ru
Feedback
ETKM FAKULTETI

ETKM FAKULTETI

Открыть в Telegram

Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti rasmiy kanali. Murojaatlar: o'quv ishlari bo'yicha - @olegvaisov va @yuldashev_nurulla Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha - @XasanXolbayevich

Больше
1 573
Подписчики
Нет данных24 часа
+17 дней
+530 день
Архив постов
📣DIQQAT TEZKOR!!! 🪧 Energiya tejash va energiya samaradorligi sohasida malakali mutaxassis bo‘lishni istaysizmi? Sizni Tosh
📣DIQQAT TEZKOR!!! 🪧 Energiya tejash va energiya samaradorligi sohasida malakali mutaxassis bo‘lishni istaysizmi? Sizni Toshkent davlat transport universiteti qoshida tashkil etilgan “Energiya auditorlarini tayyorlash va malakasini oshirish” o‘quv kursiga o‘qishga taklif etamiz! 🗓 Yangi guruhlar uchun 16-iyun 2026 sanasidan darslar boshlanadi 🏢 Tashkilotchi: Toshkent davlat transport universiteti 📆 Kurs muddati: 12 / 24 kun ⏰ Kurs uchun ajratilgan vaqt: 48 / 144 soat ✏️RO‘YXATDAN O‘TISH: 👉 @Hasan_Extiborovich orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. 🔗 Diqqat muhim eslatma: ro‘yxaydan o‘tish 15.06.2026 sanasi soat 23:59 ga qadar ochiq. Universitetimiz magistratura hamda bakalavriat talabalari uchun maxsus 100% lik “grant” o‘rinlari mavjud! ✉️ Murojaat uchun: 🚀 @Hasan_Extiborovich 📞 +998 91 778 57 77 “Energiya auditorlarni tayyorlash va malakasini oshirish” o‘quv kursi qabul komissiyasi mas'uli H.E. Ostanayev Telegram | Facebook | Web-sayt |Instagram | YouTube

#ETKM #talabalar_tashrifi ⭐️ Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan 2026 yilning 12 iyun ku
+4
#ETKM #talabalar_tashrifi ⭐️ Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan 2026 yilning 12 iyun kuni soat 11:00 da O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, falsafa fanlari doktori Jo‘rayev Narzulla Qosimovichning “Yangi O‘zbekiston - ijtimoiy davlat” mavzusidagi ma’ruzasi o‘tkazildi. Ma’ruzani Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Salimov Oqil Umurzoqovich ochib berdi va so‘z navbatini professor Jo‘rayev Narzulla Qosimovichga berdi. ⭐️ Tadbirda jamg‘arma direktori o‘rinbosari Sodiq Rasulov so‘zga chiqib, jamg‘arma raisi, akademik Salimov oqil Umurzoqovich tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan tanlovlar, tadbirlar to‘g‘risida va bugungi tadbirda jamg‘arma tomonidan Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dostoni bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi insholar tanlovi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Telegram |✅ Facebook | 🌐Web-sayt | 🌐Instagram | 📹YouTube

#ETKM #talabalar_tashrifi ⭐️ Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan 2026 yilning 12 iyun ku
+4
#ETKM #talabalar_tashrifi ⭐️ Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan 2026 yilning 12 iyun kuni soat 11:00 da O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, falsafa fanlari doktori Jo‘rayev Narzulla Qosimovichning “Yangi O‘zbekiston - ijtimoiy davlat” mavzusidagi ma’ruzasi o‘tkazildi. Ma’ruzani Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Salimov Oqil Umurzoqovich ochib berdi va so‘z navbatini professor Jo‘rayev Narzulla Qosimovichga berdi. ⭐️ Tadbirda jamg‘arma direktori o‘rinbosari Sodiq Rasulov so‘zga chiqib, jamg‘arma raisi, akademik Salimov oqil Umurzoqovich tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan tanlovlar, tadbirlar to‘g‘risida va bugungi tadbirda jamg‘arma tomonidan Muhammad Yusufning “Qopa quyosh” dostoni bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi insholar tanlovi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Telegram |✅ Facebook | 🌐Web-sayt | 🌐Instagram | 📹YouTube

✅❗️ 2-KURS YOZGI QAYTA O'QISHDA ISHTIROK ETAYOTGAN TALABALAR DIQQATIDGA!!!! BIRIKTIRILGAN FAN O'QITUVCHILARI UCHRASHIB DARS O'TISH VAQTLARINI ANIQLASHTIRIB OLISH KERAK BO'LADI!

#ETKM #Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi 📌 Fakultet dekani va talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi!! 💫 Elektrotexnika va kom
+3
#ETKM #Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi 📌 Fakultet dekani va talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi!! 💫 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti dekani Ruzmetov Yadgor Ozodovich, dekan o‘rinbosari Jumanov Xasan Xolboyevich hamda fakultet tyutorlari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🟢Uchrashuv davomida talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish hamda ularni qiynayotgan mavjud muammo va takliflarni atroflicha o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.
🟢 Shuningdek, muloqotda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, giyohvandlik kabi illatlardan yiroq bo‘lish, sog‘lom turmush tarzi va ma’naviy yetuklikni shakllantirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, talabalar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar hamda muammolar mas’ullar tomonidan atroflicha tinglandi. Kelgusida ushbu masalalar bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish belgilab olindi. Telegram |✅ Facebook | 🌐Web-sayt | 🌐Instagram | 📹YouTube

#ETKM 🎓🤝 RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakultetida fakultet dekani Ruzme
+4
#ETKM 🎓🤝 RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakultetida fakultet dekani Ruzmetov Yodgor Ozodovich hamda dekan o‘rinbosari Jumanov Xasan Xolboyevich ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv davomida talabalarning ta'lim jarayoni, ilmiy faoliyat, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflari tinglandi. Fakultet dekani Ruzmetov Yodgor Ozodovich yoshlarning bugungi kundagi faolligi, bilim olishga bo‘lgan intilishi va kelajakdagi maqsadlari haqida so‘z yuritib, ularga o‘z tavsiya va fikrlarini bildirdilar. Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yoshlar uchun o‘z fikrlarini erkin bayon etish, muammolariga yechim topish hamda kelgusidagi rejalarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi. ✅Telegram |✅ Facebook | 🌐Web-sayt | 🌐Instagram | 📹YouTube

❗️Kelajagingizni xavfga qo‘ymang: zakladchilikdan yiroq bo‘ling!
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram

✅❗️ 4-kurs bitiruvchi talabalar diqqatiga! Metropolitenda ishlash niyatida bo'lgan talabalarga suhbat bo'layapti. Xohlovchilar bo'lsa 461-xonada suhbatda ishtirok etishi mumkin.

✅ 4-kurs bitiruvchi talabalar diqqatiga!

#ETKM #ishga_taqsimot 🛎 Toshkent davlat transport universitetida Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti tashabbu
+5
#ETKM #ishga_taqsimot
🛎 Toshkent davlat transport universitetida Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan O‘zbekiston temir yo‘llari AJ tasarrufidagi korxonalar mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi. 📎 O‘zbekiston temir yo‘llari AJ vakillari ishtirokida fakultet bitiruvchi kurs bakalavriat talabalari va magistrantlar uchun suhbat o‘tkazildi. Uchrashuv davomida kompaniya faoliyati, mavjud ish o‘rinlari hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot beriladi. Kelgusida korxonada ishlash istagini bildirgan bitiruvchilar bilan birlamchi mehnat shartnomalari tuzilishiga kelishinildi. Telegram | Facebook | Web-sayt |Instagram | YouTube

#ETKM #Sport #Talabalar_olimpiadasi #Muvaffaqiyatli_yakun ✅Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi
+4
#ETKM #Sport #Talabalar_olimpiadasi #Muvaffaqiyatli_yakun ✅Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi❕
🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi yopilish marosimi davomida san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi bo'lib o'tdi.

🎼 Tadbir yakunida “Yangi cho‘qqilar sari” qo‘shig‘i ijro etilib, “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning tantanali yopilish marosimiga yakun yasaldi.
 📌Bizni kuzatishda davom eting❕ 📬 ETKM fakulteti

Hurmatli 1- kursga tavsiya etilgan abiturientlar! Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyu
Hurmatli 1- kursga tavsiya etilgan abiturientlar! Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirilgan edi. Bugun to'lovni (100%) qilishning ohirgi kuni. Quyidagi abiturientlarga tegishli to'lovlarni o'z vaqtida amlaga oshirilmaganligi sababli 1- kursga qabul qilish bo'yicha buyruq rasmiylashtirilmaganligini ma'lum qilamiz. To'lovlarni rasmiylashtirishnig so'ngi muddati 2026-yil 10-iyun sanasidan keyin amalga oshirilgan to'lovlar inobatga olinmaydi.

Repost from Edu.uz
⚡️ Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi Abituriyentlar, ularning
⚡️ Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi Abituriyentlar, ularning ota-onalari va oliy ta’lim tashkilotlarining murojaatlari inobatga olinib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli bayoni bilan quyidagi toifadagi fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt muddatlari uzaytirildi:
— bakalavriat va magistraturada bugungi kunga qadar darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar; — o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar.
Ular uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatining 100 foizini to‘lash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2026-yil 10-iyunga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi. Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati oliy ta’lim tashkilotlari rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin. 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#togarak Toshkent davlat transport universitetida yozgi ta’til davrida talaba-yoshlar va mahalla yoshlari uchun turli yo‘nali
#togarak Toshkent davlat transport universitetida yozgi ta’til davrida talaba-yoshlar va mahalla yoshlari uchun turli yo‘nalishlarda to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
📚 TA’LIM VA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI: 🔹 Yosh dasturchi 🔹 Yosh fiziklar 🔹 Kelajak iqtisodchilari 🔹 Ingliz tili 🔹 Rus tili 🔹 Media savodxonligi
🎭 IJODIY YO‘NALISHLAR: 🔹 Aktyorlik mahorati 🔹 Mobilografiya 🔹 Kitobxonlik 🔹 Tikish-bichish 🔹 Pazandachilik
🏆 SPORT TO‘GARAKLARI: 🔹 Karate 🔹 Futbol 🔹 Voleybol 🔹 Basketbol 🔹 Qo‘l to‘pi 🔹 Kurash (dzyudo) 🔹 Tosh ko‘tarish (trenajor)
To‘garaklar universitet hududidagi auditoriyalar, sport zallari va maxsus mashg‘ulot maydonlarida tashkil etiladi. Bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tkazing, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallang, sport bilan shug‘ullaning hamda o‘z iste’dodingizni namoyon eting! 📞 To‘garaklar haqida batafsil ma’lumot olish uchun mas’ul ustozlar bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Toshkent davlat transport universiteti talabalari kelajak texnologiyalarini yaratmoqda!
Toshkent davlat transport universiteti Yoshlar akademiyasi jamoasi, iqtidorli talabalari va yosh olimlari o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, startaplari va amaliy loyihalarini poytaxtimizdagi INNO texnopark laboratoriyalarida amalga oshirib kelmoqdalar. Bu yerda yaratilgan zamonaviy sharoitlar yoshlarimizga o‘z intellektual salohiyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish imkonini bermoqda. Murojaat uchun: @EldorIlhomovich
Universitet rasmiy sahifalari: 🌐 TSTU.uz | ✅ Telegram |  🌐 Instagram |💬 Facebook | 📹 YouTube | ✈️ News

✅⚡️ Hurmatli 2-kurs talabalari diqqatiga ❗️ "Qayta o'qish" (yozgi qayta semestr) 08.06.2026 kunidan boshlanadi! 🔰 Ariza dekanatga 268-xonaga kelib yozma ariza beriladi. Ariza berish muddati: 08-iyundan 10-iyungacha! (Eslatma: O'zboshimcha berilgan arizalar qabul qilinmaydi!) 🔰Qayta o'qish quyidagi muddatlarda bo'lib o'tadi (boshlanish va tugash sanalari): 2-kurs - 08.06.2026 - 27.06.2026

3-kurs talabalar diqqatiga! Yozgi qayta o'qishga ariza bergan talabalara biriktirilgan o'qituvchilar ro'yxati shakllandi! Eslatma: Yozgi qayta o'qish 20-iyunda tugaydi!

4-kurs Yozgi qayta o'qishga ariza bergan talabalar diqqatiga! 🔥🔥🔥 Xorijiy TILI fanida yakuniy nazorat!!! Xorijiy tili fanidan yakuniy nazorat: Dushanba 08.06.2026 yil, soat 11:00 da Coworking markazida o'tkaziladi. ✅ Eslatma. Talaba o'zi bilan Talaba ID kartasi yoki PASSPORT yoki HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI ASL nusxasi olib kelishi shart.

⚡️ KELAJAK BUGUN BOSHLANDI. 🏆 III International Career & Youth Festival – 2026 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi faku
+4
⚡️ KELAJAK BUGUN BOSHLANDI. 🏆 III International Career & Youth Festival – 2026 Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti talabalari va jamoasi xalqaro mehnat yarmarkasida mahalliy va global kompaniyalar, davlat tashkilotlari hamda sanoat yetakchilari bilan yuz ko'rishdi. Bu shunchaki tadbir emas edi — bu yosh muhandislar va texnologiya ishtiyoqmandlari uchun haqiqiy imkoniyatlar darvozasi bo'ldi. Telegram |✅ Facebook | 🌐Web-sayt | 🌐Instagram | 📹YouTube

#ETKM #xalqaro_hamkorlik #Elektrotexnika_kafedrasi 🛎 Xitoy xalaq Respublikasida "Xitoy–Shanxi–O‘zbekiston ta’lim va madaniya
+7
#ETKM #xalqaro_hamkorlik #Elektrotexnika_kafedrasi 🛎 Xitoy xalaq Respublikasida "Xitoy–Shanxi–O‘zbekiston ta’lim va madaniyat almashinuvi" II-forumi doirasida Shanxi elektr energetikasi muhandislik kolleji bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
📎 Uchrashuvda Toshkent davlat transport universiteti, Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti, Elektrotexnika kafedrasi assistenti S.H. Hakimov ham ishtirok etdi. Muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va akademik almashinuv sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va kelgusida qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar. 🌐 Mazkur uchrashuv ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Web-sayt |Instagram | YouTube