ru
Feedback
GEOEDU.UZ

GEOEDU.UZ

Открыть в Telegram

― Geografiya faniga oid eng so‘nggi yangiliklarni yoritib boruvchi ilmiy-ommaviy kanal. Loyiha muallifi: D.D.Juraxujayev ℹ️ Kanal xaritasi: t.me/geoedu_uz/4027 ― Murojaatlar uchun: @geomurojatbot ― Reklama va pullik xizmatlar: t.me/narxnamo

Больше
2 155
Подписчики
-324 часа
-147 дней
-4530 день
Архив постов
#tahlil ❓Oliy toifali o‘qituvchi magistraturada o‘qishi kerakmi? Afzalliklar va qiyinchiliklar tahlili Oliy toifali o‘qituvch
#tahlil Oliy toifali o‘qituvchi magistraturada o‘qishi kerakmi? Afzalliklar va qiyinchiliklar tahlili Oliy toifali o‘qituvchi magistraturada o‘qish uchun qaror qabul qilishda faqat imtiyoz yoki diplomga emas, balki shaxsiy maqsad, imkoniyat va kelajak rejalariga tayanishi kerak. Chunki magistratura kim uchundir katta rivojlanish bosqichi bo‘lsa, boshqasi uchun ortiqcha yuk bo‘lishi mumkin. Eng to‘g‘ri tanlov — insonning o‘z sharoiti va maqsadiga mos keladigan tanlovdir. 🔰 Batafsil oʻqish: https://telegra.ph/Oliy-toifali-oqituvchilarning-magistraturada-tahsil-olishi-afzalliklar-qiyinchiliklar-va-istiqbollar-06-26 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#tahlil ❓Oliy toifali o‘qituvchi magistraturada o‘qishi kerakmi? Afzalliklar va qiyinchiliklar tahlili Oliy toifali o‘qituvch
#tahlil Oliy toifali o‘qituvchi magistraturada o‘qishi kerakmi? Afzalliklar va qiyinchiliklar tahlili Oliy toifali o‘qituvchi magistraturada o‘qish uchun qaror qabul qilishda faqat imtiyoz yoki diplomga emas, balki shaxsiy maqsad, imkoniyat va kelajak rejalariga tayanishi kerak. Chunki magistratura kim uchundir katta rivojlanish bosqichi bo‘lsa, boshqasi uchun ortiqcha yuk bo‘lishi mumkin. Eng to‘g‘ri tanlov — insonning o‘z sharoiti va maqsadiga mos keladigan tanlovdir. 🔰 Batafsil oʻqish: https://telegra.ph/Oliy-toifali-oqituvchilarning-magistraturada-tahsil-olishi-afzalliklar-qiyinchiliklar-va-istiqbollar-06-26 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#yangiliklar 📌 Oliy toifali o‘qituvchilar uchun magistraturada o‘qish imkoniyati yaratildi Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy toifali o‘qituvchilar pedagogika yo‘nalishidagi magistraturada masofaviy shaklda tahsil olishlari mumkin. Yangi tartibga asosan ular: ➖ ish faoliyatini to‘xtatmagan holda magistraturada o‘qiydi; ➖ o‘qishni tamomlagach, kamida 3 yil davomida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ishlash majburiyatini oladi. Mazkur tizim 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida yo‘lga qo‘yiladi. ❗️ Muhim eslatma: agar oliy toifali o‘qituvchi ushbu maqsadli magistraturaga qabul qilinsa, unga xotin-qizlar uchun kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish imtiyozi tatbiq etilmaydi. 👉 @Geoedu_uz Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#bilasizmi 📌 O‘zbekistonda YAIM 145 mlrd dollarga yetgani nimani anglatadi? “BU ANIQ” loyihasida YAIM o‘zi nima ekani, 145 mlrd dollar qanday natijaligi va bu raqam oddiy inson hayotiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi kabi bir qator muhim savollarga xalqchil tilda aniq javob berilibdi. 👉 @Geoedu_uz Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#diqqat ​🚀 YANGI QADAM, YANGI MAQSADLAR!Assalomu alaykum, aziz qadrdonlar va ilm fidoyilari!Kanalimiz eng malakali mutaxassislarni to‘plagan holda o‘z faoliyatini yanada kengroq va sifatliroq ko‘rinishda davom ettirishga tayyorlanmoqda.
🎯 Bizning asosiy maqsadlarimiz: 👨‍🔬 ​Zamonaviy pedagog: Ustozlarimizni eng so‘nggi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish. 👨‍💻 ​Raqamli ta’lim: Dars jarayonida AKTdan samarali foydalanishni o‘rgatish. 🔠 ​Imtihonlarga ko‘mak: Milliy va malaka imtihonlariga bepul tayyorlov kurslarini tashkil etish. 👨‍🎓 ​Abituriyentlar platformasi: Sifatli va tushunarli darslar rukni. 🧑‍🎨 ​Iste’dodlar tanlovi: Fan olimpiadalari va bilimlar bellashuvi.
Ushbu maqsadlar hozirgacha bo‘lgan kuzatishlar va tahlillar asosida belgilab olindi. ​💡 Sizning fikringiz — biz uchun muhim!Kanalimizda yana qanday mavzularda ma’lumotlar berib borilishini istaysiz? Qaysi yo‘nalish ko‘proq foydali bo‘ladi deb o‘ylaysiz? ​📝 Fikrlaringizni ​ushbu post ostidagi izohlarda yoki @geomurojatbot manziliga yuboring. ❗️​Har bir taklifingiz biz uchun qadrli va e’tibordan chetda qolmaydi! ​👉 @Geoedu_uz — Shunchaki ma’lumot emas, tizimli bilimlar maskani!

#metodik_qoʻllanma 📗 GEOGRAFIYA FANIDAN METODIK QOʻLLANMA Ismatov J.A [va boshq.]. Geografiya (10-sinf). O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. -Toshkent, Respublika ta’lim markazi nashriyoti, 2022-y. -160 b.
Annotatsiya: Ushbu metodik qo‘llanma 10-sinf geografiya darslarini zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlari asosida sifatli tashkil etish, o‘qituvchilarga amaliy yordam berish maqsadida yaratilgan. Unda har bir darsning maqsadi, kutilayotgan natijalar, fanlararo integratsiya va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning yechimlari batafsil yoritilgan.
🏷 Mavzuga aloqador boshqa adabiyotlar: Fedorko V [va boshq.]. Geografiya [Matn]: 10-sinf uchun darslik. -Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022-y. - 192 b.Sarbolayev U.R. 10-sinf geografiya fani bo’yicha metodik qo’llanma. Samarqand, 2024. -161 b. 👉 @geograflar_kutubxonasi

#metod_almashish 👥 “Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish” metodi Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o‘quvchidan tashkil topadi. O‘qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O‘quvchilarga berilgan topshiriqlar 4 qismga ajratilib, har bir o‘quvchi uning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o‘quvchi o‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini o‘qitadi, so‘ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib, baholaydi. O‘quvchilarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyati o‘yin (turnir, musobaqa) shaklida yoki individual tarzda tashkil etilishi mumkin. 📍Manba: Avezov M.M [va boshq.]. Geografiya (7-sinf). O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. -Toshkent, Respublika ta’lim markazi nashriyoti, 2022-y. -160 b. 👉 @Geoedu_uz Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#metodik_qoʻllanma 📗 GEOGRAFIYA FANIDAN METODIK QOʻLLANMA Avezov M.M [va boshq.]. Geografiya (7-sinf). O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. -Toshkent, Respublika ta’lim markazi nashriyoti, 2022-y. -160 b.
Annotatsiya: Ushbu metodik qo‘llanma umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 7-sinf geografiya fanini o‘qitish sifatini oshirish, dars jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan. Shuningdek, qoʻllanmada jahon miqyosidagi texnik taraqqiyot va globallashuv davrida ta’lim tizimini xalqaro andozalarga moslashtirish, o‘quvchilarda nafaqat nazariy bilim, balki XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish zaruriyati asoslab berilgan.
🏷 Mavzuga aloqador boshqa adabiyotlar: Mirakmalov M [va boshq.]. Geografiya [Matn]: 7-sinf uchun darslik. -Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022-y. -176 b.Xakimova G.Sh., Sarbolayev U.R. 7-sinf geografiya fani bo’yicha metodik qo’llanma. Samarqand, 2024. -96 b. 👉 @geograflar_kutubxonasi

#metod_almashish | #tavsiya 📌 Darslarda foydalanish uchun "SWOT tahlili" metodi chizmasi (tayyor shaklda) Ushbu metod chizma
#metod_almashish | #tavsiya 📌 Darslarda foydalanish uchun "SWOT tahlili" metodi chizmasi (tayyor shaklda) Ushbu metod chizmasi @Geoedu_uz loyihasi muallifi tomonidan takomillashtirilgan bo‘lib, barcha fanlar va darslarda samarali qo‘llanishi mumkin. Iltimos, tarqatishda mualliflik huquqiga hurmat bilan yondoshing. 🔗 Tarqarish uchun havola: https://t.me/geoedu_uz/6449 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#videoqoʻllanma 📹 Canva platformasidan foydalanish Ushbu videoqoʻllanma orqali siz, canva platformasidan roʻyxatdan oʻtish va undan kasbiy faoliyatingizda foydalanish boʻyicha batafsil maʼlumotga ega boʻlasiz. Manba: Youtube tarmogʻidagi "Raqamli savodxonlik" kanali 👉 @Geoedu_uz Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#metod_almashish 📌 Interaktiv taʼlim platformalari va ularning qisqacha mazmuni Ushbu platformalar darslarni qiziqarli va sa
#metod_almashish 📌 Interaktiv taʼlim platformalari va ularning qisqacha mazmuni Ushbu platformalar darslarni qiziqarli va samarali oʻtkazish, shuningdek, oʻquvchilarning faol ishtirokini ta’minlash imkonini beradi. ❗️Qaysi platforma sizni qiziqtirsa izohlarda yozib qoldiring, biz sizga ushbu (eng koʻp soʻralgan) platforma haqida maʼlumot va undan taʼlim jarayonida qanday foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma taqdim etamiz. 👉 @Geoedu_uz kanali bilan darslaringizni yanada interaktiv va samarali tashkil eting! Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

photo content

#vertual_oʻyin 🗺 YEVROPA DAVLATLARINI INTERAKTIV O‘RGANAMIZ! Yevropa davlatlarining geografik o‘rni, poytaxti va boshqaruv shaklini o‘rganish bo‘yicha virtual o‘yin. ✔️ O‘tgan mavzuni takrorlash yoki yangi mavzuni mustahkamlash qismida foydalanish mumkin. ▶️ O‘yinni boshlash uchun havolani bosing yoki QR-kodni skaner qiling: 🔗 https://www.educaplay.com/learning-resources/26506156-poytaxtlar_bo_yicha_o_yin.html 👉 @Geoedu_uz kanali bilan darsni qiziqarli va samarali tashkil eting!

#diqqat 📌 GEOGRAFIYA FANIGA OID KITOBLAR QABUL QILINADI! Uyingizda foydalanilmayotgan geografiya faniga oid darsliklar, qo‘llanmalar, atlaslar va ilmiy kitoblar bormi? ❗️Biz ularni holatidan qat’i nazar sotib olamiz yoki hadya sifatida mamnuniyat bilan qabul qilamiz. 💰 Sotish istagida bo‘lsangiz — manfaatli narxlarda kelishamiz. 🎁 Hadya qilish orqali esa ilmga, ta’limga o‘z hissangizni qo‘shasiz. 📲 Aloqa uchun: @Geomurojatbot
"Kitobingiz bo‘lmasa ham befarq bo‘lmang — ushbu xabarni tarqatish orqali fanimiz rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing."

#xarita 🗺 O‘ZBEKISTONNING GIPSOMETRIK XARITASI
Annotatsiya: Mazkur xaritada O‘zbekiston hududi relyefining dengiz sathidan balandliklari (rus tilida) ranglar shkalasi asosida aks ettirilgan.
Eslatma: Mobil qurilma orqali ochilganda sifati pasaymasligi uchun "google photos" orqali ochish tavsiya etiladi. 👉 @geograflar_kutubxonasi

#olimpiada 📌 2025-2026-oʻquv yilida 11-sinflar uchun Geografiya fanidan tashkil etilgan fan olimpiadasining viloyat bosqichi topshiriqlari Javoblar va tushuntirishlar boʻyicha videoni koʻrish
🏷 Manba: Fan olimpiadalari markazi.
👉 @geoedu_uz Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#olimpiada 📊 10-sinf Geografiya fani bo‘yicha asosiy olimpiadaning hududiy bosqichida qatnashgan o‘quvchilarning hududlar ke
#olimpiada 📊 10-sinf Geografiya fani bo‘yicha asosiy olimpiadaning hududiy bosqichida qatnashgan o‘quvchilarning hududlar kesimidagi statistikasi 🏷 Mavzuga aloqador: ➖ Olimpiada savollariOlimpiada savollarining javoblari
👉 @geoedu_uz
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube