cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi

Murojaat uchun:+998945314627

Больше
УзбекистанУзбекский21 451Политика
Рекламные посты
329
Подписчики
Нет данных24 часа
-27 дней
-1330 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Ishtixon tumani “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘ini Bolqi qishlog‘ida yashovchi fuqaro Shakarov Shoxruxning ishga joylashish yuzasidan qilgan murojaati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi. O‘rganish natijalar bo‘yicha murojaatchi Shakarov Shoxruxning mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishida amaliy yordam berildi. Murojaat natijasiga ko‘ra Sh.Shakarov tumandagi 42-umumiy o‘rta taʼlim maktabiga tarix fani o‘qituvchisi sifatida ishga joylashtirildi. 👉https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi
Показать все...
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati A.Rabbimov tumandagi 55-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvdan maqsad maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o‘quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, maktab ta’limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish. 👉https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi
Показать все...
O‘zbekiston Respublikasi Prezident qarori bilan Mudofaa vazirligi huzurida “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati, maktablarda esa uning otryadlari tashkil etilgan. Shu munosabat bilan 2024-yil 25-yanvar kuni Ishtixon tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 6-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida “Vatan tayanchi” otryadi a’zolariga ko‘krak nishon va guvohnomalarining topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati E.Abdusalomov ishtirok etdi. 👉https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi
Показать все...
Япония бош вазири Синдзо Aбедан Япония тараққиёти, япон мўъжизасининг сабабини сўрашганда: "Биз ўқитувчиларга вазирнинг маошини, дипломатнинг дахлсизлигини ва императорнинг ҳурматини бердик", — деб жавоб қайтарган. Oбуна бўлинг! 👉 @Samarqand_live‌‌
Показать все...
Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” dasturi asosida yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, yurtimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga munosabatini aniqlash maqsadida Ishtixon tumani “Qiyot” mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolari o‘rtasida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati F.Abdurazzaqov asosiy e’tibor fuqarolarga shart-sharoit yaratish, obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘lishi, zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratishi to‘g‘risida targ‘ibot o‘tkazdi. 👉https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi
Показать все...
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati N.Qiyamov tumandagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish hamda shaxmatchilar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4954-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha shaxmat-shashka sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etdi. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad bugungi kun yoshlarini sportga jalb qilish, ularning sog‘liklarni spoart orqali yanada mustahkamlash hamda jismoniy madaniyatini aholi o‘rtasida ommalashtirishdan iborat deydi tuman deputati N.Qiyamov. Qizgʻin va murosasiz kechgan musobaqada gʻolib boʻlgan o‘quvchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi. 👉https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi
Показать все...
Ishtixon tumani “Zartepa” mahalla fuqarolar yig‘ini Qo‘ng‘irot qishlog‘ida yashovchi Ochilov Bekzod O‘rinboyevichning farzandi O‘rinboyeva Dilnura uzoq yillardan buyon buyrak yetishmovchiligi bilan aziyat chekib kelayotganligi yuzasidan murojaat yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Bu oilaga moddiy tomondan yordam berish uchun Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati E.Abdusalomov tuman 4-sektor rahbariga o‘rganish natijalari va tayyorlangan xujjatlarni taqdim qildi. 👉https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi
Показать все...
#Obod_Mahalla Ishtixon tumani Qiyot maxallasida olib borilayotgan " Obod xonadon, Obod ko‘cha, Obod maxalla" me‘zonlarini joriy etishda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, maxalla hududidagi xotin- qizlar faoli, ko‘cha boshi ayollar bilan hamkorlikda xonadonlarda turmush madaniyati shuningdek, sanitariya-gigeniya talablarini "Fuqarobay" targ‘ib qilib tushuntirish ishlari olib borilmoqda. ___ ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI Telegram | 💬Facebook | 🌍Ishtixon.uz
Показать все...
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ishtixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Vatan tayanchi” o‘quvchi yoshlari bilan 2024-yil 22-yanvar kuni “Shayxlar” mahalla fuqarolar yig‘inidagi barcha maktablarning Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlari, xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M.Aliqulova va “Shayxlar” mahalla fuqarolar yig‘inidagi faollari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi ““Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-150-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Vatan tayanchi” o‘quvchi yoshlariga targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borishdi. 👉https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi
Показать все...
Xalq deputatlari Ishtixontumani Kengashi deputati M.Aliqulova tumandagi 4-umumiy oʻrta taʻlim maktabida oʻquvchi yoshlar bilan muloqot oʻtkazilib, mamlakatimizda roʻy berayotgan oʻzgarishlar, yosh avlodga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, yoshlarning kasb-hunarni oʻrganishlarida davlatimiz katta eʻtibor berilayotganligi yuzasidan bir qator tushunchalar berdi. Shuningdek, maktab oʻqituvchilari ota-onalari chaqirilib, o‘quvchilarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kiyinish madaniyati va o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emasligi haqida tushunchalar berildi. 👉https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi
Показать все...