𝑠𝑎𝑙𝑖𝑥𝑒❤️
194
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней
- Подписчики
- Просмотры постов
- ER - коэффициент вовлеченности
Загрузка данных...
Прирост подписчиков
Загрузка данных...
Men noshud bandaman, noshukr banda,
Xatolarimni o‘zing kechirgin Alloh.
Sunat-u farzlaring qilyapman kanda,
Insof, iymonimdan ayirma Alloh.
Ummat bo‘lolmadim sizga Rosululloh,ﷺ
Hatto kunda bir bor esga olmadim.
Shu sabab dilimda dardlarim qat-qat,
Gunohlarim uchun tavba qilmadim.
Vaqtimni sarfladim bekorchi ishga,
Nomozni vaqtida ado etmadim.
Aldanib o‘tkinchi hoyu havasga,
Qur'onni qo‘limga bir bor tutmadim.
Faqat g‘am kelganda senga yuzlanib,
Sendan najot so‘rab, so‘radim panoh.
Shukrlar aytaman yoshlarim to‘kib,
Marhamatingdan hech ayirma Alloh.
Tushunib yetdim men bugun barini,
Faqat sendan kelar barcha ezgulik.
Yolg‘iz sen bilasan ko‘nglim sirini,
Qalbimdan yo‘qolsin barcha yovuzlik.
Allohim men seni sevaman har dam,
Birgina sen uchun ursin yuragim.
Ishonchim cheksizdir, sadoqatim ham,
Jannatda visoling ko‘rmoq tilagim...
16132
Выберите другой тариф
Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.