cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

HUQUQ_UZ24

Insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Muqaddima). 18.11.2020 @davron1oo8

Больше
Узбекистан74 140Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
164
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
Нет данных30 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

PF-5379-сон 14.03.2018. O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida https://lex.uz/docs/-3586735
Показать все...
O‘RQ-471-сон 05.04.2018. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida https://lex.uz/docs/-3610935
Показать все...
#Bilishingiz_foyda Aholining ijtimoiy zaif qatlamlari – bozor sharoitlarida tovarlar(xizmatlar)ni xarid qilishda yoki mehnat bozorida ish topishda qiyinchilikka duchor boʻlayotgan yoxud oʻzgalarning koʻmagiga muhtoj shaxslar, jumladan: 👉 I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogiron bolalar; 👉 yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar; 👉 ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan kasalliklar va atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklar (sil, onkologik, psixiatrik, narkologik, endokrinologik, infeksion, tanosil kasalligi, OITS, maxov va kasb kasalligi)ga chalingan shaxslar; 👉 qaramogʻida 16 yoshga toʻlmagan yoki nogironligi boʻlgan bolalari boʻlgan yolgʻiz shaxslar; 👉 oʻqishni tugatgandan keyin 3 yil oshmagan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari; 👉 “Mehribonlik” uylarining 30 yoshga yetmagan bitiruvchilari; 👉 jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan shaxslar; 👉 oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashovchi keksalar; 👉 muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslar. Manba: https://regulation.gov.uz/uz/document/16188 @huquq_uz24
Показать все...
“Ижтимоий тадбиркорлик тўғрисида”ги

#Bilishingiz_foyda Bitiruvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati. Manba: https://www.lex.uz/docs/1331874#4589890 @huquq_uz24
Показать все...
https://uzreport.news/society/zo-rlik-ishlatishdan-jabr-ko-rgan-xotin-qizlarni-reabilitatsiya-qilish-boyicha-prezident-q Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish bo'yicha prezident qaror chiqardi
Показать все...
Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish bo'yicha prezident qaror chiqardi

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha 29 ta namunali markaz tashkil etilgani ma'lum qilindi.

#Bilishingiz_foyda Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish(!) Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lishbazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish, karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik,fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks. 54-modda. @huquq_uz24
Показать все...
#Bilishingiz_foyda Deputatning daxlsizlik huquqi: Deputat o‘zining vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik huquqiga ega bo‘ladi. Tegishli xalq deputatlari Kengashining roziligisiz deputat mazkur hududda jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas. Deputat tegishli xalq deputatlari Kengashida ovoz berish chog‘ida fikr bildirganligi yoki nuqtai nazarini bayon etganligi uchun hamda o‘z vakolatlarini amalga oshirishi bilan bog‘liq boshqa harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas, shu jumladan, vakolatlari muddati tugaganidan keyin ham javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Agar shunday xatti-harakatlar munosabati bilan deputat haqorat qilishga, tuhmat qilishga yoki qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan boshqa qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, u daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan taqdirda javobgarlikka tortiladi. Manba: https://lex.uz/docs/-436950 @huquq_uz24
Показать все...
“Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yana-da soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5108-son, 07.05.2021-y.) qabul qilindi: Qarorga koʻra, 2021-yil 15-maydan 2022-yil oxirigacha avtomobilda yoʻlovchi tashish faoliyatini tartibga solishni soddalashtirish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi. Bunda: yoʻlovchilarni haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqlarga ega boʻlgan yengil avtotransportlarda tashish yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritiladi; yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yoʻlovchilarni yengil avtotransportlarda tashish litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi; litsenziya varaqasi 21 yoshga toʻlgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida 10 yildan ortiq boʻlmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil mavjud boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Litsenziya” axborot tizimi orqali beriladi; avtomobilda yoʻlovchilarni tashish bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar “Akkreditatsiya markazi” DUKda akkreditatsiyadan oʻtgan texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazishi shart; yakka tartibdagi tashuvchilar litsenziyaga ega korxonalarda hamda yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlar (agregatorlar) tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida oylik tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart; yakka tartibdagi tashuvchilarga yoʻlovchilarni avtomobil transportida tashish faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi; 2021-yil 1-sentyabrgacha yakka tartibdagi tashuvchilarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi; yakka tartibdagi tashuvchilardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji yiliga BHMning bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi; yakka tartibdagi tashuvchilar qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 3 tonnagacha yuk koʻtarish imkoniyatiga ega avtomobil transportida yuklarni tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan stavkada toʻlaydi. Manba: https://yuz.uz/uz/news/avtomobilda-yolovchi-tashishni-tartibga-solish-soddalashtiriladi @huquq_uz24
Показать все...
Avtomobilda yoʻlovchi tashishni tartibga solish soddalashtiriladi

“Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yana-da soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5108-son, 07.05.2021-y.) qabul qilindi

#Huquqingizni_biling Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi: 👉 “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar; 👉 urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar; 👉 sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki mayib boʻlganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari); 👉 energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran 3 yil muddatga. ✅ Shuningdek, quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi: 📎 10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining; 📎 pensionerlarning; 📎 I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning. Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozini olishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi. Ushbu soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga koʻra faqat bitta yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk obyektiga tatbiq etiladi (energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar bundan mustasno). Manba: https://lex.uz/docs/4674902 @huquq_uz24
Показать все...
O'zbekistonning Isroil va Falastin davlatlari bo‘yicha pozitsiyasi qanday? Mazkur savolga prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov javob berdi. Manba:Telegram @huquq_uz24
Показать все...
988.mp47.44 MB