ru
Feedback
Neft va Gaz Engineering

Neft va Gaz Engineering

Открыть в Telegram
2 608
Подписчики
-424 часа
-167 дней
-3630 день
Архив постов
Geologiya-qidiruv va qazib chiqarish jarayonlari endi soatbay tanqidiy tahlil etiladi. “O‘zbekneftgaz” AJda qazib chiqarishni ta’minlash, geologik-texnik tadbirlarni samarali amalga oshirish hamda geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov joriy yilning o‘tgan davri natijalari, shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. 👉 Batafsil Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

Narmatov Bexzot Raxmatullayevich Prezident Administratsiyasining Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha lo
Narmatov Bexzot Raxmatullayevich Prezident Administratsiyasining Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha loyiha ofisi shoʻba mudiri lavozimiga tayinlandi. U 2020-2021-yillarda energetika vaziri o’rinbosari, 2021-2023-yillarda “O’ztransgaz” AJ boshqaruv raisi lavozimida ishlagan edi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

O‘zbekneftgazga qarashli 5 ta quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi olindi. Jumladan, Qoraqalpog‘istonda yangi, yuqori bosimli kon topildi. Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Buxoro viloyatida esa, 1 ta quduqdan gaz oqimi olindi. Hozirda tabiiy gazning debiti, tarkibi aniqlanmoqda. Quduqlarni qayta ta’mirlashda ham yaxshi natijalarga erishilmoqda. Ustyurt hududidagi o‘z vazifasini bajarib bo‘lgan Shimoliy Berdaq konining 7 son qudug‘i qayta ta’mirlanib, sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

Keyingi yillarda O‘zbekistonda gaz qazib olish ko‘rsatkichi qanday bo‘ladi? Yangilangan hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda
Keyingi yillarda O‘zbekistonda gaz qazib olish ko‘rsatkichi qanday bo‘ladi? Yangilangan hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-2030 yillar oralig‘ida gaz qazib olishni 20,6 foizga yoki 8,3 mlrd kub metrga oshirish rejalashtirilyapti. 2027 yildan boshlab barqaror ko‘p yillik o‘sish prognoz qilinayotgan bo‘lsa-da 2030 yilga borib ham gaz qazib olish hajmi 2022 yilgi ko‘rsatkichdan sezilarli darajada: 6,1 foizga yoki 3,2 mlrd kub metrga kam bo‘lib qoladi. O‘zbekistonda gaz qazib olish miqdori 2026 yilda ham qisqarib, keyingi 4 yil davomida bosqichma-bosqich o‘sib borishi prognoz qilinyapti. Hisob-kitoblarga ko‘ra, keyingi 4 yil davomida gaz qazib olish ko‘rsatkichlari quyidagicha o‘zgaradi: 2027 yil – 42,9 mlrd kub (+6,7 foiz) 2028 yil – 44,5 mlrd kub (+3,7 foiz) 2029 yil – 45,5 mlrd kub (+2,2 foiz) 2030 yil – 48,5 mlrd kub (+6,6 foiz) Umuman olganda, 2026-2030 yillar oralig‘ida gaz qazib olish hajmini 20,6 foizga yoki 8,3 mlrd m³ga oshirish rejalashtirilyapti. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

Amerikaning Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini ochmoqchi. Kompaniya vitse-preziden
Amerikaning Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini ochmoqchi. Kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Kramer so‘zlariga ko‘ra, yaqin 2 yil ichida g‘arb standartlariga javob beradigan kamida 100 ta zamonaviy va qulay yoqilg‘i quyish shoxobchalari ishga tushiriladi. Amerikaning Gulf kompaniyasi O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini ochishni va aviatsiya sohasiga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Kramer 18 fevral kuni Vashingtonda prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika biznesi va moliyaviy institutlari vakillari bilan uchrashuvida ma’lum qildi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

Ertaga, 11-fevral kuni soat 09:00 dan boshlab barcha hududlarda, jumladan vodiy viloyatlarida ham “metan zapravka”lar bosqichma-bosqich odatdagi rejimda faoliyat yurita boshlaydi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

Bugun “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligida jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish, moliyav
Bugun “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligida jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy masalalarni hal etishga qaratilgan Apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat rahbariga taqdim etilgan topshiriqlar ijrosi, “Dolzarb 100 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilishda ishchi-xizmatchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda xodimlar uchun xavfsiz va qulay ish muhitini yaratish maqsad qilingani yana bir bor eslatildi. Xususan, ish haqini oshirish, ishchi-xodimlarni sifatli issiq ovqat bilan ta’minlash, zararli sharoitda mehnat qilayotganlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish va transport masalalarini hal etish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

“O‘zbekneftgaz” zamonaviy burg‘ilash dastgohlarini xarid qilish uchun Xitoy zavodlarini o‘rganmoqda. Bugungi kunda “O‘zbeknef
“O‘zbekneftgaz” zamonaviy burg‘ilash dastgohlarini xarid qilish uchun Xitoy zavodlarini o‘rganmoqda. Bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” AJda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida investitsiyalarning asosiy qismi geologiya-qidiruv va qidiruv-burg‘ilash ishlarini jadallashtirishga yo‘naltiriladi. “O‘zbekneftgaz” zamonaviy burg‘ilash dastgohlarini xarid qilish uchun Xitoy zavodlarini o‘rganmoqda. Joriy yilda respublikada neft va gaz zaxiralarini oshirish maqsadida katta hajmda burg‘ilash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu jarayonda zamonaviy, yuqori samarador texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan ishchi guruh burg‘ilash sohasida ilg‘or yechimlar taklif etayotgan yetakchi kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

Ertaga, 2-fevraldan boshlab “metan zapravka”lar soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi. Farg‘ona vodiysida “metan zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib belgilanadi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan ta
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda qayd etilganidek, 2025-yilda jamiyat korxonalari tomonidan 25,2 milliard kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilib, 56 ta yangi quduq burg‘ilandi, 29 ta quduq mukammal ta’mirlandi. 2026-2027–yillarda tabiy gaz chiqarish hajmini barqaror darajada ta’minlash, 300 dan ortiq geologik-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Prezidentimiz mutasaddilarga geologik tadqiqotlar olib borilayotgan hududlarda doimiy monitoringni kuchaytirish, zamonaviy nazorat texnologiyalarini joriy etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

photo content

«Lukoyl» xorijdagi aktivlarini sotyapti. Kompaniya O‘zbekistonda ham 13 ta yirik konga egalik qiladi. «Lukoyl» AQShning Carlyle investitsiya kompaniyasi bilan xorijdagi aktivlarini sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bitim AQSh Moliya vazirligi tomonidan ma’qullanishi kerak. Qozog‘istondagi loyihalar bu kelishuvdan tashqarida. Rasmiy Astana mamlakatdagi aktivlarni o‘z nazoratiga olishni rejalashtiryapti. «Lukoyl» O‘zbekistonda ham 20 yildan beri qator loyihalarda ishtirok etib keladi. Xususan, 13 ta yirik gaz koniga egalik qiladi. Rossiya kompaniyasining O‘zbekistondagi eng yirik loyihasi yiliga 8,1 milliard metr kub gazni qayta ishlash quvvatiga ega Qandim gazni qayta ishlash majmuasidir. Shuningdek, mamlakatdagi 13 ta yirik konga egalik qiladi. Batafsil:👉 https://kun.uz/25508465 Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

Yangilangan statistikada gaz qazib olishda 3,3 mlrd kublik tafovut paydo bo‘ldi 2024 yilda O‘zbekistonda gaz qazib olish hajm
Yangilangan statistikada gaz qazib olishda 3,3 mlrd kublik tafovut paydo bo‘ldi 2024 yilda O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 44,6 mlrd kubdan 41,3 mlrd kubga kamaytirildi. O‘rtadagi farq – 3,3 mlrd kub metrni tashkil etib, bu qiymat jihatdan taxminan 650-700 mln dollarga teng bo‘lishi mumkin. Raqamlarning birdan o‘zgarib qolgani bo‘yicha mas’ul davlat tashkilotlarining hech biri izoh bergani yo‘q. Batafsil: 👉 https://kun.uz/38710697 Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

Gazlidagi konlar “O‘zbekneftgaz”da qoladigan bo‘ldi Gazli hududidagi 21 ta kon loyihasini “O‘zbekneftgaz”ning o‘zi amalga osh
Gazlidagi konlar “O‘zbekneftgaz”da qoladigan bo‘ldi Gazli hududidagi 21 ta kon loyihasini “O‘zbekneftgaz”ning o‘zi amalga oshiradigan bo‘ldi. Avvalroq bu loyihaga hamkorlar jalb etilishi ko‘zda tutilgandi. Batafsil: 👉 https://kun.uz/01637621 Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

"Uz-Kor Gas Chemical". Metin iroda va mas’uliyat! Qorli va sovuq ob-havo bo‘lishiga qaramay, korxona ishchi hodimlari o'z vazifalarini sidqidildan bajarishmoqda. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

👍 Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi - 67 yoshda. 1959 yil 27 yanvar kuni Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan. O‘tgan 67 yil davomida Farg‘ona NQIZ mintaqadagi dastlabki yirik sanoat korxonalaridan biridan boshlab, mamlakatni sifatli neft mahsulotlari bilan ta’minlayotgan zamonaviy ishlab chiqarish majmuasigacha bo‘lgan katta yo‘lni bosib o‘tdi. Farg‘ona NQIZ jamoasining keyingi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz! Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

“Oʻzbekneftgaz” AJ — energetika sohasida eng yirik kapital egasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi 2025-yil uchun eng
“Oʻzbekneftgaz” AJ — energetika sohasida eng yirik kapital egasi
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi 2025-yil uchun eng yirik TOP-5 emitentlar roʻyxatini eʼlon qildi. Markaziy depozitariy tahlillariga koʻra, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy emissiya hajmi (nominal qiymatda) 265,14 trln soʻmni tashkil etgan. Ushbu koʻrsatkichning asosiy qismi mamlakat iqtisodiyotining “tayanch nuqtalari” sanalgan beshta yirik kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ — 22,48 trln soʻmlik emissiya bilan "Energetika sohasida eng yirik kapital egasi" sifatida eʼtirof etildi va TOP-5 reytingida 2-oʻrinni egalladi. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

23 yanvar kuni Mo‘ynoqdan olingan navbatdagi katta bosimdagi gaz oqimi haqida ma’lumot Mo‘ynoq tumanida joylashgan "Mo‘ynoq" konidagi 11 RR-sonli quduq Jamiyatga qarashli “O‘zneftgaz burg‘ulash ishlari” MCHJ tomonidan 4737 metr chuqurlikkacha muvaffaqiyatli burg‘ilandi. 2026 yil 23 yanvar kuni o‘tkazilgan sinash ishlari natijasida 4542–4549 va 4551–4558 metr chuqurliklardagi qatlamlardan katta bosimda sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi olindi. Ayni paytda quduqni ishga tushirish, yer usti inshootlarini jihozlash va gazni iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha yakuniy ishlar olib borilmoqda. Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

2025 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 30 foizga oshdi Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘
2025 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 30 foizga oshdi Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda Rossiya «Markaziy Osiyo - Markaz» quvuri orqali O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini taxminan 30 foizga oshirib, 7 mlrd kub metrga yetkazdi. O‘z navbatida Markaziy Osiyodan Xitoyga gaz eksporti taxminan 5 foiz yoki 2,5 mlrd kub metrdan ko‘proqqa kamaygan. Batafsil: 👉 https://kun.uz/27204189 Kanalga ulanish: @neft_va_gaz_engineering

📝 Eslatma: To‘g‘ri javobni belgilaganingizdan so‘ng, tepada paydo bo‘ladigan lampochka 💡 belgisini bossangiz, qisqacha texnik tushuntirishni o‘qishingiz mumkin. #NeftGaz #Muhandislik #GazSanoati #Engineering @neft_va_gaz_engineering