cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Tarix

Urdu tarix fakulteti talabasi Maqsudbek Ismoilovning tarix kanali @Tarix_Ismoilov_Maqsudbek Murojat va takliflar uchun @Maqsudbek_Ismoilov

Больше
Страна не указанаЯзык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
179
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Alloh bizni mukammal qilib yaratdi endi Allohni ismini xato yozsek uyat😕☹️bazi insonlar uchun ilm maqsadida Alloh soʻzini koʻpchilik notoʻgʻri yozadi. Baʼzilar Olloh deb yozadi, lekin arab tilida "o" harfidan boshlanadigan soʻz yoʻq, arab tilida hech qaysi soʻz "o" harfidan boshlanmaydi. Shuning uchun Alloh deb yozish kerak, yana Allox yoki Ollox deb ham yozishganini koʻrib qolaman bu ham notoʻgʻri, chunki الله soʻzidagi oxirgi harf "ه" bu "h" harfi boʻladi, agar Alloh soʻzi "خ" harfi bilan tugaganda "x" deb yozsa boʻlar edi. Yana koʻpchilik Alloh soʻzini kichik harflar bilan yozadi, lekin biron bir tanishining yoki oʻzining ismini katta harflarda yozadi. Nega oʻzingiz hurmat qilgan insonlarni ismlarini katta harfda yozib, Allohning ismini kichik harfda yozasiz?!.. #Alloh deb yozing bundan keyin iltimos🥺✨ #Ilm_bo‘lsin Vallohu a'lam https://t.me/Muslimin_Alhamdulillah
Показать все...
Muslimin المسلمون

"Baxtiyorlar jannatdadurlar" Allohning taqdiri to‘la xayrdir!

Фото недоступноПоказать в Telegram
#bugun🎖 9 MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI. 📌 9 May yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanadi. 1941-1945 yillarda urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etiladi. Urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi. Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari esa ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o‘chmaydilar. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.🔥 @Tarix_Ismoilov_Maqsudbek
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Barchangizga bir iltimos. Birinchidan, bugun tabriklanadigan bayram emas. Bugun urushlarda halok bo‘lgan millionlab insonlarning xotirasini yod etish va ularni qadrlash kuni. Musulmonchilikda o‘tganlar xotirasi Qur’on tilovati yoki hech bo‘lmasa duo bilan yod etiladi, qanaqadir tabriknomalar bilan emas. Nima, shuncha odam o‘lgani uchun tabriklayapsizlarmi bir-biringizni? Ikkinchidan, bunaqa tabriklarga qonxo‘r SSSRning belgisi yoki O‘rta Osiyoni qirg‘in qilgani uchun rus askarlariga berilgan la’nati Georgiy lentasi tushirilgan rasmni qo‘shish ham kamida farosatsizlik. Nima, bu bilan ota-bobolarimizni o‘ldirganingiz, qatag‘on qilganingiz, qiynoqqa solganingiz, Sibirga surgun qilganingiz uchun rahmat demoqchimisizlar? Uchinchidan, bugun G’alaba kuni emas, bugun XOTIRA VA QADRLASH KUNI. Hech qanaqa g’alaba kuni yo’q, ilohim, bo’lmasin ham. Urush bayram qilinmaydi. Jirkanch maqsadlar yo’lida urushni bayramga aylantirish xatoligini bugun Ukrainadagi qirg’in ham ko’rsatib turibdi. 🔘 @xushnudbekuz
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
🇺🇿9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI Xotira bor ekan,tirikdir millat, Tirikdir iftixor,tirikdir gʻurur. Xotira — elni xalq etguvchi qudrat, Xotira — ertani yoritguvchi nur. Hatto maysaning ham xotirasi bor, Maysa xotirasi — nurga intilmoq. Koʻkarsa — ikkiga boʻlib tashlaydi Yoʻlining ustida tursa hatto togʻ. To quyosh osmonda porlab turarkan, Osmonday mangusan,ey, ona xalqim! Har bir fojiaga,har bir sharafga, Baho bermoqqa ham yolgʻiz sen haqli! UrDU Matbuot xizmati Muslimin_Alhamdulillah
Показать все...
Assalomu alaykum ahli iymon musulmon dini aziz so'zi qadrli yaqin insonlarim bugungi JUMA ayyomi muborak bo'lsin. Bunday qutlashning ko'piga miyassar bo'ling Ilohim. Ayyom muborak
Показать все...
​​​​Shayboniyxon haqida 10 fakt 1. Shayboniyxon (1451-1510) - Chingizxonning o'g'li Jo'jining avlodi. Abulxayrxonning nabirasi. 2. Buxorada ta'lim olgan. Zamonasining ilmli kishisi. Islomni chuqur bilganini uning raqibi Bobur ham tan olib, yozib qoldirgan. 3. Otasi o'limidan so'ng Qorachabek tarbiya qilgan. Keyinroq Buxoroga borgan. Qo'shin tuzib, mahalliy hukmdorlarga ichki nizolar uchun kurashda yordam bo'lgan va shu davrda harbiy mahoratini ham oshirgan. Bu urushlar unga Temuriylarning zaif nuqtlarini aniqlashga yordam bergan. 4. 1487-1488-yillarda O'tror, Turkiston, Sayramni egallagan egallab, Movorunnahrni egallash uchun o'ziga tayanch nuqta tayyorlagan. 5. 1497-yil Samarqandga qarshi yurish qilib egallay olmagan. 1500-yilda Sulton Ali Mirzoning onasi tomonidan Samarqandga chaqirilib, uni jangsiz egallagan va Sulton Alini qatl qilgan. 6. 1501-yilda Bobur bilan hal qiluvchi jangda g'olib bo'lib, sulh tuzadi va Bobur unga binoan Movorounnahrni tark etadi. 7. 1504-yil Husayin Boyqaro hukmronligidagi Xorazmni 10 oylik qamalini boshladi va 10 oydan so'ng Urganchni egalladi. 8. 1506-yil Balxni, 1507-yil Xuroson poytaxti Hirotni egalladi va yirik markazlashgan davlat asoschisiga aylandi. Musulmonlar homiysi bo'lgan Shayboniyxonga shu davrdan "Xalifa ur-Rahmon" (Allohning yerdagi xalifasi), "Imom uz-zamon" (Zamonasining imomi) unvonlari berilgan. 9. Movorounnahr, Xorazm va Xurosonni birlashtirib, Temuriylar qila olmagan ishni uddasidan chiqdi va O'rta Osiyoda Temuriylar hukmronligiga barham berib, ularni tarix sahnasidan yo'q qilib yubordi. 10. 1510-yilda qo'shinni katta qismini Samarqandga qaytarib yuborgan, urushdan qaytayotgan Shayboniyxon Marv yaqinida azaliy dushmani Ismoil Safaviy bilan yuzma-yuz kelib qoladi. Charchagan va kam sonli Shayboniyxon qo'shinlari yengiladi. Halok bo'lgan Shayboniyxonning bosh suyagidan Ismoil Safaviy o'ziga may uchun qadah yasatgan. @Tarix_Ismoilov_Maqsudbek
Показать все...
Imom al buxoriy uzoq yillik musofirlikdan keyin umrining oxirida buxoroga qaytadi Buxoroda u shu vaqtdagi buxoro amiri Xolid ibn ahmat azzuhaliy bilan kelishmay qoladi Sababi amir al buxoriydan uning huzuriga kelib al jome as sahih at tarix kitoblarini o'qib berishini talab qiladi Lekin al buxoriy shunda men ilmni xor qilib uni hokimlar oldiga olib bormayman kimga ilm kerak bo'lsa o'zi izlasin deb aytadi @Maqsudbek_Ismoilov @Tarix_Ismoilov_Maqsudbek
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
1502-yilda Kolumb noma'lum sohilga tushadi. U yerda tilla taqinchoqlar taqib olgan hindularni ko'rib, bu yerda ko'p oltin topishni umid qilishadi va bu yerga "Kosta-Rika" (Badavlat sohil) deb nom berishadi. Keyinchalik esa Kosta-Rikaning qazilma boyliklarga juda kambag'al ekani aniqlangan. @Tarix_Ismoilov_Maqsudbek
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Chingizxon Mo'g'ul imperiyasini kengaytirishni turli usullarini qo'llagan. Masalan u qizini ittifoqdosh mamlakatlarining hukmdorlariga uzatgan va kuyovini tinimsiz bo'ladigan janglarga yuborgan. Odatda kuyov jangda halok bo'lgan va mamlakat boshqaruvi uning qizlariga qolgan. Bechora kuyovlar😄 @Tarix_Ismoilov_Maqsudbek
Показать все...
2.04 KB
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.