cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

"NMZ" yoshlari

"Navoiy mashinasozlik zavodi" Ishlab chiqarish birlashmasi yoshlar hayoti Taklif va murojaatlar uchun: Xazrat Salimjonov (93) 521.83-65

Больше
Рекламные посты
280
Подписчики
+524 часа
+97 дней
+230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
#konchilik_va_metallurgiya_sanoati_xodimlari_kuni #kasb_bayrami #bayram_shukuhi NAVOIY MASHINASOZLIK ZAVODIDA KASB BAYRAMI NISHONLANDI Joriy yilning 16-may kuni “NKMK” AJ “NMZ” IChB da Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan bayram dasturxona va konsert dasturi tashkillashtirildi. Bayram konsert dasturxoni va bir qator birlashma ishchi-xodimlari faxriy yorliq va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar jumladan Quymachilik sexi ishlab chiqarish boʻyicha sex boshligʻi oʻrinbosari Xudoyberdiyev Rasulberdi Xaqberdiyevich “NKMK” AJ 3-darajali “Konchilik shuxrati” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Savol va takliflar uchun; @HazratSalimjonov (93) 521.83-65 https://t.me/nmzyoshlari
Показать все...
👍 2
#konchilik_va_metallurgiya_sanoati_xodimlari_kuni #kasb_bayrami #bayram_shukuhi NAVOIY MASHINASOZLIK ZAVODIDA KASB BAYRAMI NISHONLANDI Navoiy mashinasozlik zavodida ishchi-xodimlar, soha ilg‘orlari, mehnat faxriylari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olgan “NKMK” AJ bosh mexanigi O‘.Rahmatov, zavod direktori J.Hayitovlar soha fidoiylari mehnati, yutuqlarini eʼtirof etib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, bir guruh soha ilg‘orlariga "Konchilik shuhrati" ko‘krak nishoni, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar topshirildi. Bugungi kunda Navoiy mashinasozlik zavodi mahalliylashtirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha respublikamizda eng yuqori o‘rinlarni egallab kelayapti. Ayni paytda korxonada 3,3 ming nafardan ortiq muhandis-texnologlar, metallurglar, mexaniklar, konstruktorlar va boshqa kasb egalari fidokorona mehnat qilishmoqda. Bu zavod tog‘-kon sanoati uchun uskunalar, jihozlar, ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqarish, kon elektr ekskavatorlari, burg‘ulash uskunalari va og‘ir yuk tashuvchi avtosamosvallarni kapital  taʼmirlash, shuningdek turli metallarga ishlov berish va mahalliylashtirish dasturi doirasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik mashinasozlik korxonasidir. Zavodda 15 ming turdan ortiq tog‘-kon sanoati uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bayram tadbirida korxonaning iqtidorli xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Kanalga ulanish: 👇👇👇 https://t.me/ngmkofficial 🌐 Sayt 🔝 Telegram 🔝 Facebook 🔝 Instagram 🔝 Youtube 🔝 Twitter🔝Linkedin
Показать все...
👍 2👏 1
Перейти в архив постов