ru
Feedback
MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

MATEMATIKA | Shomirza Asqarov

Открыть в Telegram

Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi (Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)

Больше
1 363
Подписчики
Нет данных24 часа
-57 дней
-3430 дней
Архив постов
INSONLARNING HAYOTIDAGI OXIRGI SO‘ZLARI – Otavering, men ushlab qolaman. – Aka, bu avtomobilning to’xtatish qurilmasi ishlamaydi. – Qo‘rqma, mashinamizda himoya yostig‘i mavjud. – Demak, Piranya deganlari shunday narsa ekan-da. Qarang, Umar aka, men uning mo‘ylovini o‘ynayapman, hech narsa bo‘lmayapti. – Bolam, meni yo‘lning narigi tarafiga o‘tkazib qo‘y! – Ukam, bu go‘shtning ta’mi buzilganini sen ham sezdingmi? – Jamshid aka, kutib turing, men bir marta kalla tashlab chiqaman. – Elektrikning nima keragi bor, onasi. Hammasini o‘zim hal qilib tashlayman. – Oyni qara, oyni. Xuddi “KAMAZ“ ning chirog‘iday yorug‘. – Hech qo‘rqmanglar, men sinab ko‘rdim. – Alimardon aka, suvning chuqurligi muhim emas. Qanday sakrashni bilsangiz bo‘ldi. – Jon, bu yer Liverpool tribunasiga o‘xshamayapti. – Va-ha-ha, mana bu suzib kelayotgan narsa itbaliqqa juda ham o‘xshar ekan. – Qo‘riqchi, bu qafas yopiq emasmi? – Onasi, gugurtni yoq-chi, bir ko‘raylik, oshxonadan nimaning hidi kelyapti ekan. @iksvariant

#yechimi
+1
#yechimi

photo content

photo content

#bir_misol_yechimi
#bir_misol_yechimi

TAQDIR Yaponiya uchun muhim urushlardan birida yaponlarning bosh qo’mondoni, askarlarining soni dushman askarlari sonidan juda kam bo‘lishiga qaramay, hujumga o‘tishga qaror qilibdi. Qo‘shinning g‘alaba qozonishiga o‘zi ishonchi komil bo‘lsa-da, askarlarda qandaydir qo‘rquv, ikkilanish bor edi. Jang maydoni sari otlanayotgan qo‘shin yo‘l bo‘yidagi ibodatxonalardan biriga kirib, tangridan g’alaba so’rab birgalikda duo qilishibdi. Ibodatxonadan chiqqach, qo‘mondon askarlarga shunday murojaat qilibdi: “Mana, vatanimiz uchun juda ham muhim jangga kiryapmiz. Hozir sizning ko‘z oldingizda tanga otamiz. Agar tanganing gerbli tarafi yuqoriga qarab tushsa, g‘alaba qozonamiz, sonli tarafi tushsa, mag‘lubiyatga uchraymiz. Shu usul bilan taqdirimizga oydinlik kiritib olamiz”. Shundan so‘ng qo‘mondon tangani osmonga otibdi. Hamma intizorlik bilan qaysi tarafi tushishini kuzata boshlabdi. Tanga havoda biroz aylangach, gerbli tomoni yuqoriga qarab tushibdi. Askarlarning xursandchiliklari ichlariga sig‘may, hayqira boshlashibdi. O’zlariga bo‘lgan ishonchlari ortib, yuz chandon ko‘proq shijoat bilan jangga kirishibdi va unda g‘alaba qozonishibdi. Jangdan so‘ng bo‘lim qo‘mondonlaridan biri kelib, bosh qo’mondonga shunday debdi: “Hech kim taqdirni o‘zgartira olmaydi”. Qo‘mondon: “Albatta”, - debdi va qo‘lida ikki tarafiga gerb tushirilgan tangani ko‘rsatibdi. @iksvariant

#quizni_ishlanishi
#quizni_ishlanishi

👆👆👆
Anonymous voting

photo content

#misol
#misol

Tezlik Juda yuqorida tezlikda kelayotgan mashina avtomobil nazorati xodimlari tomonidan to‘xtatildi. – Shunday katta tezlikda qayerga ketyapsiz? – Uyga. Yangi yilda do‘stlarimiz bilan yig‘ilishgan edik. Biroz ushlanib qoldim. Uydagilar xavotirlanishyapti. – Lekin hozir may oyidamiz-ku? – Shuning uchun shoshyapman-da! #joke😅

#bir_misol_yechimi
#bir_misol_yechimi

photo content

photo content

Geometriya – geometrik shakllar va ularning xossalari haqidagi fan. Planimetriya – geometriyaning bo’limi bo’lib, u tekislikdagi geometrik shakllarning xossalarini o’rganadi. Nuqta, to’g’ri chiziq va tekislik – geometriyaning asosiy tushunchalaridir. Aksioma. Tekislikda qanday to’g’ri chiziq olinmasin, bu to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lgan nuqtalar ham, tegishli bo’lmagan nuqtalar ham mavjud. Aksioma. Har qanday ikki nuqtadan faqat bitta to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin. Aksioma. Har bir to’g’ri chiziq tekislikni ikki bo’lakka. Ikkita yarim tekislikka ajaratadi. Natija. Agar ikki to’g’ri chiziq kesishsa, ular faqat bitta nuqtada kesishadi Aksioma. Bir to’g’ri chiziqda yotgan istalgan 3 ta nuqtaning faqat bittasi qolgan ikkitasining orasida yotadi. Ta’rif. Kesma deb, to’g’ri chiziqning ikki nuqtasi va ular orasida yotgan nuqtalaridan iborat qismiga aytiladi. Ta’rif. Nur deb, to’g’ri chiziqning biror nuqtasidan bir tomonda yotgan barcha nuqtalaridan iborat qismiga aytiladi. Ta’rif. Teng shakllar deb, birini ikkinchisining ustiga aynan ustma-ust tushadigan qilib qo’yish mumkin bo’lgan shakllarga aytiladi. Aksioma. Ixtiyoriy nurning ustiga uning uchidan boshlab, berilgan kesmaga teng yagona kesmani qo’yish mumkin. Ta’rif. Kesmaning o’rtasi deb, uni o’zaro teng ikkita kesmaga ajratuvchi nuqtaga aytiladi. Xulosa: Geometriyada o’lchash va taqqoslash ishlarini bajarish lozim: Ko’z aldashi mumkin! Aksioma. Har qanday kesma 0 dan farqli tayin uzunlikka ega bo’lib, u musbat son bilan ifodalanadi. Aksioma. Agar to’g’ri chiziqda B nuqta A va C nuqtalar orasida joylashgan bo’lsa, AC kesma uzunligi AB va BC kesmalar uzunliklarning yig’indisiga teng bo’ladi: AC=AB+BC Ta’rif. Burchak deb, nuqta va undan chiquvchi ikki nurdan iborat shaklga aytiladi. Ta’rif. Yoyiq burchak deb, tomonlari bir-birini to’ldiruvchi nurlardan iborat burchakka aytiladi. Aksioma. Ixtiyoriy nurdan boshlab tayin yarimtekislikka berilgan yoyiqmas burchakka teng yagona burchak qo’yish mumkin. Ta’rif. Burchak bissektrisasi deb uning uchidan chiqib, burchakni teng ikki burchakka ajtratuvchi nurga aytiladi. Aksioma. Har qanday buchak tayin gradus o’lchoviga ega bo’lib, uning qiymati musbat son bilan ifodalanadi. Yoyiq burchakning gradus o’lchovi 180°ga teng. Aksioma. Burchakning, burchak tomonlari orasidan o’tuvchi ixtiyoriy nur ajratgan burchaklar gradus o’lchovlarining yig’indisiga teng. Ta’rif. Qo’shni burchaklar deb, bittadan tomonlari umumiy, qolgan tomonlari bir-birini to’ldiruvchi nurlardan iborat bo’lgan burchaklarga aytiladi. Xossa. Qo’shni burchaklar yig’indisi 180°ga teng. Ta’rif. Vertikal burchaklar deb, ikki to’g’ri chiziqning kesishishidan hosil bo’lgan va o’zaro qo’shni bo’lmagan burchaklar juftiga aytiladi. Xossa. Vertikal burchaklar o’zaro teng. Teorema. Agar qo’shni burchaklar o’zaro teng bo’lsa, ularning har ikkisi ham to’g’ri burchak bo’ladi. Ta’rif. To’g’ri (90°li) burchak ostida kesishuvchi to’g’ri chiziqlar perpendikulyar to’g’ri chiziqlar deb ataladi. Teorema. To’g’ri chiziqning ixtiyoriy nuqtasidan yagona perpendikulyar to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin. Teorema. Bitta to’g’ri chiziqqa perpendikulyar bo’lgan ikki to’g’ri chiziq o’zaro kesishmaydi. @iksvariant

#misol
#misol

photo content

sticker.webp0.07 KB

#Sharigin_olimpiadasi 👉 @iksvariant
#Sharigin_olimpiadasi 👉 @iksvariant