cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

SamDAQU YOSHLARI │ Yoshlar ittifoqi

SamDAQU yoshlarining kanaliga xush kelibsiz!

Больше
Рекламные посты
679
Подписчики
Нет данных24 часа
-47 дней
-2430 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Фото недоступноПоказать в Telegram
Hurmatli Samarqand yoshlari shanba soat 20:00ga rejangiz yo'qmi? 🤔 🚀Kech sizga maroqli o'tishi uchun ajoyib taklifimiz bor! O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi hamda “University of Business and Science” universiteti hamkorligida Mo’jiza amfiteatrida "Yoshlar oqshomi" intellektual shou dasturiga sizni taklif qilamiz. 📎 Turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyatga erishib kelayotgan O‘zbekistonlik oʻz sohasining yetuk mutaxassislari bilan uchrashish imkoniyati endi Samarqandda. Sizni shaxsiy rivojlanish sirlari, tajriba, ko‘nikma va qiziqarli voqealarga boy shou kutmoqda. 👍 Shou konsert dasturi davomida nufuzli oliygoh talabasi boʻlishni maqsad qilgan abituriyentlar saralab olinadi va ular loyiha tashkilotchisi “University of Business and Science” tomonidan grantlar, vaucherlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ❄️ Shouning yulduzli mehmonlari: Alisher Uzoqov, Sitora Farmonova, Elmurod Xaqnazarov, Jahongir Xoʻjayev,  Bobur Shavkatov, Xamdam Sobirov, Afruza, Mirjalol Ne'matov va Shohruxbek Ergashev.
🤔 Vaqtingiz maroqli va mazmunli oʻtishiga kafolat beramiz!
😉 Yoshlar oqshomida ko‘rishguncha! ✅Bizni kuzatishda davom eting! 🕊Telegram📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
Показать все...
👍 2
03:21
Видео недоступноПоказать в Telegram
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga rasmiy madhiya yaratildi! #Premyera 🇺🇿 “Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba” shiori ostida futbol bo’yicha olimpiya terma jamoasiga rasmiy madhiya yaratildi. Mamlakatimiz tarixida ilk bor Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritgan futbol bo’yicha terma jamoamiz aynan shu shior ostida Parij-2024 maydonlarida bellashadi. ⚡️ Barcha telekanallar va internet kengliklarida namoyish qilinadigan mazkur videokontent orqali #qonimdagalaba xalqaro chellenjida ishtirok etishingiz mumkin. ➡️ Chellenj sharti: 20-iyulga qadar “O’zbekistonlik” trekidan foydalanib, futbol mavzusida suratga olingan 1 daqiqali videoni Instagram’ga #qonimdagalaba heshtegi bilan joylash. 10 ta eng yaxshi videoning har biri uchun pul mukofotlari beriladi. Unda 50 million so‘m yutib olish mumkin. Ularni mashhur sportchilar va media vakillaridan iborat hay’at a’zolari saralaydi. 🇺🇿Barcha sportchilarimizga Olimpiya o‘yinlarida omad tilaymiz. Olg‘a O‘zbekiston! Manba: Uzbekistan's Club #Olimpiada2024 #Futbol #QonimdaGalaba #UzbekistansClub #Chellenj SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich
Показать все...
Telegram 2 tg.mp418.82 MB
👍 2🔥 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
🥁 We are delighted to announce Call for application for the International Congress of Young Architects and Designers! ⚡️Congress is an opportunity to connect with industry leaders, expand your network, and explore new endeavors for growth and innovation in architecture and design! The Congress is your gateway to: 🔗 Connect with industry experts and expand your professional network 🌟 Explore innovative pathways for growth and transformation in architecture and design 💡 Engage in the exchange of invaluable experiences, educational programs, and expertise between participating countries 🌍 Foster fruitful cooperation with international partners 📍Location: Moscow (Russian Federation) 🗓Dates: 17-20 September 2024 To apply, youth representatives from the BRICS+, OIC, CIS, Asia-Pacific Region, aged between 21-42 with English level B2+ should belong to one of the following categories: ✅Young specialists in architecture or design, recognized for their awards and achievements in this field, and with remarkable portfolio ✅Established architects and trendsetting designers, shaping the architectural landscape in their countries and seeking opportunities on the global stage ✅Innovative construction material manufacturers and property developers, interested in promoting their products in the dynamic markets of Russia and the CIS APPLY 🔥Deadline: 28 June 2024 For more details visit the website. 📝Анонс на русском языке – ниже в комментариях📝
Показать все...
⚡️ 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Humo arena” muz saroyida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida gala-konsert tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. 💐Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! 🖼 Fotogalereya #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Показать все...
🎉 1
00:41
Видео недоступноПоказать в Telegram
⚡️ Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar yetakchisi Zabihulloh Hamidulloyevning yoshlarga tabrigi SamDAQU Yoshlari kanali @samdaquyoshlari
Показать все...
15.06 MB
👏 4🔥 3👍 1
Repost from Alisher Sadullaev
Ayni daqiqalarda, Poytaxtimizdagi “Humo arena” sport saroyida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tmoqda.
Tadbir avvalida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston yoshlariga yoʻllagan bayram tabrigi oʻqib eshittirildi: Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Siz, azizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Biz o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarimiz ijobatini, Yangi O‘zbekiston kelajagini butun el-yurtimiz qatori sizdek azmu shijoatli farzandlarimiz bilan bog‘liq holda ko‘ramiz. Shu kunlarda mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan Butunjahon yoshlar festivaliham O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak e’tibor namunasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu anjumanda 92 ta mamlakatdan 700 nafardan ziyod chet ellik yoshlar, 20 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning vazirlik va idoralaridan rahbar va mas’ul xodimlar ishtirok etmoqda. Eng muhimi, yurtimiz yoshlarining butun dunyoda do‘stlari, hamkorlari ko‘paymoqda, bilim va kasb o‘rganish, global muloqot va almashuvlarda ishtirok etish imkoniyatlari kengaymoqda. Aziz o‘g‘il-qizlarim! Farzandlari bilimli, iste’dodli, o‘zining kuchi va salohiyatiga ishonib, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli albatta yorug‘ bo‘ladi. Biz O‘zbekiston yoshlarini ana shunday ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalash uchun bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Hech qachon unutmang, sizlar yoshlikning har bir daqiqasini g‘animat bilib, doimobunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, Vatanga cheksiz mehr va sadoqat tuyg‘usi bilan yashasangiz albatta kam bo‘lmaysiz.
Sizlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklab, o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishishdabarchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, omad va zafarlar tilayman—dedi Prezident oʻz tabrigida.
@alisher_sadullaev
Показать все...
Repost from Alisher Sadullaev
02:46
Видео недоступноПоказать в Telegram
Aziz yoshlar! Bilimli, isteʼdodli, oʻzining kuchi va salohiyatiga ishonib, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli albatta yorugʻ boʻladi. Biz Oʻzbekiston yoshlarini ana shunday ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalash uchun bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Hech qachon unutmang, sizlar yoshlikning har bir daqiqasini gʻanimat bilib, doimo bunyodkorlik va ijodkorlik hissi bilan, Vatanga cheksiz mehr va sadoqat tuygʻusi bilan yashasangiz albatta kam boʻlmaysiz. 30 iyun – Yoshlar kuni muborak bo'lsin! @alisher_sadullaev
Показать все...
IMG_7190.MP433.01 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️ Qadrli yoshlar, aziz talabalar! Sizlarni “30-iyun – Yoshlar kuni” bayrami munosabati bilan chin dildan tabriklayman! 📑 Yoshlar bizning jamiyatimizning tayanchi, kuchidir va ertangi kunidir. Sizning bilimga, yuksalishga va yangi g‘oyalarga intilishingiz har birimizni ilhomlantiradi va yurtimizni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor samarasi o‘laroq sizlarning har biringiz uchun yangi imkoniyatlar, o‘z qobiliyatlaringizni namoyon etish uchun keng yo‘llar ochilmoqda. Sizlar yurtimizning kelajagini belgilaydigan yetakchilar, ilm-fan, san’at va sport sohalarida yorqin yulduzlar bo‘lishlaringizga ishonamiz. Sizlarda cheksiz imkoniyatlar bor, har biringizda cheksiz salohiyat va maqsadlarni amalga oshirish qobiliyati bor. Hayotingizda hech qachon to‘siqlar oldida to‘xtamang, yangi cho‘qqilarni zabt eting va har doim o‘zingizga ishonchingizni saqlang. Har bir muvaffaqiyatsizlik – bu yangi imkoniyatlarning boshlanishi ekanligini unutmang. Sizning qat’iyat va iroda kuchingiz sizni yangi marralarga olib chiqadi. Barchangizga bu yorqin bayramni iliq va samimiy ruhda o‘tkazishingizni tilayman. Har biringizning hayotingizda muvaffaqiyatlar, sog‘lik-salomatlik, baxt va omad doimo hamrohingiz bo‘lsin. Kelajakda yanada katta yutuqlarga erishishingizga ishonamiz va doimo sizlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. 💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin! Samimiy tilaklar bilan Sherzod UZOKOV Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori #YoshlarKuni #YouthDay SamDAQU Axborot xizmati @samdaqueduuz
Показать все...
🎉 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Qadrli yoshlar! ⚡️ Avvalo, Sizlarni, mamlakatimizda keng nishonlanayotgan muhim sana – “Yoshlar kuni” bilan Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, ilm-fan va mehnat yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Doimo intiluvchan, jonkuyar va vatanparvar bo‘lib, yangi g‘oya hamda tashabbuslar bilan mamlakatimizni dunyoga tanitishdan aslo charchamang. 💐Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! #YoshlarKuni #YouthDay Bizning sahifalarimiz: 🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube.
Показать все...
👍 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.