cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

19-ИДУМ ҳаёти|Расмий канал

✔Олмалиқ шаҳар 19-мактабнинг Расмий канали мактабда бўлиб ўтган тадбир,янгиликлар ва бошқа ҳабарлар. (Олмалиқ шаҳар 19-ИДУМ) Мурожаат учун: @maktabim_hayoti_19 @maktab_hayoti_19 🇺🇿Олмалиқ шаҳар мактабгача ва мактаб таълими бўлими.

Больше
Рекламные посты
365
Подписчики
-324 часа
+37 дней
+130 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

04:28
Видео недоступноПоказать в Telegram
#Arxiv 2001-yilgi maktabimiz bitiruvchi sinf o‘quvchilari. 👉@maktab_hayoti_19
Показать все...
😍 7🎉 5👍 2👏 2 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрикПоздравление выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показать все...
👍 2 2
🔰UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA 2023-2024 O‘QUV YILI YAKUNIGA BAG‘ISHLANGAN “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRLARI HAMDA O‘QUVCHI-YOSHLARIMIZNING YOZGI TA’TILGA CHIQISHI MUNOSABATI BILAN OLMALIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BO‘LIMIINING OTA-ONALARGA MUROJAATI!!! ➡️Ta’lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yili ham asta-sekin o‘z yakuniga yetib bormoqda. O‘quvchi-yoshlarimiz oldida o‘quv yilining yakuni bo‘yicha tantanali tadbirlar bilan bir qatorda, mas’uliyatli onlar, yil davomida olgan bilimlarining sarhisobini berish vazifalari ham yaqinlashmoqda. 🔴25-may barcha umumta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etilishi barchamizga ma’lum. Shu bilan birga bir yil davomida umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya olgan o‘quvchi-farzandlarimizni eng uzun ta’tillardan biri hisoblangan yozgi ta’tilga kuzatish arafasidamiz. ➡️Xabaringiz bor, O‘zbekistonda yoz kunlari harorat darajasi ko‘tarilib, bolalarni suv havzalarida cho‘milish istagi ham oshib boradi. Aynan ta’til kunlarida suvda cho‘milish xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik, turli ko‘ngilsiz holatlarga sabab bo‘ladi. Ko‘pincha suzishni bilmaslik, suzish tajribasining yo‘qligi va o‘zining jismoniy imkoniyatini inobatga olmasdan suv qirg‘og‘idan uzoqlashish yohud ta’qiqlangan suv havzalarida cho‘milishi hamda ota-onalarning farzandlarini e’tiborsiz qoldirishi suvda cho‘kish bilan bog‘liq mudhish holatlarni keltirib chiqaradi. ➡️Shuningdek, tahlillarga ko‘ra, voyaga yetmagan o‘quvchi-yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, yo‘l-transport hodisalari va boshqa salbiy holatlar aynan, yozgi ta’til davrida ko‘payishi yillar davomida kuzatib kelinmoqda. Bunday salbiy holatlarga ko‘pchilik o‘quvchi-yoshlarning ta’til davrida kechayu-kunduz bemaqsad va nazoratsiz yurishlari sabab bo‘lmoqda. ➡️Bundan tashqari, bitiruvchi yoshlarimiz “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini ta’lim muassasasidan tashqarida milliy mentalitetimizga umuman zid tarzda ko‘chalarda to‘planishib, “Bog‘larda”, “Kafe”, “Restoran”, tog‘ va dam olish maskanlariga borishib, turli behayo hatti-harakatlar asosida (spirtli ichimliklar ichish, tamaki va shunga o‘xshash mahsulotlarni chekish) nishonlash kabi holatlar ham uchramoqda. 📣HURMATLI OTA-ONALAR! ➡️Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ko‘zimizning oqu-qorasi, sizning va davlatimizning umidi va kelajagi bo‘lgan farzandlarimiz bilan shunga o‘xshash salbiy holatlar sodir bo‘lmasligi uchun ➖ muntazam ravishda farzandingizga alohida e’tibor qaratishingizni, ➖issiq kunlarda ko‘chada nazoratsiz yurmasliklarini, ➖tez oqar suv xavzalarida cho‘milmasliklarini, cho‘milishga ruxsat etilgan suv xavzalarida o‘zingiz ishtirokingizda bo‘lishini doimiy nazorat qilishingizni, ➖ko‘chada harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya etilishini ta’minlashingiz, ➖ta’til vaqtida ayniqsa, soat tungi 21.00dan so‘ng farzandlaringizni bemaqsad ko‘chada yurishlarini oldini olishingiz, ➖ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yakunlanganidan so‘ng, farzandingiz bilan albatta bog‘lanib, ularni hatti-harakatini o‘z nazoratingizga olishingiz talab etiladi. ➡️Shu bilan birga yozgi ta’til vaqtida Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24 ta umumta’lim muassasalarida 2024-yil iyun oyidan boshlab faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan “Sog‘lomlashtirish maydonchalari”da fan, sport va 5 ta muhim tashabbus doirasidagi to‘garaklarga jalb qilish orqali farzandlaringizni ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishda o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz. ❗️Yoz mavsumini farzandlarimiz uchun mazmunli va foydali hamda bexatar o‘tkazish uchun siz ota-onalar bilan samarali hamkorlik qilish bizning asosiy maqsadimiz. Zero, har bir ota-ona farzandining sog‘ligi va xavfsizligi, ta’limi, tarbiyasi, uning har bir xatti-harakati uchun bevosita javobgar ekanligini unutmasligimiz lozim. 🔰Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati ————————————————— Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.me/olmaliqmmtb
Показать все...
Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta'limi rasmiy kanali

Kanal OLMALIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI BOSHLIG'I X.M.TURG'UNBOYEV TASHABBUSI BILAN YARATILDI.

👍 7
Dildan suhbat loyihasining 2-soni you tube sahifamizga joylanadi.👇 Maroqli tomosha tilaymiz! https://youtu.be/Xsi5t9sUtbw?si=gOqZWSJIIucaxAKD
Показать все...
2-SON DILDAN SUHBAT LOYIHASI SAHOBAT RAHIMOVNA BILAN

👍 7😍 4🔥 1
#Xalqaro_hamkorlik #London Vazirlik delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etmoqda 🔴 Ayni damda Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda. Tadbir Buyuk Britaniya ta’lim davlat kotibi va vaziri Djillian Kigan tomonidan ochib berildi hamda nufuzli spikerlar tomonidan ma'ruzalar tashkil etildi. Forumning birinchi kunida bo'lib o'tgan yalpi majlisda: ➖ta'limga yangi metodikalarni joriy etish, ➖sun’iy intellektdan foydalanish, ➖ta'lim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi. ❗️Ma'lumot o'rnida: ushbu nufuzli tadbirda jahonning 100 dan ortiq mamlakatlari va 70 dan ziyod Ta'lim vazirlari qatnashishmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
👍 6
#Xalqaro_hamkorlik #London Vazirlik delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etmoqda 🔴 Ayni damda Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda. Tadbir Buyuk Britaniya ta’lim davlat kotibi va vaziri Djillian Kigan tomonidan ochib berildi hamda nufuzli spikerlar tomonidan ma'ruzalar tashkil etildi. Forumning birinchi kunida bo'lib o'tgan yalpi majlisda: ➖ta'limga yangi metodikalarni joriy etish, ➖sun’iy intellektdan foydalanish, ➖ta'lim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi. ❗️Ma'lumot o'rnida: ushbu nufuzli tadbirda jahonning 100 dan ortiq mamlakatlari va 70 dan ziyod Ta'lim vazirlari qatnashishmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Показать все...
01:15
Видео недоступноПоказать в Telegram
#intervyu ⚡️”Dildan suhbat”loyihasining navbatdagi mehmoni maktabimiz ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Parpiboyeva Sahobat Rahimovna bo’ldi. 21-may kuni soat 20:00’da you tube kanalimizda tomosha qiling!
👉@maktab_hayoti_19
Показать все...
6👍 4🔥 1
04:27
Видео недоступноПоказать в Telegram
#xayr_maktab ⚡️2024-yilgi maktabimizning bitiruvchi 11-“B” sinf oquvchilari.
👉@maktab_hayoti_19
Показать все...
24👍 11😍 6👏 3🔥 2🎉 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
#Diqqat ⚡️Ertaga maktabimizda 5-11 sinflar uchun IV chorak summativ baholash (CHSB) bo’yicha test sinovi bo’lib o’tadi. Yuqoridagi jadvalda qaysi fanlardan topshirishingizni ko’rishingiz mumkin.
❗️Barcha o’quvchilar maktab formasida va kechikmasdan o’z vaqtida kelishi shart!
👉@maktab_hayoti_19
Показать все...
👍 5👏 2👌 2
Фото недоступноПоказать в Telegram
⚡️Kamida B1 sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar imtihondan ozod qilinadi. ➖ 2024-yilgi maktab bitiruvchilari chet tili boʻyicha attestatsiyadan ozod boʻlishlari uchun tasdiqlangan til sertifikatlari roʻyxati bilan tanishing. Bundan tashqari, davlat taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan B1 va undan yuqori sertifikatga ega oʻquvchilar ham belgilangan mazkur fanlardan ozod etiladi.
👉@maktab_hayoti_19
Показать все...
👍 6