cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

👨‍✈️ZaKoVaT PiRaMiDaSi👩‍✈️

@ZaKoVaT_PiRaMiDaSi_KaNaLi ✍️Qiziqarli savolar ✍️yakkalik turnirlar ✍️Jamoviy turnirlar ✍️Qiziqarli o'yinlar 👤Murojat uchun Adminka @qiizaloq ga Boğlaning

Больше
Узбекистан53 500Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
202
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Aql degani mana shunday bo‘ladi. Hajjoji zolim bir kun hamsuhbatlari bilan dala sayriga chiqdi. Hamsuhbatlari orqaga qaytdilar, Hajjoj yakka o‘zi qoldi. Shu asnoda bir qari odamga yo‘liqdi. Hajjoj chol bilan biroz bahs etib, hazillashishni istadi. Oralarida quyidagi suhbat bo‘ldi. Hajjoj cholga: — Qayerliksan? — dedi. Chol: — Shu qishloqdan. Bani Ijil qabilasidanman, — deb aytdi. Hajjoj: — Hokimlar to‘g‘risida nima deysan? — dedi. Chol: — Allohning qahri kelsin ularga! Hammasi orsiz, zolim, — dedi. Hajjoj: — Mayli, Hajjoj haqida fikring qanday?! — deb so‘radi. — U hammasidan ham zolim. Hajjoj hammasiga qaraganda olchoqroq. Alloh Hajjojning ham, boshqa zolimlarning ham ta’zirini bersin, ildizlarini quritsin! — deb javob berdi. Hajjoj: — Ey chol, bilasanmi, men kimman? — dedi. Chol: — Qayerdan bilaman?! Bir martabali zotdirsan, — deb aytdi. Hajjoj: — Hajjoj men bo‘laman, — dedi. Chol: — Qurboning bo‘lay, ey hukmdorim! Sen ham bilasanmi, men kimman?! — dedi. Hajjoj: — Qayerdan bilay, sen kimsan?! — dedi. Chol: — Men Bani Ijil qabilasining eng mushhur tentagi — Amr o‘g‘li Zayd deganlari bo‘laman! Har kun shu soatlarda qattiq jinniligim tutib qoladi, — deb javob berdi. Hajjoj cholning bu javobidan mamnun bo‘ldi. Bu javobdan shu qadar xushvaqt bo‘ldiki, qah-qah urib kuldi va ushbu oqil qariyaga hadyalar berib ko‘nglini ko‘tardi. Izoh va o‘git Ey, Haq yo‘lchisi! Aql deganlari mana bunday bo‘ladi. O‘z sohibini eng halokatli paytlarda qutqarib qoladi. Aql degani ana shunday bo‘lmog‘i kerak. Qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqarmoq aqlli odamning ishi emas. Hajjojning qo‘lidan ana shunday aql quroli bilan qutulmoq mumkin. Yo‘qsa, kalla ketadi. Yusuf Tovasliyning “Hikmatlar xazinasi” kitobidan
Показать все...
G‘olib bo‘lishni istasangiz Kunlardan bir kuni qurbaqalar musobaqa uyushtirishibdi. Shartga ko‘ra g‘oliblik baland minoraning ustiga birinchi bo‘lib chiqqan ishtirokchiga nasib qiladi. Nihoyat kutilgan on kelib, musobaqa boshlandi. Tomoshaga kelgan ko‘plab qurbaqalar musobaqa ishtirokchilaridan hech biri minora tepasiga chiqolmasligidan bahs qilishar, tinmay baqirishardi: “Bechoralar, bekorga ovora bo‘lyapsiz, baribir marraga yetolmaysiz!..” Bu so‘zlarni eshitgan ishtirokchilar, marraga yetolmasliklariga o‘zlari ham ishonib, bir-bir musobaqani tark eta boshladilar. Lekin bittagina qurbaqa bu gaplarga parvo qilmay, o‘jarlik bilan minoraga tirmashardi. Pastdagilar esa hamon baqirishardi: “Baribir g‘olib bo‘lolmaysan!..” Nihoyat hamma ishtirokchilar g‘oliblikdan umid uzdilar. Faqat boyagi birgina qurbaqa tirishib-tirmashib minoraning ustiga chiqishni uddaladi. Hayrat ichida qolgan ishtirokchilaru tomoshabinlar undan bu mushkul ishni qanday bajarganini so‘rashga oshiqdilar. Tomoshabinlardan biri g‘olibga yaqin keldi va undan qanday qilib bu ishning uddasidan chiqding, deb so‘radi. Lekin g‘olib uning ham, boshqalarning ham savollarini tushunmaganday indamay turaverdi. Shunda bildilarki, g‘olib qurbaqa kar ekan! Bu hikoyadan to‘g‘ri xulosa chiqaring. Badgumon kimsalarning umidlaringizni sindirishiga yo‘l qo‘ymang. Hamisha o‘zingizga, qalbingizga ishoning. Shundagina ko‘zlangan marraga yetib borasiz! @ZaKoVaT_PiRaMiDaSi_KaNaLi
Показать все...
dan vafo kutishning oqibati afsus-nadomatdan o‘zga narsa keltirmaydi. Tadbir va ehtiyot shuki, yomonga qarshi yomon gumonda bo‘lmog‘ingdir. Bu bilan muqarrar ziyondan qutilasan. Hikoyada kishi puxta, tadbirli va hushyor bo‘lishi zarurligi uqtirilmoqda.__ Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”sidan Turkchadan Abdulloh Rahimboyev tarjimasi  @ZaKoVaT_PiRaMiDaSi_KaNaLi
Показать все...
Eshagini tanigan-u, do‘stini tanimagan nobakor __Qishloqlik va shaharlik yigitlar do‘st tutinibdi. Qishloqlik qachon shaharga borsa, do‘sti undan yordamini ayamasdi. Qishloqlik uning do‘konida o‘tirar, do‘sti dasturxon yozardi. Shaharlik yigitga do‘sti: «Ey do‘stim! Sen qishloqqa borib, tabiat qo‘ynida ko‘ngil yozib kelganmisan hech. Mevalar pishgan pallada butun oila jam bo‘lib bizning qishloqqa boring. Men ham senga ikrom ko‘rsatib, xizmat qilay?!», deb taklif etdi.   Shaharlik bu taklifga javoban va’da berib qutildi. Oradan yana sakkiz yil o‘tdi. Qishloqlik har yili shaharga kelar, do‘stinikida mehmon bo‘lar, «Qachon biznikiga borasiz. Yana bir qish o‘tdi-ya», deb gina qilardi. Do‘sti turli bahonalar topib: «Bu yil falon yerdan mehmon kelgan, falon ishim bor, keyingi yilga nasib bo‘lsa», deb uni ishontirar edi. Qishloqlik har gal laylakdek kelib, shaharlikning tomiga qo‘nar va odatiy taklifini qilishdan voz kechmasdi. Do‘sti esa doimgidek unga yordam qo‘lini cho‘zar, hatto mol-mulkidan unga ulush ham ajratib turardi. Qishloqlik bu kelishida do‘stinikida uch oy mehmon bo‘ldi. Undan odatdagidek izzat-ikrom ko‘rdi va uyalganidan: «Do‘stim, va’da bergan eding. Sen meni shuncha paytdan beri aldayapsan. Qachon biznikiga borasan o‘zi?!», deya qishlog‘iga yig‘lagudek bo‘lib ketdi. Qat’iy taklifga oila a’zolarining qistovi ham qo‘shilgach, shaharlik yigit do‘stinikiga borishga qaror qildi. Bolalari «Qishloqqa boramiz, mazza qilib aylanib kelamiz!», deb xursand bo‘lishdi. So‘ng safar taraddudini ko‘rib, yo‘lga otlanishdi. Safar zavqidan go‘yo jannatga ketayotgandek edilar. Lekin manzil uzoq edi, yo‘l mashaqqatlari ortib borardi. Ba’zida adashib boshqa ovullarga kirib qolishardi. O‘zlari och-nahor, ulovlari ham suvsiz, yemsiz azob tortardilar. So‘ray-so‘ray, nihoyat, do‘stining qishlog‘ini topib borishdi. Lekin do‘sti mehmonlarga umuman e’tibor qilmadi. Shaharlik yigit hayron bo‘lib: «Do‘stim! Mana, taklifingga binoan keldik», dedi. Mezmon ularni umrida birinchi marotaba ko‘rib turgandek: «Sen kimsan, men seni tanimayman?!», dedi. Shaharlik: «Men falonchi do‘stingman, axir!», dedi. Qishloqlik: «Balki to‘g‘ri gapirayotgandirsan. Lekin men qaerdan bilaman, qanday odamsan, pokmi-nopok, to‘g‘rimi yo egri?», dedi. Shaharlik, noiloj, unga ko‘rsatgan musofirparvarligi, iltifotlarini eslatdi. Ammo do‘sti: «Men na seni taniyman va na ismingni bilaman», deb qutilishga urindi. Musofirlar roppa-rosa besh kun uning ostonasida qolib ketdi. Beshinchi kecha osmonda bulut to‘plandi. So‘ng sharros yomg‘ir quydi. Mehmonlar ortiq chidolmay, eshikni taqillatishdi. Qishloqlik uyidan zo‘rg‘a chiqib: «Ha, nima istaysan?!», deb baqirdi. Shaharlik: «Eshiging oldida besh kundan beri besh yillik zahmat chekdik. Hech bo‘lmasa, mana bunday yomg‘irli oqshomda bizga boshpana ber, koshki bu sen uchun oxiratda savob bo‘lsa!», dedi. Qishloqlik: «Nariroqda bir kulba bor. U yerni kechasi bilan bo‘ridan himoya qilsang, senga o‘sha yerda qolishingga ruxsat beraman», dedi. Shaharlik, noiloj, taklifga rozi bo‘lib: «Sen menga kamon bilan o‘q ber», dedi. Shaharlik va oilasi kulbachaga ko‘chib o‘tishdi. Tor xonada ming azobda yotishardi. Xarobada qurt-qumursqalar ularni bo‘ridan battar talashdi. Xo‘rlikdan jonlari bo‘g‘ziga yetganda, yugurib kelayotgan bir bo‘ri sharpasini ko‘rdi. Shaharlik kamondan o‘q uzdi. Hayvon qattiq ingragan ovoz chiqardi. Uning tovushini qishloqlik uyidan turib eshitib, darrov yugurib keldi. Qo‘llarini tizzasiga urib: «Ey voh! Sen nima qilib qo‘yding. Bechora eshagimni o‘ldiribsan-ku?!», dedi. Shaharlik: «Sinchiklab qara, qorong‘i bo‘lgani uchun yaxshi ko‘rolmayotgandirsan. U aniq bo‘ri edi», dedi. Qishloqlik: «Men o‘z eshagimning hangrashini juda yaxshi taniyman! Yigirmata eshak orasidan ham uning ovozini bemalol ajrata olaman», dedi. Bu gap shaharlik mehmonga juda og‘ir botdi. Uning yoqasiga yopishib: «Ey hiylakor ahmoq! Sen zim-ziyo kechada eshagingning hangrashini tanibsan-u, nahotki, o‘n yillik do‘stingni tanimading?», dedi. Do‘st tanlash o‘ta mushkul vazifa. Nafsining do‘sti, aniqrog‘i, nafsining quli bo‘lgan nokaslar
Показать все...
Eng shiddatli oyat Muhammad ibn al-Muntashirdan: «Bir odam Hazrati Umarga, roziyallohu anhu: — Allohning kitobidagi eng shiddatli va qo‘rqinchli oyatni bilaman, — dedi. Umar, roziyallohu anhu, bir tayoq olib, uni astagina urdi va: — O‘zingcha qanday “tadqiqot” o‘tkazdingki, bunday bir oyatni uchratding? — degach, haligi kishi u yerdan ketdi. Ertasiga Hazrati Umar, roziyallohu anhu, unga uchrashib: — Sen aytmoqchi bo‘lgan qaysi oyat edi? — deb so‘radilar.  — “Kim biror yomonlik qilsa, albatta jazosini ko‘radi” oyatidir. Zero, hech yomonlik qilmagan odam yo‘q. Shunga ko‘ra, birortamiz ham azobdan qutula olmaymiz (najot topolmaymiz), — dedi u kishi.  Hazrati Umar, roziyallohu anhu, bunga javoban: — Bu oyat nozil bo‘lganida biz shunchalar qo‘rqdikki, hatto ovqat yeyolmay qoldik. Nihoyat, Alloh taolo: “Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar – ko‘rar” (Niso, 110) mazmunli  oyati karimani nozil qildi, — dedilar». @ZaKoVaT_PiRaMiDaSi_KaNaLi
Показать все...
Daryo kovushimga sajda qildi So’nggi boburiy Bahodirshoh zamonida yashagan, hujjatul-islom Qosimun Nonutviyning oldiga Merad shahrining hokimi Ilohiybahsh katta bir idishda oltin va pullarni olib, hadya qilgani kelibdi. Yo’lda o’ylabdi: “Men qilgandek hadyani u zotga hech kim qilmagan bo’lsa kerak”. Shu payt Qosimun Nonutviy Masjidi Chattaning oldida sochlarini oldirib o’tirgan ekan. Hokim salom beribdi. U zot alik olibdiyu, lekin unga qaramabdi. Iltifot ko’rmagan hokim maqsadga o’tibdi: - Hazrat, sizga bu hadyani olib kelgan edim... - Sening hadyangni olishga mening hojatim yo’q. - Sizning olishga hojatingiz bo’lmasa, mening berishga hojatim bor. Savob olmoqchiman. - Men Devband madrasidan 7,5 rupiy oylik olaman. Bu mening bir oylik ro’zg’orimga yetadi. 8 rupiy olib qo’ysam, yarmini nima qilarkinman deb kechasi uxlolmay chiqaman. Sening bir qop pulingni nima qilaman.  Hokim ko’nglidan o’tkazibdi: “O’zi olmasa, shogirdlariga bo’lib bersa bo’lmasmikan?”. Shayxul Islom shu zahoti debdi: - Agar sening ko’nglingda bu pullarni shogirdlarga bo’lib berish bo’lsa, o’zing bo’lib beraqol. Men aralashmayman. Hokim sharmanda bo’lib, asta masjiddan chiqibdi-da, ostonada turgan shayxning kovushi ustiga barcha pullarni to’kib ketaveribdi. Qosimun Nonutviy masjiddan chiqib qarasa kovushlari yo’q. Pulga umuman e’tibor bermay kovushni qidiraveribdi. Shogirdlari pullarning tagidan kovushni topib bergach, shayx pullarni olinglar ham demay ketaveribdi.     Miyonjiy degan xalfasi “nahot shuncha pulgayam qaramadiya” deb hayron bo’lib tursa, shayx aytgan ekanlar: - Odamlar dunyo topaman deb kovushda yuraverib, kovushlari yeyilib ketyapti. Ammo men dunyo demasdan Xudo deganim uchun dunyo kovushimga sajda qilib yubordi… Yorqinjon qori ma‘ruzalari asosida tayyorlandi. @ZaKoVaT_PiRaMiDaSi_KaNaLi
Показать все...
Bu cho‘g‘ ming oltinga arziydi Bir kun Sulton Sulaymonxon arkoni davlat ila sayrga chiqdi. Sayrda Sulton Sulaymonxon qattiq yoqqan yomg‘irda qoldi va yaqin orada bir qishloqdagi uyga kirdi. Podshohning mehmon bo‘lganidan mamnun bo‘lgan qishloq odami yaxshilab o‘t yoqdi va podshohni isitdi. Bu odam yoqqan o‘t podshohga ko‘p xush yoqdi. Shoh mezbonni xursand qilish uchun: — Bu sen yoqqan olov ming oltinga arziydi. Ming oltinga! — deb iltifot qildi. Mehmon bo‘lgan arkoni davlatni qo‘lidan kelganicha kutib olgan dehqonga podshoh uydan chiqayotib: — Og‘a, bizning biror burchimiz bormi, — dedi. Dehhon: — Burchingiz bir ming bir oltin, podshohim, — dedi. Podshoh hayratga tushdi va: — Bu nimaning puli? Nega muncha ko‘p pul so‘rayapsan? — dedi. Dehqon kulib: — Podshohim, men ovqat uchun bir oltin so‘rayman. Olov uchun siz «ming oltin arziydi», dedingiz, — dedi. Podshohga dehqonning javobi ko‘p xush yoqdi, zavqlanib kuldi va ming bir oltin berishni buyurdi. Dehqon: — Men hazil uchun, shunchaki aytib qo‘ydim, pul kerak emas, — dedi. Yusuf Tovasliyning “Hikmatlar xazinasi” kitobidan @ZaKoVaT_PiRaMiDaSi_KaNaLi
Показать все...
Bir qultum suv qadri Kunlarning birida mashhur hukmdor Horun ar-Rashid safarga chiqdi. Yonida xodimlaridan Ibn Sammok bor edi. Yo‘lda juda chanqagan hukmdor suv so‘radi. «Xudo haqqi, biroz sabr qiling», dedi Ibn Sammok. Keyin ko‘zada suv uzata turib qaytib oldi va: «Faraz qiling, ushbu suvdan man qilindingiz, uni ichish uchun nimangizni berardingiz?» deb so‘radi. – Bor mulkimning yarmini bergan bo‘lardim. Hukmdorning tashnaligi qonganidan keyin xodim yana so‘radi: – Mana, suvni ham ichdingiz. Endi Rasululloh (s.a.v)ga yaqinligingiz hurmati, ayting, o‘sha suv vujudingizdan qaytib chiqmadi (ya’ni, peshobingiz tutilib qoldi) deylik, unda nima qilardingiz? – Mulkimning qolgan yarmini berardim. Shunda Ibn Sammok asl maqsadini so‘zladi: «Bir qultum suv va uni chiqarib tashlashga ham arzimaydigan mol-mulk uchun o‘zini tahlikaga otish, talashib-tortishish, unga ega bo‘lib quvonish aqlli odamga yarashmaydi». Bu so‘zlardan Horun ar-Rashid qattiq ta’sirlandi va yig‘ladi. Mohidil Faxriddinhoji qizi tayyorladi. @ZaKoVaT_PiRaMiDaSi_KaNaLi
Показать все...
Baraka sababi Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlaridan so‘rashdi: — Nimaga qo‘ylar doimiy iste’mol va qurbonlik maqsadida so‘yilishiga qaramay nasli qirilib ketmaydi? Aksincha ko‘paygani ko‘paygan. Vaholanki, qo‘ylar yiliga bir yoki ikki marta bittadan, ba’zan ikkitadan tug‘adi. Lekin itlar so‘yilmasa ham, birdan o‘nta bolalasa ham ko‘paymaydi. Qo‘ylar kabi suruv bo‘lib ketmaydi? Mavlono javob berdilar: — Tongga yaqin vaqt eng barakotli vaqtdir. Bu vaqtda qo‘ylar hech uxlamaydi. Doim uyg‘oq bo‘ladi. Itlar esa kechasi bilan sang‘ib, ayni shu vaqtda uxlab qolib, g‘aflatda bo‘ladi. Qo‘ylar tong barakotidan bahramand bo‘lishadi. Itlar esa bu barakotdan bebahra qolishadi. Shuning uchun qo‘ylar ko‘paygani ko‘paygan. Bas, rizqingiz keng bo‘lishini xohlasangiz, saxarlari bedor bo‘ling. Turkchadan Maryam Osiyo tarjimasi @ZaKoVaT_PiRaMiDaSi_KaNaLi
Показать все...
Chumolidan olingan ibrat Bir kuni sohibqiron Amir Temurdan so‘radilar: «Sizning oddiy beklikdan shunday buyuk saltanat sohibi darajasiga yetishishingizda nima yordam berdi?» Ulug‘ hukmdor shunday javob berdi: «Men har qanday holatda ham umiidsizlikka tushmadim. Bu borada chumolidan o‘rnak oldim. Bir kuni dushmanlarimdan qochib, bir xarobaga berkindim. Barcha narsadan umidimni uzib, tushkunlikka tushib o‘tirganimda ko‘zim bexos bir chumoliga tushdi. U o‘zining tanasidan deyarli ikki barobar katta bug‘doy donasini olib ketardi. Uning yo‘lida yog‘och parchasimi yoki kesak parchasi... bor edi. Chumoli uning ustiga chiqishga harakat qilar, biroq yuki og‘irligi uchun oxirigacha chiqolmas, o‘zidan og‘ir yuki yerga tushib ketardi. Bug‘doy donasi yumalab, devorning tagiga tushar, chumoli qaytib tushib, rizqini olib ketishga harakat qilardi. Bu holat ellik martadan ham ko‘proq takrorlandi. Nihoyat chumoli o‘z maqsadiga yetdi. Bu kichkinagina jonzotning azmu harakatini ko‘rib, yuragimda bir umid paydo bo‘ldi. O‘z-o‘zimga dedimki, nahotki bir chumolicha shiddatim bo‘lmasa... Shundan keyin maqsadimga erishguncha hech bir to‘siqdan cho‘chimadim». @ZaKoVaT_PiRaMiDaSi_KaNaLi
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.