cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Оliy ta'limda 5 tashabbus

Больше
Страна не указанаЯзык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
400
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

📢 E’LON! Bugun, 24 iyun soat 16:00 da AOKA zalida «Oliy ta’lim muassasalarida 2021/2022 o‘quv yiliga tayyorgarlik, kirish imtihonlarining tashkil etilishi va qabul parametrlari bilan bog‘liq masalalar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar: 🔹Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov; 🔹Davlat test markazi direktori Madjit Karimov. ❗️Ushbu masalalar bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollaringizni «Telegram» tarmog‘i orqali @Rasmiy_aloqabot manziliga yo‘llashingiz mumkin. 📲 Matbuot anjumani «O‘zbekiston 24», «UzReport TV», @eduuz, @aoka_uz telegram kanallari, AOKA va vazirlikning Facebook sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn yoritiladi. 🎓 Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi: https://t.me/joinchat/VnxqOy_mgRoxi45T
Показать все...
#Uchinchi_renessans ⚡️“Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” tanlovida 3002 nafar kishi qatnashib, shundan 1-nominatsiya bo‘yicha 1006 ta, 2-nominatsiya bo‘yicha 1036 ta, 3-nominatsiya bo‘yicha 960 ta arizalar qabul qilindi. Tanlovning respublika bosqichi ZOOM platformasi orqali o'tkazilib, 10 ta xududdan 30 nafar ishtirokchilarning ijodiy ishlari Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqildi. ✅Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari bilan tanishing. Ajdodlar merosini targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv nominatsiyasi g‘oliblari 🥇- Namangan muhandislik qurilish instituti talabasi Jahongirmirzo Ikramov; 🥈- O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi Dilmurod Raxmatov; 🥉- Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi Abdulvoris Mirkomilov. Oliy ta’limda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari nominatsiyasi g‘oliblari 🥇– Navoiy davlat konchilik instituti talabasi Xurshid Xuseynov; 🥈- M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahar filiali talabasi Olesya Balova; 🥉– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari Kamoliddin Amandullayev va Mirsaid Muxtorov; Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari nominatsiyasi g‘oliblari 🥇- Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalar jamoasi; 🥈– Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Akmaljon Sultonov; 🥉- Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Zinatdin Bazarbayev. 🏆G‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz! 🎓 Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi: https://t.me/joinchat/VnxqOy_mgRoxi45T Telegram Vuz 24 | Rasmiy Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy kanali 🎥 YOUTUBE - https://www.youtube.com/channel/UCXPZhhtD9DLimyFBJeNwKNQ 📸 INSTAGRAM - https://www.instagram.com/vuz24_official/ 📢 https://www.facebook.com/vuz24o
Показать все...
Vuz 24 | Rasmiy

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy kanali 🎥 YOUTUBE -

https://www.youtube.com/channel/UCXPZhhtD9DLimyFBJeNwKNQ

📸 INSTAGRAM -

https://www.instagram.com/vuz24_official/

📢

https://www.facebook.com/vuz24o

“Ilhom” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimidan videolavha. 🎓 Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi: https://t.me/joinchat/VnxqOy_mgRoxi45T
Показать все...
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2021 yil 21 may kungi 102-sonida chiqgan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining o'rinbosari Yu. Absoatovning "Ilhom" mukofoti iste'dodli yoshlarga imkon yaratadi", sarlavhali maqolasini e'tiboringizga havola qilamiz. Gazetaning internetdagi www.yuz.uz veb-sayti orqali ham yangiliklardan boxabar bo‘lishingiz mumkin. 🎓 Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi: https://t.me/joinchat/VnxqOy_mgRoxi45T
Показать все...
“Ilhom” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimidan. G'oliblarni tabriklaymiz! 🎓 Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi: https://t.me/joinchat/VnxqOy_mgRoxi45T
Показать все...
“Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida adiblar hiyobonida “Ilhom” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra g‘oliblar bilan tanishing: 1-o‘rin - Malikov Akrom Abduhamidovich - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich magistranti; 2-o‘rin – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining ijodiy jamoasi; 3-o‘rin – Shermatov Qobiljon Otaqo‘zi o‘g‘li – Farg‘ona davlat universiteti 3-bosqich talabasi. 3-o‘rin – Palimbetova Malika Janabayevna – Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi assistenti. G'oliblarni tabriklaymiz! 🎓 Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi: https://t.me/joinchat/VnxqOy_mgRoxi45T
Показать все...
Yangi O‘zbekiston atletlarini qarshi ol, Tokio! Yaqinlashib kelayotgan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga terma jamoalarimiz qizg‘in tayyorgarlik olib borishmoqda. Ushbu rolikda kanoeda eshkak eshish, og‘ir atletika va sport gimnastikasi bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasida terma jamoamiz sharafini himoya qiladigan atletlarimiz bilan tanishtiramiz. Olimpiya o‘yinlariga qadar eshkak eshish va og‘ir atletika sport turlarida yana bir nechta litsenziyalar kutib qolamiz. 🎓Bizni kuzatishda davom eting https://t.me/joinchat/VZX_cpvjVVaL7d_m
Показать все...
Assalomu alaykum! Dilga yaqin ustozlar, aziz talabalar! Iydul Fitr muborak bo‘lsin! Allohimdan ijobatini umid qilib so‘raymiz: marhamati keng Robbimiz Siz va barcha yaqinlaringizni rizoligi uchun tutgan ro‘zangizni, toat-ibodat va tilovat-u munojotlaringizni husnu qabul aylab, bilib-bilmay qilgan gunohlarimizni mag‘firat etsin. Yurtimizga va xonadoningizga tinchlik osoyishtalik, oilangizdagilarga mustahkam sog‘lik, totuvlik va xotirjamlik berib, umringiz va rizqingizga barakotlarini yog‘dirsin. Biz so‘rab biladiganimizdan ham va siz istaganingizdan ham afzalini ato qilsin. Har bir amalingizni xayrli qilib, ikki dunyo saodati uchun har tomonlama manfaatli qilsin. Siz va barcha yaqinlaringizni O‘zining hifzi himoyasida tutsin! 💐 Ayyomingiz muborak bo‘lsin! 👉 https://t.me/joinchat/VZX_cpvjVVaL7d_m
Показать все...
#onlayn_reportaj #adiblar_xiyoboni ⚜️ Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan navbatdagi tadbir tafsilotlariga guvoh bo'ling. 🎓Bizni kuzatishda davom eting https://t.me/joinchat/VZX_cqKETDhbBG9i
Показать все...
TAKLIFNOMA ⚡️Hurmatli ijodkorlar, talabalar va adabiyot muhiblari! 📚2021 yil 22 aprel kuni Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Shuhrat" medali sohibi, shoir Shuhrat Orif bilan ijodiy uchrashuv o‘tkaziladi. 📌Barchani ijodiy kechaga lutfan taklif etamiz. 🕰Tadbir soat 14:00 da boshlanadi. 📍Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy. Termiz davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti binosi, 2-qavat, faollar zali. 🎓Bizni kuzatishda davom eting https://t.me/joinchat/VZX_cqKETDhbBG9i
Показать все...