cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

Рекламные посты
1 405
Подписчики
-424 часа
+137 дней
+1430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

00:42
Видео недоступноПоказать в Telegram
Dizayner bo‘lish orzusidagi nogiron qizaloq suratlari hayot haqiqatlarini hikoya qiladi Farzona Davronova 2009 - yilda tug‘ilgan. Quvasoy shahar Polmon MFY da istiqomat qiladi. 2-guruh nogironi. Shahardagi 10-maktab o‘qituvchilari unga uy ta'limi asosida bilim berishadi. Rasm chizish sevimli mashg‘uloti. Ushbu yo‘nalishda tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Kelajakda dizayner bo‘lishni maqsad qilgan. Quvasoy shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining xodimlari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Farzona Davronova uyida bo‘lib, holidan xabar oldilar. Quvasoy.uz|Telegram| Facebook | YouTube |InstagramTwitter|
Показать все...
👍 6
Quvasoyda “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi Bugun shahrimizdagi 12 - sonli markaziy madaniyat markazida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari Alisher Mamajonov, Nigora Ubaydullayevalar ishtirok etdi. Quvasoy shahridagi nogironligi bo‘lgan va kam ta’minlangan oilalarning farzandlari, oilaviy bolalar uylari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari taklif etilgan tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Iqtidorli bolajonlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiq va raqslar, sahna chiqishlari yig‘ilganlarda iliq taassurot qoldirdi. Shahar hokimligi vakillari hamda homiylar tomonidan bolajonlarga muzqaymoqlar tarqatilib, bayramona hursandchilik ulashildi. Quvasoy.uz|Telegram| Facebook | YouTube |InstagramTwitter|
Показать все...
👍 4 1
Quvasoyda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi Bugun Quvasoy shahridagi Zebiniso MFY da joylashgan 11-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi. Sayyor qabulda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ikramov, viloyat adliya boshqarmasi rahbari Abdumannop Bo‘riyev, Farg‘ona viloyati sudlari raisi, viloyat soliq hamda majburiy ijro byurosi boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, sayyor qabulda Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, shahar sektorlari rahbarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, tegishli boshqarma va tashkilotlar mas’ullari ham qatnashib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari eshitildi. Batafsil: https://quvasoy.uz/site/view/news/1878 Quvasoy.uz|Telegram| Facebook | YouTube |InstagramTwitter|
Показать все...
👏 2
Quvasoy shahar hokimi maslahatchisi Husniddin Xo‘janazarov “Kitobxon davlat xizmatchisi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘ldi Farg‘onada ilk bor “Kitobxon davlat xizmatchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida tanlovining taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda tegishli boshqarma va tashkilot rahbarlari, mas’ullari hamda ma’naviyat tizimi xodimlari ishtirok etdi. “Eng yaxshi kitobxon rahbar” nominatsiyasida viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i Zafarjon Ro‘zaliyev, “Eng boy kutubxonaga ega davlat fuqarolik xizmati” nominatsiyasida agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi hamda “Eng yaxshi kitobxon davlat xizmatchisi” nominatsiyasida Quvasoy shahar hokimi maslahatchisi Husniddin Xo‘janazarov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Batafsil: https://fergana.uz/site/view/news/11383836 Quvasoy.uz|Telegram| Facebook | YouTube |InstagramTwitter|
Показать все...
👍 12
Jannat onalar oyog‘i ostida: quvasoylik ta’lim tizimi vakilllari ishtirokida “Onalarga ehtirom” tadbiri bo‘lib o‘tdi Yoshlar ongu shuurida onalarni qadrlash, ularni ulug‘lash kabi ezgu fazilatlarni shakllantirishda ta’lim sohasi vakillarining o‘rni katta. Shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan viloyatimizda to‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivali doirasida tashkil etilgan bayram tadbirida ham ayni jihatga e’tibor qaratildi. Tizimda faoliyat olib borayotgan rahbarlar, onalar, xotin-qizlar ishtirok etgan kechada “Jannat onalar oyog‘i ostida” degan hikmat yana bir bor ta’kidlandi. O'g'il-qizlarni yurtga sodaqat ruhida kamol topishlariga o‘z xissasini qo‘shib kelayogan quvasoylik onalarga ehtirom ko‘rsatildi. Samimiy tilaklar bildirilib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. “Qirguli” raqs ansambli ijrosidagi go‘zal raqslar, kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Quvasoy.uz|Telegram| Facebook | YouTube |InstagramTwitter|
Показать все...
👍 7
04:29
Видео недоступноПоказать в Telegram
Фарғона вилояти ИИБ раҳбарияти иштирокида матбуот анжумани ўтказилди Фарғона вилояти ИИБ Ахборот хизмати Каналга уланиш  👉 fviib.uz 🔹Websаyt | 🔹Telegram |🔹Facebook |🔹Instagram
Показать все...
👍 1
Фарғона ва Баткен вилоятлари раҳбарлари Шоҳимардонда учрашдилар Қирғиз Республикасининг Баткен вилояти губернатори Абдикарим Алимбаев бошчилигидаги, Баткен вилояти прокурори, вилоят ИИБ ҳамда божхона бошқармаси бошлиқлари, Фарғона вилояти билан чегарадош туман ва шаҳарлар ҳокимлари ҳамда бошқа расмийлардан иборат делегация бугун вилоятимизда бўлди. Шоҳимардон қишлоғи чегара постида Баткен вилояти вакилларини вилоят ҳокими Хайрулло Бозоров, вилоят прокурори Бахтиёр Исмоилов, вилоят ИИБ бошлиғи Азизбек Икрамов, вилоят божхона тизимлари раҳбарлари, Қувасой шаҳри, Фарғона, Риштон, Сўх туманлари ҳокимлари кутиб олдилар. Батафсил: https://fergana.uz/site/view/news/11383833 Fergana.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Facebook | Instagram | Twitter
Показать все...
👍 1
Перейти в архив постов