nalish. 🟡5. Antropogen omillar - odam va uning xo'jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhi. 🟣6. Arogenez (yunoncha - «airo» yuksalish, «genesis» - rivojlanish) – organizmlarning tuzilishida yirik o ‘zgarishlar - aromorfozlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq evolutsion yo‘nalish. ⚫️7. Aerenxima (yunoncha - «aeg» - havo, «knchyma» - to‘qima) - suv va botqoqlikda o‘suvchi o‘simliklarning hujayralari orasida havo to‘playdigan to‘qima. ⚪️8. Amensalizm – o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bu munosabatda bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan organizmning o‘zi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi. 🟤9. Bentos (yunoncha - «benthos» - chuqurlik) - suv havzalarining tubida yoki suv tubining qatlamlarida hayot kechiradigan organizm. 🔘10. Biogeotsenoz (yunoncha - «bios» hayot, «geo» - yer, «kaynos» - umumiy) - tarixiy davrda tarkib topgan o‘z-o‘zini boshqaruvchi tabiiy uyushma, biotsenoz va anorganik tabiat komponentlari bilan chambarchas bog‘langan mustahkam ekologik sistema. 🔷11. Biologik evolutsiya - tirik organizmlar va ular jamoalarining yo'naltirilgan tarixiy rivojlanish jarayoni. 🔶12. Biologik progress (lotincha - «progressus» - oldinga harakat) - organizmlarning ma’lum sistematik guruhlarining tashqi muhit sharoitlariga moslanishi bilan bog’liq yuksalishini ifodalovchi evolutsiya yo‘nalishi. 🔲13. Biologik regress (lotincha - «regressus» - qaytish, tubanlashish) - organizmlar yashash sharoitiga moslanishlarining susayishini ifodalovchi evolutsiya yo‘nalishi. 🔳14. Ekosistemaning biomassasi - mazkur ekosistema tarkibiga kiruvchi barcha tirik organizmlar tarkibidagi organik moddalar yig‘indisi. Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/+Ie9sKGPUXRI4MjUy
Показать все...
ULTRA || BIOLOGIYA || KIMYO QUIZ DTM TESTLAR 5-6-7-8-9-10-11-SINF ODAM VA UNING SALOMATLIGI GENETIKA ZOOLOGIYA BOTANIKA MASALA

Biologiya fanidan yuqori darajadagi ilmiy ommabop kanal ! 📕 Mavzulashtirilgan testlar 📝 Quiz testlar 🔍 Qiziqarli ma'lumotlar 📚 Elektron qo'llanmalar Creator 👨‍💻 : @Ziyaboyev_Elmurod Bizni kuzatib boring !

🔰BIOLOGIYA – HAYOT HAQIDAGI FAN(10-sinf kirish ) 📌Biologiya Yerdagi hayotning barcha ko’rinishlarini, uning turli darajadagi: molekula, hujayra, organizm, populatsiya (tur), biogeosenoz (ekosistema), biosfera darajasidagi tizimlarning barcha xossalarini o’rganadi.✅✅ 🛑Biologiya atamasi fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Trevina rus tomonidan fanga kiritilgan bo’lib, «bios» – hayot, «logos» – fan degan ma'noni bildiradi✅ 🔰Tekshirish obyektiga ko’ra biologiya fani bir qancha sohalarga bo’linadi.✅ 📔1.Botanika – o’simliklar ✅ 📒2.Zoologiya – hayvonlar✅ 📗3.Mikrobiologiya–mikroorganizmlar✅ 📘4.Mikologiya – zamburug’lar ✅ 📕5.Gidrobiologiya – suv muhitidagi organizmlar ✅ 📓6.Paleontologiya – qazilma holdagi organizmlar✅ 📙7.Ekologiya esa organizm va muhit orasidagi munosabat to’g’risidagi fan hisoblanadi.✅ ➡️🛑Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlarini tekshirish bo‘yicha ham turli fanlarga ajraladi. ✅ 🔘1.Anatomiya – organizmlar organlari tuzilishini 🔴2.Fiziologiya – organizmlar organlari funksiyasini 🔵3.Embriologiya – murtak (embrion) rivojlanishini 🟡4.Sistematika –organizmlarning sistematik guruhlarini, o’zaro qarindoshlik munosabatlarini, 🟢5.Etologiya – hayvonot olamining xulq-atvorini tadqiq etadi. ➡️🛑Biologiyaning ba’zi sohalari boshqa tabiy fanlar hamkorligida paydo bo'lgan.☑️ 🔴1.Biofizika-biologik sistemalarda ro’y beradigan fizik jarayonlarni 🔵2.Biokimyo-organizmlarning kimyoviy tarkibi, ulardagi kimyoviy jarayonlar ⚫️3.Biogeografiya-tirik organizmlarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini 🟢4. Bionika-organizmlar hayot faoliyatining o’ziga xos jihatlari va tuzilishini asos qilib texnik sistemalar yaratishni 5. biotexnologiya - tirik organizmlardagi biologik jarayonlarni ishlab chiqarish korxonalarida qo’llashni maqsad qilib qo’yadi. 📌 KANALIMIZ ❤️ @I_LOVE_BIOLOGIYA ❤️ Do‘stlaringizga ham ulashing. Kanalimizga qo‘shiling Qo‘shilish uchun yuqoridagi ko‘k yozuvlar ustiga bosing. 🔔
Показать все...
❤ I LOVE BIOLOGIYA ❤ | RASMIY ✓

Kanalimizga xush kelibsiz😊 Creator: ☆ @Ziyaboyev_Elmurod ☆ @Biology_Quiz_Bot 📊 Telegram ijtimoiy tarmoğidagi BIOLOGIYA kanallar ichida òz òrniga ega bòlgan abituriyentlar, studentlar va òqituvchilar uchun foydali boʻlgan ajoyib ilmiy ommabop kanal ✅

☘QON haqida.... ☘QON haqida Qadimgi zamonlardayoq odamlar organizm uchun qonning ahamiyati nihoyatda muhim ekanligini bilishgan. Faqat 19-asrga kelib mikroskop kashf etilgandan keyin qonning tarkibi, xususiyati va organizmdagi ahamiyati o’rganilgan. ☘Qon – bu tirik organizmning qon tomirlari bo’ylab doimo harakatlanuvchi qizil rangdagi maxsus suyuq to’qima. Odam vaznining taxminan 7 foizini qon tashkil etadi (vazni 70 kilogramm bo’lgan odamda 5 litrga yaqin qon bo’ladi) ☘Qon asosan och-sariq suyuqlik – plazma hamda unda suzib yuruvchi qizil va oq qon tanachalaridan iborat. ☘Qon plazmasiga organizm hayoti uchun zarur bo‘lgan ko’pgina sodda va murakkab moddalar- oqsil, yog‘, uglevodlar, tuz, kislota, vitaminlar va boshqalar kiradi. ☘Qonga qizil rangni – faqat mikroskop ostida ko‘rish mumkin bo’lgan mayda donachalar – qizil tanachalar (eritrotsitlar) beradi. Ular qonda 120 kun yashaydi, keyin parchalanib ketadi. ☘Eritrotsitlar alohida modda —organizmni gemoglobin bilan to’latilgan. Gemoglobin tarkibiga temir moddasi bolgan bo’yovchi modda kiradi. Gemoglobin temiri nafas olganda o‘pkaga tushgan kislorodni osongina o’ziga singdirib oladi. 0‘pkada kislorod bilan to‘yingan qon uni butun organizm bo‘ylab tashiydi – kislorod tanadagi har bir hujayra uchun juda zarur, usiz hujayra nobud boladi. ☘Odam qonini mikroskop ostida kuzatganda son-sanoqsiz eritrotsitlar orasida oz miqdordagi oq qon tanachalari – leykotsitlarni ko‘rish mumkin. Ular eritrotsitlardan yirikroq bolib, ancha tiniq ko‘rinadi. Leykotsitlar bizni kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblardan himoya qiluvchi yordamchimizdir. Ular qon tomiri devoridan o‘tish xususiyatiga ega. Mikroblar organizmimizga kirishi bilanoq oq qon tanachalari «armiya»si o‘sha xatarli joyga shoshiladi, mikroblar bilan «jang»ga kirishadi, ularni yutadi va «hazm qilib» yuboradi. ☘Qon organizmni to’yintiradi. Tanamiz hujayrasi rivojlanadi, o‘sadi, eskilari, nobud bo’lganlarining o’rniga yosh hujayralar paydo boladi. Buning uchun «qurilish materiali» kerak, buni biz ovqatdan olamiz. Iste’mol qilgan ovqatingiz me’da va ichakdan o’tib, uzoq vaqt obdan qayta ishlanadi, keyin qon tomirlari ichiga singib ketadi va qon oqimi bo’ylab ketaveradi. Ingichka qon tomirlari devorlari – kapillyarlar orqali qon organizmdagi barcha to‘qima va hujayralarni faqat kislorod bilangina emas, balki suv, oziq moddalar, tuz va vitaminlar bilan ham ta’minlaydi. ☘Shu bilan birga, qon moddalar almashinuvi jarayoni tufayli vujudga keladigan zararli moddalarni hujayralardan chiqarib tashlaydi, aks holda ular organizmni zaharlashi mumkin. Mana shu zararli moddaiar o‘pka, buyrak, ichak va teri orqali tashqariga chiqadi. ☘Qonda yana uning ivishida ishtirok etadigan alohida hujayralar – trombotsitlar bor. Agar qon tomiri shikastlansa, o’sha joyda qon quyilib qoladi va jarohatni berkitadi. ☘Mana endi siz qonning organizmdagi ahamiyati to‘g‘risida bilib oldingiz. Uni hayot manbai deb bejiz aytishmaydi. Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/+Ie9sKGPUXRI4MjUy
Показать все...
ULTRA || BIOLOGIYA || KIMYO QUIZ DTM TESTLAR 5-6-7-8-9-10-11-SINF ODAM VA UNING SALOMATLIGI GENETIKA ZOOLOGIYA BOTANIKA MASALA

Biologiya fanidan yuqori darajadagi ilmiy ommabop kanal ! 📕 Mavzulashtirilgan testlar 📝 Quiz testlar 🔍 Qiziqarli ma'lumotlar 📚 Elektron qo'llanmalar Creator 👨‍💻 : @Ziyaboyev_Elmurod Bizni kuzatib boring !

☘O‘simliklar klassifikatsiyasi 📌KANALIMIZ 💟 @I_LOVE_BIOLOGIYA 💟 Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔴 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/joinchat/AAAAAFB2edochnczM96XJw
Показать все...
Kemiruvchi-so‘ruvchi og‘iz apparatiga ega bo‘lgan hasharotni aniqlang. ✍: @Ziyaboyev_ElmurodAnonymous voting
  • Ishchi asalari
  • Hasva qandalasi
  • Chigirtka
  • Beshiktervatar
0 votes
SUVDA HAMDA QURUQLIKDA YASHOVCHILARNING KO'PAYISHI , RIVOJLANISHI VA XILMA - XILLIGI. 📌 Tuxum qo'yishi ---- > Baqalar qishki karaxtlik xolatidan chiqib suv havzalari yaqinida oziq axtara boshlaydi. Urg'ochi baqalar tuxumlariga erkak baqalar urug'ini sepib ketadi. Bitta baqa 5 000 - 10 000 tagacha tuxum qo'yishi mumkin. Tuxumning ustki qismi qoramtir tusda bo'lib quyosh nuri tasirida yaxahi isiydi. 📌 Rivojlanishi ---- > Tuxumdan lichinka ( itbaliq ) rivojlanadi. Itbaliqning tuzilishi baliqqa o'xshaydi. - > uzun va keng dumi ✅ - > ikki tutam jabralari ✅ - > yuragi ikki kamerali ✅ - > qon aylanish doirasi bitta ✅ - > yon chiziqlari mavjud. ✅ Itbaliq dastlab tuxumdan qolgan qoldiq bilan keyinchalik mayda suvo'tlqri , bir hujayrali hayvonlar va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi. Itbaliq rivojlanish jarayonida : - > jabra o'pkaga alishadi. ✅ - > dumi yo'qolib boradi. ✅ - > yuragi uch kamerali bo'ladi. ✅ - > qon aylanish doirasi ikkita bo'ladi. ✅ 📌 Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning xilma - xilligi. 4 000 dan ortiq tur kiradi. Asosan ikkita katta turkumdan iborat. Dumlilar ( Triton , Salamandra ) ✅ Dumsizlar ( ko'l baqasi , Qurbaqa ) ✅ Dumlilar ---- > O'rta Osiyoda uchramaydi. Eng yirik vakili Gigant Salamndra bo'lib Janubiy - Sharqiy Osiyoda tarqalgan , uzunligi 1,7 m ga yetadi. ✅ Dumsizlar ( Yashil qurbaqa ) ---- > ko'l baqasiga nisbatan ancha yirik , rangi och yashil yoki kulrang , terisida zaharli oq suyuqlik ishlab chiqaradigon bezlari joylashgan. Orqa oyoqlari nisbatan kuchsiz bo'ladi. Kunduzi kemiruvchilar inida va yerro'lalarda yashirib yotadi , kechasi esa ovga chiqadi. ✅ 📌 Ahamiyati ---- > Suvda hamda quruqlikda yashovchilar Foydali hayvonlar bo'lib zararkunanda hasharotlarni qiradi. Qurbaqa bir kecha kunduzda 100 tagacha , 9 oy davomida 3 000 tagacha hasharotni qiradi. ✅ 📌 Kelib chiqishi. Baliqlar ----- > O'pkali panjaqanotlilar ---- > Dumlilar ---- > Dumsizlar. Bundan 300 mln yil ilgari O'pkali panjaqanotlilardan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O'pkali panjaqanotlilarning suzgichlari skeleti Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning oyoqlari skeletiga o'xshab ketgan. ✅ Do‘stlaringizga ham ulashing. ⚫️ Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/+PBL8S2n_qnhlYjgy
Показать все...
BIOLOGIYA TIMES || QUIZ TEST MILLIY SERTIFIKAT SAVOLLARI AUDIO TAHLILI KANALI ATTESTATSIYA UCHUN TAYYORLOV KURSI ONLINE VIDEO 10

Biologiya fanidan yuqori darajadagi ilmiy ommabop kanal ! 📕 Mavzulashtirilgan testlar 📝 Quiz testlar 🔍 Qiziqarli ma'lumotlar 📚 Elektron qo'llanmalar Creator 👨‍💻 : @Ziyaboyev_Elmurod Bizni kuzatib boring !

CHUMOLILAR HAQIDA OSONLASHTIRILGAN MA'LUMOTLAR!!! 🐜 Chumolilar ham asalarilar singari oila bo‘lib yashaydigan pardaqanotlilardir. 🐜 Ular qorin bo‘limining ikki bo‘g‘imli ingichka bel orqali ko‘krakka qo‘shilishi, boshining yirik va jag‘larining kuchli rivojlanganligi bilan boshqa pardaqanotlilardan farq qiladi. 🐜 Chumolilar oilasi bir nеcha ming, hatto millionlab individlardan tarkib topgan. 🐜 Individlari orasida bir nеcha ona, o‘nlab erkak va bir nеcha minglab ishchi chumolilar bo‘ladi. 🐜 Ishchi chumolilar ko‘payish qobiliyatini yo‘qotgan urg‘ochilardan iborat. Ular chala hazm bo‘lgan oziq bilan qurtlar, navkarlar va ona chumolini boqishadi. 🐜 Chumolilar tuproqda murakkab, ko‘p kamеrali in quradi. 🐜 Ko‘pchilik chumolilar foydali hasharotlar hisoblanadi. 🐜 Kеng bargli va nina bargli o‘rmonlarda yashaydigan sariq o‘rmon chumolisi zararkunanda hasharotlarni qirib, daraxtlarni himoya qiladi. 🐜 O‘rta Osiyo cho‘llarida tarqalgan chopqir faeton chumoli mayda zararkunanda hasharotlar, o‘simliklar doni va mevasi bilan oziqlanadi. 🐜 Cho‘l va sahrolarda uchraydigan qir chumoli o‘simliklar doni bilan oziqlanadi. 🐜 Xonadonlarda yashaydigan sariq fir’avn chumolisi sara shirinliklarni xush ko‘radi. 🐜 Bog‘ qora chumolisi shira bitlari ajratgan suyuqlikni yalab, ularni yirtqich hasharotlardan himoya qiladi. Do‘stlaringizga ham ulashing. 🔵 Kanalimizga qo‘shiling. ⤵️ https://t.me/+TCfxmgvz0CqLtmaN
Показать все...
BIOLOGIYA KIMYO OLIMPIADA SAVOLLARI ZOOLOGIYA BOTANIKA ODAM VA UNING SALOMATLIGI TESTLARI 5-6-7-8-9-10-11-SINF QUIZ VIKTORINA

Kanalimizga xush kelibsiz. 😊 Creator: ☆ @Ziyaboyev_Elmurod ☆ 👏kanalimizning asosiy maqsadi:👏 SIZLARGA QO`LDAN KELGANCHA YORDAM BERISH!👏 🧐olimpiada 🧐imtihon savollari 🧐dtm savollari 🧐hammasi bizda

Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.