ru
Feedback
𝐴𝑙𝑡𝑒𝑟 𝐸𝑔𝑜

𝐴𝑙𝑡𝑒𝑟 𝐸𝑔𝑜

Открыть в Telegram
408
Подписчики
Нет данных24 часа
-37 дней
-830 день
Архив постов
Federatsiya (soʻnggi lot. foederatio — birlashma, uyushma) 1) davlat tuzilishi shakli; yuridik jihatdan muayyan siyosiy mustaqilligi boʻlgan davlat tuzilmalaridan tashkil topgan murakkab (uyushma) davlat. Federativ davlatni tashkil etuvchi davlat tuzilmalari (shtatlar, oʻlka, kontonlar) Federatsiya subyektlari hisoblanadi va oʻz maʼmuriyhududiy boʻlinishlari boʻladi. Federatsiyada yagona konstitutsiya, yagona ittifoq (federal) davlat hokimiyati organlari boʻladi, yagona fuqarolik, pul birligi va shahrik. amal qiladi. Unitar davlatdan farqli ravishda Federatsiya hokimiyat oliy organlarining 2 tizimiga — federal organlar va Federatsiya aʼzolarining tegishli organlariga ega boʻladi. Federal organlar mamlakatning hamma qududida oʻz vakolat va vazifalarini amalga oshiradi. F.ni tashkil etuvchi davlat tuzilmalari tom maʼnoda davlat hisoblanmaydi. Ular suverenitetga, ittifokdan bir tomonlama chiqish huquqiga ega boʻlmaydi, yuridik jihatdan xalqaro munosabatlarda qatnashish xuquqidan mahrum. Ittifoq konstitutsiya yoki qonunlari buzilgan taqdirda markaziy hokimiyat Federatsiya subyektiga nisbatan majburlash choralarini koʻrish huquqiga ega. Federatsiyaning eng zarur belgilaridan biri — federal parlamentning 2 palatali tuzilmasidir. Odatda, Federatsiya aʼzolarining oʻz mustaqil konstitutsiyasi boʻladi. Milliy (til) omilning ahamiyatiga qarab Federatsiya tuzilishini belgilashda hududiy asosdagi Federatsiya (AQSH, Avstraliya, Avstriya, GFR, Argentina, Venesuela, Braziliya, Meksika), milliy asosdagi Federatsiya (Hindiston, Belgiya, Nigeriya, Pokiston) va aralash milliy-hududiy asosdagi Federatsiya (Rossiya Federatsiyasi, Shveysariya, Kanada) farklanadi. Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida, shuningdek, baʼzan konstitutsiyaviy Federatsiya (AQSH, Kanada, Braziliya), konstitutsiyaviy shartnomaviy Federatsiya (Rossiya Federatsiyasi) va shartnomaviy Federatsiya (Shveysariya, Birlashgan Tanzaniya Respublikasi, BAA), markazlashgan (mas, Hindiston, bu yerda bitta shtatdan boshka shtatlar oʻz konstitutsiyasi va fuqaroligiga ega emas) va markazlashmagan Federatsiya (AQSH, GFR, Shveytsariya) oʻrtasidagi farq koʻrsatib oʻtiladi. @siyosiyong 🧠

Unitar davlat — davlat tuzilishi shakli; bunda davlat hududi tarkibida, federatsiyadan farqli ravishda, federativ birliklar (shtatlar, yerlar) boʻlmaydi, balki u maʼmuriy-hududiy birliklar (tumanlar, viloyatlar, kantonlar va hokazo)ga boʻlingan boʻladi. Mazkur mustaqil qismlar davlat suvereniteta alomatlariga ega emas. Bunday davlatda oliy organlarning yagona tizimi hamda yagona qonunchilik (Konstitutsiya, fuqarolik, oliy davlat xrkimiyati) buladi. Barcha unitar davlatlarga xos bulgan markazlashtirish turli shakllarda va turli darajada namoyon bulishi mumkin. Baʼzi mamlakatlarda mahalliy organlar umuman boʻlmaydi va maʼmuriyhududiy boʻlinmalar markaziy hokimiyat vakillari tomonidan boshqariladi. Boshqa davlatlarda mahalliy organlar tashkil etiladi-yu, lekin ular (bevosita yoki bilvosita) markaziy hokimiyat nazorati ostida buladi. Markaziy hokimiyat mahalliy organlar ustidan nazoratning qanday turini amalga oshirishiga qarab, Unitar davlatlar markazlashgan va markazlashmaganga bulinadi. Markazlashgan Unitar davlatda mahalliy organlarning markazga buysunishi markazdan tayinlanadigan mansabdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Markazlashmagan Unitar davlatda mahalliy organlar markaziy organlardan mustaqil ravishda shakllantiriladi, shuning uchun ular oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar markazlashmagan asoslarda oʻrnatiladi. Unitar davlat tarkibida davlat belgilari mavjud milliyhududiy tuzilmalar ham boʻlishi mumkin, masalan, muxtor viloyat, muxtor respublika. @siyosiyong 🧠

Aristokratiya (yun. aristokratia – yaxshilar hukmronligi) 1) iqtisodiy hukmron sinf, zodagonlarning siyosiy hokimiyati, hukmronligi. Aristokratiya birinchi marta antik davrning mashhur mutafakkirlari – Aristotel, Platon tomonidan quldorlik davlat tuzumini idora etish vositasi sifatida ishlab chiqilgan; 2) quldorlik va undan keyingi ilk davlatlarda eng imtiyozli tabaqa. @siyosiyong 🧠

🇦🇹 Vena konvensiyalari (1961 va 1963) — diplomatik va konsullik munosabatlariga bagʻishlangan konvensiyalar. Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi 1961-yil 18-aprelda Vena shahrida, diplomatik munosabatlar va immunitetlar masalalari boʻyicha BMT konferensiyasida qabul qilingan. Davlatlar boshliqlari huzuridagi diplomatik vakolatxonalar maqomi va vazifalarini belgilab beruvchi bu asosiy xalqaro huquqiy hujjat 53 moddadan iborat boʻlib, jumladan davlatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish tartibiga, diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini taminlash va chaqirib olishga, mazkur vakolatxona xodimlarining diplomatik maqomlariga, ularga va oila aʼzolariga beriladigan imtiyoz va daxlsizliklarga, ular vazifa olgan mamlakatlarga kelishi va qaytishiga, qabul qiluvchi mamlakat hududida oʻzlarini qay shaklda tutishlariga oid qoidalardan iborat. Vakolatxonalarning muayyan diplomatik maqomga ega rahbarlari va vakolatxona diplomatik xodimlari orasidan sardor (duayen)ni, vakolatxonaning muvaqqat ishlar vakilini tayinlash masalalari yuzasidan ham qoidalar bayon qilingan. Konsullik aloqalari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi 1963-yil mart — aprelda, BMT xalqaro huquq hayʼatining loyihasini koʻrib chiqish uchun 92 davlat vakillari qatnashgan Vena konferensiyasida qabul qilingan. Mazkur konvensiya xalqaro muomalada ishtirok qiluvchi barcha davlatlar oʻrtasidagi konsullik aloqalarini tartibga solib turadi. @siyosiyong 🧠

🎌 Diplomatik immunitet - chet el diplomatik vakillariga, maxsus missiyalarga, davlatlarning xalqaro hukumatlararo tashkilotlardagi vakilliklariga, ularning rahbarlari va xodimlariga beriladigan huquq va imtiyozlar majmui. Diplomatik immunitet chet el diplomatlari (elchi, elchixona kotiblari, attashe va boshqalar) va ular egallagan binolarning daxlsizligi, mahalliy sud tomonidan sud qilinmasligi, oʻz hukumati bilan yashirin aloqa qilish huquqi va hokazodan iborat. Diplomatik vakilni maʼmuriy va sud yoʻli bilan qamashga, uning shu mamlakat fuqarolari yoki ajnabiylar tomonidan haqoratlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Vakolatxona binosi, undagi ashyolar, vakillarning turar joyi, mulki daxlsiz boʻlib, ular joylashgan binolar davlat muhofazasiga olinadi. Diplomat sud immuniteti huquqiga ham ega. Diplomatik vakillar gʻayriqonuniy xatti-harakati uchun javobgarlikka tortilmasdan, balki xalqaro diplomatik tartib asosida uni vakil etib yuborgan davlat tomonidan chaqirib olinadi. Shuningdek, ular soliklardan ozod qilinadi, bojxona imtiyozlariga ega. Diplomatik immunitetga ega shaxslar oʻzlari yashab turgan davlat qonunlarini hurmat qilishga majbur, bu qonunlarni buzgan holda nomaqbul shaxs deb eʼlon qilinishi mumkin. @siyosiyong 🧠

💭 Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman Mafkuralar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va maqsadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday Mafkuraviy jamiyatda yangi paydo boʻlgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi gʻoyaviy tizim sifatida vujudga keladi va, asosan, qu-yidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi: muayyan gʻoyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; koʻzlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni maʼnaviyruhiy ragʻbatlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish va shahrik. Mafkura muayyan falsafiy, diniy taʼlimotlar asosida yaratiladi, maʼlum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkura oʻz mohiyati va taʼsir kuchiga koʻra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga boʻlib yuborishi, davlatning jahondagi obroʻ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka koʻtarishi yoki tanazzulga duchor etishi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor gʻoyalarga asoslangan Mafkura ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga turtki boʻladi, maʼnaviyatni yuksaltiradi, insonlarni ulugʻvor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik gʻoyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan Mafkura bunyodkorlik xususiyatiga ega boʻladi. Hukmronlik, mustabidlik, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik gʻoyalari asosida shakllangan, millat va xa-lkdarni asoratga soladigan Mafkura vayronkorlik xususiyatiga egadir. Mafkuraning diniy, dunyoviy, milliy, siyosiy va boshqa koʻrinishlari bor. Aksariyat rivojlangan mamlakatlar xalqdari erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bagʻrikenglik kabi gʻoyalarga asoslangan Mafkuraga tayanmoqda. @siyosiyong 🧠

Diniy ekstremizm - avvalo, boshqa konfessiyalarga (dinlarga), ularning vakillariga nisbatan toqatsiz boʻladi. Diniy tashkilotlardan dunyoviy davlatga qarshi kurashda foydalanadi. Ekstremizmning turli koʻrinishlari soʻnggi vaqtlarda dunyoning koʻp mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida ham oʻzini namoyon eta boshladi. Turli diniy ekstremistik tashkilotlar yangidan mustaqillikni qoʻlga kiritgan dunyoviy davlatlarga tahdid solmoqda. Ular vaqtinchalik qiyinchiliklarni roʻkach qilib, aholini, ayniqsa, yoshlar ongini aqidaparastlik gʻoyalari bilan zaharlamoqda. Farzandlarni yoʻldan urishga, oʻz ota-onasiga, akaukasiga, oʻzi tugʻilib oʻsgan maskaniga, davlatiga qarshi qoʻyishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda Ekstremizmga qarshi kurash oʻta dolzarb vazifa hisoblanadi. @siyosiyong 🧠

Ekstremizm (lotincha — oʻta, keskin) siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish. Ekstremizmning siyosiy va diniy koʻrinishlari yaqqol ajralib turadi. Siyosiy Ekstremizm namoyandalari oʻzlarining gʻarazli maqsadiga erishish uchun kuch ishlatish usullaridan foydalanib, mavjud siyosiy tuzilmalarning barqaror faoliyat yuritishini buzish va yoʻqotishga harakat qiladi. Bu yoʻlda ekstremistlar va ekstremistik tashkilotlar "demokratiya" niqobi ostida balandparvoz shiorlar, chaqiriqlar bilan chiqib, terrorchilik va partizanlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydilar, qonunga rioya etmaslik, ish tashlashlar, tartibsizliklar chiqarishga urinadilar, odamlarni gijgijlaydilar, terror qilish usulidan foydalanadilar. Ekstremistik tashkilotlarning rahbarlari har qanday murosa va kelishuvni rad etadilar. Oʻziga tobelarni oʻz buyruq va koʻrsatmalarini koʻr-koʻrona bajarishga majbur etadilar. Siyosiy Ekstremizmning millatchilik koʻrinishi turli millat va etnik guruhlar huquqini inkor etishda namoyon boʻladi. Millatchi ekstremistlar faoliyati separatizm bilan bogʻliq boʻlib, koʻp millatli davlatlarni yoʻqotish, tub millat hukmronligini oʻrnatishga qaratiladi. Bunday Ekstremizm millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi va xalqlar oʻrtasida mojarolar chiqishiga olib keladi. @siyosiyong 🧠

👤 Persona non grata (lotincha persona pop grata — nomatlub shaxs) 1) biror davlatga diplomatik vakil etib tayinlanishiga oʻsha davlat hukumati tomonidan rozilik berilmagan yoki ishonchni yoʻqotgan va chaqirib olinishi lozim boʻlgan diplomatik vakil. Persona non grata deb eʼlon qilish mazkur diplomat, uning oila aʼzosi yoki diplomatik vakillikning boshqa biror xodimini shu mamlakat hududida bundan buyon bo‘lishi nomatlub deb topilganligini bildiradi. Bunday qarorga kelish davlat tomonidan o‘zining tegishli odamini aytilgan muddatda chaqirib olishni taqozo etadi, agar muayyan muddat belgilanmagan boʻlsa, iloji boricha tezroq chaqirib olish chorasi koʻrilishi kerak. Agar talab bajarilmasa diplomati mahalliy maʼmurlar xususiy shaxs deb eʼlon qilib, unga oddiy xorijiy fuqaro sifatida munosabatda boʻladilar; 2) koʻchma maʼnoda — xayrixohlik bilan qaralmaydigan odam. @siyosiyong 🧠

Sanksiya (lotincha sanctio — qatʼiy qaror) Iqtisodiy sanksiya — bir mamlakat (yoki mamlakatlar guruhi) tomonidan boshqa bir mamlakatga (yoki mamlakatlar guruhiga) qarshi qoʻllanilgan jazo. Sanksiya (huquqshunoslik) — huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora. Xalqaro sanksiya — oʻz xalqaro majburiyatlarini yoki xalqaro huquq normalarini buzgan davlatganisbatan qoʻllaniladigan taʼsir chorasi. @siyosiyong 🧠

Fashizm (italyancha fassismo — to'da, birlashish) — totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy ko
Fashizm (italyancha fassismo — to'da, birlashish) — totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi. Bunda faqat yuqoridan pastga qarab buyruq beriladi. Fashizm demokratiyaga qarama-qarshisi va uni inkor etish hisoblanadi, u hokimiyatning boʻlinishiga yoʻl qoʻymaydi. Jahon tarixida Fashizmning bir necha koʻrinishlari uchragan. Jumladan, 🇮🇹Italiyada totalitar rejim hokimiyati, 🇩🇪Germaniyada natsistlar Fashizmi, 🇵🇹Portugaliyada harbiy-siyosiy Fashizm, 🇪🇸Ispaniyada harbiy otryadlar Fashizmning har qanday koʻrinishi demokratiya tartibotlari va qadriyatlarini hech qachon eʼtiborga olmaydi, bunday tizimda inson qadri, erkinligi, huquqlari poymol qilinadi. Hokimiyatning jamiyat hayotining barcha jihatlariga haddan tashqari aralashuvi natijasida hamma sohalarni qattiq nazoratga oluvchi totalitar siyosiy partiya shakllanadi va u davlatmonopol tashkilotiga aylanadi. Fashizm ana shunday tashkilotga va "dohiy"ning eʼtiroz bildirib boʻlmaydigan obroʻ-eʼtiboriga tayanadi.

📄 Byurokratiya (fransuzcha bureau byuro, idora; yunoncha kratos — kuch, hokimiyat, xukmronlik) — dastlab hukumat idoralarining rahbarlari va amaldorlari hokimiyati; keyinchalik jamiyatning turli sohalarida paydo boʻlgan yirik tashkilotlardagi xizmatchilar qatlamini ifodalagan. Boshqaruv va maʼmuriyatning zarur qismi sifatida Byurokratiya alohida ijtimoiy qatlamga aylanib boradi. Byurokratiyaga xos xususiyatlar: quyi mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga bosqichmabosqich boʻysunishi, qattiq ish tartiboti, maxsus maʼlumotni taqozo etuvchi rasmiylashgan vazifalarni amalga oshirishda mehnat va masʼuliyat taqsimoti. Tashkilot koʻpchilik aʼzolarining mustaqil ravishda imtiyozli qatlamga aylanishga intilishi oqibatida rasmiyatchilik, oʻzboshimchalik, avtoritarizm va sharoitga moslashish kuchaya boradi, tashkilotning tartibqoida hamda maqsad vazifalariga boʻysundirilishi asosan Byurokratiyani mustahkamlash va saqlab qolish uchun xizmat qiladi. Bu hol ayniqsa avtoritar tizimlarda yaqqol namoyon boʻladi. Mansabdor shaxs tomonidan oʻz vazifasiga vijdonsizlik va sovuqqonlik bilan qarash, fuqarolarning taklif, ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibini buzish, ularga e'tiborsizlarcha munosabatda boʻlish hollari davlat va jamiyat manfaatlariga, fuqarolarning qonun bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Demokratik jamiyat Byurokratiyaning mazkur salbiy xususiyatlarini bartaraf etish va cheklashga qaratilgan nazorat hamda boshqaruv shakllarini ishlab chiqishga harakat qiladi. @siyosiyong 🧠

Konservatizm — ijtimoiy va madaniy hayotda anʼana va vorislik gʻoyasiga tayanuvchi xilma-xil gʻoyaviy-siyosiy va madaniy oqimlar majmui. Tarixda Konservatizm turli shakllarda namoyon boʻlgan, lekin, umuman olganda, mavjud va barqaror ijtimoiy tizimlar hamda meʼyorlarga moyillik, inqilob va keskin islohotlarni qabul qilmaslik — Konservatizmga xos asosiy xususiyat hisoblangan. Ijtimoiy oʻzgarishlar yuz berayotgan sharoitda Konservatorlar eski tartiblarni qayta tiklash, boy berilgan mavqelarni asl holiga qaytarish va oʻtmishni ideallashtirishda koʻrinadi. "Konservatizm" termini birinchi bor fransuz adibi F. Shatobrian tomonidan qoʻllanilgan hamda XVIII asr oxirida Buyuk fransuz inqilobi davrida aristokratiya mafkurasini ifodalovchi qarashlar yigʻindisini bildirgan. Kapitalizm qaror topayotgan davrda Konservatizm gʻarbda liberalizm va sotsializmga qarshi turgan. @siyosiyong 🧠

Davlat boshqaruv shakli – bu davlat mazmunining tashqi korinishi, davlat hokimiyati yuqori organlarining huquqiy holati bilan
Davlat boshqaruv shakli – bu davlat mazmunining tashqi korinishi, davlat hokimiyati yuqori organlarining huquqiy holati bilan belgilanadi. Boshqaruv shakli xarakteri davlat boshligining huquqiy holati va vaziyatidan kelib chiqadi va monarxiya yoki respublika boshqaruv shakllari, davlat boshligining qaysi yol bilan saylanishi yoki tayinlanishi va hokimiyat qaysi yol bilan amalga oshirilishi bilan farqlanadi. 🔵 Respublika 🔴 Monarxiya 🤴👸

💸 Korrupsiya (lotincha: corrumpō — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham Korrupsiya deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini oʻtkazish harajatlarini koʻtarish Korrupsiya koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar koʻrsatib "oʻz qarzini" qaytaradi). Aksariyat Korrupsiya lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bogʻlangan. @siyosiyong 🧠

Teokratik monarxiya - bu fuqarolik hukumatining shakli bo'lib, unda rasmiy siyosat to'g'ridan-to'g'ri ilohiy yo'l-yo'riqlar bilan boshqariladi, diniy Muqaddas Bitiklarda ko'rsatilgandek Xudoning irodasini izohlash, ma'lum bir dinning ta'limotiga muvofiq amalga oshiriladi. Amalda, ruhoniylar ko'rinmas xudoning vakolatli vakili sifatida, haqiqiy yoki tasavvurda, davlat siyosati qonunlarini e'lon qiladi va tushuntiradi. Qattiq ma'noda o'zini Xudoning elchisi deb biladigan hukmdor nazarda tutiladi va barcha qonunlar u tomonidan Xudoning rahbarligi ostida qabul qilinadi. Teokratik hukumat boshlig'i, shuningdek, diniy muassasaning rahbari hisoblanadi. Shunday qilib, fuqarolik qonunlari va funktsiyalari dinning bir qismidir, bu cherkov tomonidan davlatni o'zlashtirilishini anglatadi. "Teokratiya" atamasini birinchilardan bo'lib ishlatgan Jozefus edi, u aftidan yahudiylar ittifoqining tashkil topishini yunoncha "theos" (xudo) va "krateo" (boshqarish) so'zlari bilan butparast o'quvchilarga tushuntirishga urindi. Garchi bu borada uni boshqa boshqaruv shakllari (monarxiya, oligarxiya, respublika) bilan taqqoslab, mavzuni uzoq va biroz chalkash muhokama qilishga kirishsa ham, u "teokratik monarxiya" nima ekanligini tushuntirmaydi. Zamonaviy davrda shunga o'xshash boshqaruv shaklini ko'rib chiqish mumkin bo'lgan mamlakatlarga Saudiya Arabistoni, Eron, Vatikan kiradi. 🇸🇦🇮🇷🇻🇦 @siyosiying 🧠

Respublika – barcha yuqori davlat hokimiyati organlari saylanadi yoki umummilliy vakillik idorasi tomonidan shakllantiriladi. Xorijiy davlatlarda ikki asosiy respublika boshqaruv shakli mavjud: A) prezidentlik respublikasi; 🇺🇿🇹🇷🇷🇺🇫🇷🇺🇸 B) parlamentar respublika. 🇦🇲🇦🇱🇧🇩🇩🇪🇪🇪 @siyosiyong 🧠

Bushizm 🤣 - AQSh Prezidenti George W. Bush va uning otasi George H. W. Bush nutqlaridagi mantiqiy va grammatik xatolar, kulguli vaziyatlar, ulardan kelib chiqqan neologizmlardir. Bushizmlar orqali bu ikki prezident obrazi hajv ostiga olinadi. (Qisqacha qilib aytganda Bushlar qovun🍈 tushirgan holatlar) Misollar: 🛰 NASA hamon koinot bilan qiziqmoqda. 🤦🏻‍♂️ Xudo men orqali gapirmoqda. (16 iyul, 2004) 📰 Oʻqishni bilmasangiz, gazeta oʻqiy olmaysiz. (6 avgust, 2004) 🇮🇶 AQShning Iroqqa hujum qilishi haqidagi fikr kulgulidir. (2005-yilning fevrali, Iroqqa AQSh qoʻshinlari kirganidan ikki yil oʻtib) ☢ Ozod xalqlar - tinch xalqlardir. Ozod xalqlar bir-biriga hujum qilmaydilar. Ozod xalqlar ommaviy qirgʻin qurollari ishlab chiqarmaydilar. (3 oktabr, 2003. Eslatma: AQShning o'zi ommaviy qirgʻin qurollari ishlab chiqaradi ) 🤝 Jasur Iroq fuqarosining Saddam kesib tashlagan qoʻlini siqib qoʻyishdan mamnunman. (Qaysi qo'lni?) @siyosiyong 🧠

TARIXni nimaga o'qigansiz, o'qiysiz va o'qimoqchisiz?
Anonymous voting