cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

ummu Khaula ✨

• umm Khaulaning qaydlari 📝 (faqat ayollar) 📍Bog’lanish: @ummKhaula_bot Kanal linki: https://t.me/+K28J5C7BAnoxYmEy

Больше
Рекламные посты
1 088
Подписчики
Нет данных24 часа
-127 дней
-5430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступно
Turmush chiqqan qizlarlarga ko’rishni maslahat beraman, foydali mavzu ekan. Oxirgi vaqtlar rostan ham o’zbeklar orasida, umuman olgan turkiy millatlar orasida fahsh juda keng tarqab ketti, erni rozi qilaman deb ayollar harom ishlarni qilishni boshlashdi. Alloh taolo ahvolimizni isloh qilsin. (orqa fonda nonim oshyapti)
Показать все...
Ilm chegarasiz, uning oxiri yo’qdir. Kimdir diniy sohada univeristetni bitirgani, yoki magistrni bitirgani, doktor bo’lgani, kimlardandir ijoza olgan uning ilmini ko’rsatgichi emas. Sahobalar va ularning izdoshlari bo’lgan salaflar umrlarini ilmga bag’ishlashgan, toki qandaydir darajaga yetguncha, yoki kimdandir ijoza olguncha emas, balki hidoyatlangan nuqtalaridan boshlab to vafotlariga qadar ilm bulog’idan ichishgan, to’xtashmagan. Bugunimizda esa universitetda o’qib o’zidan olim yasab olganlar, bitta ijoza bilan o’zidan fatvo beradiganlar, (boshqa ilmlat tugur) hali arab tilini yaxshi bilmay turib dindan gapiradiganlar ko’p. Ilmni kimdan olayotganingizga e’tibor bering.
Показать все...
#hayotimdan Kecha bir qizchani kanalini ko’rib qoldim, Misrda yashar ekan, avval o’qigan o’qishimda o’qir ekan, xullas blogchasi bor ekan, mazza qildim ko’rib. Unga qarab zavjim: “Yana tanishib ketavermang a, sizdan kutsa bo’ladida” dedilar. Ichimda “yaxshiyam 4-5 yil avvalgi odam emasman” dedim, hozir hech qanday yangi tanishuvlarni xohlamayman, odamlar bilan ko’p vaqt o’tkazishni xohlamayman, qarichilik shekilli. Avval ekstrovert odam bo’lganman, hozir haqiqiy introvertman. O’zimni uyim, issiq choy, darslarim va eski do’stlarim baxtli hayotim uchun kifoya qilar ekan.
Показать все...
00:32
Видео недоступно
Ibn Mas’ud ▫ aytadilar: “Hech bir ayol Allohga taqvo qilgandek va uyda o’tirgandek Allohga ibodat qilmagan”.
Показать все...
IMG_3133.MOV11.66 MB
#eslatma Kecha ajib bir hodisa haqida eshitib ahvolimdan uyalib kettim, shoyda qolganlarga ham ibrat bo’lsa. Bir kishini uyiga to’lash uchun puli yo’q ekan (nazdimda juda arzon), chunki aksarimiz bu pulni bir o’tirishda yeb yuboramiz, bitta kiyimimiz narxi. Uyiga to’lagani shuncha puli bo’lmagan odamni katta ehtimol bilan bozorlik uchun ham puli yo’q. U odam birodariga: “Mayli, men namoz o’qib Allohdan yordam so’radim, shuni o’zi yetadi” degan. Kattaroq davrada o’tirilganda u kishi o’zini bilintirmapti ham, bir yaqin do’sti gapirib beripti ahvolini, keyin qolganlar yordam berish qaroriga kelishipti. Yordam berilgan vaqt ham haligi kishi juda uyalib, birodaridan hafa bo’libdi, “nega men haqimda gapirdiz” deb. Holbuki, u odam 10 soatdan ziyod ilm olar va qo’lidan kelgancha Allohga taqvo qilib, olgan ilmiga amal qilar ekan. *** Xo’sh, bizchi? Biz ham shikoyatimizni Allohga qilamizmi, yoki ojiz insonlargami? Xoliq bo’lgan Zotdan so’raymizmi, yoki maxluq (yaratilgan)lardanmi? Biz ham namoz bilan Allohdan yordam so’raymizmi? Biror narsaga ehtiyojimiz bo’lib qolsa birinchi bo’lib kimdan so’raymiz? Musibat va qiyinchilim vaqtim kimga qochamiz? Shu kungacha qancha muhtojni izlab topib, yashirincha yaxshilik qila oldik? Qila olgan bo’lsak uni satrlab, odamlardan yashira oldikmi? O’zimiz to’q bo’lib ochlarni unutmadikmi? O’zimiz kiyinib kiyimsizlarni unutmadikmi? O’zimiz saomat bo’lib kasallarni unutib qo’ymadikmi? Yaxshi hayotga o’rganib mazlumlarni tark qilmadikmi? Robbim biznining qalblarimizni g’aflat uyqusidan uyg’otsin. Ameen.
Показать все...
Assalomu aleykum yaxshimsz)Senim bor 14 yoshda namoz oʻqishga erinadi namoz oʻqimagan bolsa ham o'qidim dedi yolgʻon gpiradida shunga maslahat bersz): iltimos javob kutaman
↩️ Vaalaykumussalam. Oldin Kim uchun va nega namoz o’qiyotganini tushunturishizni maslahat beraman. Odam Robbisini tanigani sari, Unga muhabbat qo’yadi va Unga yaqinlashgisi keladi. Robbisidan g’ofil bo’lganlar Unga toatdan mahrum bo’lishadi.
Показать все...
Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning birorta ayollari qoriya bo'lishmagan deb yozibsiz, ular Qur'onni yoddan bilishmaganmi yaxshiroq tushuntirib berolasizmi
↩️ Kanalimda bitta narsa yozishga qo’rqib qoldim, bitta gapimga millionta gap va millionta savol tahlanadi 🥲 Sharhlayman: Rosululloh ▫ ning ayollari ichida qoriyalari bo’lmagan, lekin ular Qur’on bilan yashashgan. Sahobalar orasida ham hamma sahoba qori bo’lmagan, ya’ni yoddan bilishmagan, lekin Qur’on bilan yashashgan, unga amal qilishgan, uning ilmlarini o’rganishgan. Yodlashmagan ekanu mana, deb o’zingizga dalil qilib olmang! Yoddan bilishmagani bilan, ularning har birlarini kunlik virdlari bo’lgan. Allohu A’lam. (boshqa bu mavzudagi savollarga javob bermayman)
Показать все...
Nega aynan safarda bilinadi diyishadi insonni qanaqaligi?
↩️ Chunki safar- mashaqqat, xatto shuncha yengilliklar bor zamonda ham safar odamni komfort zonasidan chiqaradi. Odam komfort zonasidan chiqqan vaqtida uni kim ekani namoyon bo’ladi, bunaqa vaqt maska taqib yurish qiyin. Bir tanishim bo’lar edi, yaxshi chiqishar edik, keyin safar qilib, bitta uyda yashaganimizdan keyin oramizda katta chegara paydo bo’lgan 😁 Safarda odamni kimligi bilinadi.
Показать все...
🔔 У тебя новое сообщение!
Assalamu alaykum yaxshimisiz?) Turmushga chiqishni xohlamayapman ammo ota-onam ga bir yigit yoqibdi so'raganlar ichida, manga uchrashuvga chiqasan diyishdi, shunga u insonni Allohdan qo'rqadigan va go'zal hulqligini qanaqa qilib aniqlasam buladi 15 minutda😭🥲
↩️ Vaalaykumussalam. Bilmadim, 15 minutda faqat ekspertlar aniqlay oladi degan bo’lardimu, lekin ekspertlar ham odamni qalbidagi narsani bilisholmaydi. Yaxshilab surishtiring, u odam bilan yashagan, safar qilgan, oldi-sotdi qilgan odamlardan so’rab biling, maslahatim.
Показать все...
Hayotingizda qilgan eng togri qaroringiz sizningcha qaysi #oylantiradigan_savol)
↩️ Turmush o’rtog’imni tanlaganim, bo’lsa kerak. Yaqinda ilhomlarim kelib turmushim tarixini yozib turgan edim, lekin chala qolib, shu bilab qolib ketti.)
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.