cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali

"Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialining telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi Veb-sayt: www.andijonhetk.uz Facebook: www.fb.com/hetandijon Instagram: www.instagram.com/hetandijon Youtube: www.youtube.com/@hetandijon

Больше
Рекламные посты
2 155
Подписчики
+224 часа
+117 дней
+6730 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

#TEZKOR DIQQAT E'LON‼️ IZBOSKAN HAMDA ANDIJON TUMANIDA JOYLASHGAN AYRIM MAHALLALARDA MA'LUM VAQTGA ELEKTR ENERGIYASIDA UZILISHLAR KUZATILADI Bugun 12-iyul  kuni "Uchqo'rg'on" GES bilan "Yulduz" podstansiyasini bog'lab turuvchi tranzit L-1YU/110 kV havo tarmog'ida nosozlikni oldini olish maqsadida qo'shni Qirg'iziston Respublikasida ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli ushbu havo tarmog'idan elektr energiyasi bilan ta'minlanuvchi, Izboskan tumanining Yangi bo‘ston obod, Haqqulobod, Lo‘g‘umbek, Rovot, Tuyachi, Navro‘zobod, Toshloq, Yangi avlod, To‘raobod, Botirobod, To‘rtko‘l, Gudur, Yangi qishloq, Gurkirov, Yuqori Chuvama, Beshterak, Toshkechik, Qorayantoq, Qo‘g‘ay, Guliston, Manguberdi, Kuyganyor, Navoiy, Oybek, Daminboychek, Markaz, Bobur, Daryobo‘yi, Solboshi, Yuqori hosil, Barhayot, Qumko‘cha, Oq oltin, Anorzor, Cho‘rtonliq, Urganji mahallalarida shuningdek, Andijon tumanining Mard, Navro'z, Mustaqillik, Oq rovot, Duldur, Cho'nbog'ich, Qo'qonlik, Sultonobod, Ayrilish, Beshbo'ynoq MFY hududlarida  soat 16:00 dan 18:00 ga qadar elektr energiyasi ta'minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilishini ma’lum qilamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so'raymiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
SHAHRIXON TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTIDA VAQTINCHA UZILISHLAR KUZATILADI Shahrixon tumanida joylashgan “Holdovonbek” podstansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan tumanning Nazarmahram, Qumtepa, Xoldovonbek, Azamat, Do’stlik, Bo’ston, Yangi naynavo, Cho’ja, Qorabo’yin, Quruqsoy, Yangi zamon, To’lqin, Qumariq, Bo’ston, Qushqo’noq MFY hududlarida bugun 12-iyul kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar vaqtincha elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so’raymiz! “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
XONOBOD SHAHRIDA TARG’IBOT ISHLARI OLIB BORILDI Kunning ikkinchi yarmida Xonobod shahrining “Yangi hayot” MFY hududida targ’ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, mahalla xonadonlarining birining bir kunlik iste’moli o’rganilib tahlil qilindi. Ushbu mahallada yashovchi fuqarolarga belgilangan elektr energiyasi ta’rif normalari tushintirilib, elektr energiyasi bo’yicha bildirilgan murojaatlar o’rganildi. Fuqarolardan kelib tushgan takliflar nazoratga olindi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
XO’JAOBOD TUMANIDA ISHCHI GURUH TOMONIDAN AHOLI O’RTASIDA TUSHINTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI Ma’lumki bir necha kundan buyon aholi o’rtasida hududlarda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qaroriga muvofiq tushintirish ishlari olib borilmoqda. Navbatdagi manzil Xo’jaobod tumanining “Mustahkam” MFY hududida targ’ibot ishlari olib borildi. Ushbu mahallada yashovchi fuqarolarga belgilangan elektr energiyasi ta’rif normalari tushintirilib, elektr energiyasi bo’yicha bildirilgan murojaatlar o’rganildi. Fuqarolardan kelib tushgan takliflar nazoratga olindi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
👍 1
Andijon tumanida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani bo‘limi va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O‘.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Qoraqalpoq” MFYdagi xonadonida 14 ta to‘plamdagi “Bitmain” mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 133,2 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Показать все...
👍 2
OAV xodimlari va blogerlar uchun press-tur tashkil qilindi Bugun, 11 iyul kuni "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning "Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish markazi" filialiga ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Keyingi paytlarda iste’molchilar tomonidan elektr energiyasi hisob-kitobiga oid yo‘llanayotgan murojaatlar hamda bu bo‘yicha kelib chiqayotgan tushunmovchiliklarga aniqlik kiritish maqsadida tashkil etilgan tadbirda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) orqali iste’molning sutkalik, oylik va yillik nazorati yuritilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbirda qatnashgan ishtirokchilar о‘zlarining barcha qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi. Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#TEZKOR TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA Andijon shahrida joylashgan Mustaqillik, Tinchlik, Yangi hayot, Buyuk ipak yo’li, Bog’ishamol MFY hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yer osti kabel tarmog’ida favqulotda nosozlik kuzatililishi natijasida elektr energiyasi ta’minotida uzilish sodir bo’lgan. Ayni vaqtda Andijon shahar elektr ta’minoti tezkor chiqish brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Tez fursat ichida ta’minot qayta tiklanishini ma’lum qilamiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Показать все...
Перейти в архив постов
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.