Muhammad Uralov
Открыть в Telegram
- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv
Больше684
Подписчики
+124 часа
-17 дней
+1930 дней
Архив постов
Yo'q
Yo'q so'zi ko'pchilik xatto o'ziga keraksiz va ahamiyatsiz ishlar va takliflar uchun ham ishlata olmaydigan so'z. Kamchilik ishlatgani uchun ham qadrli.
Siz kimgadir yo'q deyishingiz uchun ichingizda undan ham kattaroq "ha" ( maqsad) bo'lishi kerak.
"Eng zo'rning" dushmani odatda "juda yaxshi" bo'ladi. Shoshilinch va qiziqarli ishlar yaxshi bo'lishi mumkin lekin yaxshi ishlar doim sizni eng zo'r yumushlardan ushlab qoladi.
Muloyimlik va xushmuomilalik bilan yo'q deyish ham san'at.
Yo'q demasdan yo'q deyishni o'rganing.
Sizning hayotingiz markazida ishingiz, pul, lazzat, do'stlaringiz yoki biror-bir qiz turar ekan siz bu so'zni hech qachon to'g'ri ishlata olmaysiz
@MuhammadUralov
Muvaffaqiyatsiz kishilardan farqli ravishda, muvaffaqiyatli shaxslar o'zi yoqtirmaydigan yumushni ham bajara olish ko'nikmasiga ega bo'ladi. Qanchalik xush kelmasa ham, ularning maqsadga yetish yo'lidagi qat'iyati yoqtirmaslik hissidan ustun turadi.
@MuhammadUralov
Uch nasixat
Payg’ambarimiz ﷺ ni oldilariga, Jabroil Alayhissalom keldilarga ularga 3 ta narsani aytdilar:
1. Ey Muhammad, xohlagan ishingizni qiling, agar hantalni urug’icha bo’lsa ham yaxshi bo’lsa mukofotini, yomon bo’lsa jazosini olasiz.
2. Ey Muhammad, xohlagan insoningizni yaxshi ko’ring, bari bir bir kun ajralasiz.
3. Ey Muhammad, xohlaganingizcha yashang bari bir bir kun o’lasiz va Alloh taoloni oldiga borasiz.
@MuhammadUralov
Tavakkal
Tavakkal qilmasang hech qachon imkoniyatlaring chegarasini bila olmaysan. Tavakkal qilsang balki o'xshar balki yo'q, lekin risk qilmas ekansan aniq o'xshamaydi.
Sen qanchalik yosh bo'lsang shunchalik ko'p risk imkoniyating bor. Chunki senda mas'uliyat yo'q, oila yo'q, bola yo'q. Lekin qo'llab-quvvatlovchi ota-onang va endi xatodan orttirilgan tajribang bor.
P/S: кто не рискует не пьет шампанское☝️
@MuhammadUralov
Tavakkal
Tavakkal qilmasang hech qachon imkoniyatlaring chegarasini bila olmaysan. Tavakkal qilsang balki oxshar balki yo'q lekin risk qilmas ekansan aniq oxshamidi.
Sen qanchalik yosh bo'lsang shunchalik kop risk imkoniyating bor chunki senda mas'uliyat yo'q oila yo'q, bola yo'q, lekin qo'llab quvvatlovchi ota-onang va xatolaringdan chiqariluvchi tajriba bor
Maqollar har doim ham hikmatlimi?
Bir yigitga qirq hunar Oz!
Shu maqolga amal qilib qirq xil hunarni bilishga intilamiz lekin hech biri mukammal emas. Ammo, hozirgi dunyoga bir hunarni professional darajada biladigan insonlar yetishmayapti, aynan ular qadr topadigan va yuksaladigan insonlardir.
Uzumini yegin-u bog'ini surishtirma!
Puling halolmi xarommi farqi yo'q. Karrupsiyani oqlovchi va ularga shior bo'lib xizmat qilayotgan maqol. Aslida biz teskarisini qilishimiz kerak emasmi? Har bir luqmamizni tekshirib uni haloldan topishimiz kerakmasmidi?
Yetim qo'zi boqsang og'zi burning yog' bo'lar, yetim bola boqsang og'zi burning qon bo'lar.
Aqlimni taniganimdan beri eng yomon ko'rgan maqolim yoshligimda ham ko'p o'ylab yurardim nega shunaqa ekan deb. Aslida dinimizda kim yetimning boshini silasa u men bilan jannatda yonma-yon turadi demadilarmi payg'ambarimiz Muhammad ( s.a.v).
O'z versiyalaringiz bo'lsa kommentga yozishingiz mumkin.
@MuhammadUralov
O'zingga kuniga bir necha marotaba berishing kerak bo'lgan savol: men hozir shug'ullanayotgan ish chindan ham meni kelajakda men orzu qiladigan inson bo'lishimga yordam beradimi?
Agar javobi yo'q bo'lsa, hoziroq mashg'ulotlaringni va atrofingdagilarni o'zgartir. 5 yildan keyin hozirgi vaqtingni pul bilan ham topa olmay qolasan.
@MuhammadUralov
Samimiylik
Qanday qilib samimiy insonlarni atrofimda yig'sam bo'ladi?
-O'zing samimiy bo'l, boshqalar o'zi topib keladi.
Samimiy inson bu positive insonmi?
- yo'q, samimiy inson bu ichida nimani o'ylasa yashirmay ayta oladigan insondir. Yaxshi yoki yomon fikr buni farqi yo'q!!
Masalan bironta yaqin insoningizni kiyinishi sizga yoqmadi. Shunchaki senga bu yarashmabdi deb aytish ham samimiylik.
@MuhammadUralov
Mening bobom har kuni ishga 10 km piyoda yurib borardi, dadam esa 5km. Men hozir Cadillacda yuraman, mening farzandim Mercedes haydaydi, nevaramda esa Ferrarisi bo'ladi. Lekin mening nevaramdan keyingi avlodi yana piyoda yuradi.
Nega ?
Javobi oddiy: qiyin sharoitlar kuchli erkaklarni tarbiyalaydi, kuchli erkaklar esa yaxshi sharoitlarni yaratishadi, oson hayot kuchsiz erkaklarni tarbiyalaydi, kuchsiz erkaklar esa yana qiyin sharoitlarni yaratishadi. Ko'pchilik buni tushunmayd,i lekin ishoning! Biz hayotda jangchilarni tarbiya qilishimiz kerak.
P/S: bizning ko'pchiligimiz hozir yaxshi sharoitda yashamoqdamiz keyingi keladigan zamondan ehtiyot bo'lishimiz kerak!
@MuhammadUralov
U kim?
Orqangdan maqtaydigan, yuzingga kamchiliklaringni sabr va to'g'ri vaqtda ayta oladigan inson.
Sen ota-onang yoki oilangdagilarga ayta olmaydigan muammolaringni eshituvchi va unga eng to'g'ri maslahatni bera oladigan inson.
U bilan har kuni gaplashmaysan lekin bir gaplashganingda 6 soat qanday o'tganini sezmay qolasan.
U senga haqni eslatuvchi, diningni yuksaltiruvchi, namozlaring va amallaringni qiyomatdagi hisob-kitobdan oldin to'g'ri baho bera oluvchi.
Xursandchilik vaqti kela olmasa ham qiyinchilik vaqti doim yoningda. Hatto sen unday qila olmagan bo'lsang ham.
Ularning soni ko'pmas uzog'i bilan 1 yoki 2ta bo'ladi. Shuning uchun ham qadri baland.
Hamma jabhada bo'lgani kabi bunda ham avval berasan keyin olasan. Sen avval ishonch, tayanch, qo'llab-quvvatlov va o'zing uchun eng qimmatli narsalaringni berasan keyin unga erishasan ya'ni keyin olasan. Lekin men avval olganman endi beraman insha'Allah.
U tufayli Alloh roziligini topasan va qiyomatda barcha sendan qochayotgan vaqtda faqatgina u senga yordam bera oladi. Bu sening qiyomatli do'sting!
Kulfat kelishi shartmi?
Judayam ko'plab insonlarni bilaman to'g'ri yo'lga qaytgan, o'zgargan, ham dini ham dunyosini to'g'ri yo'nalishda olib ketadi. Lekin qachonlardir katta gunohlar ichida, dangasalik va bekorchilik, o'ziga va boshqalarga zarar berish bilan shug'ullangan.
Ular qachon o'zgargan? Qachonki Alloh tomonidan katta sinov, qiyinchilik kelgandan keyin o'zgargan. Qiyin vaqti hammani asl yuzini ko'rgan, dunyoning haqiqiy bahosini anglashgan. Nega yaratilganini o'ylab ko'rishgan, fikrlashgan va missiyasini topishgan.
Meni qiynaydigan savol esa nahot-ki shu to'g'ri yo'lga kirish uchun shunaqa katta sinov va qiyinchilik ko'rishimiz shartmi? Axir bilamiz-ku nima to'g'ri-yu nima noto'g'riligini. Nega endi sog'-salomat, xotirjamlik vaqti ibodatlarimizni qilmaymiz? va'dalarni bajarmaymiz? dangasalik va erinchoqlikdan qutulmaymiz?
O'zimga beradigan eng ko'p va qo'rqinchli savolim esa: Sen qanday musibatni kutayapsanki, hali ham diningga to'liq amal qilmaysan? Berilgan imkoniyatlardan to'g'ri foydalanmaysan? Nima 100yil yashashga kafolating bormi?....
@MuhammadUralov
Qanday kitob o'qishni maslahat berasiz?
Kitob tanlab o'qish xuddi doktorga borishga o'xshaydi. Qayering og'risa shu yerning mutaxassisiga murojaat qilasan, to'g'rimi?
Quloq va burunda muammo bo'lsa Lorga, ko'zing og'risa okulistga, yuraging og'risa kardiologga borganing kabi sening qaysi jihatingda muammo bo'lsa shunga mos kitob o'qishing lozim.
Aslida kamchiliklar ham kasalliklar kabidir to'g'ri tanlangan kitob esa malakali doktorga o'xshaydi.
Hissiyotlaringni boshqara olmayapsanmi? "Emotional intelligence" kitobini o'qi, shaxsiy rivojlanishda muammolar bo'lsa "7 habits of highly successful people", qarama-qarshi jins vakillarini tushunishni xohlasang "men from Mars women from Venus" kitobi, yomon odatlarni tashlab yaxshisini boshlamoqchimisan "atomic habits" kitoblarini seni davolaydi.
Men sanagan kitoblar sening kasaling uchun o'z sohasidagi eng kuchli professorlardir. Ularni albatta o'qi.
Ha aytgancha, bilasan-a? O'zimizda sifatli doktorlar kam ular hamma kasalingni ham davolay olishmaydi. Shuning uchun odamlar chet elga chiqishadi. Sen ham sifatli doktor( kitob) uchun chet tilini bilishing kerak( rus va ingliz) bu senga o'z sohasini eng kuchli professorlaridan shifo topishingga yordam beradi.
@MuhammadUralov
Nega 25 yoshdan keyin ilm olish qiyin?
Yoshing katta bo'lgan sari yangi narsa o'rganishing albatta qiyinlashadi. Lekin bu ko'pchilik o'ylagani kabi xotira bilan bog'liq emas. Bizning miyyamizda doim priority ( eng muhim ishlar) ro'yxati bo'ladi. 25 yoshgacha va 25yoshdan keyin bu ro'yxat ketma-ketligi albatta o'zgaradi.
25 yoshgacha: 1-shaxsiy rivojlanish, 2-yangi til o'rganish, 3- sport bilan shug'ullanish, 4-do'stlar, 5- oila, 6-ish.
25 yoshdan keyin: 1-oila, 2-ish, 3- shaxsiy rivojlanish, 4- do'stlar, 5- til o'ganish, 6-sport.
Qachonki sizning vaqtingizni 1 va 2 dagi ishlar ko'proq olar ekan siz keyingilarini chopishni boshlaysiz. Avval yangi til o'rganish va sport uchun oila va do'stlarni vaqtini kamaytirgan bo'lsangiz endi oila va ish uchun shaxsiy rivojlanish vaqtidan o'g'irlay boshlaysiz.
Xulosa: har ishni o'z vaqtida qilish kerak. Uylanmaganmisan bosish kerak ilmni. Keyin ilm senga yetarli vaqt va pul beradi.
@MuhammadUralov
Sen farzandingni to'g'ri tarbiyalamoqchimisan? Unda qo'shni bolalar va mahallaga ham e'tiborsiz bo'lma, chunki aynan ular sening farzandingni ko'chadagi tarbiyachilaridir.
@MuhammadUralov
Dangasalikni yengish bo'yicha men ko'rgan eng zo'r video. No comment!
@MuhammadUralov
Bugun men eshitgan eng zo'r gap: Dangasamisan battar bo'l! Nega o'z kelajagi uchun harakat qilishni xohlamaydigan insonga boshqasi mativatsiya berishi kerak?! O'z hayoti, oilasi uchun kurashsin u ham!
@MuhammadUralov
O'zgarish
1.Har bir odam o'zgarishlarni atrofdagilardan boshlashni xohlaydi. O'zini esa oxirgi o'rinda ko'radi lekin hammasi teskari ekanligini bilganda bunday qilmasdi.
2. O'zidagi o'zgarishlarni birinchi harakatlardan emas fikrlarni o'zgartirishdan boshlash kerak.
3.Fikring o'zgarmaguncha hayoting o'zgarmaydi. O'zingni o'zgartirmaguningcha hech kim seni o'zgartirmaydi.
4. Agar tuxum tashqi tomondan sindirilsa jo'ja uchun hayot tugaydi, ichkaridan yorib chiqilganda esa uning yangi hayoti boshlanadi( fact). Hamma buyuk ishlar ichkaridan boshlanadi.
5. Ikkinchi qadam esa krugingni o'zgartirishdir. Aslida sen bu - atrofingdagi eng yaqin va eng ko'p aloqa qiladigan 5kishining yig'indisisan. Ular o'zgarsa dunyoqarashing, fikrlashing, odatlaring va xatto daromading ham o'zgaradi.( Men xatto krugini o'zgartirib narkamanlikni tashlab ketganlarni ham bilaman, sening qolgan yomon odatlaringni o'zgartirish imkonsiz emas!)
6. Avval odatlaringni o'zgartir keyin ular seni hayotingni o'zgartirishadi.
7. " Insonlar o'zlarini o'zgartirmaguncha Alloh ham ularni holini o'zgartirmas".
@MuhammadUralov
Nimani qattiq yaxshi ko'rsang shu sening sinovingdir
Odamlar bor futbol uning hayoti kechasi 1da yoki 3da bo'lsin unga farqi yo'q u albatta ko'radi. Agar sevimli jamoasi yutqazib qo'ysa keyingi bir haftani kayfiyatsiz va samarasiz o'tkazadi. Hatto jamoasi uchun do'stlarini so'kib xafa qilishdan va o'z yaqinlariga negative energiyasini sochishdan qaytmaydi. Futbol uning sinovi.
Ba'zi ota-onalar bor farzandini haddan oshiq yaxshi ko'radi uni hech qanday qiyinchiliklarsiz o'stirgisi keladi. Barcha tilaklarini bajo keltiradi lekin hozirgi shirin farzandining harhashasi 10-15 yildan keyin ham xuddi shunday shirin bo'ladimi? O'ylab ko'rmaydi! Farzandiga bo'lgan muhabbati uni to'g'ri tarbiya qilishga yo'l qo'ymaydi. Oxir-oqibat farzandi uning sinoviga aylanadi.
Ba'zi bir qarama-qarshi jins vakillariga bo'lgan muhabbat egalari bor. Ularning juftiga haddan oshiq oshiqligi uning har qanday aybi-yu, qopol xatolarini ko'rishga imkon bermaydi. Hattoki, bir necha xiyonatlarini "kechirishga" majbur qiladi bu ko'r muhabbat. Shu ayol ( erkak) uning sinovidir.
Qaysi joyda muvozanat bo'lmasa usha joyda baxt bo'lmaydi. Sen nimani haddan oshiq sevsang shu bilan sinalaverasan.
@MuhammadUralov
Alloh buyurgan ishlardan ( namozdan, ro'zadan...) ilmiy isbot qidirmang. Shunchki unga so'zsiz amal kerak, xolos.
Ishoning! Qidirsangiz albatta 1yil, 2 yil, 3yilda javobini topasiz. Yo'qotganingiz esa Allohga bo'ysinmay o'tgan oylar, yillar va umrlar bo'ladi.
Agar rostdan ham ilmiy isbot topish istagi kuchli bo'lsa avval amal qilishni boshlab keyin uni qidirishni boshlang. Shunda topganingizgacha bo'lgan davr isrofda va gunohda o'tmaydi.
Muso ( a.s) Xizr ( a.s) bilan bo'lgan voqealarini eshitsangiz har bir ishda hikmat va xayr borligini tushunish osonlashadi.
Ustozimiz @azizrakhimov_blog bilan bo'lgan suhbatlardan olingan insight.
@MuhammadUralov
Inson tabiatidan bexabar holda, o'zidan boshqa hammani narsani o'zgartirish orqali baxtga erishmoqchi bo'lganlar butun umrini bexuda sarflaydi hamda g'am-azoblarini ikki barobar ko'paytiradi.
@MuhammadUralov
