Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
Ishonch telefoni –1167 Toshkent v. Yuqori Chirchiq t, “Istiqbol” MFY, Yangi Toshkent 📧info@mintrans.uz 🖥gov.uz/mintrans youtube.com/@mintransuz instagram.com/transport_vazirligi linkedin.com/company/mintransuz/ facebook.com/profile.php?id=100091754801301
Больше📈 Аналитический обзор Telegram-канала Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
Канал Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги (@mintrans_uz) языкового сегмента Узбекский является активным участником. Сейчас сообщество объединяет 11 292 подписчиков, занимая 2 075 место в категории Транспорт и 6 938 место в регионе Узбекистан.
📊 Показатели аудитории и динамика
С момента создания невідомо проект демонстрирует стремительный рост, собрав аудиторию из 11 292 подписчиков.
Согласно последним данным от 02 сентября, 2026, канал показывает стабильную активность. За последние 30 дней изменение числа участников составило 8, а за последние 24 часа — 4, при этом общий охват остаётся высоким.
- Статус верификации: Верифицирован (официально подтверждён Telegram)
- Уровень вовлечённости (ER): Средний показатель вовлечённости аудитории составляет 11.58%. В первые 24 часа после публикации контент обычно набирает 8.23% реакций от общего числа подписчиков.
- Охват публикаций: В среднем каждый пост получает 1 308 просмотров. В течение первых суток публикация набирает 930 просмотров.
- Реакции и взаимодействия: Аудитория активно поддерживает контент: среднее количество реакций на один пост — 0.
📝 Описание и контентная политика
Автор описывает ресурс как площадку для выражения субъективного мнения:
“Ishonch telefoni –1167
Toshkent v. Yuqori Chirchiq t, “Istiqbol” MFY, Yangi Toshkent
📧info@mintrans.uz
🖥gov.uz/mintrans
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
linkedin.com/company/mintransuz/
facebook.com/profile.php?id=100091754...”
Благодаря высокой частоте обновлений (последние данные получены 03 сентября, 2026) канал поддерживает актуальность и высокий уровень охвата публикаций. Аналитика показывает, что аудитория активно взаимодействует с контентом, что делает его важной точкой влияния в категории Транспорт.
Загрузка данных...
| Дата | Привлечение подписчиков | Упоминания | Каналы | |
| 03 сентября | +8 | |||
| 02 сентября | +8 | |||
| 01 сентября | +5 |
| 2 | Axborot 24 | Urganch va Xiva o‘rtasida zamonaviy tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin | | 856 |
| 3 | 🚌 Poytaxtning Shahrisabz ko‘chasidagi BRT yo‘lagi foydalanishga topshirildi
Toshkent shahrida jamoat transportiga ustuvorlik berish, avtobuslar harakatini tezkor va barqaror tashkil etish maqsadida Shahrisabz ko‘chasidagi BRT yo‘lagining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi.
Loyihaning mazkur bosqichi Shahrisabz, Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari tutashgan aylanma chorrahadan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmagacha bo‘lgan 1,2 kilometrlik uchastkani qamrab oldi.
📍 1,2 kilometrlik ushbu uchastka Shahrisabz ko‘chasida BRT infratuzilmasini shakllantirishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Umumiy loyiha doirasida Shahrisabz ko‘chasining qariyb 3 kilometrlik qismida BRT yo‘lagini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
🚌 BRT-полоса на улице Шахрисабз введена в эксплуатацию
В Ташкенте введён в эксплуатацию первый этап BRT-полосы на улице Шахрисабз, реализованный в целях обеспечения приоритета общественного транспорта, а также повышения скорости и стабильности движения автобусов.
Данный этап проекта охватил участок протяжённостью 1,2 километра — от кругового перекрёстка на пересечении улиц Шахрисабз, Мирабад и Шота Руставели до пересечения с проспектом Амира Темура.
Участок протяжённостью 1,2 километра является первым этапом формирования BRT-инфраструктуры на улице Шахрисабз. В рамках общего проекта предусматривается организация BRT-полосы примерно на 3-километровом участке улицы Шахрисабз.
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin | | 879 |
| 4 | OTMlar atrofidagi yo‘l-ko‘cha tarmoqlaridan ertalabki soat 8:00 da 44 000 transport vositalari harakati kamayishiga erishildi
Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati poytaxtimiz Toshkent shahrida transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda yo‘l-ko‘cha tarmoqlariga tushayotgan yuklamani kamaytirish, jamoat transporti barqaror faoliyatini ta’minlash bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, yangi o‘quv yilidan Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari soat 08:00 da boshlanishi belgilandi.
Natijada poytaxtimiz bo‘ylab 93 ta lokatsiyada joylashgan OTM atrofidagi yo‘l-ko‘cha tarmoqlaridan ertalabki soat sakkizda 44 000 transport vositalari harakati kamayishiga erishildi.
🚌 Yangi o‘quv yilidan boshlab yo‘nalishlarga chiqarilayotgan avtobuslar soni 1 707 taga yetkazildi.
Bugungi kunda Toshkentda 170 ta yo‘nalish bo‘yicha har kuni avtobuslar orqali 24 000 dan ortiq qatnov amalga oshirilmoqda.
SHU O‘RINDA YO‘LOVCHILAR UCHUN MUHIM ESLATMA
1-sentyabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida to‘lov qoidalari qat’iylashdi.
Yangi tartibga ko‘ra endilikda yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashlari shart.
❗️Agar yo‘l haqi avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmasa, yo‘lovchi chiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘ladi.
Удалось добиться снижения движения 44 000 транспортных средств в 8:00 утра на дорожно-уличной сети вокруг вузов
В связи с началом нового учебного года в нашей столице, городе Ташкенте, принимаются системные меры по эффективной организации транспортного потока, снижению нагрузки на дорожно-уличную сеть в утренние и вечерние часы пик и обеспечению стабильной работы общественного транспорта.
В частности, установлено, что с нового учебного года учебные занятия первой смены в высших образовательных организациях, расположенных в городе Ташкенте, будут начинаться в 08:00.
В результате удалось добиться снижения движения 44 000 транспортных средств в 8:00 утра на дорожно-уличной сети вокруг вузов, расположенных в 93 локациях столицы.
🚌 С нового учебного года количество автобусов, выпускаемых на маршруты, доведено до 1 707 единиц.
На сегодняшний день в Ташкенте автобусы ежедневно совершают более 24 000 рейсов по 170 маршрутам.
ВАЖНОЕ НАПОМИНАНИЕ ДЛЯ ПАССАЖИРОВ
С 1 сентября были ужесточены правила оплаты проезда во всех городских автобусах, работающих на основе брутто-контрактов.
Согласно новому порядку, теперь пассажиры обязаны оплачивать проезд сразу при входе в автобус.
❗️Если проезд не оплачен при входе в автобус, пассажир считается безбилетным, что влечёт за собой штраф. | 1 069 |
| 5 | 🚌 “Yashil shahar” transport yo‘lagining iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ta’sirini o‘rganish natijalari e’lon qilindi
Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan hamda GEF tomonidan moliyalashtirilayotgan “Toshkent – Kam uglerodli transportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” grant loyihasi doirasida “Yashil shahar transport yo‘lagi bo‘ylab asosiy ekologik ko‘rsatkichlar monitoring dasturi natijalari” mavzusida seminarlar tashkil etildi.
Nukus va Urganch shaharlarida bo‘lib o‘tgan seminarlarda Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasida 2025-yili joriy etilgan transport yo‘lagining (BRT) iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ta’sirini o‘rganish natijalari taqdimot qilindi.
Ko‘cha infratuzilmasi yaxshilanishi, unda ajratilgan avtobus yo‘lagi va velosiped yo‘laklari joriy etilishi, qo‘shimcha yashil landshaft maydonlari yaratilishi natijasida bir qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.
Xususan, 2026-yilda olingan ko‘rsatkichlar 2023-yilgi bazaviy indikatorlar bilan solishtirganda quyidagilar aniqlandi:
yo‘lak bo‘ylab yengil avtomobillarning o‘rtacha tezligi 18 foizga, avtobuslarning o‘rtacha tezligi 45 foizga oshgan;
jamoat transportida kunlik yo‘lovchi oqimi 8 052 taga yoki 9 foizga oshgan;
Atmosfera havosini ifloslanganligini o‘lchash sensorlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra yo‘lak bo‘ylab havo sifati yaxshilangan:
Xususan, azot dioksidi (NO₂) konsentratsiyasi 102 foizga, uglerod oksidi (CO) 33 foizga qisqargan.
Mayda dispers zarrachalar (PM 2.5, PM 10) konsentratsiyasi ham belgilangan normativlardan oshmagan.
Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab istiqomat qiluvchi aholi va yo‘lovchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazilib, 610 nafar respondentlarning fikri o‘rganildi.
Aholining mazkur rekonstruksiya ishlari va transport yo‘lagidan qoniqqanlik darajasi 90 foiz ekanligi aniqlandi.
🚌 Обнародованы результаты изучения экономического, экологического и социального воздействия транспортного коридора "Зелёный город"
В рамках грантового проекта "Ташкент – Ускорение привлечения инвестиций в низкоуглеродный транспорт", реализуемого Министерством транспорта совместно с Программой развития ООН и финансируемого ГЭФ, были организованы семинары на тему "Результаты программы мониторинга основных экологических показателей вдоль транспортного коридора "Зелёный город".
На семинарах, прошедших в Нукусе и Ургенче, были представлены результаты изучения экономического, экологического и социального воздействия транспортного коридора (BRT), запущенного в 2025 году на улице Шота Руставели в Ташкенте.
В результате улучшения уличной инфраструктуры, введения выделенной автобусной полосы и велосипедных дорожек, а также создания дополнительных зелёных ландшафтных зон наблюдался ряд положительных изменений.
В частности, при сравнении показателей за 2026 год с базовыми индикаторами 2023 года было выявлено следующее:
средняя скорость легковых автомобилей вдоль коридора выросла на 18%, а автобусов – на 45%;
суточный пассажиропоток общественного транспорта увеличился на 8 052 человека, или на 9%;
По данным датчиков загрязнения атмосферы, качество воздуха вдоль коридора улучшилось:
концентрация диоксида азота (NO2) снизилась на 102%, оксида углерода (CO) – на 33%.
Концентрация мелкодисперсных частиц (PM 2.5, PM 10) также не превысила установленных нормативов.
Кроме того, среди жителей и пассажиров, пользующихся улицей, был проведён опрос, в ходе которого было изучено мнение 610 респондентов.
Выяснилось, что уровень удовлетворённости населения проведёнными работами по реконструкции и транспортным коридором составил 90%. | 1 526 |
| 6 | Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.
Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.
Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Facebook|Instagram|X | 812 |
| 7 | Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.
Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.
Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
– Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi,
– dedi davlatimiz rahbari.
Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi.
Facebook|Instagram|X | 655 |
| 8 | Yig‘ilishda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar belgilab berildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar ehtiyojmand aholini “ijtimoiy reyestr”ga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Bunda aholi daromadi bilan birga surunkali kasallik, nogironlik, ko‘p bolalilik va oila a’zosining xorijda ishlayotgani kabi omillarni qamrab oladigan ko‘p o‘lchovli baholash tizimiga o‘tiladi.
Respublikada kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan bo‘lsa-da, 3 yoshgacha farzandi bor oilalarda mazkur ko‘rsatkich o‘rtacha 6,5 foizni tashkil etmoqda.
– Bola parvarishlayotgan ota-onalarni uyida yoki mahallada ishli va daromadli qiladigan tizimni yo‘lga qo‘yamiz,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X | 779 |
| 9 | Joylardagi tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini yuritish tizimi ham qayta ko‘rib chiqiladi.
Hozir bu masalalar asosan viloyat darajasida hal qilinayotgani ishlarning cho‘zilishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.
Tumanni loyihalarning buyurtmachisiga aylantirish va mablag‘larni bevosita joylarga yo‘naltirish ishlarni tezlashtirishi ta’kidlandi. Og‘ir mahallalarda ish o‘rni yaratishga qaratilgan mahalliy mablag‘larga respublikadan 2-3 karra ko‘p resurs qo‘shib berish taklif qilindi.
Endi tadbirkorlik infratuzilmasi uchun tumanga beriladigan mablag‘lar hisobidan loyiha ishlab chiqishga tuman shtabi rahbari mas’ul bo‘ladi.
Tuman shtabiga loyihalash, qurilish va sifat nazoratini xususiy sektorga berishga ruxsat etiladi. Shu bilan birga, shtab rahbari obyektlarni belgilangan muddat va sifat talablari asosida foydalanishga topshirilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Facebook|Instagram|X | 689 |
| 10 | Mutasaddilarga ikki oyda o‘quv markazi tashkil etib, xorijdan mutaxassislar jalb qilish vazifasi qo‘yildi.
Ushbu markazda hokim yordamchilari “loyihabay” ishlashga o‘qitiladi.
Viloyat shtablari yil yakunida har bir tumandan eng yaxshi ikki nafar hokim yordamchisini Xitoy, Yaponiya va Turkiyaga malaka oshirishga yuboradi.
Eng namunali hokim yordamchilariga alohida malaka darajasi berilib, 50 foizgacha ustama to‘lanadi.
Mahalla bankirlarini ham shu tartibda o‘qitish va ularning xorijiy stajirovkasini tashkil etish topshirildi.
Bosh prokuraturaga bankirlar va hokim yordamchilarining mustaqil qaror qabul qilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga ko‘maklashish vazifasi belgilandi.
Facebook|Instagram|X | 476 |
| 11 | Kredit, subsidiya va kompensatsiya shartlarini farmon va qarorlar bilan belgilash amaliyotidan voz kechilishi ma’lum qilindi.
Endi Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bank hududlar salohiyatidan kelib chiqib, moliyalashtirish mexanizmlarini har chorakda yangilab boradi.
Tuman shtablari mahallalardagi hokim yordamchilarini “loyihabay” ishlash tizimiga o‘tkazadi.
Buning uchun 8 ming 992 ta mahalladagi hokim yordamchilari vazifa bajaruvchi etib tayinlanadi, fidoyi va tashabbuskor kadrlar lavozimiga qayta tayinlanib, ishiga noloyiqlar yangilanadi.
Facebook|Instagram|X | 456 |
| 12 | Kredit tarixida kechikish bo‘lgan ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.
Kambag‘allik jamg‘armasidagi 240 milliard so‘m, Bandlik jamg‘armasidagi 100 milliard so‘m va uchta “daftar”dagi 760 milliard so‘m mablag‘ tuman shtablari ixtiyoriga beriladi.
Endi tuman shtabi subsidiya yoki foizsiz ssuda berish masalasini ham mustaqil hal qiladi.
Tadbirkorlik kompaniyasining kompensatsiyalar uchun yil yakuniga qadar nazarda tutilgan 300 milliard so‘mlik qoldig‘i ham shtablar orqali ajratiladi.
Shu tariqa tumanlar ixtiyoriga jami 3 trillion 200 milliard so‘m resurs yo‘naltirilib, mablag‘larning aniq natija berishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Facebook|Instagram|X | 472 |
| 13 | Tuman shtablari kimga qancha kredit berish, uni naqd yoki naqdsiz shaklda ajratish, mablag‘ni qaytarish muddatini uzaytirish va to‘lov grafigini biznes turiga moslashtirishni mustaqil hal qiladi.
Shuningdek, inklyuziv moliyalashtirish masalalari ham shtablar vakolatiga o‘tkaziladi.
Hozir oilaviy tadbirkorlik uchun 1 trillion 370 milliard so‘m, yoshlar tadbirkorligi uchun esa 450 milliard so‘m resurs mavjud.
Tuman shtablariga mahalliy sharoit va loyihalarning samaradorligidan kelib chiqib, moliyalashtirish masalalarini mustaqil hal etish imkoniyati beriladi.
Lider tadbirkor 10 ta oila bilan kooperatsiya qilsa, 500 million so‘mgacha, 100 ta oila bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysa, 5 milliard so‘mgacha garovsiz kredit olishi mumkin bo‘ladi.
Facebook|Instagram|X | 632 |
| 14 | Yig‘ilishda mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalari tanqidiy baholandi.
Ularning aksariyati kimga kredit kerakligi, qaysi loyihani lizing, faktoring, kafolat, sug‘urta, aylanma mablag‘ yoki shartnoma asosida moliyalashtirish mumkinligini tushunmasligi qayd etildi.
Bankirlar va hokim yordamchilari loyiha tayyorlashdan oldin hamon “Garovi bormi?” degan savolni qo‘yayotgani tanqid qilindi.
Tadbirkorlarga kredit ajratishda byurokratik to‘siqlar saqlanib qolayotgani, kreditni qaytarish grafiklari esa biznes turiga moslashtirilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Kreditlarni qaytarish muddatlarini dehqonchilik, savdo va boshqa biznes yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkazilishi belgilandi.
Facebook|Instagram|X | 536 |
| 15 | Xorazm misolidagi tahlillar barcha viloyatlarga taalluqli ekani qayd etilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.
Mazkur tizimga muvofiq, “mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari hamda banklar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi.
Har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi.
Banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari ushbu shtablarga joylardagi masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari butun iqtisodiy kompleks bilan haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi.
Facebook|Instagram|X | 384 |
| 16 | Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.
Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Facebook|Instagram|X | 341 |
| 17 | Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.
Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.
Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda.
Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X | 401 |
| 18 | Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi.
Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan.
Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi.
Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi.
Facebook|Instagram|X | 367 |
| 19 | Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi.
O‘tgan davrda Sharof Rashidov va Qarshi tumanlariga bir xil – 2 trillion 300 milliard so‘mdan kredit resursi berilgan.
Sharof Rashidov tumanida ushbu mablag‘ hisobidan 30 ming aholi kambag‘allikdan chiqarilgan bo‘lib, bir kishiga o‘rtacha 78 million so‘m to‘g‘ri kelgan. Qarshi tumanida esa 13 ming ehtiyojmandning sharoiti yaxshilanib, bir kishiga o‘rtacha 176 million so‘m sarflangan.
Qamashi va Piskent tumanlariga 1 trillion 100 milliard so‘mdan kredit berilgan. Qamashida 28 ming, Piskentda esa atigi 4,5 ming kambag‘al aholi bu toifadan chiqarilgan.
G‘uzor, Nishon, Muborak, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Oltinsoy, Bandixon, Beshariq, Farg‘ona tumanlari hamda Nurafshon, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ham shunday holat kuzatilayotgani aytildi.
Piskentda har bir odamni kambag‘allikdan chiqarishga 250 million so‘m kredit to‘g‘ri kelayotgani aytildi. Vaholanki, boshqa hududda shuncha pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X | 423 |
| 20 | Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.
“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi.
Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
– O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|Instagram|X | 406 |
