cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

Рекламные посты
267
Подписчики
Нет данных24 часа
+127 дней
+2030 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

00:27
Видео недоступноПоказать в Telegram
3.33 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
* * * Ўнгимдан қўрқинчдек тушимга кўчдинг, Сайр эта бошладинг ҳаёлларимда. Ҳар бир кулишимда сенинг ҳаққинг бор, Жавоб изламайсан саволларимдан(?!) «Менинг!» десам, акси урди дарахтлар, Шамоллар ифоринг келтирди зумда. Кўрсам, кўзларимни узмоқлик мушкул Қалб туғёни эмас менинг измимда. Жисмимни бенаво тутдим сен келсанг – Бефарқман, тақдирим – сенга қаратқич. Пешвоз чиқ, насибим, бир ишқинг ҳаққи Ўзимни сен учун қайта яратдим. Пешвоз чиқ! © Гулнор 2024
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#zomin_2024 3 kun judayam zoʻr boʻldi, taqdirlashni gapirmasam ham boʻladi) Bir gapni aytib qoʻyay, boʻlmasa koʻnglim boʻshamas ekan.. Taqdirlash tugallandi, hamma viloyat ijodkorlari oʻzining viloyatdoshlari bilan suratga tusha boshlashdi. Ayni shu damda menda koʻnglim kemtikday his qildim. Bir toʻp Farg‘onalik ijodkorlar, Samarqandlik, Qashqadaryolik va boshqalar... Ammo men, bittagina Toshkent shahridan ishtirok etgan ijodkorman, bir chetda oʻtirib ularning bir-birlarini hay-haylashib suratga tushayotganlarini koʻrib nimadir ichimdan oʻtdi, ammo bu tuygʻuning nomi nima, bilmasam) Shunaqa gaplar... Aytganday, adashib intervyuga chiqib qolibman, uni ham qoldiraman! https://t.me/Gulnor_Poeziyan
Показать все...
Repost from N/a
01:29
Видео недоступноПоказать в Telegram
Rauf Parfi "Amaldor" 1989-yil
Показать все...
13.11 MB
Seni bulamamışken ben kayboluyorum Şimdi gökyüzünde Kendimi ellerinle dans ederken buluyorum Al beni yanına, sevgilim Seni bana geri ver, sevgilim
Показать все...
72a57dfca83a6ebe6b6c5eba8ee614ed.m4a3.37 MB
MUALLAQLIK Dengiz ko‘tarilsa ne bo‘lar bilmam, Osmon qizaringan ko‘zlaringdayin To‘kila boshlaysan zarrama-zarra.. Ikkimiz tamoman o‘raydi epkin. Ne bo‘ladi agar osmon qulasa, Ne bo‘ladi tog‘lar ko‘kka qo‘ysa tiz, Ne bo‘ladi agar to‘kilsam senga Ne bo‘lar agar-da qolsam yuraksiz? Shu dam sochim – shamolda tasvir Ko‘zlarim yutadi million rangni Sen qaysi rangdasan, qaysi ohangda? Ne sabab ko‘ylaklar his etmas tanni? Ne bo‘lar yo‘qolsam shamoldek izsiz? Ko‘zlarim shafoffmi? Aniqlolmayman! Shovqinli jimlikda sonlanar dengiz Nega mavjudlikni saqlayolmayman?! Bilganim, sovuqlik sovutdi qonni Kechganim – meniki, yetganim – tengsiz Bilganim, yomg‘irim rang-o rang har kun Erksiz qolar bo‘lsam quriydi dengiz! Bulutlar hamrohlik qilsinlar abad Tinmaydi to‘lqinlar, tabiat hayron Bilganim, azaldan men bo‘lmagansan Toki mahshargacha sohil bo‘lib qol, Toki mahshargacha sohil bo‘lib qol! © Gulnor 7.dek 2021 @Gulnor_Poeziyan
Показать все...

04:05
Видео недоступноПоказать в Telegram
Axborot 24 | Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari #4july #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Показать все...
4.mp483.96 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
#menimcha_oxirgi_post #zomin_2024 Insonning hayotida shunaqa kunlar bo‘ladiki, qaniydi yana qaytib kelsa deb orzuda bo‘ladigan. Oʻtgan 3 kun ham hayotimdagi xuddi shunday tarix boʻldi deya olaman. Seminar shunchaki ustozlar bilan koʻrishish yoki ularga she’r o‘qib berishdan iborat emas balki, bir zamonda yashab yurgan deyarli tengqur ijodkorlarni bir-biriga tanitish va shu davr mobaynida bir katta oila boʻlib yashash tajribasini berar ekan. Doim ismini eshitib, she’rlarini oʻqib yuradigan ammo oʻzini hech hayotda uchratmaganim ijodkorlarni uchratdim. Oldinlari qaniydi bir davlat tuzilsa, unda faqat ijodkorlar yashasa qanday ajoyib boʻlsa kerak deb oʻzimcha xayol surib qoʻyardim. Zomin hech boʻlmasa 3 kun boʻlsa ham shu «Shoirlar respublikasi»da "sayohat qilish"imga yo‘llanma berdi deya olaman. Menimcha shu bu yilgi " ZOMIN SEMINARI " haqidagi so‘nggi qaydim boʻlib qoladi, yana Xudo bilsin) Tashkilotchi va ishchi guruhdagi barchaga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman! https://t.me/Gulnor_Poeziyan
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#zomin_2024 Hayotingizda she’r oʻqib berish uyoqda tursin suhbatlashishni orzu qiladigan ustozlar bilan 3 kun birga boʻlish baxti! @Gulnor_Poeziyan
Показать все...
4.17 MB
32.61 MB
3.11 MB
34.57 MB
16.15 MB
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.