cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Farg'ona viloyat kutubxonasi

📚 Farg'ona viloyat axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali© 📚 📘Yangi kitoblar 📜Badiiy asarlar 📰Yangiliklar 🎁Aksiya va tanlovlar Murojaat: https://t.me/fergana_library_rasmiy_bot

Больше
Рекламные посты
17 024
Подписчики
-35324 часа
-2 4617 дней
-11 80730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#Китобхон_давлат_хизматчиси! ⚡️Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 7 июндаги ПҚ-4354-сон қарори талабларидан келиб чиқиб Агентликнинг Фарғона филиали ва Вилоят ахборот-кутубхона маркази ўртасида ўзаро ҳамкорлик тўғрисида МЕМОРАНДУМ имзоланди. 📝Ушбу МЕМОРАНДУМ вилоятдаги давлат фуқаролик хизматчилари ўртасида китобхонлик маданиятини ривожлантириш, фаол китобхонларнинг сафини янада кенгайтириш, мутолаа маданиятини ошириш бўйича ўзаро ҳамкорлик фаолияти йўналишларини ифода этади. Ҳамкорлик доирасида "Фарғона тажрибаси" сифатида вилоятда ҳар йили май ойида “Энг намунали китобхон давлат фуқаролик хизмати”, “Энг яхши китобхон давлат фуқаролик хизматчиси”, “Энг бой кутубхонага эга давлат фуқаролик хизмати” ва “Энг яхши китобхон раҳбар” кўрик-танловларни ташкил этиш ҳамда "21 май - Ўзбекистонда Кутубхоначилар куни" арафасида ғолиблари тантанали тақдирлаш маросимини ўтказиш белгилаб олинди. Маълумот учун: 5 иш куни давомида 575 нафар давлат хизматчилари кутубхоналарга кўнгилли аъзо бўлишди.
Показать все...
6👍 4🔥 1👏 1🎉 1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona filiali va Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi o‘rtasida memorandum imzolandi. Batafsil👈🏻
Показать все...
👍 6🔥 4🎉 1🤩 1👌 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi abonement sektori hamda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati boshqarmasi o‘rtasida ko‘chma kutubxona tashkil etish bo‘yicha shartnoma tuzildi.
Mazkur ko‘chma kutubxona harbiy xizmatchilarning kitobxonlik savodxonligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va dunyoqarashlarini kengaytirishga ulkan hissa qo‘shishiga ishonamiz.
Показать все...
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Toshloq tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yangiyo‘l mahalla fuqaro yig‘inida “Kitobxon onalar kuni” loyihasi doirasida davra suhabati tashkil etildi. Davra suhbatida O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva xotirasiga bag‘ishlab “Sen baribir muqaddassan-muqaddas ayol” mavzusida videorolik namoyish etildi. Shuningdek, hududdagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan shoiraning she’rlari yangradi, hayoti va ijodi yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Показать все...
👌 1
01:52
Видео недоступноПоказать в Telegram
#kitobxonlik_OAV_nigohida Axborot 24 | «Kitobxon davlat xizmatchisi» ko`rik tanlovi #4june #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Показать все...
3.mp426.21 MB
2👍 1
Toshloq tumani axborot-kutubxona markazida Marg‘ilon shahar hamda Toshloq, Yozyovon va Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazining “Yig‘ma elektron katalog” sektori mutaxassislari tomonidan catalog.unicat.uz dasturida bibliografik yozuv yaratish bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi. Seminarda bibliografik yozuvlarni yaratish, tasdiqlangan norma hamda standartlar asosida ish yuritishga oid amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Показать все...
👍 8
Фото недоступноПоказать в Telegram
#kitobxonlik_OAV_nigohida "Yangi Farg‘ona" gazetasining 2024-yil 1-iyun kungi 42-soni
Показать все...
👍 2👌 1
02:03
Видео недоступноПоказать в Telegram
#qabul_2024 🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi yangi 2024-2025-o‘quv yili uchun 7-, 8-, 9 va 10-sinflarga qabul e'lon qiladi! ✅Hujjatlar joriy yilning 1-20-iyun kunlarida ariza.piima.uz sayti sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi. 1. O'quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma'lumotlari; 2. O'quvchining fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); 3. Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan). 📚 Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi: ✅ I - ijodiy matn yaratish; ✅ II - ijodiy suhbat; ✅ III - 50 ta test. ▶️ ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test; ▶️ ingliz tili fanidan 15 ta test; ▶️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test. 📌Eslatma: talabgor o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi. 📞Call-markaz - 1206 ☎️Telefonlar: +99891 124-52-10 +99891 158-59-38 +99891 666-00-22 🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇 👉Tarmoqlarimiz👈
Показать все...
ERKIN VOHIDOV QABUL 2024 27.05~1.mp434.56 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Farg‘ona davlat unversitetining axborot-resurs markazida talaba yoshlar bilan “Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish” kuni munosabati bilan "Inson va tabiat" mavzusida suhbat o‘tkazildi.  
Atrof-muhit, o‘simliklar va hayvonot olamini muhofaza qilish insoniyat uchun juda katta hayotiy ahamiyatga ega. Insoniyat tabiatdan foydalanar ekan, asrlar davomida shakllangan uning tabiiy manzarasini o‘zgartirmoqda, unga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.   Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni BMTning Bosh Assamlbleyasi tomonidan 1972-yil Stokgolmda bo‘lib o‘tgan “Insoniyat muhiti” mavzusidagi konferensiyada joriy etilgan.
Показать все...
👌 1
“Hayotning har lahzasi go‘zal”: Oltiariqda Anvar Obidjon xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi Oltiariq tumanidagi madaniyat markazida O‘zbekiston xalq shoiri, bolalar adabiyotining zabardast vakili Anvar Obidjon xotirasiga bag‘ishlangan “Hayotning har lahzasi go‘zal” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda keng jamoatchilik vakillari, ijodkorlar, yoshlar hamda shoirning oila a’zolari ishtirok etdi. Batafsil: https://fergana.uz/site/view/news/11383845 Fergana.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Facebook | Instagram | Twitter
Показать все...
👌 3
Перейти в архив постов