cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

SPORT BEKOBOD SHAHAR

Ushbu kanalda siz Bekobod shahrida sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, sportchilarimizning yutuqlari va boshqa sportga oid yangiliklar va foydali ma'lumotlar to‘g‘risida xabardor bo‘lasiz!

Больше
Рекламные посты
315
Подписчики
-124 часа
-117 дней
-4130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

00:27
Видео недоступноПоказать в Telegram
Hech qachon esingizdan chiqmasin: Sizlarning ortingizda shunday ajoyib O‘zbekiston diyori turibdi. Bag‘rikeng o‘zbek xalqi turibdi. Va dunyoda eng zo‘r — sizlarni qo‘llab-quvvatlaydigan O‘zbekiston Prezidenti turibdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatimiz delegatsiyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimida so‘zga chiqib, sportchilarimizning ortida O‘zbekiston Prezidenti turganini alohida ta’kidladi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Показать все...
Бош вазир нутқи.MP42.36 MB
02:35
Видео недоступноПоказать в Telegram
“Parij-2024” Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilarimiz uchun 7 SABER brendidan sport kiyimlari taqdim etildi. Olimpiyachilarimizga nufuzli sport musobaqalarida omad va zafarlar tilaymiz. Olg‘a O‘zbekiston! https://t.me/TOSHVIL_SPORT
Показать все...
13.44 MB
​​Parij-2024 Olimpiadasi medallari uchun o‘zbekistonlik sportchilarga mukofot puli miqdori e’lon qilindi Bugun, 2 iyul kuni O‘zbekiston sport delegatsiyasini Parij-2024 Olimpiadasiga tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston sport delegatsiyasini Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga tantanali kuzatish marosimi tashkil etildi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Senati raisi Tanzila Norbayeva, Vazirlik, Miliy Olimpiya qo‘mitasi, federatsiya rahbarlari, sportchilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.  Boks bo‘yicha jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Abdumalik Halokov hamda qilichbozlik bo‘yicha Osiyo o‘yinlari g‘olibasi, «Shuhrat» medali sohibasi Zaynab Dayibekova Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishi rasman e’lon qilindi.  Tadbirda so‘zga chiqqan Abdulla Aripov o‘z nutqida Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga davlat tomonidan beriladigan mukofot pullari haqida aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, Olimpiada chempionlari 200 ming, kumush medal sohiblari 100 ming, bronza medal sovrindorlari esa 50 ming AQSH dollariga ega bo‘lishlari va’da qilingan. Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston sport delegatsiyasi Tokioda o‘tgan so‘nggi Yozgi Olimpiadada 3ta oltin va 2ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida 32-o‘rinni egallagandi.  Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Olimpiadasida ham o‘zbekistonlik sportchilarga oltin medal uchun 200 ming, kumush – 100 ming, bronza uchun 50 ming AQSH dollari mukofot puli va’da qilingan va puldan tashqari, chempionlarga «Tahoe» avtomobili hamda 3 xonali hovli sovg‘a qilingandi. Bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchilarga esa 50 ming AQSH dollari va «Trailblazer» avtomobili bilan birga kvartira ham sovg‘a qilingandi.
Показать все...

Assalomu alaykum, Hurmatli hamshaharlar! Bekobod shahar 13-dahada istiqomad qiluvchi Xolmatova Malika Sirojiddin qizi farzandini operatsiya qilish uchun moddiy yordam berishingizni soʻraymiz. Karta raqami: 9860080126460494 Telefon raqami: ☎️ +998 90 985-26-29 Tashxis nusxasi ilova qilinadi. Yordamingiz uchun oldindan rahmat.
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Paralimpiadachilar, tayyormisiz?
"Besh tashabbus paralimpiadasi" musobaqasining Respublika bosqichi yoshlar oyligi doirasida 28-iyun kuni Toshkent shahrida bo'lib o'tadi! Barcha sport ishtiyoqmandlarini taklif qilgan holda Paralimpiadachilarimizga omad tilaymiz!
🇺🇿 Sportlashamiz - "Tezroq, balandroq-birgalikda"
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Katta hayajon bilan kutilayotgan 4 yillikning eng muhim starti tobora yaqinlashib kelmoqda. Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarining ochilishiga roppa-rosa 30 kun qoldi. https://t.me/TOSHVIL_SPORT
Показать все...
«BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!» Bugun, Bekobod shahar Yoshlik markazida Sport maktabi hamda "Q.Farmonov" mahallasi "Keksalar maslahati" guruhi raisi, davlat mukofoti sovrindori, faxriy nuroniy S. Mirkomilovning  tashabbusi bilan «Biz giyohvandlikka qarshimiz» shiori ostida shaxmat-shashka va stol tennisi sport turi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.    ♟🏸 Musobaqada shahrimizning barcha mahallalaridagi nuroniylari va yoshlari faol ishtirok etdilar.    ✅ Shuningdek, musobaqaga yolg‘iz yashovchi hamda nogironligi bo‘lgan nuroniylar ham taklif etildi.       🏆 Musobaqada shaxmat-shashka sport turi bo‘yicha faxrli o‘rinlarni egallagan nuroniylar B.Haydarov, A.Mujdaboyev va T.Tursunqulovlar, Stol tennisi bo‘yicha R.Aliyev, M.Xolmatov va Z.Turdimatovlar Bekobod shahar sport maktabi tomonidan "Diplom" va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Kanalga ulanish👇👇👇👇👇 🌐https://t.me/bekobod_sh_sport
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Adliya_xabari ✳️ Toshkent shahrida har oy bir kun davomida "Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasi o‘tkaziladi. 📌 Bunda shaxsiy avtomobillar harakatlanishi cheklanib jamoat transportidan foydalanish targ‘ib qilinadi. Kanalga ulanish👇👇👇👇👇 🌐https://t.me/bekobod_sh_sport
Показать все...
#Қонунчиликдаги_янгиликлар ❗️Энг намунали боғчаларда гимнастика хоналари ташкил қилинади “Тошкент шаҳрида бокс ва гимнастикага ихтисослаштирилган спорт мактаблари фаолиятини ташкил этиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ–94-сон, 22.06.2024 й) қабул қилинди 🔰 Фармонга кўра, 2024 йил 1 сентябргача: 🔹ихтисослаштирилган спорт мактаблари учун мақбуллаштирилган ўқув режалари ишлаб чиқилади.
Бунда Ўзбекистон тарихи ва инглиз тили фанларининг чуқурлаштирилган ҳолда ўқитилишига ҳамда умумлашган табиий фан ва спорт психологиясининг замонавий усулларда ўргатилишига алоҳида эътибор қаратилади;
🔹ихтисослаштирилган спорт мактабларида иккинчи хорижий тилни ўргатиш йўлга қўйилади; 🔹ҳар бир туман ва шаҳардан камида 3 тадан энг намунали давлат мактабгача таълим ташкилотлари танлаб олиниб, гимнастика хоналари ташкил қилинади. ✅ Фармонга мувофиқ, ихтисослаштирилган спорт мактабларида: ➖ўқув-тарбия жараёни 5–11-синфлар доирасида махсус таълим дастурлари бўйича ташкил этилади; ➖қабул жараёнларига халқаро ва маҳаллий тренер-селекционерлар жалб қилинади; ➖таълим жараёни ўқувчилар сони 12 нафардан 24 нафаргача синфларда амалга оширилади; ➖ўқувчиларининг умумий чекланган сони 168 нафар этиб белгиланади. ❕2024/2025 ўқув йилидан ҳар йили маҳаллий ва хорижий спорт усталари, тренер ҳамда машҳур спортчилар иштирокида маҳорат дарслари ўтказилади. 📌 Фармонга асосан, ихтисослаштирилган спорт мактаблари ўқувчи-спортчилари Ўзбекистон чемпионати ва кубоги мусобақаларида алоҳида жамоа сифатида тўғридан-тўғри иштирок этади. ➡️ Шунингдек, ихтисослаштирилган спорт мактаблари тизимида бокс ва гимнастика бўйича тренерлар мактаби ташкил қилинади. 💰2024 йил 1 сентябрдан ихтисослаштирилган спорт мактаблари ходимларига ҳар ойлик 100 фоизгача устама тўлаш тартиби жорий этилади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
Показать все...
👍 1
02:07
Видео недоступноПоказать в Telegram
🔰 “Sport maktablari futbol ligasi” Oʻzbekiston chempionatida faxirli 2-o'rinni egalagan Toshkent viloyati terma jamoalarini kutip olish marosimi 📹 VIDEOLAVHA Kanalga ulanish👇👇👇👇👇 🌐https://t.me/bekobod_sh_sport
Показать все...
kutip olish marosim TG.mp418.36 MB
👍 2
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.