cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

GEOGRAFIYA DUNYOSI

Geografiya oʻqituvchisi @T_Keldiyorov kanalga xush kelibsiz Murojaat uchun +998976335808 🌐Qiziqarli maʼlumotlar 🔠 DTM testlar 🌍 Onlayn darslar 🗺️ Offline darslar 🌎 Guruhimiz : https://t.me/Geografiya_dunyosi_uz

Больше
Рекламные посты
1 143
Подписчики
+324 часа
+117 дней
+3930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Repost from N/a
Tomdi tumani g'arb tomonida qaysi tuman bilan chegaradoshAnonymous voting
  • Uchquduq
  • Nurota
  • Navbahor
  • Mo‘ynoq
0 votes
👍 3
Repost from N/a
Tomdi tumani — Navoiy viloyatidagi tuman. 1927-yil 3-iyulda tashkil etilgan. Janubiy qismidan Konimex, Nurota tumanlari, shimoliy qismidan Qozogʻistonning Qiziloʻrda, sharqiy qismidan Janubiy Qozogʻiston viloyatlari, janubi-sharqdan Jizzax viloyati, gʻarbiy qismidan Uchquduq tumani bilan chegaradosh. Maydoni 42,4 ming km². Aholisi 15.0 ming kishi (2024 - yil 1 - yanvar). Tuman markazi — Tomdibuloq qishlogʻi. Tumanda 7 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Keregetov, Koriz, Oqquduq, Oqtov, Soʻkitti, Tomdibuloq, Sheli) mavjud. Tumanda 17 umumiy taʼlim maktabi, qishloq xoʻjaligi, kasb-hunar kolleji mavjud. 25 kutubxona, 11 klub muassasasi, 1 teatr, 2 muzey bor. Kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, dorixonalar, qishloq vrachlik punktlari va boshqa tibbiy muassasalari faoliyat koʻrsatadi. Tomdi tumanida dunyodagi eng yirik oltin konlardan biri Muruntov oltin koni ham joylashgan. @Oliy_Geografiya
Показать все...
💠YEVROPA ITTIFOQIGA (YI)GA QAYSI DAVLAT NECHANCHI YILDA A'ZO BO'LGAN💠 ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ *🇬🇧Buyuk Britaniya-1973-yil 🇩🇰Daniya-1973-yil 🇮🇪Irlandiya-1973-yil 🇬🇷Gretsiya-1983-yil 🇪🇸Ispaniya-1986-yil 🇵🇹Portugaliya- 1986-yil 🇦🇹Avstriya- 1995-yil 🇸🇪Shvetsiya- 1995-yil 🇫🇮Finlandiya- 1995-yil 🇵🇱Polsha- 2004-yil 🇨🇿Chexiya- 2004-yil 🇭🇺Vengriya- 2004-yil 🇸🇰Slovakiya- 2004-yil 🇸🇮Sloveniya- 2004-yil 🇱🇹Litva- 2004-yil 🇱🇻Latviya- 2004-yil 🇪🇪Estoniya- 2004-yil 🇨🇾Kipr- 2004-yil 🇲🇹Malta- 2004-yil 🇷🇴Ruminiya- 2007-yil 🇧🇬Bolgariya- 2007-yil 🇭🇷Xorvatiya- 2013-yil ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ *🇬🇧Buyuk Britaniya o'tkazilgan referendum natijasiga ko'ra ushbu davlat Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqib ketdi.
Показать все...
2
#bu_qiziq Dunyodagi Eng Mittilar Afrika qit'asi o'rtasidagi Kongo daryosi yuqori oqimining o'ng irmoqlari havzasida dunyodagi eng mitti kishilar — pigmelar hayot kechiradilar. Ularning bo'ylari 120—145smga teng. Bu mitti kishilarning vatani tropik o‘rmonlardir. Pigmelar ovchilik hamda yeyish uchun yaroqli o'simliklarni yig'ish bilan shug'ullanadilar. Ular ajoyib ovchilar ham. O'z mahoratlarni qo'shni xalqlarga ham o'rgatadilar. Ular ovga jamoa bo'lib chiqadilar. Qurollari nayza va to'r.To'rlar uzunligi 100 metrga boradi. Pigmelar ko'pchilik bo'lib Afrikaning yirik hayvoni — fillarni ham ovlaydilar. Olimlarning fikricha, pigmelar tropik Afrikaning tub aholisi va antropologik tipga mansubdir.
Показать все...
2
YER HAQIDA UMUMIY MA'LUMOTLAR ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🌍Shakli: Geoid 🌍Maydoni: 510 mln kv km 🌍Quyoshdan 3-sayyora 🌍O'rtacha ekvatorial radiusi: 6378,14 km 🌍Yer orbitasining Quyoshga eng yaqin nuqtasi: Perigeliy 🌍O'rtacha qutbiy radiusi: 6356,78 km 🌍Yer orbitasining Quyoshga eng uzoq nuqtasi: Afeliy 🌍Yer o'z o'qi atrofida aylanganda aylanish o'qi orbita tekisligiga nisbata 66,5* burchak hosil qiladi 🌍Qutbiy siqiqligi: 21,36 km 🌍O'rtacha diametri: 12756 km 🌍Ekvatorial siqiqligi: 213 km 🌍Yer Quyosh atrofida soat miliga teskari yo'nalishda o'rtacha 29,8 km/sekund tezlik bilan 934 mln km bo'lgan orbitani 365 sutka 6 soatda to'la bir marta aylanib chiqadi 🌍Meridian uzunligi: 40008,5 km 🌍Yagona tabiiy yo'ldoshi: Oy 🌍Ekvator uzunligi: 40075,7 km 🌍Yerdan quyoshgacha bo'lgan masofa: 150 mln. km 🌍Sayyoralar ichida kattaligi jihatdan: 5-o'rinda 🌍Zichligi: 5,52 g/sm3 🌍O'rtacha meridian uzunligi: 111188 m ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓⇓ @Geografiya_dunyosi_uzb
Показать все...
2
𝖪𝗈'𝗉𝖼𝗁𝗂𝗅𝗂𝗄 𝗊𝗂𝖽𝗂𝗋𝗂𝖻 𝗒𝗎𝗋𝗀𝖺𝗇 𝗄𝗂𝗇𝗈 (𝗒𝗈𝗎𝗍𝗎𝖻𝖾𝖽𝖺𝗁𝖺𝗆 𝗍𝗈𝗉𝗈𝗅𝗆𝖺𝗀𝖺𝗇𝖽𝗂𝗆) ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ 🎬Nomi: "𝖩𝖺𝗇𝗇𝖺𝗍 𝗈𝗇𝖺𝗅𝖺𝗋 𝗈𝗒𝗈𝗀'𝗂 𝗈𝗌𝗍𝗂𝖽𝖺" 🇺🇿Tili: O'zbek tilida 𝗉𝗋𝗈 📀Sifati: 720p 🌏Davlat: 𝖰𝗂𝗋𝗀'𝗂𝗓𝗂𝗌𝗍𝗈𝗇 📆Yili: 2024 𝖬𝖾𝗀𝖺𝖯𝗋𝖾𝗆𝗒𝖾𝗋𝖺
Показать все...
🇺🇿 Geografiya fanidan ytest.uz saytiga yangi namunaviy testlar joylashtirildi 🌎 Geografiya — 5-variant 🌎 Geografiya — 6-variant 🌎 Geografiya — 7-variant 🌎 Geografiya — 8-variant 🌎 Geografiya — 9-variant 🌎 Geografiya — 10-variant 🌎 Geografiya — Jamlanma (5-10-testlar) ✅ Natijalarni tekshirish uchun test yakuniy qismida kalitlar mavjud,  shuningdek, testlar 2 xil usulda shakllantirilgan: Rash modeli va eski tartibdagi baholash. (+ yozma ish baholash mezonlari) ytest.uz saytidan Kirish yoki Boshlash tugmalari orqali roʻyxatdan oʻting.  Milliy sertifikat testlari (PDF) boʻlimidan testlarni yuklab oling Kanalga ulanish: @milliy_sertifikat
Показать все...
📶Eng, Eng, Eng… (Gidrosfera boyicha) 🗾Sharqiy yarimsharning eng uzun daryosi– Nil. Uzunligi – 6671 km. Daryo Sharqiy Afrika togliklaridan boshlanib (Kagera daryosidan) shimolga tomon harakatlanadi va Orta dengiziga quyiladi. 🏝Eng qisqa daryo – 17,7 metrni tashkil etadi. Ushbu dunyodagi eng qisqa daryo AQSHning Montana shtatidagi Greyt-Fols degan manzilidan oqib otuvchi va Missisipi daryosiga quyiluvchi Rou-River daryosining bir irmogi aynan shu uzunlikdagi masofaga ega xolos. 🏖Eng uzun,sersuv va katta havzali daryo – Amazonka. Janubiy Amerikada joylashgan. Havzasi maydoni 7180 000 km2.Uzunligi Ukayali irmog'bilan –6992 km. Suv sarfi sekundiga 220 000 m.kub.Suv hajmi 340 ming m.kub gacha yetadi. Daryoning 500 irmogi mavjud va daryo Peru, Braziliya davlatlari hududidan oqib otadi. 🏞Eng katta ko‘l – Kaspiy. Maydoni 371 000 km.kv va suv hajmi 78 200 km.kub. Kaspiy koli shimoldan janubga 1200 km ga, garbdan sharqqa 435 km ga chozilgan. Ortacha shorlik darajasi 13‰. Kol atrofida quydagi davlatlar joylashgan: Rossiya, Qozogiston, Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon. 🏞Eng chuqur ko‘l – Baykal. Bu kol dunyodagi eng chuqur kol bolib, Tinch okeani flotining gidrogeografiya xizmati 1974-yili olchash ishlarini olib borganda eng chuqur joyi 1637 metrni tashkil etgan. 🧂Eng sho‘r ko‘l – O‘lik dengiz. Sho‘rlik darajasi 270 ‰.Eng balanddagi yirik kol – Titikaka. Peru va Boliviya davlatlari ortasida, dengiz sathidan 3812 metr balandda joylashgan. Maydoni 8,3 km.kv, chuqurligi 304 metr. 🌋Eng baland vulqonli kol – Tyanchi deb nomlanadi. Kol Xitoyning Chayboyshan togida joylashgan bolib, balandligi 2744 metrni tashkil etadi 🗻Eng katta muzlik (Antarktidasiz) – Grenlandiya. Maydoni – 2 175 600 km.kv.  🗻Eng katta harakatdagi muzlik – Lomberto. Uzunligi 470 km, eni 64 km. 🏔Eng katta tog-vodiy muzligi – Fedchenko. Pomir tog tizmasida. 🏔Eng katta vodiy muzligi – Alyaska. Uzunligi 145 km. 🌌Eng baland sharshara – Anxel sharsharasi bolib, balandligi 1054 metrga teng. Sharshara Venesuelladagi Orinoko daryosining irmogi Churunda joylashgan. Sharsharani ilk bor AQSHlik uchuvchi Jeyms Eynjela 1933-yili aniqlagan. 🌌Eng korkam sharshara – Niagara. Balandligi – 51 metr. AQSH va Kanada chegarasida joylashgan. Sharsharaning maftunkorligini korish uchun yiliga 10 mln sayyoh boradi. 🌌Eng sersuv sharshara – Kongo Demokratik Respublikasida joylashgan Bayoma sharsharasidir. Suv sarfi sekundiga 17 000 metr.kub. 🌌Eng katta delta – Nil daryosining Orta Yer dengiziga quyilish joyida. Maydoni - 24 000 km.kv. Eng katta okean – Tinch.Shuningdek,okean dunyodagi eng keksa, eng issiq, eng kop baliq ovlanadigan, eng kuchli shamollar esadigan, biomassaga eng boy, orollari eng kop,suv tubi vulkanlari eng kop okean ham hisoblanadi. Maydoni – 178 700 000 km.kv, suv hajmi esa 710 400 000 km.kubga teng.Okean Dunyo okeanining 50% maydonini egallaydi. Eng chuqur chokmasi – Mariana. 🌍Eng kichik okean – Shimoliy Muz. Okean maydoni – 14 100 000 km.kv, suv hajmi 18 000 000 km.kub,yani shu nisbatga kora u eng kichik okean hisoblanadi. Shuning bilan birga eng sovuq, eng sayoz, eng yirik oroli bor okean hisoblanadi.Shimoliy Muz okeani Yevrosiyo va Shimoliy Amerika materiklarining shimoliy qismida joylashgan.Eng chuqur chokmasi – Grenlandiya dengizi yonida. 🧂Eng shor okean – Hind. Okeanga quyiladigan daryolar sonining kamligi sababli u shorligi yuqori.  Bundan tashqari Hind okeani dunyodagi eng issiq korfazi mavjud, chokindi jinslari eng qalin, osimlik va hayvonlarga eng kambagal, neft-gaz zaxirasiga eng boy okean hisoblanadi. Maydoni –76 170 000 km.kv, suv hajmi 282 700 000 km.kub ga teng.Eng chuqur joyi – Zond chokmasi. 🗾Eng uzun okean – Atlantika.Okean shimoldan janubga 12 ming km masofaga chozilgan. Maydoni – 91 700 000 km.kv, suv hajmi 330 000 000 km.kub. Okean bir qator korsatkichlariga kora ham takrorlanmas hisoblanadi. Masalan, qirgoqsiz dengizi bor,ichki dengizlari eng kop, eng sersuv daryolar quyiladi, eng baland suv qalqishlari kuzatiladi, dunyo suv transportida birinchilikni egallaydi.
Показать все...
3