Math_Master
Открыть в Telegram
265
Подписчики
Нет данных24 часа
Нет данных7 дней
-330 день
Архив постов
264
⚡️Milliy sertifikat uchun ro‘yxatdan o‘tish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
1⃣ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat: fuqarolik pasporti (fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi) yoki ID kartasi;
2⃣ 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli oq fondagi rangli fotosuratning elektron shakli (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi bilan murojaat qilganda).
Ariza berish online tarzda my.dtm.uz saytida amalga oshiriladi.
264
⚡️MATEMATIKAdan miliy sertifikat guruhi ochiladi. Milliy sertifikat sizga nima beradi:
1. 104 BALL 🔥(asosiy fan bo'lsa 30×3,1=93 va majburiy fan uchun 10×1,1=11 Jami 93+11=104) bu ball ko'p o'quv yurtlari yo'nalishlari uchun hattoki kirish balli 😱hisoblanadi.
2. 3-yil muddat uchun sertifikat.📄
3. Sertifikat olgandan so'ng boshqa fanlarga ko'proq vaqt sarflash imkoniyati⏳
💪Salohiyatli o'quvchilar guruhga qabul qilinadi ya'ni sinov asosida
💥Ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
📚Sertifikat uchun imtihon 1 yilda 2 marta o'tkaziladi. 1-siga ulgurmasangiz 2-siga hozirdan tayyorlanishni boshlang.
Murojaat uchun tel: 973057700
264
Repost from Bilimni baholash agentligi
⚡️ Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari
🔰 Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilgan.
⏳ Mazkur qaror asosida 2022-yil 25-27-noyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkaziladi.
📆 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 24-oktabrdan 12-noyabrga qadar amalga oshiriladi.
📍 Bunda talabgorlar test topshirish hududi sifatida o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlashlari va mazkur hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.
📚 Shuningdek, talabgorlar test topshirish tili sifatida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlab, mazkur tilda imtihon topshirish imkoniyatiga ega.
📋 Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.
✅ Mazkur sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirishda quyidagicha ballar beriladi:
🔹 eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha to‘plaganlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
🔹 eng yuqori ballning 86 foizi va undan yuqori ball to‘plaganlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball;
🔹 tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
264
#ибрат
Энг қисқа филм
"Дунёнинг энг яхши 10 дақиқалик фильми" унвонини олган қисқа метражли филмни кўриш учун кинотеатрга одамлар йиғилди. Фильм бошланди ҳамки катта экранда уйнинг оппоқ шифтидан бошқа ҳеч нима кўринмасди. Тўртинчи дақиқада ҳам шу аҳвол, бешинчида ҳам.
Саккизинчи дақиқада ҳам шифтдан бошқа ҳеч нарса йўқ эди, одамлар бетоқатлана бошлади, баъзилари кинотеатрни тарк этди, баъзилари кетган вақтига ачинди. Тўққизинчи дақиқада экранда ҳасталик туфайли бир умр фалажликка маҳкум бўлган бола ва унинг ётоғи кўринди.
Экрандаги ёзув: "Бу болакай яна неча йилларни шу зайлда давом эттиради, сиз эса 8 дақиқа чидолмадингиз... "
P.S.: Сиз-чи, сиз! Оёқ-қўлингиз саломатлиги учун шукрона айтдингизми!?
Ибрат учун биродарларимизга улашамиз!
https://t.me/mathmasterAAA
264
[ Фотография ]
#fakt
Izlanishdan to‘xtamang!!!
Cho'qqida turgan inson u yerga osmondan tushib qolmagani kabi hech kim bilimli yoki muvaffaqiyatli bo‘lib tug‘ilmagan...
264
Kembrij univeristeti haqida
🏫Kembrij universiteti 1209 – yilda Oksford Universitetini tark etgan olimlar tomonidan tuzilgan. Buning sababi mahalliy aholi bilan bo‘lgan nizolar edi. 1214 – yilda ular tomonidan Kembrij Universiteti uchun qonun – qoidalar ishlab chiqilgan.
🏅Yer sayyorasidagi hech qaysi universitet son jihatdan Kembrij kabi dunyoga Nobel mukofoti sovrindorlarini chiqarib bermagan. Bu yerda o‘rta asrlarning mashhur olimlari Isaak Nyuton va Frensis Bekonlar taxsil olishgan.
✔️Kembrij talabalarida arxeologik qazishmalarda ishtirok etish, kamondan o‘q otish va boshqa qiziqarli ishlar bilan shug‘ullanish imkoniyati bor.
🎾Kembrij talabasining hayotida sport katta o‘rin tutadi. Universitetda tennis, kriket, regbi va futbol maydonlari, mashg'ulot zallari, va qayiqlar bor.
🔍Universitet bitiruvchilarini ishga joylashishlarida maxsus markaz – The Sareers Servise yordam beradi. U yerda internaturalar va mavjud vakansiyalar haqida maʼlumot beriladi.
264
📚Eng yaxshi sarmoya farzand ta'limiga tikilganidir!
Yuqoridagi rasmdagi yigit bundan 27 yil oldin AQShning Stenford universitetida o‘qish uchun grant yutadi. Biroq Hindistondan u yerga uchib borishga mablag‘i bo‘lmaydi.
⚡️ Shunda otasi o‘zining qariyb bir yillik maoshiga teng pulga unga chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQShga uchib ketadi.
💪 O‘sha yigit (pastdagi rasm) - Sundar Pichay - 2015-yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2019-yilda uning yillik maoshi 281 million dollarga teng bo‘lgan.
Otaning bir paytlar qilgan katta jasorati kun kelib o‘z mevasini berdi.
Eng maqbul sarmoya - bu farzand kelajagiga sarflangan sarmoyadir.
264
Repost from Ta'lim nazorati
❗️Олий таълим ташкилотларида масофавий таълимни жорий этиш тартиби белгиланди
Ҳукумат қарори (559-сон, 03.10.2022 й.) билан “Олий таълим ташкилотларида масофавий таълим шаклини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги низом тасдиқланди.
📃 Низом билан масофавий таълим орқали олий таълим ташкилотларида бакалавриат ва магистратура босқичларида кадрларни тайёрлашни ташкил этиш тартиби белгиланди.
🔰 Бунинг учун таълим ташкилотида қуйидагилар бўлиши талаб этилади:
▫️масофавий таълимни бошқариш учун “Learning Management System” платформаси;
▫️интернетга уланиш ва фойдаланиш учун ахборот-коммуникация инфратузилмаси;
▫️ўқув йили учун мўлжалланган ўқув контенти;
▫️фанларнинг электрон ўқув-методик мажмуалари ҳамда илмий ва ўқув адабиётларининг электрон базаси;
▫️компьютер техникаси билан жиҳозланган алоҳида бино ёки аудиториялар;
▫️техник ва дастурий компонентлар ишлашини таъминлайдиган муҳандис-техник ходимлар;
▫️таълим ташкилотига тегишли бўлган, мамлакат ҳудудида жойлашган сервер қурилмаси;
▫️таълим ташкилоти тўғрисидаги барча ахборотлар жойлаштирилган расмий веб-саҳифа.
🗓 Масофавий таълим жорий этиш мумкин бўлмаган бакалавриат таълим йўналишлари ва магистратура мутахассисликлари ҳар йили 1 апрелгача эълон қилинади.
📝 Масофавий таълим асосида кадрлар тайёрлашда бир бакалавриат таълим йўналиши 300 нафар, бир магистратура мутахассислиги 30 нафар талабадан ортиқ бўлмаслиги лозим.
🔹Бунда:
▫️мазкур талаб ахборот-коммуникация технологиялари йўналишларига татбиқ этилмайди;
▫️талабалар сонини аниқлашда хорижий давлат фуқароси бўлган талабалар ҳисобга олинмайди.
✅ Масофавий таълимда ўқишга қабул қилинган талаба қуйидаги ҳолларда олий таълим ташкилотига келиши шарт:
▫️ўқув жараёни бошланишидан аввал – LMS платформасида рўйхатдан ўтиш учун;
▫️ҳар семестр якунида – якуний назорат топшириш ўтиш учун.
⚠️ Шунингдек, якуний давлат аттестацияси, битирув малакавий ва магистрлик иши ҳимояси бевосита олий таълим ташкилотида анъанавий тарзда амалга оширилади, уларни синхрон ёки асинхрон режимида қабул қилишга йўл қўйилмайди.
Масофавий таълим шакли тўлов-контракт асосида амалга оширилади.
Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://t.me/uztdi
264
Repost from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
ASOSIY OLIMPIADANING TUMAN BOSQICHI TOPSHIRIQLARI
#Matematika
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
264
Repost from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
Asosiy olimpiadaning tuman bosqichi haqida ma'lumotlar bilan tanishing.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
264
Repost from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
Asosiy olimpiadaning tuman bosqichi haqida ma'lumotlar bilan tanishing.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz, oo.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Уже доступно! Исследование Telegram 2025 — ключевые инсайты года 
