ru
Feedback
MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

Открыть в Telegram

Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi (Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)

Больше
1 363
Подписчики
Нет данных24 часа
-57 дней
-3430 дней
Архив постов
Ta’rif. Ketma-ket kelgan ikkitasi bir to’g’ri chizizqda yotmagan A1A2, A2A3,…,An-1An kesmalardan tashkil topgan shaklga siniq chiziq deyiladi. Ta’rif. O’z-o’zini kesmaydigan yopiq siniq chiziq ko’pburchak deb ataladi. Ta’rif. Uchburchak uchini shu uch qarshisidagi tomonning o’rtasi bilan tutashtiruvchi kesma uchburchakning medianasi deb ataladi. Ta’rif. Uchburchak burchagi bissektrisasining uchburchak ichida yotgan qismi (kesmasi) uchburchak bissektrisasi deyiladi. Ta’rif. Uchburchak uchidan shu uch qarshisidagi tomon yotgan to’g’ri chiziqqa tushirilgan perpendikulyar, uchburchakning balandligi deb ataladi. Teorema. (Uchburchaklar tengligining TBT alomati). Agar bir uchburchakning ikki tomoni va ular orasidagi burchagi ikkinchi uchburchakning ikki tomoni va ular orasidagi burchagiga mos ravishda teng bo’lsa, bunday uchburchaklar o’zro teng bo’ladi. Teorema. Teng yonli uchburchkning asosidagi burchaklari teng Teorema. Teng yonli uchburchak asosiga tushirilgan bissektrisa uning ham medianasi, ham balandligi bo’ladi. Teorema. (Uchburchaklar tengligining BTB alomati). Agar bir uchburchakning bir tomoni va unga yopishgan ikki burchagi ikkinchi uchburchakning bir tomoni va unga yopishgan ikki burchagiga mos ravishda teng bo’lsa, bunday uchburchaklar o’zro teng bo’ladi. Teorema. (Uchburchaklar tengligining TTT alomati). Agar bir uchburchakning uchta tomoni ikkinchi uchburchakning uchta tomoniga mos ravishda teng bo’lsa, bunday uchburchaklar o’zaro teng bo’ladi. Ta’rif. Kesmaning o’rtasidan o’tib, shu kesmaga perpendikulyar bo’lgan to’g’ri chiziq kesma o’rta perpendikulyari deb ataladi. Teorema. Kesma o’rta perpendikularining ixtiyoriy nuqtasi kesma uchlaridan teng uzoqlikda joylashgan bo’ladi.

photo content

photo content

photo content

Geometriya – geometrik shakllar va ularning xossalari haqidagi fan. Planimetriya – geometriyaning bo’limi bo’lib, u tekislikdagi geometrik shakllarning xossalarini o’rganadi. Nuqta, to’g’ri chiziq va tekislik – geometriyaning asosiy tushunchalaridir. Aksioma. Tekislikda qanday to’g’ri chiziq olinmasin, bu to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lgan nuqtalar ham, tegishli bo’lmagan nuqtalar ham mavjud. Aksioma. Har qanday ikki nuqtadan faqat bitta to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin. Aksioma. Har bir to’g’ri chiziq tekislikni ikki bo’lakka. Ikkita yarim tekislikka ajaratadi. Natija. Agar ikki to’g’ri chiziq kesishsa, ular faqat bitta nuqtada kesishadi Aksioma. Bir to’g’ri chiziqda yotgan istalgan 3 ta nuqtaning faqat bittasi qolgan ikkitasining orasida yotadi. Ta’rif. Kesma deb, to’g’ri chiziqning ikki nuqtasi va ular orasida yotgan nuqtalaridan iborat qismiga aytiladi. Ta’rif. Nur deb, to’g’ri chiziqning biror nuqtasidan bir tomonda yotgan barcha nuqtalaridan iborat qismiga aytiladi. Ta’rif. Teng shakllar deb, birini ikkinchisining ustiga aynan ustma-ust tushadigan qilib qo’yish mumkin bo’lgan shakllarga aytiladi. Aksioma. Ixtiyoriy nurning ustiga uning uchidan boshlab, berilgan kesmaga teng yagona kesmani qo’yish mumkin. Ta’rif. Kesmaning o’rtasi deb, uni o’zaro teng ikkita kesmaga ajratuvchi nuqtaga aytiladi. Xulosa: Geometriyada o’lchash va taqqoslash ishlarini bajarish lozim: Ko’z aldashi mumkin! Aksioma. Har qanday kesma 0 dan farqli tayin uzunlikka ega bo’lib, u musbat son bilan ifodalanadi. Aksioma. Agar to’g’ri chiziqda B nuqta A va C nuqtalar orasida joylashgan bo’lsa, AC kesma uzunligi AB va BC kesmalar uzunliklarning yig’indisiga teng bo’ladi: AC=AB+BC Ta’rif. Burchak deb, nuqta va undan chiquvchi ikki nurdan iborat shaklga aytiladi. Ta’rif. Yoyiq burchak deb, tomonlari bir-birini to’ldiruvchi nurlardan iborat burchakka aytiladi. Aksioma. Ixtiyoriy nurdan boshlab tayin yarimtekislikka berilgan yoyiqmas burchakka teng yagona burchak qo’yish mumkin. Ta’rif. Burchak bissektrisasi deb uning uchidan chiqib, burchakni teng ikki burchakka ajtratuvchi nurga aytiladi. Aksioma. Har qanday buchak tayin gradus o’lchoviga ega bo’lib, uning qiymati musbat son bilan ifodalanadi. Yoyiq burchakning gradus o’lchovi 180°ga teng. Aksioma. Burchakning, burchak tomonlari orasidan o’tuvchi ixtiyoriy nur ajratgan burchaklar gradus o’lchovlarining yig’indisiga teng. Ta’rif. Qo’shni burchaklar deb, bittadan tomonlari umumiy, qolgan tomonlari bir-birini to’ldiruvchi nurlardan iborat bo’lgan burchaklarga aytiladi. Xossa. Qo’shni burchaklar yig’indisi 180°ga teng. Ta’rif. Vertikal burchaklar deb, ikki to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan va o’zaro qo’shni bo’lmagan burchaklar juftiga aytiladi. Xossa. Vertikal burchaklar o’zaro teng. Teorema. Agar qo’shni burchaklar o’zaro teng bo’lsa, ularning har ikkisi ham to’g’ri burchak bo’ladi. Ta’rif. To’g’ri (90°li) burchak ostida kesishuvchi to’g’ri chiziqlar perpendikulyar to’g’ri chiziqlar deb ataladi. Teorema. To’g’ri chiziqning ixtiyoriy nuqtasidan yagona perpendikulyar to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin. Teorema. Bitta to’g’ri chiziqqa perpendikulyar bo’lgan ikki to’g’ri chiziq o’zaro kesishmaydi. @iksvariant

photo content

photo content

sticker.webp0.12 KB

⭐️⭐️⭐️⭐️ORZU QILING⭐️⭐️⭐️⭐️ 📌Har doim oldinga intiling. 📌Hech qachon oʻsishdan, ezgulikka intilishdan toʻxtamang. 📌Har doi
⭐️⭐️⭐️⭐️ORZU QILING⭐️⭐️⭐️⭐️ 📌Har doim oldinga intiling. 📌Hech qachon oʻsishdan, ezgulikka intilishdan toʻxtamang. 📌Har doim yangilikka intiling. Siz ishingizni yana ham yaxshiroq qilishdan toʻxtasangiz, ishingiz oʻlishni boshlaydi. 📌Har kuni, hatto kichikroq boʻlsa ham, yana ham yaxshiroq boʻlish maqsadini qoʻying. Kichik boʻlsa ham har kunlik yaxshilanishlar natijasida katta muvaffaqiyatga olib boradi. @iksvariant👩‍💻🧑‍💻

🤗Assalomu alekum🤗 Yangi kun muborak!!! Yangi haftamiz muborak bo'lsin. Alloh har lahzangizga barokot bersin! Undan unumli f
🤗Assalomu alekum🤗 Yangi kun muborak!!! Yangi haftamiz muborak bo'lsin. Alloh har lahzangizga barokot bersin! Undan unumli foydalanishingiz nasib etsin! Doim baxtiyorlar, omadlilar qatorida qilsin! Kuningiz sermazmun fayzli va hayrli bo'lsin! @iksvariant👩‍💻🧑‍💻

photo content

photo content

photo content

photo content

⚡️⚡️ ONLINE BLOK TEST ⚡️⚡️ 14-mart yakshanba kuni barcha fanlardan 👉tekin 105 talik blok test👈 bo'ladi. @Online_Repetitorlar kanalida. Testlar DTM standartlaridan qiyinroq tuzilgan, sababi mashqda qiyin bo'lsa jangda oson bo'ladi degan naqlga amal qilamiz. Eng yuqori ball olgan 3 ishtirokchi 1⃣ 40 ming so'm 2⃣ 30 ming so'm 3⃣ 25 ming so'm bilan mukofotlanadi. Test topshiriqlari 8:00 da kanalga tashlanadi, siz 20:00 gacha javoblarni yubora olasiz. Online testga barcha abituriyentlar qatnasha olishi uchun vaqtini ko'proq ajratdik. MUHIM YANGILIK: ⚡️MATEMATIKA, FIZIKA, INGLIZ TILI⚡️ FANLARI TESTLARI HAM TAHLIL QILIB BERILADI(tajriba sifatida). Keyingi haftalardan boshqa fan savollari ham tahlil qilib beriladi. Siz bu orqali test bilan birga qo'shimcha bilim ham olasiz. @Online_Repetitorlar jamoasi testda sizga omad tilaydi

photo content

photo content

photo content

photo content

photo content