cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati | Rasmiy kanal

Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali

Больше
Рекламные посты
6 199
Подписчики
+324 часа
+327 дней
+7730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Joriy yilning 2-may kuni soat 10:00 da Namuna MFY binosida Bog’ot tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo’lib o’tadi
Sayyor qabulda tuman hokimi o’rinbosarlari, tumandagi barcha tashkilotlar va korxonalarning rahbarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri va tuman adliya bo’limi xodimlari ishtirok etadi.
Manzil: Bog’ot tumani, Namuna MFY binosi. Batafsil ma’lumot olish uchun telefon: 62-31-52-807. @bogottumanihokimligikanali
Показать все...
Yoshlar bandligi ta’minlanmoqda Bugungi kunda Bog‘ot tumanida yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni doimiy ish joyiga ega boʻlishiga koʻmaklashish, har bir yosh jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar mahkamasining 2022-yil 22-iyundagi qaroriga binoan nogironligi bo‘lgan, “Yoshlar daftari”da turuvchi bir guruh yoshlarga bandligini ta’minlash maqsadida tikuv mashinasi, kompyuter va motokultivatorlar topshirildi. Suhbat jarayonida tuman hokimi Jahongir Nazarov bunday imkoniyat, sharoitlardan unumli va to‘g‘ri foydalanish zarurligini ta’kidladi. @bogottumanihokimligikanali
Показать все...
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi Sessiya kun tartibiga tuman sektor rahbarlarining tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim masalalari, shuningdek, Bog‘ot tumanidagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar, tuman tibbiyot birlashmasi, tumandagi oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokorlik punktlarida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning ahvoli va sohadagi muammolar hamda shu kunning boshqa dolzarb masalalari kiritildi. Kun tartibidagi masalalar boʻyicha masʼul rahbarlarning hisobotlari eshitilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Shundan so’ng sessiyada koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi. @bogottumanihokimligikanali
Показать все...
Yer va kadastr nazorati tadbirlari kuchaytiriladi Kadastr agentligi tomonidan dolzarb 40 kunlik eʼlon qilinishi munosabati bilan respublika bo’ylab yer va kadastr nazorati tadbirlari kuchaytiriladi. Unga ko’ra, hududlarda dronlar yordamida nazorat tadbirlari olib boriladi hamda kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarlik holatlari aniqlanadi. Yer nazoratchi inspektorlar tomonidan aniqlangan holatlar joyiga chiqqan holda maxsus planshetlar yordamida “E-Yer nazorat” axborot tizimiga kiritiladi va onlayn nazorat qilinadi. Qonun buzilish alomatlari bor, yaʼni sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash va noqonuniy qurilish qilish holatlari aniqlangan taqdirda Prokuratura organlariga yuboriladi. @bogottumanihokimligikanali
Показать все...
Profilaktika ishlari olib borilishi sababli Bog'ot tumanining Bog‘zor, Navbahor, O‘zbekiston mahallalarida 2-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha hamda Oq tepa, Qalajiqqal’a, Navro‘z, Hurriyat, Beruniy mahallalari va Yangi qadam shaharchasida 3-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. @bogottumanihokimligikanali
Показать все...
“Ogohlik davr talabi” yoxud “O‘z uyingni o‘zing asra” Hozirda Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chegara oldi aholi punktlarida istiqomat qiluvchi mahalliy aholining xushyorligi va ogohligini oshirish bo‘yicha muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilib, o‘quv mashg‘ulotlari tashkilashtirilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 26-aprel kuni Xorazm viloyati Bog‘ot tumani, “Nayman” MFY hududida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘quv mashg‘uloti yakunida aholi o‘rtasida “Ogohlik davr talabi” va “O‘z uyingni o‘zing asra” mavzularida umumprofilaktik tadbir o‘tkazilib, mahalliy aholiga erishilgan yutuqlar qatorida, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha tushunchalar berildi. @bogottumanihokimligikanali
Показать все...
“Qilmish qidirmish” Joriy yilning 3-aprel kuni Xorazm viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining korrupsion faoliyatiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir tashkillashtirildi. Tadbir davomida, Bog‘ot tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati bilan jinoiy til biriktirib, moddiy rag‘batlantirish, ya’ni pora evaziga fuqarolarni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilinishlarida vositachilik qilib kelayotgan “Q.M.R.” va “S.Sh.Sh.”lar qo‘lga olindi. Jumladan, tadbir davomida, “Q.M.R.” va “S.Sh.Sh.”lar o‘zaro jinoiy til biriktirib tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilinishi uchun “K.X.”dan 500 AQSh dollari va 1.260.000 so‘m miqdordagi pul mablag‘larini olayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Natijada, “Q.M.R.” va “S.Sh.Sh.”larga nisbatan Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Показать все...
Bog’otlik sportchi O’zbekiston kubogida oltin medalni qo’lga kiritdi Jizzaxda o’tkazilgan Taekvondo WT bo’yicha O’zbekiston kubogida Bog’ot tumani Ma’naviyat mahallasida yashovchi 10-sinf o’quvchisi Allaberganov Abdulaziz 73 kg vazn toifasida oltin medalni qo’lga kiritdi. @bogottumanihokimligikanali
Показать все...
Hukumat qarori bilan 2024-yil 1-iyundan va 2025-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining yangi miqdorlari tasdiqlandi. @bogottumanihokimligikanali
Показать все...
Bog‘ot tumanida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Kinokarvon” madaniy-maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi Muloqot shaklida o‘tgan ijodiy uchrashuvda kinoijodkorlar oʻzbek kinosida soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘z hayotiy kechinmalari, kino va teatrdagi faoliyati davomidagi ijod namunalari hamda undagi voqealar haqida misollar keltirishdi. Shuningdek, tadbir davomida bog‘otliklar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mehmonlarga murojaat qildilar. Elimiz suygan ijodkorlar va xalq o‘rtasida kechgan samimiy suhbatlardan so‘ng tomoshabinlar e’tiboriga "Evrilish" filmi namoyish qilindi. @bogottumanihokimligikanali
Показать все...