cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Orziqib kutaman ertani

Bir joyda õqidim. Kechalar ertalarni unuttiradi deb yozishibdi. Sabr bilan kutyapman. Tezroq kelsin õsha ertalar!!! Murojaat va Reklama uchun @Orzuqib_kutaman_ertani_bot xizmatingizda 😉

Больше
Узбекистан89 302Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
133
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Bir faqir aytadi: - Biz uzoq yillar qiynaldik, azob chekdik. Birov e'tibor ham bermadi. Lekin bir marta tabassum qilgan edik rasmga olib unga shunday deb yozdilar: -"Baxtli bo'lish uchun boy bo'lish shart emas!" #Sevda @Orzuqib_kutaman_ertani🕊
Показать все...
Kinolardagi ta'sirli voqealar hayotimizda ham bo'ladi. Faqat musiqa chalinmaganligi uchun sezmay qolamiz. #Sevda @Orzuqib_kutaman_ertani🕊
Показать все...
ashqarisida kutib turgan limuzinga itarib tiqishdi. Kuyovning onasi ham mashinaga chiqib olganini koʻrganlar bir-birlariga qarab koʻz urishtirib olishdi. —   Sen mehmonlarga qara,— tayinladi Dilbar opa jiyaniga. Keyin limuzin haydovchisiga tezroq hayda deya baqirdi. Qizining ortidan yugurib chiqqan Zuxra opaning yoʻlini toʻsgan eri uning tirsagidan mahkam tutdi. —   Hech qayerga bormaysan! Men bilan mehmonlar yoniga qaytasan! —   Qanaqa toʻy sayohati? Nega mening xabarim yoʻq, — qizining ortidan koʻz uzmay yigʻlamsiradi Zuxra opa. —   Endi qizing ularniki, hamma narsadan xabardor boʻlishing shartmas! —   Dadasi, jon dadasi, toʻgʻrisini ayting, — koʻzyoshlarini toʻxtatolmay davom etdi ayol. — Baxtiyorga biror gap boʻldimi? —   Dadasi... — nafasini rostlab erining koʻziga qattiq tikildi Zuxra opa. —Qizingizdan koʻnglingiz xotirjammi? Shu savolimga javob bersangiz boʻldi. Botir aka qalqib ketgandek boʻldi. Lekin bir lahzalik ojizligi uchun oʻzini koyib darrov oʻzini qoʻlga oldi. Sorani olib ketgan mashina ortidan koʻzida yosh bilan qarab qolgan Zuxra opaning yuragi muzladi. Savolga javob berolmay mulzam boʻlib turgan eriga yurakni oʻrtovchi nigoh tashladida keyin oʻzini majburlab toʻyxona tomon yurdi. Shundoq ham ilimiliq oʻtayotgan toʻy kelin-kuyov toʻsatdan chiqib ketishi sabab battar sovidi. Botir aka oxirgi kuchini toʻplab mehmonlarni kuzatish uchun eshik yonida turganini koʻrib, xotini ham ilojsiz uning qavatiga kirdi. Ular odamlarga xayr-xoʻsh qilish uchun turishgan boʻlsada, xayollari boshqa joyda edi. Hech gapdan xabari yoʻq, ichib olib maydonchada raqs tushayotgan yoshlar va eng yaqin qarindoshlardan boshqa hech kim qolmagach, Botir aka xotiniga qarab “mashinaga oʻtir” dedi. Zuxra opa ikki oʻgʻlini singillariga topshirib, erining ortidan halloslab yugurdi. Yoʻl-yoʻlakay Botir aka opasiga qoʻngʻiroq qildi. #Sevda @Orzuqib_kutaman_ertani🕊
Показать все...
💔MUHABBATGA INTILGANLAR💔 18-qism Onasidan turtki yegan Baxtiyor ham sovuq iljaydi. —   Sora, ol biror nima yeb oʻtir... Baxtiyor qattiq hayajonlanar, uning tinmay kaftini bir-biriga ishqalashi, bir joyda oʻtirolmay betoqatlanishi onasini biroz xavotirga soldi. U hech kimga sezdirmay ikkita dorini oʻgʻlining qoʻliga tutqazdi. Lekin hayajoni oshib borayotgan Baxtiyor shu bugun ham dori ichishni oʻziga or deb bildimi yoki kasalligi qoʻzgʻab qolishiga xuddi onasi aybdordek achchiq qildimi, dorini stol tagiga tashlab yubordi. Oʻgʻliga dori tutqazib biroz koʻngli xotirjam boʻlgan Dilbar opa davrada charx urib oʻynadi. Xushomadgoʻylari boshidan pul sochib, unga sadoqatini namoyish etib turishdi. Bunaqa bachkanaliklarni xushlamaydigan Zuxra opa toʻy boshlanishida egallagan joyidan toki toʻy oxirigacha qimirlamadi. Toʻydan boshqalardan kam hayajonlanamayotgan Botir akaning koʻzi boshi liqillab titrayotgan kuyovga koʻzi tushdiyu, rangida rang qolmadi. U boshqalarga sezdirmaslik uchun sekin-asta raqs tushayotgan ammasining yoniga yaqinlashdi. —   Opa, — dedi ammasining tirsagida tortib. —   Ha, ukajon, kel birga oʻynaymiz, — dedi u quvonib. —   Opa, gapim bor, bu yoqqa qarang, — dedi u va sopasini kelin-kuyov oʻtirgan tomonga sudradi. —   Tinchlikmi? — Dilbar amma kulishga harakat qilsada, noxush narsani sezgandek rangi oqardi. Ular yetib kelganda Baxtiyorning titrogʻidan stol qimirlashni boshlagandi. Dilbar darhol gavdasi bilan oʻgʻlini odamlar koʻzidan pana qildi. Baxtiyor dorini ichmaganini tushunib darhol choʻntagidan dori olib majburlab oʻgʻlining ogʻziga tiqdi, ustidan suv ichirdi. Baxtiyor ortiqcha qarshilik qila olmadi. Botir aka boʻlayotgan ishlarga anqaygancha goh ammasiga, goh jiyaniga qarardi. Shu mahal koʻzi undan nigohini uzmay oʻtirgan qiziga tushdi. Joni tovoniga tushgandek boʻldi. Soraning koʻzlarida “nega, qaysi gunohim uchun?” degan savollar otilib yuragiga sanchildi. Botir aka qizining nigohiga dosh berolmay koʻzini oldi. —   Bunga nima boʻldi? — soʻradi u opasidan. —   Shunchaki ortiqcha hayajon shekilli. Oʻzi biroz shamollagandi ham, harorati oshgani uchun titroq bergan, hechqisi yoʻq oʻtib ketadi, parvo qilma... Lekin Baxtiyorning titrogʻi bosilmasdi. —   Botirjon... menga qara, toʻyni tezroq tugataylik... jiyaningni tobi qochyapti, — Dilbar ammaning koʻzi ola-kula boʻlib ketdi. Oʻgʻli uning qoʻlidan jon-jahdi bilan qisib ushlaganidan barmoqlari yopishib qolgudek boʻldi. U chinqirib yubormaslik uchun tishini tishiga bosdi. Botir aka talmovsirab qoldi. —   Opa... axir... —   Tezroq boʻlaqol, boshlovchiga ayt, kelin-kuyovga javob bersin. Botir aka bir ishorasi bilan yoniga yugurib kelgan yordamchilariga vaziyatni qisqacha tushuntirdi. Ular ham hayron boʻlishsada, hayratlarini yashirishga majbur edilar. —   Menga qara, yugurib ketayotgan yordamchisini toʻxtatdi, — Botir aka. — Kelin-kuyovning samolyotga chiptasi bor ekan deb ayt.... U oxirgi daqiqalarda miyasi ishlab qolganidan, mehmonlar oldida izza boʻlmay vaziyatdan chiqish yoʻlini topganidan xursand boʻldi. Boshlovchi xonandani ovozini oʻchirishga, shahd bilan raqsga tushayotgan odamlarni toʻxtatishga biroz ovora boʻlishiga toʻgʻri keldi. —   Hurmatli, mehmonlar, chiroyli oʻtayotgan toʻyimiz hali davom etadi. Lekin hozir kelin-kuyovga javob berishimiz kerak ekan. Odamlarning hayratli xitobi yangradi. —   Ha, ha, javob berishimiz kerak. Chunki ular... hozirning oʻzidayoq asal oyini oʻtkazish uchun xorijga uchib ketishlari lozim ekan! Mehmonlarning qarsaklari yangragan toʻyxonada  hech kim kelin va uning onasining ahvolini sezmadi. Bu xabardan karaxt boʻlgan Zuxra opa oyogʻi chalishib qizi oʻtirgan tomonga yugurdi, yolgʻonni bekitish uchun oʻylab topilgan bu hiyladan larzaga kelgan Soraning tili aylanmay qoldi. Faqat Dilbar ammagina yengil nafas oldi. Botir akaning imosi bilan tezda hozir boʻlgan ikki yigit Baxtiyorning qoʻltigʻidan oldi. Ular xuddi kuyovni kuzatib qoʻymoqchidek harakat qilishsada, toʻyga kelganlarning ayrimlari kuyovning oʻzini tutishi hayratga soldi. Xuddi it quvgandek tezda toʻyxonadan olib chiqib ketilgan kelin-kuyovni toʻyxona t
Показать все...
Həyatin çox çətin anları var Yolunun eniş yoxuşları var Soyuğu boranları qarı var, Hər qışın sonda bir baharı var   Sevgidir nurlu ümid yolumuz, Tikanlı olsada sağ solumuz Həyat oyunundaki rolumuz, Qovuşan iki aşiq sonumuz   Bir azca səbr elə canım mənim, Qarşıda sənlə gözəl günlərim Arzularım çox inamım mənim, Sənə bağlı bütün ümidlərim   Belədir qış dalınca yaz olar, Pis günün ömrü dedilər az olar, Durular sular bulanmaz olar, Qara günlər ağ bəm-bəyaz olar   Bu həyat mənalıdır, deyil boş, Mənzil xoş olar niyyətimiz xoş Könlümüz olsa eşq ilə sərxoş, Keçəcək birgə illərimiz xoş ❤#Sevda @Orzuqib_kutaman_ertani🕊
Показать все...
Talib_Tale_&_Zeynab_Hasani_Sabr_Ela_Akustic_version_Bestmedia_Uz.mp33.59 MB
Bizga dardlar emas baxtlar yarashadi...❤ #Sevda @Orzuqib_kutaman_ertani🕊
Показать все...
Shunday doridan bo'lsa edi... #Sevda @Orzuqib_kutaman_ertani🕊
Показать все...
Eng so’nggi bor ona maktab quchog’ida, Ko’zlaringga termulgancha jim qolaman. Nahot shuncha tez ayrilsak, nahot bu rost? Qalbim yig’lar, bir so’z demay qiynalaman. Endi bizning yo’llarimiz ayro-ayro, Har tong seni kulib qarshi ololmayman, Tanaffusni intiq kutib, tashna kutib, So’zlaringga jism-u jonim bog’lolmayman! Bilmam endi yurak so’zing kim eshitar? O’zga mendek quloq tuta olarmikan? Darding bilan ming to’lg’onib, ming bir yonib, Qalb sirlaring ichga yuta olarmikan? Mening uchqur xayollarim faqat senda, Fig’onimda oshiq bulbul nola qilar. Yuragimda notanish his hukmrondir, U muhabbat tug’yoniga o’xshab ketar... Xayr endi, xayr degin sen ham mayli, Ilk sevgining bu shoshqaloq lahzasiga, Hayot bizni erkalabdi rosa siylab, Biz itoat etdik uning har sasiga... Xayr endi yarmi alam, yorti baxtim, Kechir bilib-bilmay aytgan so’zlarim chun, Bir zumgina bo’lsa hamki baxtli bo’ldim, Ming tashakkur, o’sha hisni berganing chun❤️ Bitiruvchilarni bugungi hayajonli kun bilan tabriklaymiz! #Sevda @Orzuqib_kutaman_ertani🕊
Показать все...
Koʻring faqat yumalab qolmang🤣 #AFSONA🥰 @Orzuqib_kutaman_ertani
Показать все...
de623b1fe0daca6a8b55b38fa7f97eb9_out_896098807.mp41.68 MB
Показать все...
9.47 KB
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.