cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

..."""Jannat guli"""..

🎬 Islomiy film va seriallar! ➖➖➖➖➖➖➖➖ 📚 Sahih Hadislar! ➖➖➖➖➖➖➖➖ 🕌 Ma‘ruzalar! ☘ Qur‘on tilovatlari! 🎤 Salovatlar! ☘《Robbim, ilmimni ziyoda qilgin) -degin. "Toha surasi"《114-oyati》☘ https://t.me/jannat_guli_islom

Больше
Рекламные посты
196
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Astag'firulloh Alloh holimizga o'zi Rahm qilsin. Qiyomatning kichik alomatlariga zilzilalarning ko'payishi ham kirar ekan.
Показать все...
Muhammad Salamat Jabar. Qiyomat alomatlari (2).pdf 🕋@jannat_guli_islom
Показать все...
00:58
Видео недоступноПоказать в Telegram
#даҳшатли_кадрлар Туркияда зилзиладан уйлар ичидаги одамлари билан қуламоқда 😢 Видеода ҳам кўплаб одамлар қулаётган бино ичида ёрдам сўраб бақираётганини кўриш мумкин... Туркиялик дўстларимизни хақларига дуода бўлайлик, Аллоҳ мусибатларини аритсин, сабр берсин 🤲 🕋@jannat_guli_islom
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Hadis 📚Rasululloh ﷺ  dedilar: “Qiyomat kuni besh narsa haqida soʻralmagunicha Odam bolasining qadami Robbisi huzuridan siljimaydi: 1. Umrini qanday oʻtkazgani, 2. Yoshligida qanday ishlar qilgani, 3. Boylikni qayerdan topgani, 4. Boylikni qayerga sarflagani 5. Bilgan narsalariga qay darajada amal qilgani” ✍Imom Termiziy rivoyati (Ibn Masʼud (roziyallohu anhudan ) 🕋@jannat_guli_islom
Показать все...
00:28
Видео недоступноПоказать в Telegram
Ассалому алайкум! 😁 Ширинчани умри зиёда бўлсин 🥰 🕋@jannat_guli_islom
Показать все...
Yuragim og‘riyapti, Allohim! Men barchani tashlab Senga keldim. Sendan ketib yana Senga qaytib keldim, Allohim. Men sevgini odamlardan, sadoqatni do‘stlarimdan, mehrni atrofimdagilardan kutibman. Bari Sen bilan ekan, Robbim. Sen bilan birga bo‘lsam bo‘ldi ekan. Singan qalbim bilan keldim Senga, Allohim. Yuragimda og‘riq bilan keldim. Yuzimdagi nurni so‘ldirgan gunohlarim bilan, zarra yorug‘lik bo‘lmagan qorong‘ulikka sho‘ng‘ib ketgan o‘zligim bilan keldim. Barcha g‘amginliklarimni olib Senga keldim. Sendan hech narsa so‘ramayman, menga Sen keraksan, Allohim! Sen keraksan. Men bandalaringni sevish bilan baxtli bo‘la olaman, deb o‘ylabman. Aslida, sevgi oyoqlarim ostiga solingan joynamoz ustida ekan, unga boshimni qo‘yib ko‘z yoshlar to‘kkan sajdada ekan. Tilim qiroat, aqlim tadabbur qilayotgan Qur’on oyatlarida ekan sevgi. Rasuling sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko‘rishda, sahobalar yo‘lidan yurishda ekan sevgi. Sevgi Sen bilan ekan, Robbim. Sen bilan birga bo‘lsam bo‘ldi ekan. Yonimda hech kim yo‘qligini ko‘rib o‘zimni yolg‘iz his qilibman. Lekin bildimki, yolg‘izlik Senga yaqinlik ekan. Sen suyanadigani yo‘qlarga suyanchiqsan, Robbim. Bilaman, men kechqurun gunohlarga botgancha uyquga yotardim, Sen esa har tong rahmating ila uyg‘otarding. Har yangi kunni yangi bir imkon qilding, men bularni zoye qildim. Kechir, ey Mehribon Allohim! Qalbimdagi eng buyuk taskinim Senga anglatolmaganlarimnida bilishingdir. Qalbimning to‘lmagan bir qismi bor, u yerga Sendan boshqa barchani qo‘yib ko‘ribman. To‘lmadi. Endi tushundim, u yer Sening joying ekan, Sendan qolgan bo‘shliqni Sening qullaring bilan to‘ldirishga urinibman. Sen bo‘lsang bo‘ldi ekan. Faqatgina Sen. Men bugunga qadar go‘yo tush ichra yashabman. Aldanibman. Qizig‘i, aldagan ham o‘zim, aldangan ham o‘zim ekanman. Bilaman deb o‘ylaganlarimni hech qachon bilmagan ekanman, Allohim! Bu hayotda bilish yetarli emas, his qilib yashamoq kerak ekan. Xayollarim bilan yashabman bu hayotni. Tushlarni o‘ng deb sevinibman... Ey Allohim! Aslida, sevgi qanday tuyg‘u, insonlarni qanday sevish kerak? Men sevishni bilmadimmikin?.. Men kino qahramonlaridekmas, kitoblarda yozilganidek ham emas, men shunchaki o‘zligim bilan sevdim, hech narsa kutmay sevdim, jimgina sevdim, xolos. Yo men adashdimmi?.. Koshki butun shaharni shalabbo qilayotgan yomg‘ir yuragimga yog‘sayu, barcha og‘riqlarni yuvib ketsa. Allohim, Sen har narsaga qodirsan. Sen istasang, kelmaydigan keladi, bo‘lmaydi deyilganlar amalga oshadi, sevolmaydiganlar sevadi. Menga rahm qil! Yuragimni olib Senga keldim. Unda Sendan o‘zganing sevgisi bo‘lmasin deya keldim. Meni qabul qil, Robbim. Ey Allohim! Menga bir gul berishsa, xursand bo‘libman. Bilsam, Sen men uchun butun yer yuziga gullarni to‘shab qo‘yibsan. Birgina shirin so‘z eshitsam, sevinibman. Sen esa so‘zlarning ko‘shkini Qur’onga jo qilibsan. Sevib qolsam, dunyolarga sig‘may ketibman, xayol surgancha yulduzli osmonga qarab tunlarni bedor o‘tkazibman. Sevgini Sen yaratibsan, axir. Sevgini yaratganni sevishlik qandayin tuyg‘u ekanini qalbimda his qilib ko‘rmabman. Allohim, har doim menga bir ne’mat berganingda shukrim oz bo‘ldi. Menga har doim bir musibat berganingda sabrim oz bo‘ldi. Ey ne’matlariga shukri, musibatiga sabri oz bo‘lganni yolg‘iz qoldirmagan! Ey xatolarini ko‘rsa ham uni rasvoyi raddi qilmagan Zot! Gunohlarimni afv qil va menga shifo ber! Yuragimni olib Senga keldim... 🕋@jannat_guli_islom
Показать все...
38:50
Видео недоступноПоказать в Telegram
📹 ТАЖВИД ДАРСЛАРИ 51-ДАРС МАД 3-ҚИСМ || МАД МУНФАСИЛ | араб тилини урганамиз араб тили #TAJVID #ТАЖВИД 👤 #Muallimi_Soniy @youtubabot: 📹360p 🕋@jannat_guli_islom
Показать все...
00:52
Видео недоступноПоказать в Telegram
Показать все...
Repost from Anvarov’s blog
Qorini qiziga uylaning… Kecha ustozim bilan ancha suhbatlashdim. O’zi 14 yoshida Qori bo’lgan, o’g’li esa o’tgan yili yozda 12 yoshida Qori bo’ldi. Yaqinda kichik qizi ham Qoriya bo’ladi, nasib. Ko’proq farzand tarbiyasi va unga oid masalalar haqida suhbatlashdik. Farzandga ilm o’rgatishda genlarning o’rni, ota-ona ta’siri va usullari haqida. Ustoz aytdi-ki, o’g’il farzandga ko’proq onani zehni o’tar ekan. Aqliy salohiyat va qobiliyat o’gil farzandga onadan, qiz farzandga esa otadan ko’proq o’tar ekan. Shunday deb, o’zi Qori bo’lsada, o’gliga ilm o’rgatishda biroz qiynalgani, ammo, qiziga o’rgatishda ummuman qiynalmagani va kichik qizi darslarni mukammalroq topshirishini aytdi. Asosiy nasihatlari shu bo’ldi-ki: yor tanlayotganingizda ko’proq qizning dadasiga ahamiyat qarating, ularni ilmini biling. Agar, ularni zehni o’tkir va ilmi kuchli bo’lsa, inshaAlloh, farzandlaringizga ilm yuqishi oson bo’ladi, deydi. Qo’shimcha: Ota bo’lishdan avval o’zingiz ham Qori bo’lib olsangiz, nur ustiga a’lo nur bo’ladi) Asosiy insight: “Qorini qiziga uylansangiz, o’g’lingizni osonroq Qori qilasiz”. @anvarovsblog
Показать все...