cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Dev Farhod

Senior Full Stack Dasturchi va UI/UX Dizayner Veb dasturlash, UI/UX dizayn, shaxsiy rivojlanish, shaxsiy brendingga oid bilimlarimni ulashaman

Больше
Узбекистан34 086Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
400
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

10 marta yaxshiroq bo'lamiz 😎 "New York Times" nashriyotining "Best Seller" muallifi Grant Cardone tomonidan yozilgan "10 karra qoidasi" nomli kitob. Bu kitobda qanday qilib ko'proq natijaga erishish haqida bilimlar berilgan. Bu kitob shu yil ichida o'qiyotgan, dasturlash yoki dizaynga oid bo'lmagan uchinchi kitobim. Har bir kitobni o'qib tugatganimda, hayotimda sezilarli o'zgarishlar ro'y bermoqda. Xudo xohlasa, yil oxirigacha kamida 20 ta shaxsiy rivojlanish va biznesga oid jahon "best seller" kitoblarini o'qiyman. Keyingi kitob, "Atomic Habits". Bundan oldin "This is marketing" - bu marketing nomli kitobni o'qigan edim. Tugatgach bilimlarimni jamlab qisqacha maqola qilib ulashmoqchi edim. Biroq hech bo'sh vaqtim bo'lmayapti. Bo'sh vaqtim bo'lishi bilan albatta muhim bilimlarni umumiy mazmunini yoritishga kirishaman. Qaysi kitoblarni o'qishni maslahat berasiz va nima uchun? 👉 @devfarhod
Показать все...
Kamroq amaliy proyekt qiling Kuchli dasturchi yoki dizayner bo'lish haqida ko'plab strategiyalar mavjud. Eng ko'p beriladigan maslahat - "Ko'proq amaliy proyekt qil". Biroq men: "Kamroq amaliy proyekt qiling" - deyman. NEGA? Sababi ko'p proyekt qilganingizda ishning mayda detallariga kam e'tibor qaratasiz. Misol uchun test - sinov kodini yozmaysiz, dizayn tizimi yaratmaysiz va h.k. Natijada ishning 90% ini tugatasiz. Aslida qolgan 10% sizni professional qiladi. Shu 10% ni hamma ham qila olmaydi. Qila olganlar esa, senior hisoblanadi. Buning o'rniga kam proyekt qiling. Bitta proyekt qiling. Biroq proyektning barcha qismlarini mukammal tarzda, aynan shu yerga mos tushuvchi strategiyalardan foydalanib bajaring. Qayta va qayta refactor - kodni ixchamlashtiring. Sizni professional qiluvchi 10% ni qiyin bo'lsa ham bajaring. Shunda siz ishlatayotgan texnalogiyangizni chuqur tushina olasiz. P.S. Hech qachon shoshilmang, tartib va intizomga qatiy amal qiling. Shunda eng tez bo'lasiz. 👉 @devfarhod
Показать все...
Nima bu UI/UX dizayn? UI - User Interface, foydalanuvchi interfeysi. UX - User Experience, foydalanuvchi tajribasi. User Interface dizaynerlar mahsulot elementlarining ko'rinish dizaynini ishlab chiqishadi. User Experience dizaynerlar esa mahsulotning psixologik jihatlarini ishlab chiqadi. Foydalanuvchi va uning psixologiyasi haqida ma'lumotlar to'playdi, raqobatchilarni tahlil qiladi, mahsulotdan foydalanish jarayonini ishlab chiqadi va h.k. Mahsulot raqamli yoki haqiqiy obyekt bo'lishi mumkin. Misol uchun vebsayt, mobil dastur, kitob, konditsioner, mashina va h.k. Yuqoridagilarni har birini bajarish uchun maxsus strategiyalar ishlab chiqilgan. Ba'zi dizaynerlar UI va UX alohida soha deyishsa, ba'zilari ikkisi bir soha deyishadi. Men esa, UI bu UX ning bir qismi degan fikrga qo'shilaman. Chunki har bir UI elementida UX ham bor, biroq barcha UX jarayonlarida ham UI aralashmaydi. Siz nima deb o'ylaysiz? 👉 @devfarhod
Показать все...
MOTIVATSIYA bu AXLAT Muvaffaqiyat qozonish uchun yetishmayotgan yagona narsa bu motivatsiya deb o'ylasangiz. Bu XATO!!! Bizning miyyamizda yashab qolishimiz uchun bizni xavf-xatar, qiyinchilik, qo'rquvdan saqlab turuvchi bo'lim mavjud. Kasbingiz ustasi bo'lish qiyin, jismoniy chiniqish qiyin. Yuqoridagilar qiyin vazifa, shu sababli miyyangiz bu ishlarni bajarishdan sizni saqlaydi. Motivatsiya kelganda esa, miyyangiz bu ishlarga qiyinchilik deb qaramaydi, aksincha qiziqarli mashg'ulot sifatida qaraydi. Biroq motivatsiya uzoq davom etmaydi. Biroz vaqt o'tgach ichingizdagi motivatsiya olovi so'nadi. Kuchli insonlarga motivatsiya kerak emas, ular intizomga tayanishadi. Intizom sizni muvaffaqiyatga erishtirishi kafolatlangan. Shunday ekan motivatsiya qidirish o'rniga, intizomli bo'lish sirlarini o'rganing. Bu mahoratni o'zlashtirsangiz, boshqa hamma narsani uddalay olasiz. P.S: O'zim ham intizomli emasman, biroq qayta va qayta o'zlashtirishga harakat qilmoqdaman. 😉 👉 @devfarhod
Показать все...
SCRUM: Yirik IT korxonalar qanday ishlaydi?! Scrum bu Agile "framework" - ramkasi hisoblanadi. Agile - bu proyektni boshqarish metodikasi. Bu yondashuvda proyekt bittada to'liq reja qilib amalaga oshirilmasdan, birinchi MVP aniqlab olinib ishlab chiqiladi va so'ng yangi xususiyatlar o'ylab topilib birma-bir qo'shib borilaveradi. Qisqacha Scrum quyidagi tartibda ishlaydi: 1. Product Owner murakkab muammoni Product Backlog - iga qo'shadi. 2. Scrum Team biriktirilgan ishni kichik vazifalarga bo'lib, Sprint davomida bajarishadi. 3. Scrum Team va manfaatdor tomonlar natijani tekshirishadi va keyingi Sprint - ga tayyorgarlik ko'rishadi. 4. Yuqoridagi 3 ta bosqich takrorlanaveradi. Product Owner - mahsulot egasi yoki mas'ul shaxs. Product Backlog - hal qilinishi kerak bo'lgan muammo. Scrum Team - scrum jamoasi. Sprint - bittada bajarilishi kerak bo'lgan xususiyatlar to'plami. 👉 @devfarhod
Показать все...
SCRUM: Yirik IT korxonalar qanday ishlaydi?! Aksariyat yirik IT korxonalar proyektlarini Scrum metodikasi asosida boshqarishadi. Xush Scrum nima va u qanday ishlaydi? Scrum bu Agile "framework" - ramkasi hisoblanadi. Agile - bu proyektni boshqarish metodikasi. Bu yondashuvda proyekt bittada to'liq reja qilib amalaga oshirilmasdan, birinchi MVP aniqlab olinib ishlab chiqiladi va so'ng yangi xususiyatlar o'ylab topilib birma-bir qo'shib borilaveradi. Qisqacha Scrum quyidagi tartibda ishlaydi: 1. Product Owner murakkab muammoni Product Backlog - iga qo'shadi. 2. Scrum Team biriktirilgan ishni kichik vazifalarga bo'lib, Sprint davomida bajarishadi. 3. Scrum Team va manfaatdor tomonlar natijani tekshirishadi va keyingi Sprint - ga tayyorgarlik ko'rishadi. 4. Yuqoridagi 3 ta bosqich takrorlanaveradi. Scrum - da quyidagi terminlar ishlariladi: Product Backlog - mahsulotga qo'shilishi kerak bo'lgan xususiyat. Sprint Backlog - Product Backlog asosida tuzilgan Scrum - dagi eng kichik vazifa. Sprint - Bittada tugatilishi kerak bo'lgan xususiyatlar to'plami. Katta proyekt kichik Sprint - larga ajratiladi. MVP eng birinchi Sprint hisoblanadi. Sprint Goal - Sprint - dan kutilgan maqsad. Scrum Team - Scrum jamoasi. Product Owner, Scrum Master va Development Team - ni o'z ichiga oladi. Product Owner - Mahsulot egasi yoki javobgar ish boshqaruvchi. Scrum Master - Scrum - ni boshqaruvchi. Development Team - Mahsulotni ishlab chiquvchi jamoa. Stakeholders - Manfaatdor tomonlar. P.S: Scrum bu ramka, biror bir dastur emas. Undan foydalanish uchun oddiy doskani ishlatishingiz yoki Trello, ClickUp kabi dasturlardan foydalanishingiz mumkin. 👉 @devfarhod
Показать все...
Open Comments
Yosh bo‘lishiga qaramasdan shaxsiy rivojlanishga oid sifatli postlar berib borayotgan Suqrot ismli yigitning kanaliga ko‘zim tushib qoldi. Kanalda oldi-qochdi gaplar emas, kerakli psixologik uslublar haqida so'z borganligi sababli Suqrot bilan hamkorlik qilishga kelishdik. Orangizda shaxsiy rivojlanishga qiziquvchilar bo‘lsa, @suqrot17'ni kuzatishni maslahat beraman. #foydali
Показать все...

Bu oy xonodoningiz guzallik, birlik va barobarlik bilan o'tsin, Ramazon oyi muborak bo'lsin. 👉 @devfarhod
Показать все...
MVP - Minimum Viable Product Katta proyektlarni yaratishda uchraydigan qiyinchiliklardan biri proyektning barcha xususiyatlari rejasini bir vaqtda tuzish. Shu kabi vaziyatda MVP - minimum ishlatsa bo'ladigan xususiyatlarni birinchi reja qilib, ularni tugatgach, davomli yangi xususiyatlarni qo'shib borish samarali uslub hisoblanadi. Bu uslubdan ko'plab IT korxonalar foydalanadi. Misol uchun Telegram jamoasi proyektning boshida eng zarur xususiyatlarni reja qilishgan, bu MVP. Telegram - da "video chat" imkoniyati yaqinda qo'shildi, bu yangilanish. Proyektni davomli rivojlantirib borish uchun Agile proyekt boshqaruvi uslubining SCRUM freymvorkidan ko'p foydalaniladi. P.S: SCRUM haqida keyingi postda yozaman. 👉 @devfarhod
Показать все...
Kodim ishlasa bo'ldimi yoki toza kod yozaymi? Dasturchilar orasida ko'pchiligi ishlasa bo'ldi degan aqidaga amal qilgan holda kod yozishadi. Ba'zi dasturchilar borki, toza kod yozish shaydosi. Toza kod yozish ko'proq vaqt oladigandek tuyiladi, biroq bu ma'lumot aldamchi. Toza kod kelajakda ko'plab bug - lar sodir bo'lishini oldini oladi. Natijada sarfalganiga qaraganda ko'proq vaqtni tejaydi. Yo'qsa, yetakchi dasturchilar toza kod yozish startegiyalarini ishlab chiqish uchun vaqt sarflashmagan bo'lar edi. Ishlasa bo'ldi degan kod yozish osondek tuyiladi, biroq unday emas. Ishlasa bo'ldi degan kod yozish juda qiyin!!! Siz rejasiz yoki xom reja asosida kod yoza olganingiz uchun, ishlasa bo'ldi talqinidagi kod sizni o'ziga rom etadi. Bundan tashqari, proyekt boshida tez siljiydi, borgan sari sekinlashib boradi. Toza kod yozishda esa buni aksi, boshida sekin, borgan sari tezlashib boradi. P.S: Keling birgalikda toza kod yozamiz va dunyoni bug - lardan tozalaymiz. 😉 👉 @devfarhod
Показать все...
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.