cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

ЎҚИТУВЧИЛАР

Педагог ўқитувчилар учун янгиликлар, тестлар, презентациялар, қўлланма ва тавсиялар канали Админ: @UNKNOWNXX

Больше
Рекламные посты
941
Подписчики
Нет данных24 часа
-77 дней
-1030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

02:41
Видео недоступноПоказать в Telegram
Шавкат Аюпов: Билимга муносабат яхши бўлмаса, жамият ривожланмайди (+видео) Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги ҳамда Республика Маънавият ва маърифат маркази ҳамкорлигидаги “Устоз” лойиҳасининг меҳмони — Ўзбекистон Қаҳрамони, математик олим, академик Шавкат Аюпов устознинг жамиятдаги ўрни ҳақида ўз фикр-мулоҳазаларини билдирди. 🎥 https://youtu.be/hBrP1QSOSc4 Батафсил: https://uza.uz/posts/602320 📱Мобил илова 👉 iOS | Android Ўзбекча |O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Показать все...
#қонунчиликдаги_ўзгаришларга_шарҳ ✔️ Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳамда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг “Хорижий тиллар ва умумтаълим фанларини билиш даражасини белгиловчи миллий ва халқаро тан олинган сертификатлар рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида”ги қарорига шарҳ берилди. Маълумот учун: Умумий ўрта таълим тизимида фаолият юритаётган педагог ходимларга устама белгилашда қўлланиладиган хорижий тиллар бўйича миллий ва халқаро тан олинган сертификатлар рўйхати ушбу қўшма қарор расмий эълон қилинган кундан эътиборан икки ойдан кейин кучга киради. ❗️ Қарор кучга киргунга қадар амалдаги норматив-ҳуқуқий ҳужжатларга мувофиқ олинган сертификатларга уларнинг олинган кунидан бошлаб амал қилиш муддати тугагунга (муддати чекланмаган (белгиланмаган) сертификатлар учун сертификат олинган кундан бошлаб уч йилдан кўп бўлмаган вақт мобайнида) қадар имтиёз ва устамалар қўлланилади.
Показать все...
📣 Metodik ishlari viloyat miqyosida ommalashtirilib, Respublika miqyosiga tavsiya etilgan pedagoglar diqqatiga! ➡️ Metodik ishlari Respublika bosqichiga tavsiya qilingan talabgorlar joriy yilning 1-7-iyun kunlari onlayn ravishda zoom orqali taqdimotini himoya qilishlari kerak boʻladi. 📝 Taqdimot qilish uchun 75-80 ball oraligʻida baholangan pedagoglarga ruxsat beriladi. Pedagoglarning Respublika bosqichiga tavsiya etilgan ishlari Respublika taʼlim markazi Ilmiy-metodik kengashining ekspertlar guruhi tomonidan tekshirilmoqda. 🌐 Taqdimot onlayn ravishda Zoom platformasi orqali viloyat markazida joylashgan hududiy Metodik xizmat koʻrsatish bo'limlarida tashkillashtiriladi. 🏢 Toshkent shahar Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengashi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar Respublika taʼlim markazida oflayn taqdimot oʻtkazadi. Keyingi postlarda taqdimotga qoʻyilgan talablar haqida maʼlumotlar berib boramiz. Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 https://t.me/rtmedu_news
Показать все...
Hurmatli Pedagoglar! Ommalashtirish.uz platformasida viloyat miqyosida ommalashtirilgan hamda Respublika miqyosiga tavsiya etilgan metodik ishlar natijalari e'lon qilindi. Baholangan metodik ishlaridan norozi bo'lgan pedagoglar joriy yilning 29-may soat 19-00 dan 31-may 19-00 ga qadar shaxsiy kabinetingiz orqali ariza qoldirishingiz mumkin. Ushbu arizalar tegishli viloyatlarda tashkil etilgan apellyatsiya kengashlari tomonidan ko'rib chiqiladi va javob beriladi. Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#diqqat_elon
Xotin-qizlar uchun qo'shimcha davlat granti tavsiyanomalariga arizalar qabuli boshlandi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida qabul qilinishi belgilangan. Joriy yilda ajratilgan 2000 ta о‘rin uchun tavsiyanoma olish niyatidagi talabgorlardan arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali 30-maydan 8-iyun sanasiga qadar onlayn tarzda qabul qilinishini ma’lum qilamiz. Ushbu qo‘shimcha grant tanlovida quyidagi toifalarga to‘g‘ri keluvchi xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin: 1. Kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar – bunda oilaning har bir a’zosiga daromad aniqlanadigan davrda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,527 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila tushuniladi. 2. To‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan – ya’ni otasi yo onasi yoki ularning har ikkisi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar. 3. Turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar. 4. Nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. 5. Ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari. 6. Ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. Ushbu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar platformaga kirish uchun Davlat xizmatlari markazidan “elektron kalit” olishlari tavsiya etiladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun Nurobod tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limiga murojaat qilishingiz, shuningdek, (90) 281-19-89, (94) 285-70-35 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang! ©️ @nur_press
Показать все...
#ustama Rasman: Ustama olish uchun fan o‘qituvchilariga B+, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun esa C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat talab qilinadi Ta'lim vazirliklarining "Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazildi. (29.05.2024 №3515) Yangi qarorga ko'ra Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi.
Показать все...
📣 Узрли сабабларга кўра малака (тест) синовларида иштирок эта олмаган педагоглар 30-31-май кунлари аттестациядан ўтказилади ✅ Хабарингиз бор, жорий йилнинг 15-апрелидан 20-май кунига қадар Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим муассасалари педагог кадрлари аттестациядан ўтказилди. ➖ Вазирлар Маҳкамасининг 2021-йил 17-сентябрдаги 572-сонли қарори билан тасдиқланган Низомда педагог кадрлар аттестациянинг бирор босқичида узрли сабаб (вақтинча меҳнатга қобилияцизлиги, давлат ёки жамоат вазифаларини бажарганлиги, республика ва халқаро мусобақаларда иштирок этганлиги, вақтинча хорижий мамлакатда сафарда бўлганлиги, яқин қариндошининг вафоти, ваколатли давлат органи ёки таълим ташкилотлари раҳбарларининг маълумотномасида кўрсатилган бошқа асослар)га кўра иштирок эта олмаган бўлса, уларнинг аттестацияси бошқа муддатга кўчирилиши белгиланган. ❗️ Шу муносабат билан, узрли сабабларга кўра малака (тест) синовларида иштирок эта олмаган педагоглар учун жорий йилнинг 30-31-май кунлари аттестация синовлари ўтказилишини маълум қиламиз. ✔️ Ушбу педагоглар малака (тест) синовларида иштирок этишлари учун вазирликнинг ҳудудий бошқармаларида ташкил этилган Ишчи гуруҳларга юқорида келтирилган сабаблардан бирини асос қилган ҳолда ариза билан мурожаат қилишлари мумкин. 👉 Малака (тест) sinovlari quyidagi манзилларда ўтказилади.
Показать все...
⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!! 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
⚡️YANGI BAHOLASH MEZONIGA KO‘RA METODBIRLASHMA RAHBARIGA 10% USTAMA QUYIDAGI QILINGAN ISHLARI UCHUN BERILADI. Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 02-02/1-1347-sonli xatida belgilab berilgan. Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi. Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (o‘quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo‘shimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan bo‘lishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida metodbirlashmaga a’zo bo’lgan o‘qituvchilarning barchasi “Ochiq dars”lar tashkil etishini nazorat qilishi; Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yig‘ilishini chorakda bir marta o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi. ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi. Chunki, ustama faqatgina fan yo‘nalishidagi metodbirlashma rahbariga to‘lanadi. Kanalimizga obuna bo‘ling! 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/maktab_daa
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️11-синфлар учун Она тили ва адабиёт фанидан якуний давлат аттестацияси ИНШО мавзулари аниқланди Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан махсус сайт орқали 11-синф битирувчилари учун она тили ва адабиёт фанидан ўтказиладиган иншо учун мавзуларини аниқлаш бўйича қуръа ташланди ❗️Бунда ўқувчилар "Жаҳон адабиёти дурдоналаридан олган таассуротларим" ва "Ўзбек халқ достонларида ватанпарварлик фазилатларининг акс этиши" мавзулари асосида имтиҳон топширишлари маълум бўлди. Якуний давлат аттестацияларини ўтказиш ва баҳолаш мезонлари ҳудудий бошқармалар орқали барча умумий ўрта таълим мактабларига етказилади. 📥 yuklab olish 📡 Kanalga obuna bo'lish videodarslar📥kanali
Показать все...