cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

Oqdaryo Ovozi

Oqdaryo tuman hokimligining rasmiy gazetasi "Oqdaryo ovozi" telegram kanali Bosh muharrir Y.Muhammadiyev. 99-5990756 Sayt orqali https://oqdaryoovozi.uz https://www.facebook.com/oqdaryo

Больше
Рекламные посты
15 662
Подписчики
-224 часа
-37 дней
+1230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

❗️Бакалавриат ва магистратурага қабул қилинган талабаларга таълим гранти бир ўқув йили учун ажратилади 2024/2025-ўқув йилидан бошлаб бакалавриат ва магистратурага қабул қилинган талабаларга таълим гранти бир ўқув йили учун ажратилади. Бунда: — таълим гранти биринчи курсда олий таълим ташкилотларига ажратилган давлат буюртмаси квотасига мувофиқ кириш имтиҳонларида юқори балл тўплаган талабаларга ажратилади; — таълим гранти иккинчи ва ундан кейинги курсларда юқори академик рейтинг кўрсаткичларига эришган ва ижтимоий фаол талабалар орасида олий таълим ташкилотлари томонидан табақалаштирилган тартибда қайта тақсимланади; — таълим гранти табақалаштирилган тартибда молиялаштирилади ва стипендия фақат тўлиқ таълим грантини ютган талабаларга тўланади; — ижтимоий-рағбатлантирувчи грант соҳиби бўлган талабаларга давлат гранти уларнинг ўқиш даври учун тўлиқ ҳажмда тақдим этилади; — таълим гранти асосида таҳсил олган талабаларнинг ўқишни тамомлаганларидан сўнг камида 3 йил ишлаб бериш мажбурияти бекор қилинади. ——— ❗️Bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda: — ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; — ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi; — ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; — ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi; — ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.@oqdaryoovozi1931
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Viloyatda 2 300 nafar oʻquvchi muddatidan oldin talaba boʻldi 2023-2024 oʻquv yilida viloyatdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini 71 021 nafar, 11-sinfini 48 779 nafar (jami 119 800 nafar) bitiruvchi tugatadi. Joriy oʻquv yilida 11-sinf bitiruvchilariga 318 ta kumush va 2 194 ta oltin medallar beriladi. Bitiruvchilarning 2 300 nafari muddatdan oldin chet davlatlarning nufuzli oliygohlariga qabul qilingan boʻlsa, 1 512 nafari IELTS, 1 830 nafari SEFR va 362 nafari milliy sertifikatlar olishga erishdi. ✅@oqdaryoovozi1931
Показать все...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Adliya vazirligi huquqni qo'llashni metodik ta'minlash bo'yicha vakolatli organ etib belgilandi
🔰Farmonga muvofiq, Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarida huquqni qo'llashni metodik ta'minlash bo'yicha vakolatli organ etib belgilandi. 🗓 Har yili huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish va metodik ta'minlash bo'yicha manzilli va tematik tahliliy o'rganishlar dasturi ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi. 🔘Bunda: 🔹2024-yil 1-sentyabrgacha Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, Jizzax viloyati Do'stlik tumani hokimligi hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida namunali huquqni qo'llash tizimi yo'lga qo'yiladi. Keyinchalik, har yili kamida 10 ta vazirlik va idoralarning huquqni qo'llash faoliyati tahlil qilinib, takomillashtirib boriladi; 🔹huquqni qo'llash amaliyotida uchrayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish bo'yicha uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqilib, Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (Lex.uz)ga joylashtirib boriladi. Kanalga ulanish👇👇👇 @oqdaryoovozi1931
Показать все...
⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!! 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. 👉 @oqdaryoovozi1931
Показать все...
👍 2
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida tuman prokurori ishtirok etdi Bugun 25-may “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tumanimizdagi barcha maktablarda munosib nishonlandi. Oqdaryo tuman 2-sektor hududida joylashgan 39-maktabda o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida Oqdaryo tuman prokurori 2-sektor rahbari A.Vaxabov ishtirok etib, maktab bitiruvchilariga davlatimiz rahbarining tabrigini o‘qib eshittirdi hamda faol o‘qituvchi va o‘quvchilarga maqtov yorlig‘i hamda tashakkurnomalarni topshirdi. @oqdaryoovozi1931
Показать все...
#Ayni_paytda! #Hozir! Oqdaryo tuman va Uzun MFY axolisi uchun Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda viloyatdagi malakali mutaxassislardan kardiolog, nevrapatolog, travmatolog, endokrinolog, terapevt, infeksionist, jarrox, urolog, otoloringolog, pediatr va sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda. https://t.me/Okdaryo_ttb_matbyoti
Показать все...
Фото недоступноПоказать в Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Олий таълим ташкилотларига ўқишга қабул қилиш ва давлат буюртмасини жойлаштириш тизимини такомиллаштириш тўғрисида"ги ФармониУказ Президента Республики Узбекистан "О совершенствовании системы приема на учебу в высшие образовательные организации и размещения государственного заказа" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Показать все...
Qadrli o‘quvchi-yoshlar, Aziz maktab bitiruvchilari!   Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi. Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz. Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman. Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang. Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin! Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.   Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri   @pqdaryoovozi1931
Показать все...
03:12
Видео недоступноПоказать в Telegram
Бугун 25 май юртимизда Сўнгги қўнғироқ куни. Барча битирувчиларни табриклаймиз. Бугунги байрам муборак азиз битирувчилар 🕊 Қўшиқни эшитиб ёшликни эслаймиз . @oqdaryoovozi1931
Показать все...
Bugun 25-may haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🔔 MDH davlatlari va O‘zbekistonda so‘nggi qo‘ng’iroq kuni. 🇺🇳 BMT – Xalqaro bedarak yo‘qolgan bolalar kuni. 🌍Xalqaro plastikdan xoli kun. 🇷🇺 Rossiya – Filologlar kuni. #voqealar 🔸Odessada birinchi universitet faoliyatini boshladi (1865). 🔸Vena opera teatri binosi ochildi (1869). 🔸Oscar Uayld ikki yil katorgaga hukm qilindi (1895). 🔸Argentinaning mashhur "River Pleyt" jamoasiga asos solindi (1901). 🔸Jessie Ouens yengil atletika boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi (1935). 🔸Iordaniya o‘z mustaqilligini e'lon qildi (1946). 🔸Addis-Abeba shahrida tashkillashtirilgan Afrika davlatlari hukumat rahbarlari ishtirokidagi I konferensiyada Afrika ittifoqi tashkilot tuzildi va ushbu kun BMT tomonidan "Afrika ozodligi kuni" deb e'lon qilindi (1963). 🔸Toshkentda Xalqaro modalar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi (1994). 🔸Xakasiya o‘zining birinchi konstitutsiyasini qabul qildi (1994). 🔸Shimoliy Koreya sig'imi 20 kiloton bo‘lgan yerosti yadro sinovlarini o'tkazdi (2009). #tavalludlar: 🔹1803-yil: Ralf Uoldo Emerson (1882) – amerikalik shoir, faylasuf, transsendentalizm nazariyasi asoschisi. 🔹1892-yil: Iosip Broz Tito (1980) – taniqli siyosatchi, sobiq Yugoslaviya Xalq Federativ Respublikasi Prezidenti. 🔹1912-yil: Sobir Muhamedov (1978) – kinodramaturg, jamoat arbobi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1965).  🔹1919-yil: Mahbuba Qodirova  – adabiyotshunos va matnshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995). 🔹1926-yil: Farog’at Rahmatova (2014) – aktrisa va xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 🔹1971-yil: Kristina Orbakayte – Rus estrada xonandasi. 🔹1971-yil: Jastin Genri – amerikalik kinoaktyor. 🔹1985-yil: Demba Ba – Senegallik futbolchi. @oqdaryoovozi1931
Показать все...