cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

HAYOT DEGANLARI...

https://t.me/hayot_deganlari каналида филология фанлари доктори, профессор, Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Маъруфжон Йўлдошевнинг илмий-бадиий асарлари, таржималарини ўқиб боришингиз мумкин. УСТОЗНИНГ сўз ва кўнгил оламига марҳамат!

Больше
Рекламные посты
433
Подписчики
Нет данных24 часа
-47 дней
+530 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

Показать все...
АВЛИЁ ТУТ (“Зарчодир остида” китобидан)

  Қишлоқ мен учун ҳикояси ярим қолган одамлар яшайдиган макон эди. Ҳар куни ўнлаб, юзлаб одам ўз ҳикоясининг давомини қидириб гавжум шаҳарларга кетиб боради, деб ўйлар ва ўйларимнинг тўғрилигига ишонардим. Мен учун қишлоқ лойсувоқ томли уйлардан бошқа нарса эмас эди. Дарвозасининг устига болахона қурилган уйлар осмонўпар бино бўлиб кўринарди кўзимга. Йўл десанг, йўл эмас ғирт душман. Тўрт фасл мобайнида йўл билан олишиб чиқасан. Баҳор ва кузда лойгарчиликдан безиб кетасан. Ёзда тупроқлар қизиб оёқларингни…

🔥 4 1👏 1💯 1
Repost from HAYOT DEGANLARI...
Показать все...
АВЛИЁ ТУТ (“Зарчодир остида” китобидан)

  Қишлоқ мен учун ҳикояси ярим қолган одамлар яшайдиган макон эди. Ҳар куни ўнлаб, юзлаб одам ўз ҳикоясининг давомини қидириб гавжум шаҳарларга кетиб боради, деб ўйлар ва ўйларимнинг тўғрилигига ишонардим. Мен учун қишлоқ лойсувоқ томли уйлардан бошқа нарса эмас эди. Дарвозасининг устига болахона қурилган уйлар осмонўпар бино бўлиб кўринарди кўзимга. Йўл десанг, йўл эмас ғирт душман. Тўрт фасл мобайнида йўл билан олишиб чиқасан. Баҳор ва кузда лойгарчиликдан безиб кетасан. Ёзда тупроқлар қизиб оёқларингни…

📝 Muallif: Ma'rufjon Yo'ldoshev 💻 Nomi: Avliyo tut 📚 Janri: Hikoya 📱 Manba: "Zarchodir ostida" kitobi ✈️ @hayot_deganlari
Показать все...
Авлиё тут ҳикояси.rtf2.85 KB
Repost from HAYOT DEGANLARI...
🔹Muallif: Ma'rufjon Yo'ldoshev 🔹Nomi: Avliyo tut 🔹Janri: Hikoya 📚Manba: "Zarchodir ostida" kitobi @hayot_deganlari
Показать все...
Авлиё тут ҳикояси.rtf2.85 KB
🇺🇿 🔤🌧 Yomg'ir toshga ham, tuproqqa ham birdek yoğadi. Tuproq bağridagi urug‘larni yomg‘ir tufayli niholga aylantiradi. Tosh faqat quyosh chiqquncha porlaydi. Siz tuproq bo'ling, yomg'ir suvidan gullar undiring. ——— 🇹🇷 🔤🌧Yağmur taşa da toprağa da yağar. Toprak yağmur sayesinde altındaki tohumları fidana dönüştürür. Taş ise sadece güneş çıkıncaya kadar parlar. Siz toprak olun yağmur suyundan çiçekler yetiştirin. ©️ Ma'rufjon Yõldoshev 🌿 https://t.me/hayot_deganlari
Показать все...
HAYOT DEGANLARI...

https://t.me/hayot_deganlari

каналида филология фанлари доктори, профессор, Ёзувчилар уюшмаси аъзоси Маъруфжон Йўлдошевнинг илмий-бадиий асарлари, таржималарини ўқиб боришингиз мумкин. УСТОЗНИНГ сўз ва кўнгил оламига марҳамат!

👍 6🔥 2🕊 2🥰 1💯 1
Repost from HAYOT DEGANLARI...
#sõzlar_sõzlaganda BO‘ZA “Ko‘b kishilarning uylarida musallas bilan bo‘zalar xumlab qaynab yotsa, ikkinchi tomonda rasmiy suratda ichkulik sotish bilan tiriklik qilg‘uchilar ham yo‘q emas edilar. Toshkandning Chuqur qishloq degan yerida qozoqlar tomonidan ochilg‘an va hamisha rustamnamo kishilar bilan ayqirib yotqan bo‘zaxonalar ham yo‘q emas edi. Besh oylab Oqmasjid safarida yurib ketkach, Otabek to‘g‘ri shu Chuqur qishloq bo‘zaxonalaridan biriga kelib tushkandek bo‘ldi. Uni kunduz kunlari bo‘zaxonada uchratib bo‘lmasa-da, ammo bo‘zaxonag‘a kelmagan kechasi juda oz edi. Bo‘zagar Otabekning kimning bolasi ekanligini yaxshi bilgani uchun hamma ishni uning tilagiga qarab qilar, ul keldi deguncha oddiy bo‘zaxo‘rlar yonig‘a o‘tquzmay o‘zining maxsus xujrasiga olib kirar, boshqalarg‘a berilaturgan loyqa bo‘zadan bermay, bo‘zaning guli bilan mehmon qilar edi” . (A.Qodiriy. O‘tkan kunlar) “Bo‘za”, “bo‘zagar”, “bo‘zaxo‘r”, “bo‘zaxona” so‘zlarini, “bo‘zaning guli” tabirini dastlab Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida uchratganman. Matndan “bo‘za” so‘zning “mast qiluvchi ichimlik” ekanligi anglashilib turgani uchun ortiqcha bosh qotirmagan edim. Keyinchalik ham bu so‘zni ko‘p eshitdim, lekin bu qanday ichimlik ekan deb qiziqib ko‘rmadim. Toki 2010-yilgacha… Turkiyada qish fasli boshlanishi bilan ko‘chalarda oqshomdan to yarim kechagacha bo‘zagarlarning ovozi tinmaydi. Xalqda “qish keldi, bo‘zagarga ish keldi” degan gap ham yuradi. Ular bo‘zalarini “Boooozaaa booozaaa” deb ko‘cahma-ko‘cha baqirib yurib sotishadi. Birinchi marta tatib ko‘rganimda “Otabekni shu biroz shirin, biroz chuchmal-nordon ichimlik mast qilgan ekanmi” deb hayron bo‘lganman. Qiziqib ko‘rsam, bo‘zaning ham turi ko‘p ekan. “Tatar bo‘za” deb ataladigan turi ko‘p achitilgani bois mast qilar ekan. Bunday bo‘zalar usmonli saltanati davrida sotilishi va iste’mol qililinishi taqiqlangan ichimliklar ro‘yxatiga kiritilgan ekan. “Totli bo‘za” deb atalgan turi esa g‘oyat foydali ichimlik sifatida qadimdan sevib tayyorlanar ve iste’mol qilinar ekan. Xo‘sh, ota-boblarimiz tomonidan o‘ylab topilgan va hozirda dunyo oshxonasining shohona ichimliklaridan biri sifatida e’tirof qilinadigan bo‘za haqida nimalarni bilamiz? Bugun uning o‘zbek oshxonasidagi maqomi qanday? Bu haqda ma’lumot yig‘ish uchun o‘zbek tilidagi internet resurslarini ko‘zdan kechirdim. Bu ichimlik haqida, asosan, “harom-halol” bahslaridagina tilga olingan ekan. Faqat bir vebsahifada uni qanday tayyorlash haqida ma’lumot berilgan: “Bo‘za qilish uchun bir kilogrammcha bulg‘ur(maydalangan bug‘doy) yuviladi. U kastryulkaga solinib, unga ko‘proq suv qo‘yiladi. Bulg‘ur yumshaganigacha bir necha soat qaynatiladi. Suv bilan suzgichda suziladi. Unga shakar solib eritiladi. Xamirturush o‘rnida bir stakan bo‘za qo‘shib yuboriladi. Uni yopib plita oldiga qo‘yib qo‘yiladi. Bir kundan so‘ng uni nordon bir ichimlik sifatida icha boshlanadi. Bulardan kuch-quvvat olish maqsadida, ovqatning hazmi uchun mast bo‘lmaydigan miqdorda ichish halol bo‘lib, ularni ichgan mast bo‘ladigan bo‘lsa yoki chalg‘i bilan kayf uchun ozginagina ichilsa ham so‘z birligi bilan harom bo‘ladilar”. (samarqanduz.com) Ko‘rinib turganidek, bunda ham mazkur ichimlikning tarixi, foydasi, tayyorlash usullari va turlari haqida to‘liq ma’lumot yo‘q. Shu bois bu haqda ham qisqacha to‘xtab o‘tishni lozim topdik:                                                        Bo‘za qadimdan sharq xalqlarining eng sevimli ichimliklardan hisoblanadi. Manbalarda bu ichimlikning miloddan avvalgi 9000-8000 yillarda Mesopotamiyada keng tarqalgani haqida qaydlar mavjud. Bo‘za so‘zining tilimizga fors tilida “don” ma’nosini anglatuvchi “buze”dan o‘zlashganligi aytiladi. Biroq buning aksini, turkiy tillardan forschaga o‘tganligini ta’kidlovchilar ham ko‘p.
Показать все...
👍 2🔥 1
Repost from HAYOT DEGANLARI...
DAVOMI: Eski turkiy tilda “buxum” o‘laroq qo‘llanilgan bu ichimlik mo‘g‘il tilida “bodso”, rus tilida “buza”, ingliz tilida “bosa”, Afrika tillarida “buha” yoki “merissa”, rumin tilida “braga” tarzida qo‘llaniladi. Avliyo Chelebiy bu ichimlik ijodkori haqida o‘zining “Sayohatnoma” asarida shunday yozgan edi: “(Istanbulda) bo‘za sotuvchi do‘konlar soni 300 ta bo‘lib, bo‘zachisi 1005 tadir. Ilk daf’a bo‘zani ijod qilgan kishi esa Solsol Tatar edi...” Arpa, bug‘doy kabi turli donlardan tayyorlanadigan nihoyatda shifobaxsh bu ichimlikning vatani O‘rta Osiyo ekanligi va Onado‘liga ko‘chib kelgan turkiy qavmlar vositasida boshqa xalqlarga o‘tgani ham tarixiy kitoblarda qayd qilingan. Mahmud Qoshg‘ariy o‘zining “Devoni lug‘otit turk” asarida bug‘doydan tayyorlanadigan “bekni” yoki “buxum”ni qoraxonlilarning “buxoun”, o‘g‘uzlarning “bo‘za” deb ataganliklari haqida ma’lumot bergan. Ayni asarda bu ichimlikni arablar “mizr” deb ataganliklarini yozgan. Yunon tarixchisi Ksenofon miloddan avvalgi 401-yil poyonida sharqiy Onado‘lida ko‘chmanchi turklar tomonidan tayyorlangan bo‘zalar haqida atroflicha yozib qoldirgan. 1436-yilda Venetsiyalik sayyoh Giosapxat Barbaro esdaliklarida Ryazan shahrida yashovchi tatarlarning sevimli ichimligi “bossoi” ekanligini yozgan. Rus harbiysi F.S.Yefremov 1755-yilda Buxoro o‘zbeklarining sariq bug‘doydan bo‘za tayyorlashlarini qayd etgan. Nemis sayyohi J. Niebuxr esa 1701-1767-yillarda Qohira, Basra va sharqiy Onado‘lini kezib chiqadi va u yerlarda qish faslida eng ko‘p iste’mol qilinadigan ayronga o‘xshash ichimlikning bo‘za ekanligini aytib o‘tadi. Bugungi kunda “bo‘za” deyilganda sumalak quyuqligidagi oq-sariq rangli nordon va shirin ichimlik nazarda tutiladi. Bo‘zaning qisqacha tarixi haqidagi fikrlarni shu joyda yakunlaymiz va uni uy sharoitida tayyorlash usuliga to‘xtalamiz. 2 litrlik totli bo‘za uchun: 250 gram bug‘doy 50 gram guruch 350 gram shakar 20 gram xamirturush (yoki tayyor bo‘zadan 100 gram) Tortiq qilishdan oldin bezatish uchun dolchin va qovurilgan no‘xot. Bug‘doy va guruch 3 litr suvda yaxshilab qaynatiladi. Quyuqlashib ketsa suv qo‘shib suyiltiriladi. Suzgichdan o‘tkaziladi va sovigandan keyin xamirturush (yoki tayyor bo‘zadan 100 gram), shakar qo‘shib aralashtiriladi. 2 kundan keyin yana aralashtirib sumalak quyuqligida bo‘lganda stakanlarga quyib ustiga dolchin va qovurilgan no‘xat qo‘shib tortiq qilinadi. Ota-boblarimizni bo‘zqirning shiddatli sovuqlaridan asragan va tamoman o‘zimizning ichimlik bo‘lgan bo‘zani qadriyat sifatida saqlashimiz kerak degan fikrdaman.  “Endi uchunchi kuvachani tugatib, to‘rtinchini chaqirg‘an edi. Bo‘zagar kirdi: - Bo‘za beraymi, bek? — deb so‘radi. - Bering, — dedi va: — Mashshog‘ingizni ham kirgizing! Vaqt yarim kechadan ham og‘qan, kunduz kunidan beri ichishib charchag‘an xo‘randalar baqirishib-chaqirishib tarqalishqan edilar. Bo‘zaxona tinchigan edi. Qo‘lma-qo‘l yurib charchag‘an mashshoq ham bo‘shab, Otabekdan katta-katta ehsonlar ko‘rgani uchun, vaqtning kechligiga ham e’tibor qilmay kirgan edi. Mashshoq Otabekning sarxush qo‘lidan bir piyola bo‘zani ichkach, dutorini chertib so‘radi: - Qanday kuyni chalay, bek aka?”         Ma'rufjon Yo'ldoshev 2016-yil                                                                                                                http://myuldashev.blogspot.com/2016/03/boza.html?m=1
Показать все...
Bo‘za

boza, bo‘za, бўза, бўзагар, бўзахона, бўзачи

👍 2🔥 1
Repost from HAYOT DEGANLARI...
Фото недоступноПоказать в Telegram
#қадимда_бўлган_экан Довондан ўтиб, шаҳри азимга яқинлашганингизда сизни тераклар шовури кутиб олади. Тоғлари, тўқайлари, ўрмон ва даштларида ҳам, қишлоқ кўчалари, хонадон томорқаларию катта-кичик майдонларида ҳам аскарлардек мағрур теракларни кўрасиз. Енгил шабада эсганда бутун водий тераклар куйидан маст бўлади. Шамоллар забтига олганида эса уларнинг шовури дилингизга қўрқув солади. Қадим бир ривоят бор. Кимдир уни Худоёрхонга боғлаб айтиб юради, яна кимдир Маллахон замонасига тақайди. Олимхон дегувчилар ҳам, Умархонга нисбат берувчилар ҳам бор. Майли, сиз узумини енгу, боғини суриштирманг. Фақат водийга йўлингиз тушганда, теракларни кўрганда шу ривоятни эслаб қўйсангиз бас. ©️Mаъруфжон Йўлдошев Batafsil: https://myuldashev.blogspot.com/2023/07/blog-post_18.html
Показать все...
👍 7 1🔥 1👏 1💯 1
Фото недоступноПоказать в Telegram
#бир_он Орифдан сўрадилар: — Сиздаги сакинатнинг боиси недир? — Босиб ўтилган йўл ва яшаб ўтилган умрдан чиқарган хулосам шу бўлдики: 🔹 менга аталган ризқнинг менгагина насиб қилишини англадим ва сокинлашдим; 🔹 Оллоҳнинг нигоҳини доим ҳис қилиб турдим ва сокинлашдим; 🔹 қилишим керак бўлган ишни мендан ўзга одам қилолмаслигини англадим ва сокинлашдим; 🔹 яхшилик ва ёмонликнинг танлов эканлигини англадим, яхшиликни танладим, ёмонликдан воз кечдим; 🔹 ниҳоят сабрни ўргандим ва "Яшасин, ҳаёт!" — дедим. ©️Маъруфжон Йўлдошев 02. 07. 2024 🍀Kаналга уланиш: @hayot_deganlari
Показать все...
👍 12🥰 2 1🔥 1💯 1
Repost from HAYOT DEGANLARI...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Тонгги кайфият қаҳва ҳиди ғаройиб қўшиқ аччиқ хотирадан сузилган маъно-мантиқ қидирма куйдан кўҳна андуҳлардан тузилган сатр-сатр туйилган андуҳ сатр-сатр қуйилган афсус қаҳва ҳиди ғамгин мусиқа қанотида “Moonlight Sonata” тасаллининг майин ғазаби ва иронияга монанд ёлғизлик “Mariage d’Amour” сенсизликнинг юксак пардаси қаҳва ҳиди монотон соғинч ноталарга беркинган кўз ёш “Serenade” энг буюк ўтинч “Sarabande” бу қандай журъат тоғ ортидан мўралар қуёш қаҳва ҳиди “İnsan insan” ё “Kara toprak” сенсизлик менсизлик эсноқи тонглар ва энг ғариб, энг маҳзун томоша қаҳва ҳиди... қаҳва ҳиди... Маъруфжон Йўлдошев 02.05.2020 @hayot_deganlari
Показать все...
👍 6 3👏 1
Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.