cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi

📍Guliston shahar, 4-mavzre, Bo'ston MFY, Do'stlik kanali qirg'oq bo'yi, Tadbirkorlar va Hunarmandlar markazi. e-mail:  [email protected] web-site: sr.chamber.uz Tel: 📞 (67) 236-37-27 📱+99897 224-62-22

Больше
Рекламные посты
316
Подписчики
-2924 часа
-347 дней
-3630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan “ECOSTONE” MChJ rahbariyati bilan bevosita muammolarini o‘rganib muhokama qilish maqsadida Respublika Savdo Sanoat Palatasi masul bo'lim boshqarma boshlig'i  Sardorbek Farxodovich va Sirdaryo SSP boshqarma boshlig'i o'rinbosari  Zokir Ibragimovich korxona faoliyati bilan tanishdilar "ECOSTONE" dekorativ plitalar, sun’iy tosh (kvars plitasi) mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona bo'lib. Umumiy qiymati 10mln AQSH$ investitsiyalar hisobiga yilliga 450 ming kvadrat  metr dekorativ plitalar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lib 100 ga yaqnin ish o'rinlari yaratilgan.
❗Mahalillashtirish dasturiga ko'ra korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar sifat va narx jihatidan turdosh import maxsulotlari bilan raqobatlasha oladi. ❗Shu sababdan qurilish korxonalari va tadbirkorlarni ECOSTONE bilan hamkorlik qilishlarini taklif qilib qolamiz.
Telegram / Instagram / Facebook
Показать все...
👍 2🔥 1👏 1
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-193-sonli qarori 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿🇷🇺Infografika: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo va investisiyaviy hamkorlik Rossiya tashqi savdo bo‘yicha O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari uchligiga kiradi. 2017-2023 yillarda tovar ayirboshlash hajmi 2,1 barobarga oshib, 9,9 milliard dollarni, eksport 1,6 barobarga oshib, 3,3 milliard dollarni, import 2,4 barobarga oshib, 6,6 milliard dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama (MDH doirasida) kelishuvlarga muvofiq "erkin savdo" rejimida amalga oshiriladi. Rossiyadan kiritilayotgan investisiyalar hajmida ham ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Shunday qilib, 7 yil davomida O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘plangan Rossiya investisiyalarining umumiy hajmi 10,2 milliard dollardan ortiqni tashkil etdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 3059 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Telegram / Instagram / Facebook
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
📊 Yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni ortmoqda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasi ishga tushirilgandan beri kundan kunga reytingning eng yuqori pog‘onasidagi tadbirkorlar soni ortib bormoqda. 💬 Jumladan, reytingning eng yuqori «AAA» toifasidagi tadbirkorlik subyektlarining soni platforma ishga tushirilgan sana (1 fevral 2024 yil) da 38 tani tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 434 taga ko‘payib 502 taga yetdi. Shuningdek, «AA» toifadagi tadbirkorlik subyektlarining soni 1 244 taga oshib 1 476 tani, «A» toifada esa 1 774 taga oshib, 2 231 tani tashkil etdi. Umumiy yuqori reyting darajasidagi tadbirkorlar soni 727 tadan 3 482 taga oshib, jami 4 209 tani tashkil etmoqda. 🇺🇿 Hududlar kesimida eng yuqori «AAA» reytingiga ega tadbirkorlar soni bo‘yicha Toshkent shahar 162 ta, Toshkent viloyati 54 ta, Andijon viloyati 35 tani tashkil etib, peshqadamlik qilmoqda. Sohalar kesimida — sanoat sohasida 159 ta, ulgurji va chakana savdo sohasida 119 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 103 ta eng yuqori reyting ko‘rsatkichlari qayd etildi.
Ta’kidlash joiz, Savdo-sanoat palatasi, Soliq qo‘mitasi va Biznes-Omdusman bilan birgalikda o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlarining reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha ularga tizimli ravishda amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Показать все...
O‘zbekiston Respublikasi ilk bor 3 ta valyutada suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi O‘zbekiston Respublikasining umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd AQSh dollariga teng navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari 2024-yil 21-may kuni ilk bor 3 ta valyutada jahon moliya bozorlarida joylashtirildi. Kun davomida O‘zbekistonning suveren xalqaro obligatsiyalarini sotib olish uchun jami 5,5 mlrd dollar miqdoridagi buyurtmalar kelib tushdi, jumladan: AQSh dollaridagi (7 yillik) obligatsiyalarga — 3 mlrd dollar; yevrodagi (3 yillik) obligatsiyalarga — 2 mlrd yevro; so‘mdagi (3 yillik) obligatsiyalarga — 4 trln so‘m. Telegram / Instagram / Facebook
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🚛 Eksportchilarga barqarorlik reytingida rag‘batlantiruvchi ball beriladi
22 va 23-mezonlarga ko’ra:
◼️QQS bo‘yicha hisoblangan soliq summasining tegishli sohaga oid o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatini baholashda tadbirkorlik subyekti tomonidan bir oy davomida to‘langan QQS summasi har bir tuman (shahar) miqyosida u faoliyat yuritayotgan soha bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan QQS summasidan 1,1 barobar yuqori bo‘lsa yoki eksport qilishdan olingan daromadlar jami daromadning kamida 50 foizini tashkil etsa — 10 ball beriladi. Bunda bir oylik to‘lov summasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobaridan kam bo‘lmasligi lozim. ◼️Shuningdek, AOS bo‘yicha hisoblangan soliq summasining tegishli sohaga oid o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatini baholashda tadbirkorlik subyekti tomonidan bir oy davomida to‘langan AOS summasi har bir tuman (shahar) miqyosida u faoliyat yuritayotgan soha bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan AOS summasidan 1,1 barobar yuqori bo‘lsa yoki eksport qilishdan olingan daromadlar jami daromadning kamida 50 foizini tashkil etsa — 10 ball beriladi. Bunda ham bir oylik to‘lov summasi bazaviy hisoblash miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim. ✔️ Bugungi kunda mazkur mezonga asosan respublika bo‘yicha 10 854 ta korxona 10 balldan to‘plagan. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#DIQQAT ⚡️O‘zbekistonda zargarlik buyumlari arzonlashadi: rasmiylar qimmatbaho toshlar importiga soliq (QQS)ni 2027 yilgacha bekor qildi. O‘zbekistonda zargarlik buyumlari uchun qimmatbaho toshlar importi QQSdan bekor qilindi Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Telegram / Instagram / Facebook
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
✔️ Elektron hisobvaraq-fakturalarni muddatida rasmiylashtiring va 10 ballga ega bo‘ling Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi ballarini shakllantirishdagi 8-mezon — Elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirilishidir. Elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish holatini baholashda hisobot davrida tovarlar jo‘natilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar ko‘rsatilgan, ishlar bajarilgan kalendar sanada rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar summasining jami elektron hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha tovar aylanmasidagi ulushi (foizi): ➡️ 100 foiz bo‘lsa — 10 ball; ➡️ 75 - 99 foizgacha bo‘lsa — 7 ball; ➡️ 50 - 75 foizgacha bo‘lsa — 5 ball; ➡️ 25 - 50 foizgacha bo‘lsa — 2 ball; ➡️ 25 foizgacha bo‘lsa — 1 ball beriladi; 🤚 rasmiylashtirilmagan bo‘lsa — ball berilmaydi.
Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi 489-son qarorining 2-ilovasidagi “Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 4-bandida kalendar oyning so‘nggi kunida mazkur oy davomida jami yetkazib berilgan tovarlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) hajmi bo‘yicha bir marta taqdim etilishi lozim bo‘lgan korxonalardan tashqari qolgan barcha tomonidan tovarlar jo‘natilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar ko‘rsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilib taqdim etiladi.
📌 Bugungi kunda mazkur mezondan respublika bo‘yicha 27 497 ta korxona 10 ball, 9 262 ta korxona 7 ball, 6 567 ta korxona 5 ball, 6 145 ta korxona 2 ball, 8 258 ta korxona 1 balldan to‘plagan bo‘lsa, 506 789 ta korxona ball ololmagan. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#XALQARO_ALOQALAR 🇺🇿🇰🇿 O‘zbekiston va Qozog‘iston yuk tashish hajmini 1,8 million tonnaga yetkazdi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtomobil transportida eksport-import yuk tashish hajmi 2023 yilda 1,8 million tonnaga yetdi. Yil davomida bu ko‘rsatkich 8 foizga oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rahbari Ilhom Maxkamov va uning Qozog‘iston Respublikasidagi hamkasbi Marat Qoraboyev o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilindi. Telegram / Instagram / Facebook
Показать все...
👍 1
🇺🇿🇨🇳O'zbekiston-Xitoy O'zbekiston-Xitoy biznes uchrashuvi so'ngida ikki mamlakat tadbirkorlari o'rtasida B2B farmatida muzokaralar bo'lib o'tdi. Muzokaralar yakunida bir qancha kelishuvlarga erishildi. Hsusan eksport-import, investitsiya va Xitoy online bozorlarida O'zbekiston mahsulotlarini sotishlik masalalariga kelishib olindi. Telegram / Instagram / Facebook
Показать все...