cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Tiyilgan Til

Til tiyilgan, ko'zlar shivirlar, Tushunmoqlik yagona ilinj... Mulohaza, she'rlar, yumor, kitoblar, musiqa va eng asosiysi - "o'zimiz" haqimizda... Aloqa uchun - @be_twinkle

Больше
Узбекистан67 744Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
178
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#satrlar Yurak tomonidan sevilgan narsa ko'zlarga chiroyli ko’rinaveradi. 🧶
Показать все...
Azizim, sen tomon intilgan uchqur So'zlarim shamolga sochilib bitgan. Qara men nodonda aql qoldimi, Yuragim nigohga aylanib ketgan. Butun vujudimda oqar hissiyot, Ruhsiz tana kabi mavjudligim bor. Menga ko'z qiri-la balanddan nogoh Shunchaki qaramoq, tikilmoq bekor. Yomg'ir bo'lib sevdim, yog'dim quyilib Hissiyot selida cho'kdim adoqsiz. Sochingga to'kildim, o'kindim nolon Beparvo ko'yingga yog'ish yaroqsiz. Chaqmoq bo'lib sevdim, ohim - guldirak, Larzamdan cho'chiblar qolganing sezdim. Yuraging mo'ljalim edi, yashindek, Ko'ksingga urildim, chaqnadi sevgim. Hayotning dovuli ichra betoqat Qismatim qatiga tushgan bu cheki- Faqat sevish ekan, sevdim boricha Qanday bo'lar bundan ortiqroq sevgi... ✍ Xurshid Abdurashid 👉 @tiyilgantil
Показать все...

Andijonda Pavloniya gulladi. Bu o'lkani yaqin orada ikkinchi Yaponiya deb atay boshlasak-a:). 👉 @tiyilgantil
Показать все...
U uni hatto ayol yozuvchilar yozgan kitoblardan ham qizg'onar edi. Va, aksincha... 👉 @tiyilgantil
Показать все...
Xijolat bo'ladigan yagona mavjudot - Inson. Chunki faqat ugina xijolatga qo'yadigan ishlarni qiladi. 👉 @tiyilgantil
Показать все...
Yozib qo'yayotgan do'stlarga jo'natamiz)) 👉 @tiyilgantil
Показать все...
Suhbatlarda, yozishmalarda, messenjerlarda hech qachon yozishib turgan insoningizga "alo" deb murojaat qilmang. Sizga javob bermadimi, xabaringizni oʻqib javob qaytarishi kuting. Fikrimcha, bu hurmatsizlik belgisi.© 👉 @tiyilgantil
Показать все...
O'qib tugatgan kitoblarimdan o'zimni qiziqtirgan alohida jumlalarni saqlab qo'yaman. "Zero to One" kitobidan ham ancha mumcha material to'plab qo'ygan edim, endi vaqt topib ularni sizg havola etmoqchiman. Eng muhim birinchi qadam - bu o'zingiz haqida o'ylashdir. Ko'pgina toza texnologiya kompaniyalari asoschilari Palo Alto markazida yangi Britaniya restoranini ochgani ma'qul edi. (Qiziq) Kichik odamlar omadga, vaziyatga ishonadilar... Kuchli odamlar sabab va natijaga ishonadilar. © Ralf Valdo Emerson Uoren Baffet o'zini "omadli sperma klubing a'zosi" va "tuxumsimon lotoreya" deb ataydi.) Pulni ketidan quvmang. Haqiqiy haqiqat shundaki, ko‘plab sirlarni topish mumkin, ammo ular faqat charchagan izlovchilarga oshkor bo‘ladi. Ilm-fan, tibbiyot, muhandislik va texnologiya uchun ko‘proq narsalar mavjud. Biz nafaqat zamonaviy umume’tirof etilgan fanlarning raqobatdosh ustunliklari oldida qo‘yilgan asosiy maqsadlarga erishmoqdamiz, shu bilan birga ilmiy inqilobning eng jasur onglari ham ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’lon qilishdan uyalishgan. Biz saraton, demans va barcha yoshdagi va metabolik kasalliklarni davolashimiz mumkin. Biz dunyoni qazib olinadigan yoqilg‘i bilan bog‘liq mojarolardan ozod qiladigan energiya ishlab chiqarishning yangi usullarini topishimiz mumkin. Biz sayyoramiz yuzasida bir joydan ikkinchi joyga tezroq sayohat qilish usullarini topa olamiz, biz bundan qanday qutulishni va yangi chegaralarni belgilashni ham o‘rganamiz. Ammo biz ulardan o‘rganishimizni va o‘zimizga qarashga majbur qilishni talab qilmasak, biz hech qachon bu sirlarni o‘rganmaymiz. © Piter Til, Bleyk Masters 👉 @tiyilgantil
Показать все...
Oldinlari saharlik payti hamma yoqni tayyorlab bo'lib choy ichgani uyg'otishsa zo'rg'a turardim 2-3 martada. Endi esa uyqu ham kelmadi negadir, ovqat tayyorlab qo'ymasam och qolishimni bilaman chunki. Nima oldinlari shunchalik qiyin tuyulgan narsa faqat erkalikdan iborat edi xolosmi?! 👉 @tiyilgantil
Показать все...