cookie

Мы используем файлы cookie для улучшения сервиса. Нажав кнопку «Принять все», вы соглашаетесь с использованием cookies.

avatar

M1racle books📚

Bookshop: @mybook_store Sizning fikrlar: @about_miracle Savol-javob: @m1racle_live Instagram: Instagram.com/m1racle_books Reklama: @m1racle_books_info Aloqa: @M1racle_aloqa_bot

Больше
Узбекистан8 011Язык не указанКатегория не указана
Рекламные посты
3 558
Подписчики
Нет данных24 часа
-277 дней
-19230 дней

Загрузка данных...

Прирост подписчиков

Загрузка данных...

⚡️5 yil Kanalim faoliyati davom etayotganiga 5 yil bo'lmoqda, shuncha vaqt davomida har xil vaziyatlar, turli xil holatlar bo'ldi kanal bilan bog'liq. 20 ming kishiga yetdik hatto. Har bir narsada boshlanish bo'lganidek, yakun ham bo'ladi. Ma'lum sabablarga ko'ra bugun sizlar bilan xayrlashaman(abadiyga), rasman kanal boshqa kishiga(Jamshid ismli yigitga) o'tmoqda(albatta bu men uchun og'ir, lekin shunday bo'lishi kerak), sirli Jek sirliligicha qolmoqda, kanalim obunachilari orasida yigirmaga yaqin kishi bilan hayotda yuzma yuz ko'rishishga ham ulgurdim, har xil odamlar har xil harakter egalari. Sirli obunachilarim tomonidan turli xil sovg'alar oldim shuncha vaqt ichida, sizlar bilan bir oiladek yashadim desam ham bo'ladi. Kanal yo'nalishi o'zgarmaydi, huddi avvalgidek hazil aralash jiddiy postlar davom etadi(kanalning yangi egasi shundayligicha davom ettirmoqchi) @AkaJek_bot - ushbu botni o'chirmanglar, kanalning yangi egasi o'ziga boshqa bot yasab joylaydi, men bilan doim suhbat uchun esa yuqoridagi botni faollashtirib qo'ying. Ushbu botga yuborilgan xabarlar faqat va faqat menga ko'rinadi. Kanalni o'chirishim yoki sotib yuborishim kerak edi(ma'lum sabablarga ko'ra), shuncha yillik mehnatni yo'qqa chiqarib o'chirib yubora olmas edim, undan ko'ra kimdagir berib, faoliyatini kuzatib borganim men uchun eng yaxshisi. (Balki qachonlardir qayatarman, yoki yo'q, lekin bu aniq emas) Men sizlarni yaxshi ko'raman, mening qadrdonlarim! Hurmat bilan Jek!) Jek kanalim 26.06.2023 - yilda boshqa kishiga sotildi, 27-iyundan boshlab tashlangan har qanday post egasi men bo'lmayman!
Показать все...
Repost from Miss Economic 🧠
Bu kanalni ochishimdan maqsad ham o'zbek tilida 0 dan moliyaviy savodxonlik, iqtisodiyot va birja haqida sifatli kontent yaratish. Chunki o'zim boshida juda qiynalganman...) @misseconomic📊
Показать все...
Repost from The Stranger
​​Yoshlar olijanob, aniqrogʻi yaxshi yoshlar ham olijanob, ham shiddatkor, shundanmi, sabr-toqatsiz, sal narsaga lov etib yonishadiyu nafratlarini yashirisholmaydi. Men esa kenglikni istardim, kenglik urugʻini uning yuragiga sepmoqchi edim, ta'bir joiz boʻlsa, yurak koʻzi bilan kengroq qarashga oʻrgatmoqchiydim. O, men hamisha magʻrur boʻlganman, hech qachon oʻrtamiyonaga toqat qilmaganman, yo hammasiga erishishni, yo hammasidan biratoʻla voz kechishni istaganman. Yarimta baxtga toqat qilolmaganim, yaxlit, butuniga intilganim sababli ham "oʻzing bilib ol va qadrimga yet" qabilida ish tutishga majbur edim. Axir oʻzingiz oʻylab koʻring, agar men unga tushuntirishni, aytib turishni boshlasam, yaltoqlansam, hurmat qilishini soʻrasam – gadodan nima farqim qoladi?.. Darvoqe... darvoqe... nima uchun men bularni gapirayotibman? Oʻshanda men unga yoshlarning olijanobligi juda goʻzal, ammo bir chaqaga arzimasligini ikki ogʻiz soʻz bilan ochiq va shafqatsizlarcha (shafqatsizligimni ta'kidlagim keladi) tushuntirdim. Nima uchun bir chaqaga qimmat? Shuning uchunki, yoshlarga hammasi osonday tuyuladi, olijanobliklari, yengil qoʻlga kiritilgan, ya'ni hali achchiq-chuchugini ta'timay turib, hayotdan olgan dastlabki taassurotlari asosida yuzaga kelgan; vaqti kelib, mehnat iskanjasiga tushishgach, ahvollarini bir koʻramiz. Arzon olijanoblik hamisha yengiltak boʻladi. Hatto hayotini ham arzon-garovga berishi mumkin. Chunki qoni qaynab, kuchi oshib-toshib yotibdi, koʻngli goʻzallikka jon-jahdi bilan intiladi. Qani, ogʻir va sokin, jarangsiz, hashamsiz, gʻiybatlarga toʻla, zarracha shuhrat keltirmaydigan, ammo qurbonlik talab etuvchi olijanoblik jasoratini tatib koʻring-chi, yoʻq-yoʻq, rad etasiz. "Yer yuzidagi barchadan nomusliroq boʻlganingiz holda jamoatga ablah sifatida koʻrsatilgan yorugʻ yuzli odam, qayerdasiz?" deyishga haqlimanmi? Ha! Chunki men bu jasoratni bir umr koʻtarib oʻtyapman. "Ma'suma" Dostoyevskiy @salimov_blogi
Показать все...

👍 18🕊 14 5🌚 4🥰 1
00:13
Видео недоступноПоказать в Telegram
Shuncha vaqtdan keyin yangi nimadir) Share, comment va saqlab oling💕 Sizlardan aktiv kutaman😍 https://www.instagram.com/reel/CqnkkRnJ_Fd/?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Показать все...
IMG_9231.MOV10.62 MB
69👍 22❤‍🔥 14🕊 4🔥 1
Repost from M1racle live 🧠
00:54
Видео недоступноПоказать в Telegram
Иногда разум играет с тобой злые шутки, Внушает что надежда нет и ты никуда не годишься, Но, что я осознал тебя любить…💗 @m1racle_live
Показать все...
IMG_7469.MOV7.60 MB
Фото недоступноПоказать в Telegram
Bu kurs ishini yozish fikri paydo bo’lganda men Islom bank ishiga juda qiziqardim va tadqiqotlarimni katta jurnallarda chop etish fikri bor edi menda. Yozish davomida esa ancha qiyinchiliklarga duch keldim. Bir tarafdan yaxshi va bir tarafdan ishtiyoq masalasi) Umuman hozir bu sektor juda rivojlanayotgani va ko’pchilikning diqqatini tortayotgani uchun ham menga qiziq edi boshida. Keyinchalik o’zim o’rganib, aslida juda chuqur mavzu ekanligini tushunib yetdim. Iqtisodiyotda Islom moliyasining o’rni sezilarli darajada yuqori va biz bu bilan riskni kamaytira olamiz) Bu tizim bizda qachon ishlashini esa bilmadim…)
Показать все...
Islom bank ishi haqida yozilgan kurs ishidan ozgina) Islom bank ishi O’zbekistonda qanday imkoniyatlarni ochishi mumkin? Yoki bu tizim rivojlansa nima bera olishi haqida..)
Показать все...
Islamic banking in Uzbekistan: At present, officials should also keep in mind that the introduction of Islamic financial services in Uzbekistan will be carried out by parallelly solving a number of problems related to the lack of human resources, and the need on increasing literacy among prominent consumers. Moreover, the Islamic financial services sector will be an important factor, foundation and development prospects for the bright future of Uzbekistan, which will increase the interest of foreign investors in the country, which reflects the deep roots of Islam in its culture. and will be able to make full use of it in the sustainable development of the country. Based on the above information, we believe that the comprehensive introduction of the Islamic financial services industry in Uzbekistan will open the following opportunities for the country: ➢increase and diversify foreign investment; ➢creating an environment of fair and transparent competition in the banking sector and the ability to diversify the assets of the banking system; ➢ensuring maximum participation of free funds available to the population and businesses in economic development; ➢development and diversification of the capital market in the country; ➢create many new jobs; ➢increase the activity of the financial market by increasing the financial literacy of the population; ➢coordination and modernization of infrastructure in the country through the development of the Islamic financial services industry; ➢establishment of new financial institutions; ➢contribute to the implementation of the state program to combat poverty; ➢development of a training program in a new direction. @m1racle_books 📚
Показать все...
📖 Oʻzbek kitob sferasida eng yaxshi kanallar. Agar siz ham shular qatoriga kirmoqchi boʻlsangiz, har biriga a'zo boʻling! Frodo bilan Mordorga yo‘l olishni va Betmenga shogird tushishni istaganlar uchun – @insusambil Sara asarlarga yozilgan intellektual taqrizlar jamlangan kanal — @salimov_blogi Ko’p gapirmaymiz, ko’pga yetadigan qilib gapiramiz – @Ilm_nur_kutubxonasi Zamonaviy mutolaa repertuarlari jamlangan bookblog – @panda_books Dunyoqarashini o'stirishni xohlaydiganlar uchun ajoyib bookblog — @bookerberg Kitob bilan stressni yengamiz — @doctorsmind Kitoblar haqida fikr-mulohazalar, taqrizlar berib boriluvchi kundalik-kanal —@mutolaa_olami Student lifestyle & Study skills Books & Book reviews — @avidadeifeekkhan Kitob dizaynlari, kino, musiqa va kechinmalar — @Atmosfera_bar Kitob va kino olamidan "kokteyl" - @marufjonblogi Kitoblar, tabiat, hislar olami – @nigohlarda Filologiya, sotsiologiya va tarjima adabiyoti bo'yicha taqrizlar manzili — @bobil_kutubxonasi Iqtisod, moliya va shaxsiy rivojlanish — @m1racle_books Birgalikda kitobxo‘rlik qilamiz — @kitobxorr Yana bir bob keyin uxla, Karl - @shisha_bino Kitoblar olamiga o‘n to‘qqiz yoshli o‘smir nigohi ila boqish - @santuagaraoflibrary Diqqat! Aql ko‘zingiz ochilib ketishi mumkin bo‘lgan hudud! — @kitob_ombori ⚜️Biz sizga faqat eng saralarini tavsiya etamiz! Aloqa uchun: @Rubicon1
Показать все...
​​#tavsiya 10/10 “Balti choyini birinchi marta ichganda, sen begonasan. Ikkinchi marta choy ichsang, sharafli mehmonsan. Uchinchi marta qarindoshga aylanasan va qarindosh uchun biz hamma narsaga, xatto o’lishga ham tayyormiz”. ©️Asardan KITOB: “Uch finjon choy” Greg Martenson va Devid Oliver Relin Dastlab bu kitobni o’qishim ga sabab bo’lgan bir jumladan so’zni boshlasam: “Aslida, men dunyoni o’zgartirishni o’ylamagan edim…” G’ayridin vakili bo’lgan va K2 tog’ini zabt eta olmay, o’lim bilan yuzlashgan va Pokistonning bir qishlog’ida najot topgan Greg Martenson. Amerikalik uchun bu qishloqning qashshoqligi shu darajada xayratlanarli ediki, u qishloq ahliga maktab qurish va’dasi bilan ortga qaytadi. Qo’lida puli bo’lmagan, omadsiz alpinist va’dasi edi bu. Ammo qayerdan ham bilardikki bizni oldinda nimalar kutishini. Meni ta’sirlantirgan narsa Greg Martensonning oliyjanobligi va yaxshiliklari haqida to’lib-toshib gapirmasligi, qizlar ta’limiga alohida katta e’tibor qaratishi bo’ldi. Vahobiylarga qarshi maktablar bilan kurashgan odam. Amerikada uni haqiqiy qahramon sifatida qabul qilishadi. Pokistonda esa u qurgan maktablarda o’n minglab o’quvchilar ta’lim olishdi. Xatto o’qishni ham bilmaydigan, oddiy kasalliklardan ham o’lib ketadigan, farzandlari toza kiyim kiyolmagan xalq uchun ta’limni bergan, musulmon farzandlari uchun kurashgan Amerikalik g’ayridin. Greg Tolibonlar madrasalariga qarshi o’z maktablarida beriladigan ta’lim bilan kurashdi. U qiz bola qat’iyan o’qishini taqiqlagan vahobiylar tazyiqidan qutilgani uchun ko’z yosh to’kkan qizaloqlarga ilm o’rgatish uchun qo’lidan kelgan barcha ishni qildi va bilasizmi, menimcha uning boshqlardan farqi ham, faqat gapirmasdan buni bajara olganligida ham. Farzandlari va ayolidan uzoqda, bolalari tengi bolalarga bilim berish uchun harakat qilgan inson. Bir safar ayoli Tara Gregni shunday eslaydi :Butun qishloq ahli xursand edi. Greg esa qo’lida bu qishlodagi eng kir bolani ushlab turar va shu qadar samimiy ediki, mana bu asl Greg edi. Men o’sha holida asl Gregni ko’raman. Avtobiografik asarlardan yiroqlashgan edim, biroq bu kitob menga o’zgacha zavq berdi. Kitobni o’qish jarayonida men cheksiz shukurni his qildim. O’sha umrida birinchi marta qo’liga toza kiyim olgan qizchani tasavvur qilganimda shukur qildim. Ochiq havoda dars qilish uchun, karra jadvalini yog’ochga o’yib yozayotgan bolajonni o’qiganimda yig’ladim. Birinchi marta maktab qurilganda ular bilan birga quvondim. O’sha kir kiyimlari bilan odamlar orasiga chiqishga uyaladigan Jahonning, erkaklar majlisiga kirib 16 ta qoidani buzib, Gregni o’qishi uchun bergan va’dasini bajarishga majburlaganda ular bilan birga g’urur tuydim. Men birga yig’ladim birga kuldim, echki terisidan birga jirkandim. Musulmonlarning bir-birini o’ldirishidan uyaldim. “Hamma narsani portlat-Alloh o’zi hal qiladi” yozuvini ko’rib begunoh o’lganlarga achindim… Bombalar ostida qolayotgan bolalarni quchdim hayolan. Bu kitob menga juda katta emotsiyalar berdi. Avtobiografik asarlarga qiziqadiganlar, Islom tarixi, musulmonlar va tolibonlar traklari, Amerika va musulmonlar munosabati qiziq bo’lganlar, alpinizm mavzusi yoqadiganlar uchun ayni muddao asar) Kitob atiga 3000 nusxada chiqarilgan, imlo xatolar bilan… O’qing! Zero eng yaxshi xulosa bu - o’zingiz chiqargan xulosadir. Kitobning elektron varianti mavjud menda emas! @m1racle_books
Показать все...

Выберите другой тариф

Ваш текущий тарифный план позволяет посмотреть аналитику только 5 каналов. Чтобы получить больше, выберите другой план.