cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Ўрта Чирчиқ тумани ҳокимлиги | Хокимият Урта Чирчикского района

Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.

Больше
Рекламные посты
6 803
Подписчики
-1024 часа
-767 дней
-1 15930 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

00:58
Видео недоступноПоказать в Telegram
O‘rta Chirchiq tumani "Nomdanak" mahallasida tuman hokimi I.Kasimov va sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Batafsil "Nurafshon" telekanali reportajida O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Показать все...
O‘rta Chirchiq tumani 16-maktabda “Ma’rifat ulashib” tadbiri bo‘lib o‘tdi Tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, taniqli shoirlar Zohidjon Xolov, Neʼmat Dushayev hamda Toshkent davlat agrar universiteti boshqarma boshlig‘i Davron Mustafaqulov, kafedra mudiri Sayyora Xolmirzayeva, universitet jamoasi va talabalar, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlar, maktab ma’muriyati, o‘quvchilar ishtirok etishdi. Ma’naviy kechada adiblar oʻzilarining ijod naʼmunalaridan oʻqib berdi hamda talabalar bilan dildan suhbatlashishdi. Shuningdek, tadbir oldidan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi hamda taklif etilgan mehmonlar maktab hududiga koʻchatlar ekishdi. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Показать все...
👍 2🔥 1
00:58
Видео недоступноПоказать в Telegram
O‘rta Chirchiq tumani "Nomdanak" mahallasida tuman hokimi I.Kasimov va sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Batafsil "Nurafshon" telekanali reportajida O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#bildirish Hurmatli tumanimiz aholisi hamda tumandoshlari diqqatiga! O‘rta Chirchiq tumani hokimligi va Madaniyat bo‘limi tomonidan joriy yilning 19-may soat 19:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Yurtim munavvar oqshomlari" nomli konsеrt dasturi bo‘lib o‘tadi. Konsеrt dasturiga el ardog‘idagi san'at vakillari so‘z ustalari tashrif buyuradilar. Manzil "Faravon" mahallasi Barchangizni kutib qolamiz! Mazkur tadbirlarimiz har haftaning shanba va yakshanba kunlari reja asosida barcha mahallalarda o‘tkazilishi belgilangan. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Показать все...
👍 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#bildirish "O‘rta Chirchiq tuman gaz" taminoti bo‘limi ma’lum qiladiki, 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, o‘rta va yuqori bosimli gaz tarmoqlarini bosimga ko‘tarib sinash hamda "Hududgaz Toshkent" GTF, viloyat hokimligi va Toshkent MGQB bilan kelishilgan rejasia asosan "To‘ytepa" GTSdan gaz bilan ta’minlanuvchi Oltio‘g‘il, Adolat, Qoraqo‘yli, Qunduzak, Yoriq, Nomdanak, Burgalik, O‘rtasaroy, O‘rtaovul, Qaytmas, Yuqoriovul, Mayramko‘l, Mingtepa mahallalaridagi aholi va ulgurji iste’molchilar 20-may kuni soat 08:00dan 22-may kuni soat 17:00gacha vaqtincha tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Aholi iste’molchilar 5838 ta bog‘cha 5 ta maktab 5 ta tibbiyot muassasasi 5 ta tandir 22 ta qolipli non 2 ta ulgurji iste’molchilar 65 ta Murojaat uchun telefon +998998371004 "O‘rta Chirchiq tuman gaz" ta’minoti bo‘limi noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Показать все...
👍 3🔥 2
🟦🟦🟩🟩 Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. 🔘 Yangiyo‘l shahri. "Yangihayot" va "Fayzli" mahallalari hududidagi eski simyogʻochlar o‘rniga temir beton ustunlar o‘rnatildi. 🔘 O‘rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi va sektor rahbarlari "Qorasuv" mahallasidagi bunyodkorlik ishlari holatini koʻzdan kechirdi. 🔘 Yuqori Chirchiq tumani. Tumanda elektr taʼminotini yaxshilash boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 🔘 Chinoz tumani. Tuman hokimi "Yoshlik" mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. 🔘 Nurafshon shahri. Shahar hokimi va sektor rahbarlari boshchiligida Toshkent yo'li ko'chasida obodonlashtirish ishlari oʻrganildi. 📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Показать все...
🔥 1
02:15
Видео недоступноПоказать в Telegram
Xalqaro oila kuni munosabati bilan xayriya tadbiri O‘rta Chirchiq tumani hokimligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak imkoniyati cheklanganlarga nogironlik aravachalari, qo‘ltiqtayoqlar, xassalar, yurish moslamalari, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar vakillariga esa oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat ijtimoiy paketlarni ulashildi. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Показать все...
👍 4🔥 1💯 1
O‘rta Chirchiq tumani prokurori U.Kamilov "Kuchlik" mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi Asosiy e’tibor aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, ularning oldida turgan maishiy va ijtimoiy masalalar yuzasidan aniq choralar ko‘rish, bunda tegishli tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish, qabul qilingan murojaatlarni natijasi yuzasidan ta’sirchan tadbirlar ko‘rishga qaratildi. Qabulda fuqarolardan bandlik, yo‘l, elektr energiya, gaz, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy va moddiy yordam olish vaa davlat xizmatlari bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushdi. Murojaatchilardan qabul qilingan ariza va takliflardan zudlik bilan ijobiy hal qilinishi bog‘liqlari joyida qanoatlantirilgan bo‘lsa, tegishli mutasaddi idora va mutaxassislarning xulosalari talab qilinadigan murojaatlar ijrosi shaxsan prokurorning nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Показать все...
👍 11🔥 1💯 1
Tuman hokimi fuqarolar murojaatlarini tingladi O‘rta Chirchiq tumani hokimi I.Kasimovning murojaat bilan kelgan bir guruh fuqarolarni tingladi. Tuman hokimi fuqarolarning murojaatlarini o‘rganib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi va ijrosini o‘z nazoratiga oldi. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Показать все...
👍 11🔥 1👏 1👌 1💯 1
Daraxtlarni kesganlar ozodlikdan maxrum etildi Malikov Shoxrux (barcha ism-shariflar oʼzgartirilgan) daraxtlarni tun qorongʼusida kessam, hamma shirin uyquda boʼlib, qilgan nomaqbul ishimni hech kim sezmaydi, bozorga olib borib moʻmaygina daromad qilaman, deb o’ylab o’ziga jinoiy harakatlarini amalga oshirish uchun sherik izlaydi. Shoxruxga sherik ham bir zumda topila qoladi. Unga xayrixoh sheriklari bilan reja tuzishadi. Shoxruxning jinoiy sheriklari Usmonov Rayim, Narimonov Maqsud, Yunusov Jalil (barcha ism-shariflar oʻzgartirilgan) bilan birga 2023-yil 5-dekabr kuni Toshkent viloyati Oʼrta Chirchiq tumani "Mashʼal" MFY hududida joylashgan "Maʼrufxon" fermer xoʼjaligiga qarashli dala maydoniga borib, oʼzlari bilan olib kelgan motorli arra va boshqa ish qurollari yordamida jami narxi 247.180.000 soʼmlik 5 tup koʼp yillik sharq chinori daraxtlarini tag qismidan shu yerning oʼzida qonunga xilof ravishda kesib olishadi. 5 tup chinor daraxtlarini boʼlaklarga boʼlib, oʼzlari yollagan Kamaz rusumli davlat raqam belgisi 30 G 640 HA boʼlgan yuk mashinasiga joylab, Toshkent shahri hududida joylashgan xalq tili bilan aytganda “Taxta bozori”ga sotish maqsadida yoʼl olishadi. Moʼmay pul topish orzusidagilar Ichki ishlar xodimlari tomonidan yoʼlda toʼxtatiladi. Gumondorlar 5 tup noqonuniy tarzda chinor daraxtlarini kesilishi natijasida oʼsimlik dunyosiga jami 247.180.000 soʼm moddiy zarar yetkazilgani aniqlandi. Jinoyatchilarning qilgan ishlari uchun ularga sud xukm oʼqidi. Malikov Shoxruxga Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi, 2-qismi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Uning jinoiy 3 nafar sheriklariga ham JKning tegishli moddalariga asosan ozodlikdan maxrum etish jazosi tayinlandi. Hurmatli fuqarolar, daraxtlarni noqonuniy kesish va unga shikast yetkazish qonunda belgilangan chora koʼrilishiga sabab boʼlishini unutmang. Zero, tabiatga ehtiyotkor munosabatda boʼlmasak, bizni kelajak avlod aslo kechirmaydi. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Показать все...
Ўрта Чирчиқ тумани ҳокимлиги | Хокимият Урта Чирчикского района

Ушбу каналда сиз Ўрта Чирчиқ туманидаги сўнгги янгиликлар, секторларда олиб борилаётган ишлар ҳақида хабардор бўласиз.

🔥 4👍 1💯 1🤗 1