BBA | Buxoro
Открыть в Telegram
Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyati bo‘limi. Telefon: +998956006001
Больше1 441
Подписчики
-1024 часа
-447 дней
-13930 дней
Загрузка данных...
Похожие каналы
Облако тегов
Нет данных
Возникли проблемы? Пожалуйста, обновите страницу или обратитесь к нашему support-менеджеру .
Входящие и исходящие упоминания
---
---
---
---
---
---
Привлечение подписчиков
сентябрь '26
сентябрь '26
+7
в 0 каналах
август '26
+486
в 28 каналах
Get PRO
июль '26
+302
в 7 каналах
Get PRO
июнь '26
+99
в 2 каналах
Get PRO
май '26
+65
в 1 каналах
Get PRO
апрель '26
+100
в 2 каналах
Get PRO
март '26
+146
в 5 каналах
Get PRO
февраль '26
+112
в 3 каналах
Get PRO
январь '26
+125
в 1 каналах
Get PRO
декабрь '25
+303
в 1 каналах
Get PRO
ноябрь '25
+48
в 2 каналах
Get PRO
октябрь '25
+39
в 2 каналах
Get PRO
сентябрь '25
+26
в 0 каналах
Get PRO
август '25
+352
в 20 каналах
Get PRO
июль '25
+74
в 3 каналах
Get PRO
июнь '25
+48
в 17 каналах
Get PRO
май '25
+58
в 1 каналах
Get PRO
апрель '25
+63
в 3 каналах
Get PRO
март '25
+91
в 3 каналах
Get PRO
февраль '25
+43
в 2 каналах
Get PRO
январь '25
+58
в 1 каналах
Get PRO
декабрь '24
+96
в 4 каналах
Get PRO
ноябрь '24
+149
в 6 каналах
Get PRO
октябрь '24
+18
в 1 каналах
Get PRO
сентябрь '24
+31
в 2 каналах
Get PRO
август '24
+36
в 0 каналах
Get PRO
июль '24
+77
в 3 каналах
Get PRO
июнь '24
+71
в 4 каналах
Get PRO
май '24
+28
в 3 каналах
Get PRO
апрель '24
+44
в 4 каналах
Get PRO
март '24
+176
в 4 каналах
Get PRO
февраль '24
+24
в 4 каналах
Get PRO
январь '24
+23
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '23
+28
в 2 каналах
Get PRO
ноябрь '23
+16
в 1 каналах
Get PRO
октябрь '23
+113
в 3 каналах
Get PRO
сентябрь '23
+18
в 0 каналах
Get PRO
август '23
+63
в 0 каналах
Get PRO
июль '23
+56
в 0 каналах
Get PRO
июнь '23
+13
в 0 каналах
Get PRO
май '23
+69
в 0 каналах
Get PRO
апрель '23
+13
в 0 каналах
Get PRO
март '23
+12
в 0 каналах
Get PRO
февраль '23
+128
в 0 каналах
Get PRO
январь '23
+18
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '22
+32
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '22
+37
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '22
+53
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '22
+36
в 0 каналах
Get PRO
август '22
+113
в 0 каналах
Get PRO
июль '22
+81
в 0 каналах
Get PRO
июнь '22
+62
в 0 каналах
Get PRO
май '22
+40
в 0 каналах
Get PRO
апрель '22
+46
в 0 каналах
Get PRO
март '22
+52
в 0 каналах
Get PRO
февраль '22
+28
в 0 каналах
Get PRO
январь '22
+33
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '21
+31
в 0 каналах
Get PRO
ноябрь '21
+47
в 0 каналах
Get PRO
октябрь '21
+18
в 0 каналах
Get PRO
сентябрь '21
+20
в 0 каналах
Get PRO
август '21
+84
в 0 каналах
Get PRO
июль '21
+68
в 0 каналах
Get PRO
июнь '21
+34
в 0 каналах
Get PRO
май '21
+49
в 0 каналах
Get PRO
апрель '210
в 0 каналах
Get PRO
март '21
+6
в 0 каналах
Get PRO
февраль '21
+27
в 0 каналах
Get PRO
январь '21
+27
в 0 каналах
Get PRO
декабрь '20
+221
в 0 каналах
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 06 сентября | +1 | |||
| 05 сентября | 0 | |||
| 04 сентября | +1 | |||
| 03 сентября | +3 | |||
| 02 сентября | +1 | |||
| 01 сентября | +1 |
Посты канала
+4
Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi😎 Test sinovlari 2026-yil 5-sentyabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi. ⛳ Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 👥 Jarayonda 3700 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. Ulardan 2 nafari belgilangan tartib-qoidani buzgani sababli chetlatildi. 📝 Test sinovlarining natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda Bank-moliya akademiyasiga taqdim etiladi. ✍️ @BBABuxoro
| 2 | ▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️▫️
🏢 Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TKT (Teaching Knowledge Test) imtihoni tashkil etilmoqda.
Таблица
Imtihon o‘tkaziladigan hududlar:
📍 Toshkent shahri
📍 Buxoro viloyati
📍 Farg‘ona viloyati
🔸 Imtihon uchun to'lov miqdori (chegirma asosida har bir modul uchun):
850 000 so‘m ➝ 750 000 so‘m
🔸 Mazkur imtihon ingliz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro darajada o‘z bilim va malakalarini baholash imkoniyatini beradi.
Ro‘yxatdan o‘tish:
🔗 registration.ilmiymarkaz.uz
☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
✍️ @BBABuxoro | 306 |
| 3 | 🗣🗣🗣🗣🗣🗣
🎙 2-yarim yillik sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat
🔗 https://t.me/BaholashUz?livestream
✍️ @BBABuxoro | 269 |
| 4 | #Qonunchilikdagi_yangiliklar
Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlash tizimi takomillashtiriladi
Bu haqda Prezidentning “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil
26-avgustdagi PQ–302-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan Jamoat xavfsizligi universitetida ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash hamda qo‘riqlash faoliyati (jamoat xavfsizligini ta’minlash) yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanadi.
Shuningdek, universitetda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishi uchun yurisprudensiya sohasida oliy ma’lumotga ega kadrlarni tayyorlash:
✔️ bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida “Yurisprudensiya (“Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati”, “Yo‘l harakati xavfsizligi faoliyati” va “Qo‘riqlash faoliyati”)” yo‘nalishlari, masofaviy ta’lim shaklida esa “Yurisprudensiya (“Jamoat xavfsizligini huquqiy ta’minlash”)” yo‘nalishi bo‘yicha;
✔️ ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kamida besh yillik amaliy xizmat stajiga ega xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun magistraturada o‘qitish “Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish” mutaxassisligi;
✔️ Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun mutaxassislarni tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida davlat granti asosida;
✔️ masofaviy ta’lim shaklida Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun davlat granti asosida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan hamda Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun to‘lov-kontrakt asosida;
✔️ kadrlarni umumfuqaroviy asosda tayyorlash kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Batafsil bu yerda tanishing
✍️ @BBABuxoro | 263 |
| 5 | #Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi
📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.
👨💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.
📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.
✍️ @BBABuxoro | 281 |
| 6 | #Ovozli_chat
2-yarim yillik sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat
📣 2026-yil 4-sentyabr kuni soat 16:00 da Bilimni baholash agentligining Telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.
🎙️ Ovozli chat davomida 2026-yilning 2-yarmida chet tili va umumta'lim fanlaridan o‘tkaziladigan sertifikat imtihonlariga oid savollarga batafsil javob beriladi.
🧑💻 Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ullari ishtirok etadilar.
📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘raymiz.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 251 |
| 7 | #Korrupsiyaga_qarshi_kurash
BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ!
💰 Korrupsiya — jamiyat taraqqiyoti, adolat va qonun ustuvorligiga tahdid soluvchi illatdir. U nafaqat davlat va jamiyat rivojiga, balki har bir insonning huquq va manfaatlariga zarar yetkazadi.
🇺🇿 Korrupsiyaga qarshi kurash — faqat davlat idoralarining emas, balki har birimizning vazifamiz!
Biz:
✔️ halollik va adolatni qadrlaymiz;
✔️ qonun ustuvorligini qo‘llab-quvvatlaymiz;
✔️ manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsion holatlarga murosasiz munosabat bildiramiz;
✔️ kelajakka bo‘lgan tahdidlarga befarq bo‘lmaymiz;
✔️ shaffof va ochiq jamiyat barpo etishga o‘z hissamizni qo‘shamiz.
Halollik — taraqqiyot poydevori
Adolat — jamiyat kuchi
😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi:
🌐 Veb-sayt xolis fuqaro sahifasi: https://uzbmb.uz/page/reception
💼 Elektron pochta: antikor@uzbmb.uz
✅ Telegram bot: @bmbaanticor_bot
📱 Agentlik saytda havola: https://uzbmb.uz/page/corr_doc
🧑💻 Agentlikning qayta aloqa xizmati: https://gov.uz/oz/uzbmb/feedback
⚖️ Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning umumiy burchimiz!
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 221 |
| 8 | 📢 FRANSUZ VA NEMIS TILLARIDAN KOMPYUTERDA MOCK TEST — APROBATSIYA
🇫🇷 Fransuz tili va 🇩🇪 nemis tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha kompyuterda diagnostik test sinovlari (Mock test)ning aprobatsiyasi tashkil etiladi.
🗓 2026-yil 8-sentabr kuni
⏰ soat 14:00 da
📍 Barcha hududlarda — BMBA hududiy bo‘limlarida tashkil etiladi.
‼️ Mazkur test sinovlari kompyuterda o‘tkazilib, ishtirokchilarga fransuz va nemis tillari bo‘yicha test formatini amaliy tarzda sinab ko‘rish imkonini beradi.
👥 Test sinovlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 7-sentabr soat 9:00 ga qadar
🔗 https://registration.ilmiymarkaz.uz/
💻 Test sinovlarida ishtirok etish mutlaqo bepul!
📌 Muhim: Mazkur test sinovi ilk aprobatsiya shaklida tashkil etilmoqda. Ishtirok etish mutlaqo bepul
👥 Ishtirokchilar soni cheklangan!
Dastlabki 20 nafar talabgor test sinovlarida ishtirok etish uchun qabul qilinadi.
☎️ Murojaat uchun:+998955156868
📢Fransuz va nemis tillarini o‘rganayotgan barcha talabgorlarni ushbu ilk aprobatsiya test sinovlarida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
✍️ @BBABuxoro | 373 |
| 9 | Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning avgust oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 361 |
| 10 | #Mustaqillikning_35_yilligi
🇺🇿🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga 35 yil!
Aziz yurtdoshlar!
🇺🇿🇺🇿 Bilimni baholash agentligi buyuk xalqimizni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
🇺🇿🇺🇿 Mustaqillik bizga milliy o‘ziga xosligimizni, or-nomus va g‘ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimizni qaytarib berdi! Hamda bu bilan faxrlanish hissini shuurimizga singdirdi!
🇺🇿🇺🇿 Shunday qutlug‘ damda yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilaymiz!
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 375 |
| 11 | Ikkinchi oliy ta’lim uchun o‘qishga qabul imtihonlari natijalari tayyor
📝 2026-yil 25-avgust kuni Toshkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishiga ikkinchi mutaxassislik olish uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalari eʼlon qilindi.
👨💻 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 380 |
| 12 | #Mustaqillikning_35_yilligi
Prezident tabrigidan: ta’lim va ilm-fanga oid muhim fikrlar
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
🎗 Kelgusi yillarda bilim va malakani mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy kapitaliga aylantirishga qaratilgan milliy dastur amalga oshiriladi.
🎗 Yurtimizdagi texnikumlarda xalqaro ta’lim standartlari joriy etiladi. Yoshlarga yuqori daromadli kasblarni o‘rgatish yo‘lga qo‘yilib, qamrov 1 million nafarga yetkaziladi.
🎗 Yangi Toshkentda Yangi O‘zbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va O‘zbekiston milliy kutubxonasining yangi binolari ishga tushirilgani, ushbu hudud kelgusida ilm-fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylanishi qayd etilgan.
🎗 Yangi O‘zbekistonda kasb egallamagan birorta yigit-qiz qolmasligi maqsad qilingan.
🎗 Kelgusida kamida 10 ta universitetni dunyoning TOP-1000 talik reytingiga kiritish katta marra sifatida belgilandi.
🎗 Oliy ta’limda o‘qish uchun qulay sharoitlarning kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi.
🎗 Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi sifatida qayd etildi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod va ma’rifatli jamiyat demakdir.
🎗 Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili sifatida belgilanmoqda.
🎗 IT, sun’iy intellekt va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.
🎗 O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. O‘zbek tili esa raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til bo‘lishi lozim.
🎗 Dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallash uchun bilimli, kelajak kasblarini puxta egallagan va mustaqil fikrlaydigan yangi avlod mutaxassislari zarur.
🎗 Shu bois ta’limga sifat va mazmun olib kirish, muallimning obro‘-e’tiborini yuksaltirish va uning daromadini oshirishga e’tibor qaratilmoqda.
🎗 Prezident yoshlarni “Yangi O‘zbekiston yulduzlari, kelajak bunyodkorlari” deb atab, ularni oldinga intilish va doimiy izlanishdan to‘xtamaslikka chaqirdi.
✅Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 399 |
| 13 | O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q.
✅Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 354 |
| 14 | #Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha belgilangan muddat 28-avgust kuni soat 23:59 da o‘z nihoyasiga yetdi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda, vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha tanlov natijalari 2026-yil 3-sentyabrga qadar eʼlon qilinadi.
Agentlikning tanlov qaydnomalari abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibda buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 310 |
| 15 | #Mustaqillikning_35_yilligi
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
2026-yil 28-avgust kuni Agentlikning siyosiy-madaniy, ilmiy-ma’naviy faoliyati sermahsul va muhim voqeliklarga boy bo‘ldi.
Shu kuni belgilangan tadbirlarning avvalida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1166-son Konstitutsiyaviy qonuni mazmun-mohiyati, uning bugungi kundagi ahamiyati hamda mamlakatimiz hayotidagi o‘rniga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda mazkur Konstitutsiyaviy qonun bilan belgilangan asosiy vazifalar, Prezident Administratsiyasining davlat boshqaruvidagi o‘rni, faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va qonunning ahamiyati xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Ma’ruzada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishda mazkur Konstitutsiyaviy qonunning ahamiyati, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va tinchlik-osoyishtalikning qadri haqida fikr yuritildi.
Shuningdek, tadbirlar davomida davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan “Mustaqillik. Tinchlik. Bunyodkorlik. Shukronalik” shiori ostida ilmiy-ma’naviy uchrashuv ham tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Baratov Mirodil Homutovich o‘zining qiziqarli, yangi faktlarga boy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan yurtimiz taraqqiyoti, mustaqillikka erishilganlik asriy orzu va bu yo‘lda erk uchun kurashlarning ijobati ekanligi, xalqimizning farovon hayoti va milliy qadriyatlarimizni yanada yuksaltirish tamoyillari hamda bu yo‘lda mehnat qilayotgan xalqimiz hayotini yanada yaxshilash tamoyillariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirlarning tantanali qismida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan munosib xizmat qilgan xodimlarni “Mustaqillikning 35-yilligi” ko‘krak nishonlari bilan tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Unda faol va munosib xizmatlari bilan sohadagi izchil islohotlarda samarali hissasini qo‘shayotgan xodimlarga “Mustaqillikning 35-yilligi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Ko‘tarinki va samimiy ruhda o‘tgan tadbirlarda Agentlik rahbariyati va xodimlar ishtirok etdilar hamda o‘zlarining keyingi faoliyatida katta motivatsiya oldilar.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 472 |
| 16 | Ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash imtihonlari
📆 2026-yil 27-avgust kuni Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 Sinovlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlarining xodimlari malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2026-yil 28-apreldagi 209-son qarori talablariga muvofiq tashkil etildi.
🧑💻 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test yakunida o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
⛳ Test sinovlari respublikaning Xorazm, Jizzax va Toshkent viloyatlaridan tashqari barcha hududlarida o‘tkazildi. Ularda 56 nafar talabgor ishtirok etdi.
📝 Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda tegishli davlat organlari va tashkilotlariga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 411 |
| 17 | ♟ Buxorolik yosh shaxmatchilar
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyati bo‘limi kubogi uchun sportning shaxmat turi bo'yicha Buxorodagi "Universal" sport majmuasida 8–16 yoshli 200 dan ortiq o‘g‘il-qizlar o‘rtasida shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi.
🏆 Musobaqa g‘olib va sovrindorlari:
👦🏻 O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin: Dilmurodov Jahongir (Vobkent tumani)
🥈 2-o‘rin: Nasimov Jasurbek (Buxoro shahri)
🥉 3-o‘rin: Qutlidinov Suxrob (Buxoro shahri)
👩🏼🦱 Qiz bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin: Norkulova Malika (Kogon tumani)
🥈 2-o‘rin: Obidova Nozima (Kogon tumani)
🥉 3-o‘rin: G‘ofurjonova Bonuxon (Buxoro shahri)
Ushbu turnir yoshlar o‘rtasida shaxmatni ommalashtirish hamda iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi bellashuvlarda ularga ulkan zafarlar tilaymiz!
✍️ @BBABuxoro | 711 |
| 18 | ♟ Buxoro shahrida shaxmat bo‘yicha agentlik kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi 🏆
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyati bo‘limi kubogi uchun sportning shaxmat turi bo‘yicha intellektual musobaqa o‘tkazildi. Buxoro shahrida tashkil etilgan ushbu turnirda 8 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 200 nafar o‘g‘il va qiz bolalar o‘zaro kuch sinashdilar.
♟Musobaqa tafsilotlari
♟Tizim va reglament: Bellashuvlar Shveysariya tizimi (Swiss System) asosida 9 turdan iborat holda tashkil etildi.
⏳Format: Musobaqa Rapid yo‘nalishida o‘tkazilib, har bir ishtirokchiga 10 daqiqa asosiy hamda har bir yurish uchun 2 soniyadan qo‘shimcha vaqt ajratildi.
🏅 G‘oliblarni taqdirlash
😎Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslar yakunida har bir yosh toifasi bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Zukko shaxmatchilar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
✍️ @BBABuxoro | 1 063 |
| 19 | #OnlaynTest
Qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
6-iyuldagi 421-son qarori asosida respublikadagi oliy ta'lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi - qo‘shma ta’lim dasturida o‘qitish olib boriladigan chet tilidan kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
📆 2026-yil 26-avgust kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat transport universiteti va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi qo‘shma ta'lim dasturlariga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.
👨💻 Unda talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar. Talabgorlar imtihon natijalarini test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
💼 Imtihonda 700 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. Bir nafar talabgor chetlatildi.
📝 Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda tegishli oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 357 |
| 20 | “Gentral Asian Medical University” xalqaro tibbiyot universitetiga o‘qishga qabul
📆 2026-yil 26-avgust kuni “Gentral Asian Medical University” xalqaro tibbiyot universitetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari o‘tkazildi.
⛳ Test sinovlari Agentlikning Farg‘ona viloyati bo‘limi binosida tashkil etildi. Tadbirda 344 nafar talabgor ishtirok etdi.
👨💻 Imtihonda talabgorlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan elektron platforma orqali test sinovlarini topshirdilar. Talabgorlar imtihon natijalarini test sinovi yakunlanishi bilan bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
📝 Imtihon natijalari qaydnomalari rasmiylashtirilganidan so‘ng, belgilangan tartibda Gentral Asian Medical University xalqaro tibbiyot universitetiga taqdim etiladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | 345 |
