cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" H A L

FVV Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" HAL

Больше
Рекламные посты
1 600
Подписчики
-424 часа
-87 дней
+230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Ertaga 5 iyun – Butun jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni ✅1972-yilning 15-dekabr kunida o‘tkazilgan BMT Bosh Assambleyasining 27-sessiyasida qabul qilingan maxsus rezolyutsiya bilan 5-iyun – Butunjahon xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanishi belgilab qo‘yilgan. ✅1974-yildan boshlab esa eng dolzarb ekologik masalalarni hal etish uchun hukumat, biznes-tuzilma hamda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan va birlashtirgan holda keng tashkil etib kelinadi. ✅Bu kunning maqsadi - hamma davlatlar birlashgan holda atrof-muhitni muhofaza qilish uchun kurashishlari kerak. ❇️Bu bayram har yili turli shiorlar ostida o‘tkaziladi: “Yerimiz yagona”, “Suv – bu obihayot”, “Zararli chiqindilarni yo‘q qilish”, “Kelajak avlod uchun - tinch hayot”, “Daraxtlar tinchlik uchun”, “Yoshlar: atrof-muhit” “Bizning uyimiz, bizning yerimiz” va hakozolar. Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram
Показать все...
👍 2
3️⃣ ИЮНЬ САНАСИДА СОДИР БЎЛГАН МУҲИМ ТАРИХИЙ ВОҚЕАЛАР 📌1539 йил —Флорида Испания ҳудуди деб эълон қилинган; ⛰ 1540 йил —Эрнандо де Сото Аппалачи тоғларини кесиб ўтган биринчи европалик бўлган; 🔥 1571 йил —Қрим хони Гирей армияси Москвани ёқиб юборган; ⚔️ 1615 йил — Осака кампанияси пайтида, Токугава Шогунате ва Тойотоми клани ўртасида Домйожи жанги бўлиб ўтган; 📌 1621 йил — Шимолий ва Жанубий Американи ривожлантириш бўйича монополияни олган Голландиянинг Вест-Индия компанияси ташкил этилган; 🌊1789 йил —Александр Маккензи Канадада Маккензи дарёсини кашф этган; 😷 1830 йил— Севастополда вабо қўзғолони юз берган, бунга вабо эпидемияси тарқалишига қарши карантин чоралари сабаб бўлган. Қўзғолонга раҳбарлик қилган 7 киши қатл этилган; 📌1846 йил— АҚШ Мексикадан Ерба Буэна аҳоли пунктини тортиб олган. Кейинги йилнинг январида у Сан-Франциско деб ўзгартирилган; 🚊1896 йил — Хитой Россияга Хитой-Шарқий темир йўлини қуришга рухсат беришини англатувчи махфий шартнома имзоланган; ✈️ 1910 йил —бортида симсиз телеграф ўрнатилган инглиз ҳарбий дирижабли биринчи парвозини амалга оширган; ❌ 1938 йил —Германия рейхстаги «дегенерат рассомлар» (абстракционистлар, импрессионистлар ва бошқалар) нинг барча асарларини олиб ташлаш тўғрисида фармон қабул қилган; 💴 1946 йил — Венгрияда бир миллиард милпенг (миллиард миллиард пенгео) банкноталари муомалага чиқарилган; 🇪🇬1954 йил —Саҳрода қадимги Миср фиръавни Санкҳетнинг қабри (милоддан аввалги 2570 й.) топилган; 🇸🇬 1959 йил— Сингапур конституция қабул қилиб, ўзини ўзи бошқариш ҳуқуқига эга бўлган; 📌 1961 йил — Венада Хрушчев ва Жон Кеннеди ўртасида икки кунлик музокаралар бошланган; 🪐1965 йил —Эдвард Уайт космосга чиққан биринчи америкалик астронавт бўлган; 🧬 1970 йил —биринчи сунъий ген синтез қилинган; 🖥1980 йил — компьютерда носозлик юз берганидан кейин Совет Иттифоқи ядровий ҳужуми ҳақидаги маълумот тарқалгач, АҚШда ядровий огоҳлантириш эълон қилинган; 🇺🇿1995 йил — Ўзбекистон «Миллий тикланиш» демократик партиясининг таъсис қурультойи бўлиб ўтган; 🇲🇪2006 йил —Черногория парламенти мамлакат мустақиллигини эълон қилган; 🪐2010 йил —Марс-500 лойиҳасининг учинчи босқичи бошланган.
Показать все...
👍 1
✅Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" HALda "31-may" Xalqaro kashandalikka qarshi kurashish kuni" munosabati bilan Shahrisabz shahar tez tibbiy yordam boʻlimi shifokorlari bilan hamkorlikda "Begʻubor yoshlik sururi - baxtli keksalik gashti" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram 📍P/s.Butunjahon tamakisiz kun – BMT tomonidan rasman ta’sis etilib, 1988-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti assambleyasining 42-sessiyasida e’lon qilingan.
Показать все...
👍 6
#men_donorman ✅Bugun "Adolat" SDP Siyosiy kengashi markaziy apparati tashabbusi bilan “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan onkologik klinikalarda davolanayotgan bolalar uchun “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida oʻtkazilayotgan begʻaraz donorlik aksiyasida Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" HAL shaxsiy tarkibi ham faol ishtirok etib, qon topshirdilar. https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram
Показать все...
👍 5
❇️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Respublika Ma’naviyat va ma’rifat xodimlari bilan o'tkazilgan yig'ilishida berilgan topshiriqlariga asosan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi hamda Shahrisabz shahar Madaniyat bo'limi hamkorligida prokuratura xodimlari va ularning oila a’zolari, faxriylar, “Temurbeklar maktabi” HAL oʻquvchilarining bo‘sh vaqtlarida madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida madaniyat markazi katta tomosha zalida "Madaniy ma'rifiy" tadbir tashkil etildi. Tadbirda Qori Zokir xalq teatri tomonidan sahnalashtirilgan "Dadajonisi kechiring" nomli spektakl namoyish etildi. Tadbir so'nggida madaniyat markazi xushovoz xonandalari oʻzlarining diltortar qo'shiqlari bilan kelgan mehmonlarni xushnud etishdi. https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram
Показать все...
👍 9
❇️Bugun Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" HAL 1-bosqich oʻquvchilari va harbiy xizmatchi F.Yuldoshev, X.Ablaqulov, M.Shukurovlar bilan 3000 metrga yugurish musobaqasi tashkil etildi. 🏆Musobaqa natijalariga koʻra, 🥇4-23 guruh oʻquvchisi A.Murodov - 1-oʻrin; 🥈 3-23 guruh oʻquvchisi Sh.Saydullayev - 2-oʻrin; 🥉5-23 guruh oʻquvchisi N.Otaboyevlar - 3-oʻrinlarni egallab musobaqani yakunladilar. https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram
Показать все...
👍 13 1
❇️Qarshi harbiy prokuraturasi tomonidan Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi shaxsiy tarkibi bilan Qarshi harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya polkovnigi Sh.R.Zoirov, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi kadrlar boʻlimi boshligʻi F.Kamolovlar ishtirokida huquqbuzarliklar va ularning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbir soʻngida oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan shaxsiy qabul tashkil etilib, murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. https://t.me/temurbeklar_maktabi_hal 👈Kanalga aʼzo boʻling Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🎥 YouTube | 🗂Telegram | 📸Facebook |📱 Instagram
Показать все...
👍 4 2
Перейти в архив постов