cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Rivojlanish pogʻonasi ↗️

Rivojlanish pogʻonasi. Siz bu kanalda - Yangiliklar -Turli tanlovlar - Talabalar hayotiga va taʼlimga oid yangiliklarni kuzatishingiz mumkin.

Больше
Рекламные посты
599
Подписчики
-324 часа
-1027 дней
-14630 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

02:23
Видео недоступно
#yoshlar_kuni
Biz birgamiz, yo‘limiz ochiq. Yangi O‘zbekistonni albatta sizlar bilan quramiz
Prezident va yoshlar uchrashuvlaridan PS: Sizga videodagi qaysi iqtibos ko‘proq yoqadi? Izohlarda qoldiring!
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Показать все...
38.29 MB
🔥 2
Фото недоступно
Iste’dodli qizlar uchun ta’lim granti! She’r yoki hikoya yozadigan talaba qizlarning ijodiy ishlari va moddiy imkoniyatlarini oʻrganib chiqib, (boshlanishiga) 2 nafar ijodkor qizning yillik shartnoma to’lovini to’lab bermoqchiman. Grant olishni istagan ijodkorlar qizlar 1-iyuldan 1-avgustgacha @Mehrnozbot manziliga beshtadan ijodiy ish va oʻzi haqidagi maʼlumotlarni yuborishlari mumkin. Shuningdek, grant gʻoliblaridan tashqari boshqa isteʼdodli nomzodlar bilan ham ijodiy hamkorlik qilish, sohada rivojlanishlari uchun ko’mak berishni ham xolis niyat qilyapmiz.
Показать все...
👍 3
Фото недоступно
Меҳр деган бир туйғу бор, мутлақо текин туради! Ҳасислик қилмасдан, онда-сонда бўлсада яқинларингизга улашиб тураверинг. Кўп-кўпдан улашсангиз ҳам камбағал бўлиб қолмайсиз! http://t.me/+dsT-9mWDXsRiNDRi
Показать все...
🔥 1
  • Фото недоступно
  • Фото недоступно
  • Фото недоступно
  • Фото недоступно
  • Фото недоступно
  • Фото недоступно
  • Фото недоступно
Yoshlar kuni arafasida Prezident farmon va qaroriga muvofiq, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh faol yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali hamda «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi. Bugun Ko‘ksaroyda ana shu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
4
➖ Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish uchun har yili 100 million dollar ajratiladi. Investitsiya vazirligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi Yoshlar agentligiga o‘tkaziladi; ➖ magistral yo‘llar bo‘yida 50 mingta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi; ➖ yangi o‘quv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum o‘quvchilarini kasbga o‘rgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. O‘quvchilarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
🔥 3👍 1
  • Фото недоступно
  • Фото недоступно
  • Фото недоступно
Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Unda yoshlarga oid bir qator yangiliklar e’lon qilinmoqda. Jumladan, endilikda: - IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi; - ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi; - IT park tomonidan IT kompaniyalardagi kabi tibbiyot, sport va ofisdan foydalanishi uchun ularga “ijtimoiy karta” beriladi; - yoshlarni ushbu sohaga jalb qilish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Показать все...
🔥 2
00:04
Видео недоступно
9.01 KB
🔥 1
Фото недоступно
✒️ 27 ИЮНЬ — МАТБУОТ ВА ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИ ХОДИМЛАРИ КУНИ Бугун мамлакатимизда  27 июнь — Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни кенг нишонланмоқда. Бу айём нафақат ўз ҳаётини шу соҳага бағишлаган фидойи инсонлар, балки уларнинг машаққатли ижод ва меҳнат маҳсулидан баҳраманд бўлаётган миллионлаб муштарийлар, тингловчи ва томошабинлар, бутун жамиятимиз учун ҳам қадрлидир. Янги Ўзбекистонда инсон қадрини улуғлашга йўналтирилган кенг кўламли демократик ислоҳотлар жараёнида ўз ишининг устаси бўлган  заҳматкаш журналистлар,  барча оммавий ахборот воситалари ходимларининг машаққатли меҳнати юксак қадр топмоқда. Оммавий ахборот воситаларининг сайлов ва референдумлар жараёнларини кенг ва холис ёритиш, сайловга оид қонунчиликни аҳоли ўртасида фаол тарғиб қилиш, сайловларга тайёргарлик кўриш ва уларни халқаро демократик тамойиллар асосида ўтказиш билан боғлиқ ишлардаги камарбасталиги тобора мустаҳкамланиб бормоқда.   Ушбу шукуҳли кунларда мамлакатимиз оммавий ахборот воситалари ходимларини, юртимиздаги барча ижод аҳлини ушбу ажойиб байрам билан самимий табриклаймиз. Уларнинг эл-юртимиз равнақи йўлида олиб бораётган қизғин фаолияти ва ижодий изланишларида улкан муваффақиятлар, ўзларига мустаҳкам сиҳат-саломатлик, оилавий бахт ва омадлар тилаймиз. 🗳 Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Показать все...
Показать все...
👍 4
Repost from Shodiyor | Grants Hunter
Bepul onlayn nemis kursi @grants_hunter DeutschAkademie onlayn nemis kursi tajribali nemis o'qituvchilari tomonidan yaratilgan va bepul. Undan hozirgi kursingizga bepul qo'shimcha sifatida yoki mustaqil ravishda nemis tilini o'rganish uchun foydalaning. Afzalliklari: - 25 000 dan ortiq grammatika va lug'at mashqlari - Onlayn rejimda 800 soatdan ortiq interaktiv kurs Batafsil @grants_hunter - join us!
Показать все...
👍 3
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.