ru
Feedback
NurStudio | Dasturlar

NurStudio | Dasturlar

Открыть в Telegram
824
Подписчики
Нет данных24 часа
+47 дней
+3430 день
Архив постов
Repost from Nursaidov.uz
🫥Talaba va o'quvchilar uchun darslarni tashkil qilishda innovatsion metodni sinab ko'ring O‘qituvchilar ma'ruza yoki dars ma
🫥Talaba va o'quvchilar uchun darslarni tashkil qilishda innovatsion metodni sinab ko'ring O‘qituvchilar ma'ruza yoki dars mashg‘ulotlarini tashkil etishda taqdimotga QR kod joylashtiradilar, talabalar esa ushbu QR kodni telefonlari orqali skaner qilib, testni ishlaydilar. Ishlab bo'lgan talabalarning natijalari O'qituvchiga va barcha talabalarga real vaqtda to'liq ko'rinib turadi. Bunda talabani dars davomida baholash, telefoni orqali darsda faol ishtirok etish imkoniyati yaratiladi, bu esa talabalarning qiziqishini oshirib, ularni dars jarayoniga yanada chuqurroq jalb etadi. Shu bilan birga, real vaqtda natijalar ko‘rsatilishi barcha talabalarga ham shaffof, ishonchli va foydali bo'ladi. To'liq ko'ring: https://youtu.be/NT4Dvb6_nro 💡Ushbu tizimni bor yo'g'i 999 ming so'mga o'rnatib beramiz. Xohlagancha va bir umr cheksiz ishlatishingiz mumkin. Bonusiga domen va xosting bizning hisobimizdan olib beriladi. @Nursaidovuz

Repost from Nursaidov.uz
@Nursaidovuz Arxiv: 2018

Repost from Nursaidov.uz
Kutib oling. Android qurilmalari uchun "Test tuzuvchi" dasturi Test tuzuvchi dasturi orqali barcha fanlardan yoki mavzulardan savollarni kiritib test holatida ishlashingiz mumkin. Masalan: Ingliz tilidan bugun 30 ta so'z yodlashingiz kerak. Ushbu so'zlarni Test tuzuvchi dastur orqali birma-birma kiritib test holatida bajarishingiz mumkin. Bunda so'zlarni yozasiz, o'qiysiz va test holatida ishlasangiz ushbu so'zlar miyangizda bir umr saqlanib qoladi. Keraksiz bo'limlarni chap yoki o'ngga surish orqali o'chirib tashlashingiz mumkin. @Nursaidovuz

Repost from Nursaidov.uz
+2
Dasturlashdan +> muhandislikka! Rele yordamida motor yo‘nalishini oldinga harakatlantirish juda oson lekin orqaga harakatlantirishda bizga 2 ta rele yoki tranzistordan foydalanishni maslahat berishdi. Lekin bitta rele orqali biz buni uddaladik. Bu yondashuv H-ko‘prik sxemasi orqali amalga oshirildi, bu esa teskari oqim bilan motorni orqaga harakatlantirish imkonini berdi. Bundan tashqari, 0 dan yasalgan dron va telefon orqali boshqariladigan avtomobil loyihalari ustida ishlayapmiz. Tez kunlarda kamera va sun'iy intellekt orqali ko‘p vazifalarni bajaradigan loyihalarimizni taqdim etamiz. @Nursaidovuz

Repost from Nursaidov.uz
Rasmlardagi matnlarni tanib olish va ajratib oluvchi dasturdan foydalanib ko'ring. Foydalanuvchilar turli tillardagi(o'zbek t
Rasmlardagi matnlarni tanib olish va ajratib oluvchi dasturdan foydalanib ko'ring. Foydalanuvchilar turli tillardagi(o'zbek tili ham bor) rasmlarni yuklab, ularni matnga aylantirishni so'rashi mumkin. Tizim, tanib olish jarayonini foizlar bilan ko'rsatib beradi, bu esa foydalanuvchilarga jarayon haqida vizual tasavvur beradi. Ushbu tizimni takomillashtirib boramiz. Foydalanish: https://nursaidov.uz/txt/ Videoda to'liq. https://youtu.be/caPDJqgLg9g @Nursaidovuz

Ushbu tizim talabalarga quyidagi jihatlarda yordam beradi: DNS va IP-manzillarni tushunish: Talabalar domenlarning texnik jih
+1
Ushbu tizim talabalarga quyidagi jihatlarda yordam beradi: DNS va IP-manzillarni tushunish: Talabalar domenlarning texnik jihatlarini o'rganishlari mumkin. Tarmoq diagnostikasi: Traceroute orqali tarmoqdagi muammolarni aniqlash va bartaraf etishni o'rganishadi. Ro'yxatga olish ma'lumotlari: WHOIS ma'lumotlari orqali domenlarning ro'yxatdan o'tish tarixini bilib olishlari mumkin. Amaliy tajriba: Tizimni foydalanish orqali tarmoq va domenlar haqida amaliy bilimlarni oshiradilar. t.me/nurstudio

Ushbu tizim domenlar haqida umumiy ma'lumotlarni olish uchun ishlab chiqilgan. Foydalanuvchilar domen manzilini kiritib, quyidagi ma'lumotlarni olishlari mumkin: NSLookup: DNS-server va domenning IP-manzillari. WHOIS: Domen ro'yxatga olish ma'lumotlari. Traceroute: Domen manziliga borish yo'llari va kechikish vaqtlari. Foydalanish uchun domen nomini kiritish va "Ma'lumotlarni olish" tugmasini bosish kifoya. Eslatma: G'araz maqsadlarda foydalanmang t.me/nurstudio

Kompyuterni avtomatik o'chirish tizimi Bu tizim, foydalanuvchiga kompyuterini ma'lum vaqt oralig'idan so'ng avtomatik ravishda o'chirish imkonini beradi. Tizimda vaqt soniyalarda kiritiladi va "O'chirishni boshlash" tugmasini bosish orqali timer boshlanadi. Vaqt tugagach, kompyuter avtomatik tarzda o'chiriladi. Agar foydalanuvchi timerni to'xtatmoqchi bo'lsa, "O'chirishni bekor qilish" tugmasidan foydalanishi mumkin. Masalan internetdan katta hajmdagi ma'lumot yuklayapsiz. Lekin kutishga vaqt yo'q. Taxminan vaqt belgilaysiz. Kompyuter o'chgan bo'ladi. t.me/nurstudio

Ushbu tizim, domen nomiga mos keladigan IP manzillarni aniqlash, o'quvchilarning texnik bilimlarini oshirish va ularni amaliy mashg'ulotlar bilan yanada chuqurroq tushunchaga ega bo'lishiga yordam beradi. O'quvchilar nslookup buyrug'ini ishlatish orqali domen nomlari va IP manzillar haqida ko'proq ma'lumot olishadi Kiberxavfsizlik darslarida foydalanish uchun tayyor tizim. t.me/nurstudio

Repost from Nursaidov.uz
Operatsion tizim(kompyuteringiz) haqida o'zbek tilida ma'lumot beruvchi tizim Endi "kompyutering qanaqa" degan savolga qiynalmay javob berasiz. Bu dastur sizning kompyuteringizning asosiy xususiyatlarini ko'rsatadi va O'zbek tilida ma'lumot beradi: Protsessor: Protsessorning nomi, yadrolar soni va maksimal ishlash tezligi. Grafik karta: Grafik kartaning nomi va uning RAM hajmi. Operativ xotira: Jami RAM hajmi. Kompyuter xotiralari: Jami GB ko'rinishida IP adress: 192.168.... Windows qanaqaligi haqida ... 🖥 Yuklab oling, sinab ko'ring, yaqinlaringizga ulashing! @Nursaidovuz

Javadan ma'ruzalar matni va masalalar to'plami. 2023 t.me/nurstudio

Repost from Nursaidov.uz
Dasturlash asoslari: "Ma'lumotlar turlari: o'zgaruvchilar, konstantalar, operatorlar va ifodalar" mavzusi bo'yicha taqdimot qilgandik. Foydasi tegsa xursandmiz! @Nursaidovuz

2000 dan ortiq kanallarni bepul tomosha qiling. IPTV bilan. Ushbu ilova Televizor va mobil qurilmalar uchun. https://t.me/nurstudio

Repost from Informatika va AT
Axborot texnologiyalari sohalari bo'yicha o'qiydigan, ishlaydigan va faoliyat olib boradiganlar, kerakli darajada ingliz tilini bilishi o'zi uchun foydali bo'ladi. Ushbu kitob orqali ingliz tili grammatikasini Axborot texnologiyalariga bog'lab o'rganishingiz, mashqlar bajarishingiz, hamda ingliz tilidan ko'nikmalaringizni oshirishingiz mumkin bo'ladi. Juda foydali kitob. 👉 @Informatika

Repost from Informatika va AT
O'zbek tilida ilovalar kerakmi? Foydali mobil ilovalar haqida ma'lumotlarchi? Katta loyihalarga qiziqasizmi? Sayohatlargachi? Unda marhamat t.me/nursaidovuz

GodMode.{ED7BA470-8E54-465E-825C-99712043E01C}

4 yag

Headway words. Ushbu pdf faylda boshlang'ich va eng kerakli so'zlar joylashgan. Ushbu so'zlarni yodlash katta natijalar beradi. @Nurstudio

Grammatikani o'yin orqali yanada tezroq o'rganing. So'zlarni birlashtiring. @Nurstudio